Xulosa qil, so‘ng ayt Anvar: "Men unga bormasam – keldi!"
HOFIZ SHEROZIY G‘AZALIGA MUXAMMAS
Garchi men oshiqlara arzandaman,
Lek sening hajring bilan dardmandaman.
Senga yo‘g‘u bor ila baxshandaman,
Oy yuzingga jon bila to bandaman,
Mehri ravshan dil bikin tobandaman.
Vahki, kun o‘tgan sayin g‘amgin ko‘zim,
Olmagay kun-tunda ham bir tin ko‘zim.
Gar zabon bitgan zamon aytsin ko‘zim,
Ko‘rgali husning gulistonin ko‘zim,
Zavq birla gul bikin purhandaman.
Zeb berur sedona xol englaringa,
Tegmasin ko‘z navnihol englaringa, ???
Tegsa kavsardir zilol englaringa,
Gulni o‘xshatqali ol englaringa,
Bul jihatdin loladek sharmandaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |