Ushbu kursning mazmuni: Tarixiy o`lkashunoslik fani o`lkashunoslikning rivojlanishi, asosiy turlari va manbalari, o`lkashunoslikdan amaliy ishlar olib borish, o`lkashunoslik muzеyini tashkil etish kabi bir qator masalalarni yoritadi va tushuntiradi. O`lka tarixiga oid matеriallarni to`plash ko`nikma va malakalarini shakllantiradi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, 4 ta mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat
I.BOB. TARIXNI O’RGANISHDA TARIXIY-ANTROPOLOGIK YONDASHUVNING VUJUDGA KELISHI
1.1. Tarixiy antropologiyada tarixiylik prinsiplari va O’zbekistonda tarixni tizimli o’rganishning yo’lga qo’yilganligi.
Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytgan-da, A. quyidagi uchta katta boʻlimdan iborat:
1) odam morfologiyasi;
2) antropoge-nez;
3) irqshunoslik (etnik A.)
- Morfologiya odamning jismoniy tuzilishidagi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab oʻzgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irklarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham oʻz hissasini qoʻshadi. A. oʻzining turlicha tekshirish usullariga (antro-pometriya, osteometriya, kraniometriya) va koʻp xil asboblariga ega. A. biol. fa-nining faqat nazariy sohasi boʻlibgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega boʻlgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan koʻp sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismo-niy oʻsishini oʻrganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston oʻzining geografik oʻrniga koʻra uzoq oʻtmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qoʻshni xalqlarning ham ta-rixiy taqdirlarini belgilab berishda katta rol oʻynagan. Bu oʻlka, xususan Oʻzbekiston xalqlarini antropologik jihatdan oʻrganish 20-yillarda rivoj-landi. Bu ishda Oʻrta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va do-imiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta boʻldi. Uning rahbarligida Turki-ston boʻylab antropologik ekspedi-siyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natija-sida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sir-daryo oraligʻida yashovchi oʻzbeklar va to-jiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri – yevropeoid irqining „Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi tipi“ga mansub deb topildi. Moskvalik antropolog A. I.Yarxo bu irqni „Pomir-Fargʻona tipi“ deb atadi. Fargʻona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh gʻorlaridan topilgan qadimgi ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli Oʻzbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda, 565hoz. zamon odamlarining paydo boʻlishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 – 8 ming yil ilgari shakllandi desa, boshqa bir guruh mutaxassislar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir boʻldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-asrda shakllandi deb hisoblar edilar. Oʻzbek antropologlari (T. Xoʻjayov)ning uzoq yillik izlanishlari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 – 2300-yil ilgari shakllana boshlagan-ligini isbotladilar (qarang Oʻzbeklar).Ad.: Oshanin L. V., Antropologiche-skiy sostav naseleniya Sredney Azii i etnogenez yeyo narodov, ch. 1 – 3, Yerevan, 1957 – 59 (Trudi Sredneaz. Gos. universiteta, Nov. ser, vip. 96 – 98; Istoricheskiye nauki kn. 16 – 18); Xoʻjayov T. K,., Xoʻjayova G. K,., Oʻzbek xalqining antro-pologiyasi va etnik tarixi, T., 1995; Ma-teriali k etnicheskoy istorii naseleniya Sredney Azii, T., 1986.2Tarixni o‘rganishda tarixiy-antropologik yondashuvning vujudga kelishi. Mavzuda tadqiqot predmeti va tarixiy antropologik yondashuv, tarixiy antropologik yondashuvning o’ziga xos jihatlari, siyosiy va ijtimoiy – iqtisodiy tarixni inson tarixi “antropologizatsiya” ga aylanishi zamonaviy jahon tarix fani yetakchi yo’nalishining vujudga kelishi jarayoni bilan tanishib chiqishimiz kerak bo’ladi. Ayniqsa tarixni o’rganishda tizimli, tarixiy antropologik yondashuvning ahamiyati o’tgan asrning 70–80-yillarida Yevropada, ayniqsa Germaniya, Fransiya va Angliyada o’zining yuqori cho’qqisiga chiqdi. Shuning uchun bu davr tarixiy antropologiyasini rivojida “klassik davr” deb aytish mutaxassislar orasida keng rasm bo’lgan. Bu davr mualliflari orasida to’rtta muallifni ishlarini alohida ta’kidlagan bo’lar edik. Ayniqsa K.Ginzburg, N.Z.Devis, E.Lerua Ladyuri kabi mualliflarning asarlari aynan o’tgan asrning 70– 80-yillariga to’g’ri keladi. Bu mualliflarni kitoblari aynan hozirgi zamon antropologiya fani, ayniqsa bu tarixning yana bir bo’lagi hisoblangan “mikrotarix”ni vujudga kelishiga olib kelgan va aynan shu mualliflarning ishlari tarixni o’rganishni eng yangi yondashuv sifatida qabul qilingan. Yuqorida nomlari tilga olingan mualliflar o’zlarining ishlarida avvaldan tayyorlab qo’yilgan tayyor programmalardan foydalanishmagan, balki ular yozgan turli ishlardan keyingi mualliflar tarixiy antropologiyaning nazariy-metodologik asoslarini yaratishda foydalanganlar. Bundan tashqari yuqorida nomlari ko’rsatilgan olimlar to’rtta (fransuz, italyan, amerika va britaniya) maktablarini vakillari bo’lganliklari uchun ham bu maktabning vakillari 70–80- yillarda yaratgan tarixiy antropologiya xalqaro maktabga aylanganligini ko’rsatadi. Bu mualliflar orasida Emmanyuel Lerua Ladyurining 1294-yildan 1324-yillarga tegishli bo’lgan “oksitan qishlog’i” nomli kitobi ayniqsa mashhur bo’ldi. Bu kitob o’z davrining tarixchilari orasida “etnografik maktabning oliy namunasi” degan bahoga sazovor bo’lgan. Muallif o’zining bu kitobida Akvitaniyadagi qishloqlardan birining bitta avlod yashagan davrdagi, ya’ni XIII asrning oxiri XIV asrning boshlariga oid hayot dunyosini “tiriltirishni” maqsad qilib oladi. Bunday faqat bitta qishloqning juda qisqa muddatiga doir tarixini tiklash uchun Pame shahrining episkopi Jak Furnening 1318–1325-yillarda 475 ta qishloq odamlarini inkivizitsiya sudi so`roqlarini protokollari saqlanganligi tufayli tarixchiga dehqonlar hayotining hamma qirralari va ikirchikirlarigacha ko’rishga muvaffaq bo’lgan. Shuning uchun ham muallif o’zining kitobini “Inkivizitsiyadan etnografiyaga” deb nomladi. Muallif bu ishda dastlab Pireney yarim orolidagi holat, tabiiy iqlimiy sharoitning dehqonchilik va chorvachilikka moslashganligi, uning ijtimoiy strukturalari, hokimiyatni taqsimlanishini tasvirlagan. Kitobda yozilishicha, feodal yer egasi, shuningdek episkopning qishloq hayotiga ta’siri deyarli sezilmagan. Qishloq hayotida sinfiy birbiriga qarama-qarshi turish umuman aniqlanmagan. Shu bilan birga, muallif oilaviy guruhlar, uylar o’rtasida kim o’zarga musobaqa, qarama-qarshi turish juda keskin bo’lganligi to’g’risida fikr bildiradi1 . Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’rta asrlar tarixini o’rganishda ham aynan tarixni o’rganishni uslublarini ozgina o’zgartirilganligi sababli ham olingan xulosalarning salmog’i va mazmuni mutlaqo boshqa tomonga burilgan. Muallif o’z ishida dastlab hamma tarixchilar qo’llaganday Pireney yarim orolining tabiiy-geografik jihatdan dehqonchilik va chorvachilikka juda mos kelganligi, bu qishloqning ijtimoiy strukturalari o’rta asrlardagi Yevropa davlatlaridan 1 Jean-Claude Schmitt. "Anthropologie historique". Cem.revues.org. Retrieved 2015-08-17. unchalik farq qilmaganligini yozgan bo’lsa ham, ammo tadqiqot usullarida mikrotarixni o’rganish turganligi sababli jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi turgan kuchlar ijtimoiy sinflar emas, balki oilaviy guruhlar, alohida uylarni boshqa uylarga qarama-qarshi turish hollari ustivorlik qilgan degan xulosalarga kelishga muvaffaq bo’lgan. Xuddi shunday holatda bizning hududlarimizda mutlaqo teskari xulosa chiqarishimizga to’g’ri kelgan bo’lar edi. Ya’ni biz, “... XIII asrda Pireney yarim orolining aholisi ikki, bir-biriga qarshi bo’lgan sinflar – feodal hukmronlari bilan dehqon jamoalari o’rtasida doimiy ravishda birbiriga qarama-qarshi turish hollari yuqori darajada bo’lgan” degan xulosani bergan bo’lar edik. O’tgan asrning 60-yillari va 80-yillarning boshlarida Germaniyalik tarixchilar tarixiy antropologiya to’g’risida gapira boshladilar. Unda asosan ijtimoiy tarixni o’rganishni yangi uslublar bilan o’rganishni o’z oldilariga vazifa qilib qo’ydilar. Bunda ular asosiy e‟tiborni fransuzlarning tarixiy antropologik yondashuviga asoslangan “Annallar maktabi” g’oyalari bo’yicha ishlarini juda diqqat bilan o’rgandilar va natijada anchayin muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ayniqsa 1967-yilda Tomas Nipperdey Germaniyaning Frayburg shahri tarixchilarining kongressida so’zga chiqib, ijtimoiy tarixni tarixiy antropologiya faniga aylantirish taklifini ilgari surdi. Tomas Nipperdey o’zining yangi g’oyalarini, ya’ni predmetini shaxs va vaqt; shaxslar va jamiyatlarni tarixiy dinamikada o’rganish kerakligini, aniq vaqtda, aniq zamonda o’sishini jamlab o’rganadigan antropologik strukturalardan iborat ekanligini aytdi. U tomonidan taklif qilingan programma oila, bola tarbiyasi, ma’naviy hayot va boshqa tomonlarni har tomonlama qamrab oladigan fan bo’lishi kerak edi degan xulosaga keldi. Tarixiy antropologiyaning vazifalarini Tomas Niperdey kabi tushunish kerakligini nemis tarixchi olimi V.Lepenies ham tushundi va uning nuqtai nazari bo’yicha “o’zini tutishni elementar shakllari” degan tushuncha uning tarixiy antropologik yondashuvining asosiy mavzusi bo’ldi. Shunday qilib, Germaniyada tarixiy antropologiyaga nisbatan yuqoridagiday yondashuv tarafdorlari “Umumiy tarix” jurnali Saeculum atrofida to’planishdi. Dastlab tarixiy antropologiya bo’yicha turli maqolalar chiqarishdi, tarixiy antropologiyaning yangi yo’nalishlarini muhokama qilishdi. 1975-yildan boshlab Frayburgda Yu.Martin boshchiligidagi Tarixiy antropologiya instituti ochildi. Bu institutning asosiy maqsadi fransuzlarning “Annallar maktabi” tajribalaridan foydalanib “inson tarixini butunicha” o’rganishni maqsad qilib qo’ydi. Ammo nemislarning tarixiy antropologiyani o’rganish bo’yicha o’zlarining oldilariga qo’ygan maqsadlari oxiriga etmadi, ya’ni bu institut ham yangi g’oya va yangi yo’nalishlarni oxiriga etkaza olmadi. Ular e‟lon qilgan maqolalarda, kitoblarda asosan tarixiy antropologiyani nazariy-uslubiy jihatlari muhokama qilindi, nemis filosofiyasi bilan bog’liq holdagi tarixiy tafakkur hukmronlik qildi. Ular shu doiradan tashqariga chiqa olmadilar. Natijada tarixiy antropologik tadqiqot ishlarining o’zi umuman nazardan chetda qoldi. Faqat 80-yillarga kelibgina tarixiy nazariyotchilarning yo’nalishida asosan mikrotarixga yo’naltirilgan antropologik tarixning “nemischa” original yo’nalishi vujudga keldi va bu Germaniyada “kundalik tarix” degan nomni oldi. Aynan yuqoridagi olib borilgan ishlar tufayli hozirgi zamon tarixiy antropologiya fani va uning bir yo’nalishi bo’lgan mikrotarixni o’rganishni usullari vujudga keldi. Lerua Ladyuri “Montayyu arxeologiyasi: ishoradan afsonagacha” degan kitobida dehqon jamoalarining o’zlarini tutishlari, urfu-odatlari va jahonni tushunishlarigacha, hatto sevgi va nikoh, intim masalalari, ish va dam olish, sog’likni saqlash masalalari, cherkov bilan muloqot va kechki “o’tirish”largacha bo’lgan masalalarning barchasi muallif tomonidan barcha ikirchikirlarigacha yoritilgan. Lerua Ladyuri bitta qishloqni tarixi asosida turli yoshdagi odamlarning hayot to’g’risidagi tushunchalarini, ularning diniy dunyoqarashlari, folklor, vaqt va masofa, tabiat va taqdir, uyat to’g’risidagi tushuncha, o’zini jamiyatda tutish va uni buzish kabi kundalik hayotdan boshlangan tarix ikir-chikiridan global tarixga qadar bo’lgan jarayon bir qishloqdagi mikrotarix asosida tiklanadi. Shu narsani alohida ta’kidlash kerakki, tarixiy antropologiyaning imkoniyatlari cheksiz deydiganlar biroz adashadilar. Shunga qaramay, lekin yuqoridagi tarixiy antropologiya fanini boshlab bergan olimlarning ishlarini ko’rsatishicha, tarixga hozirgi zamon tarixiy antropologiya fanini turli usul va uslublarini qo’llagan holda qaralsa, mikrotarix orqali global tarix o’rganilsa, o’shanda tarix fanini antropologizatsiyalash jarayoni g’arb mamlakatlaridagiday keng miqyosda amalga oshirila boshlanganligidan dalolat bera boshlaganligini ko’rishimiz mumkin. Tarixiy antropologiyada tarixiylik prinsiplari va O‘zbekistonda tarixni tizimli o‘rganishning yo‘lga qo‘yilganligi. Umuman tarix fanining asosiy o’zagi va umuman “qon tomiri” tarixiylik prinsipidir. Shuning uchun ham Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov o’zining O’z.FA Tarix institutining ilmiy xodimlari bilan bo’lgan uchrashuvidagi nutqida tarixchilarimizdan xalqimiz tarixini haqqoniy, tarixiylik prinsiplari asosida o’rganishni tavsiya qilgan edi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin o’z xalqi tarixini, ilgari tahqirlangan tarixni yana qayta ko’rib chiqishni yo’lga qo’yish, uni yangilangan “turli bo’yoqlarga bo’yalmagan” holda haqqoniy o’rganishni va uni qaytarib berishni tarixchilar oldiga vazifa qilib qo’ygan edi. Aytish mumkinki, bu vazifa tarixchilar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Tarixiy antropologiya fani aslida insoniyatni paydo bo’lishi va uni jismoniy, ijtimoiy ham madaniy rivojlanishini o’rganadigan fan hisoblanadi. Bizning hududimizda bu davrni oliy o’quv yurti talabalariga o’rgatadigan fan “ibtidoiy jamiyat tarixi” deb atalar edi. Hozirgi paytda O’zbekiston oliy ta’limini jahon standartlariga yaqinlashtirilayotganligi sababli Yevropa va AQSh da keng tarqalgan tarixiy antropologiya fani ham bizning oliy ta’lim tizimiga kiritildi. Bu fanni ham bizda keng qo’llanilgan arxeologiya, etnografiya va antropologiya fanlari singari va o’sha fanlar yordamida keng miqyosda o’rganish yo’lga qo’yildi. Ibtidoiy davrning eng qadimgi davrlarini, ya’ni quyi, o’rta va so’nggi paleolit davrlarini o’rganish uchun, insoniyat tarixining primatlar davri, odamsimon maymunlar va homo erektuslar davrlarini o’rganish birinchi navbatda arxeologiya fani yordamida amalga oshiriladi. Albatta, bu davrlarni o’rganish uchun bir qator fanlarga, jumladan, paleogeologiya, paleobotanika, paleozoologiya, antropologiya kabi fanlarning yordamiga suyaniladi. Tosh davrining ikkinchi yarmi bo’lmish mezolit va neolit davrlaridan boshlab insoniyatning jismoniy rivojlanishi asosan arxeologiya va antropologiya fanlari yordamida o’rganilsa, bu davrning ijtimoiy va madaniy tarixini o’rganish uchun etnografiya ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Bu jamiyatlarni qaysi davrda qanday bo’lganligini to’g’risida faqat etnologiya fanining yakuniy xulosalariga tayaniladi. Chunki, etnologiya fani bilan tarixiy antropologiya fanining o’rtasida deyarli chegara yo’q. Hatto Yevropaning ayrim davlatlarida hozirgacha tarixiy antropologiyani o’rniga etnologiya deb aytiladi. Albatta ibtidoiy davr tarixini so’nggi davri, ilk dehqon jamoalari, ilk chorvadorlar davri, eng qadimgi shaharlar, eng dastlabki davlatlar tashkil topgan davrlarni o’rganish bo’yicha ham asosan arxeologiya fani muhim o’rin tutadi. O’zbekistonda bu davr uchun Surxondaryo viloyatida ochilgan Sopolli manzilgohi va eng qadimgi shahar-davlat xarobasi Jarqo’ton yodgorligi juda ham qo’l kelgan. Bu davrdagi aholining jismoniy tiplarini albatta Jarqo’ton yodgorligi qabristonidan olingan minglab antropologik ma’lumotlar asosida o’rganilgan va bu ish muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda. Shunday qilib, O’zbekiston hududidan hamda jahonning turli qismlaridan topilgan paleoantropologik materiallar ko’proq ibtidoiy davr tarixining paleoantropologiyasini va paleodemografiyasini o’rganishda keng qo’llaniladi va bir qator boshqa fanlar ko’makchi fanlar sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |