Anorganik, analitik, fizik va kolloid kimyo kafedrasi anorganik kimyo


- ma’ruza VII А guruh elementlarining umumiy tasnifi. Xlor birikmalari. Brom va yod birikmalari xossalari



Download 0,63 Mb.
bet191/192
Sana22.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#573736
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   192
Bog'liq
anorganik kimyo

27- ma’ruza
VII А guruh elementlarining umumiy tasnifi. Xlor birikmalari. Brom va yod birikmalari xossalari.
Ma’ruzaning rejasi:
1. VII А guruh elementlarining umumiy tasnifi.
2. Ftor, uni tabiatda uchrashi, olinish, xossalari, birikmalari.
3. Xlor, uni fizik-kimyoviy xossalari olinishi.
4. Xlorning kislorodli birikmalari. Ularning olinishi va xossalari.
5. Brom va yod. Ularning olinishi, xossalari, ishlatilishi. Tibbiyotda ishlatilishi.
Tayanch so’zlar: ftor, xlor,brom,iod. Gibridlanish. Kislotalari.
Ajratilgan vaqt-4 soat
Ma’ruzaning maqsadi: VII А guruh elementlarining umumiy tasnifi. Ftor, xlor, brom, yod to’g’risida ma’lumotlar bilan talabalarni tanishtirish. Ularning birikmalarini tibbiyotdagi o’rnini talabalarga yetkazish.
Adabiyotlar:
1. Q. A. Axmedov, A. T. Jalilov, Umumiy va anorganik kimyo, Tashkent,2006,390 b.
2.Ю.А. Ершов,Общая химия,М., Высшая школа,2003 г. 390 с.
3.Umumiy va anorganik kimyodan amaliy mashg’lotlar.Farmatsevtika institute talabalari uchun/ mualliflar: S.N.Aminov?R.Aristanbekov, H.R.To’xtaev va boshqalar, Toshkent,2005. 368 b.
4.N.A.Parpiyev,A.G.Muftaqov,H.R.Rahimov , Anorganik kimyo- Toshkent. ”O’zbekiston”, 2003.-428 b. 
5.N.S.Axmetov,Obshaya i neorganicheskya ximiya. Uchebnik dlya VUZov,
Vыsshaya shk. 1981. 679 s.
6.E.T.Oganesyan Neorganicheskaya ximiya. Uchebnik dlya VUZov po spe-
tsialnosti Farmatsiya.- M. Vыssh. shk. 1984. 384 s.
7.N.L.Glinka,Obshaya ximiya. Uchebnoe posobie dlya VUZov.- L.Ximiya
1980, 780 s.
8. H.R.Rahimov , Anorganik kimyo T., O’qituvchi. 1984. 422 s.
9. H.R.To’xtayev, Anorganik kimyo ma’ruzalar matni. Toshkent,2001.244 b.
VII А GURUH ELEMENTLARI. GALOGENLAR
Ftor, xlor, brom, yod va astat galogenlarga tegishli. Ular VII А guruhning p-elementlarini tashkil etadi. Ularga xarakterli metallmaslar. Electron konfiguratsiyasi s2p5
Galogenlar tashqi qavatida 1 tadan elektronlar bo’lib, bir zaryadli anionlar hosil qiladi. Ftordan tashqari o’z elektronlarini berib har xil + о. d. +1 yoki +7 gacha namoyon qiladi.


9F2

17Cl2

35

53J2

85A t

1.atomda elektronni taqsim-shi

2.А.г. А0

0,86

1,07

1,19

1,37

-

3.J,EV

17,42

13,01

11,84

10,45

9,5

4.о. daraj.

-1

-1,+1,3,4,5,7

+1,3,5,7

1,3,4,5,7

1,5

5.elektronga moyillik

3,6

3,8

3,54

3,29

-

6.erkin fiz.
holat

Och-sariq
gaz

sariq-yashil
gaz

qizil-qo’ng’ir
suyuqlik

qora-siyoh kristall

yashil-qora kristall

7.Т suyuq.

-223

-101,4

-7,2

+113,6

bug’ga aylan

8.Т qayn.

-187,9

-34

+58,2

-184,50

-

9.d havoga

1,32

2,45

5,51

8,75


l0.dissot. energiyasi

156,5

281,2

194,1

148,5


Ftor atomining elektronlarni qo’zg’algan holatiga o’tkazish mumkin emas. Shuning uchun uning valentligi 1. Boshqa atomlarda juftlashmagan elektronlarni qo’zg’atish mumkin. Masalan valentlik 3, 5, 7 bo’ladi. At da 7 valentlik birikmasi yo’qligi haligacha tushuntirilmagan.
Galogenlar atomi oksidlanish darajasi -1 bo’lgan ionlar hosil qiladi, atom radiusi qancha kichik bo’lsa, shuncha yaxshi.
Neytral atomlarning qaytaruvchanlik xosssasi atom radiusi ortishi bilan ortadi va oksidlovchilik xossasi kamayadi.
<— oksidlovchi
F CL22 J2
qaytaruvchi —>
Xlor molekulasining atomlarga dissotsiyalanish energiyasi ftordan ko’ra ko’p. Ftorning bu anomal xossasi d-pog’onaning yo’qligi bilan tushuntiriladi. Xlor va boshqa molekulalarda bo’sh d-orbitallar bor. Shuning uchun bunda qo’shimcha donor-akseptor bog’lanish yuziga keladi, buning hisobiga bog’ mustahkamlanadi.
F 2s 2p CL 3s 3p

 
 
 
 
FTOR
Juftlashmagan 1 elektron ftorda bo’lishi uni xossalarini vodorodga o’xshashligiga olib keladi. Elektromanfiyligi eng katta ftorning oksidlanish darajasi -1 ga teng.
Ftor ko’p tarqalgan element. Yer sharidagi miqdori 0,03%. Ftorning minerallaridan ahamiyatga egasi СаF2 – plavik shpati. (flyuarit)
Na3AlF6 – kumolit.
3Ca3(PO4)· CaF2 – ftorappatit.
Ftorli birikmalar odam organizmida (asosan tish va suyakda) bo’ladi.
: F : F : F — F
Ftor molekulasi kichik massaga ega va juda harakatchan. Shuning uchun F2 och sariq rangli gaz.
Ximiyaviy aktiv, kuchli oksidlovchi.
Fmolekulasining ximiyaviy aktivligi yuqoriligi, uning dissotsiatsiya energiyasi kamligi bilan tushuntiriladi.(156 kJ/mol)
Lekin F2 ni hosil qilgan birikmalarining barqarorligi yuqori bo’ladi. (ajr. energiyasi 200-600 kJ/mol)
Lekin F2 ishtirok qiladigan reaksiyalarning aktivlanish energiyasi kam. (< 4 kJ/mol)
Akademik А.Е. Fersman ta’biri bo’yicha ftor “hamma narsani yeydigan” element. Ftor atmosferasida suv, shisha ham yonadi.
SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 2H2O + 2F2 = 4HF + O2
2KCL + F2 = 2KF + CL2
Ftor hatto ba’zi inert gazlarni ham oksidlaydi.
Xе + 2F2 = XеF4
2NaOH + 2F2 = 2NaF + F2O + H2O
F bevosita geliy, neon va argon bilan o’zaro ta’sirlashmaydi.
F2 ning ximiyaviy aktivligi yuqori bo’lgani uchun hamma materiallarni korroziyaga uchratadi. F2 ni olish, saqlash va ishlab chiqarishda Ni va uning qotishmalari ishlatiladi. Chunki bunda Ni atrofida NiF2 pardasi hosil bo’ladi, u oksidlanishdan saqlaydi.
Ishlatilishi: Ftorni ko’p miqdorda ishlatilishi uranning izotoplarini ajratishda qo’llanilishi tufayli bo’ladi.
235ИF6 va 238ИF6 diffuzion metod ishlatiladi.
Oxirgi paytlarda F2 har xil sovituvchi agentlar (freonlar) СF2Cl2 va polimer materiallar olishda ishlatiladi.
Tetraftoretilen: СF2 = CF2 yuqori ximiyaviy aktivligiga ega. Suyuq ftor va uning birikmalari raketa yoqilg’isi sifatida ishlatiladi.
Ftor 1886 yilda birinchi marta Musson tomonidan КНF2 ni plavik kislotada elektroliz qilib olingan.
KF + 2HF (suyuqlanish temperaturasi = 700С) elektroliz qilinganda, idish Ni dan yasalgan bo’lishi kerak. Bu idish katod bo’ladi.
Anod ko’mir elektrod, bu ko’mir mis yoki Ni diafragmasi bilan o’ralgan.
Diafragmaning vazifasini katodda ajraladigan vodorod va anodda chiqadigan ftorni bir-biridan ajratish, bo’lmasa portlash yuz beradi. 
Galogenvodorod kislotalarining olinishi
Laboratoriya usulida olinishi:
1. Н ni galogenlar bilan to’g’ridan-to’g’ri birikishi.
Н+ Cl= 2НСl
2. Galoidlarga kuchli kislota ta’sir ettirish.
СаF+ Н2SO= CaSO+ 2HF
2NaCl + H2SO= Na2SO+ 2HCl
NaCl + NaHSO= HCl + Na2SO4
3. Galoidlarning metallmaslar bilan hosil qilgan birikmasi gidrolizi orqali
РBr+ 3Н2О = Н3РО+ 3НВr
РJ+ 3Н2О = Н3РО+ 3НJ
2-usuldan foydalanib НJ va НВr olib bo’lmaydi. Chunki J- ioni Н2SO4 ni Н2SO4 ni Н­2S gaz Вr- bo’lsa SO2 gacha qaytaradi.
4. Н2S ni erkin galogenlarga ta’sir ettirib:
Н2S + J= 2HJ + S
HF laboratoriya va texnikada konsentrlangan Н2SO4 ni plavik kislotasinita’sir ettirib olinadi:
СаF+ H2SO= 2HF + CaSO4
Suvsiz НF Na va К kompleks tuzlarini qizdirib olinadi: NaHF2; КНF2; К2HF; КН3F.
KHFKF + HF
HCl ning olinishi:
ClCl˙ + Cl˙ zanjir reaksiya
..
H : H + :Cl˙ → HCl + H˙
..
H˙ + Cl→ HCl + Cl˙
Ko’p miqdorda НCl organik moddalarni moddalarni xlorlashda qo’shimcha modda sifatida hosil bo’ladi.
R – Н + Сl= R – Cl + HCl
Kimyoviy toza НВr naftalinga Вr2 ta’sir ettirib olinadi:
С10Н+ Вr= C10H7Вr + НВr
Qaytaruvchilik xossasi
2HBr + H2SO4 = Br2 + SO2 + 2H2O
kons
6HJ + H2 SO4 = 3J2 + S + 4H2O
kons
8HJ + H2 SO4 = 4J2 + H2S + 4HOH
.  kons
Shuning uchun НВr va HJ bromide va xloridlarga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olib bo’lmaydi бeлмайди.
Molekulyar kislorod НJ ni oksidlaydi.
4НJ + O= 2J+ 2H2O
НВr juda sekin va НСl ta’sirlashmaydi.
Ishlatilishi: НСl metallurgiya, to’qimachilik, oziq-ovqat va meditsinada ishlatiladi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish