Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijodi. “Garov” hikoyasi
Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijodi. “Garov” hikoyasi
@uzbek_tilim
Adib haqida Mashhur rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov 1860-yil Rossiyaning Taganrog shahrida tug‘ilgan. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgach (1884), Moskva yaqinidagi qishloqlarda shifokor bo‘lib ishlaydi. Keyinchalik kasalligi bois Yaltaga ko‘chib o‘tadi.
@uzbek_tilim
A. P. Chexov xalq hayotini zimdan teran o‘rgandi; odamlar orasida bo‘ldi, ularning dard-u holini tingladi. O‘z davrining ijtimoiy-maishiy hayot tarzi, insonlararo turli muomala- munosabatlari A. P. Chexovning badiiy tafakkuri, o‘tkir nigohi orqali adabiy asarlariga ko‘chdi. Yozuvchi hayotdan go‘zallik izladi, tevarak-atrofida bo‘layotgan bema’ni ishlardan hazar qildi va inson tabiatidagi ayrim qusurlarni hajviy usulda tasvirladi.
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
U ham shifokorlik kasbi bilan, ham o‘tkir adabiy qalami bilan oddiy odamlarga quvonch ulashishga harakat qildi. Adib ijodiy merosining katta qismini tashkil etgan o‘nlab hikoyalari dunyo adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin oldi.
@uzbek_tilim
Hikoyalarida kam so‘z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qildi. Ayni damda, uning qissa va sayohatnomalari sevib o‘qiladi.
Pyesalari
«Chayka»
«Vanya amaki»
«Uch opa-singil»
«Olchazor»
@uzbek_tilim
A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va adiblar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. A. P. Chexovning asarlari ko‘pgina iste’dodli tarjimon va adiblar tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Adib 1904-yilda vafot etgan.
@uzbek_tilim
“Garov” hikoyasi haqida Adibning mashhur hikoyalaridan biri bo‘lgan «Garov» hikoyasi bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati asosiga qurilgan. Hikoyada hayotning mazmuni, yoshlik faslining qadri, mol-dunyoning nimaga zarurligiga urg‘u beriladi.
@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Garov muddati (15 yil) 1870-yil 14-noyabr kunduz soat 12 dan 1885-yil 14-noyabr kunduz soat 12 gacha.
@uzbek_tilim
Garovga sabab Bankir va yosh huquqshunosning qatl hukmi bilan qamoq jazosi borasidagi ziddiyati.
@uzbek_tilim
Garov puli 2 million
@uzbek_tilim
A. P. Chexovning ushbu «Garov» hikoyasi inson umri, erkin hayot, mutolaa, kitobning foydasi, olingan ilmning hayotga tatbiqi, kamolotning darajasi va boshqa hayotiy masalalar haqida fikrlashga undaydi.
@uzbek_tilim
Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua: /Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |