Tijorat navlari
Umuman olganda, butun dunyoda 500 dan ortiq anor navlari yetishtiriladi va
ular orasida bir nechta mashhur tijorat navlari mavjud. Anor navlari hajmi, ta’mi,
po‘stlog‘i va donlarining rangi, urug‘ning yumshoqligi, hosildorligi, bo‘linishi,
kasalliklarlarga chidamliligi, saqlanishi, shakar va sharbat miqdori, pishish vaqti va
boshqalar bilan farqlanadi. Anor navlari odatda ularning titrlangan kislota
miqdoriga asosan uchta asosiy guruhga bo‘linadi: TA qiymatlari 0,32, 0,78 va
2,72% (A/A)ga mos ravishda “shirin”, “shirin-nordon” yoki “nordon” kabi bo‘ladi.
Misol uchun, 46 Ispaniyada O‘rta Yer dengizi iqlimiga moslashgan 40 ta navning
35 tasi shirin, uchta shirin-nordon, ikkita nav esa nordon hisoblanadi.
“Vondeful” (Amerika navi) butun dunyo bo‘ylab yetishtiriladi va turli xil
klonlarga ega bo‘lib pishib yetish vaqti, kattaligi va kislota miqdorining (kamroq)
farqli bo‘lishiga qaramasdan, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Tijorat maqsadida yetishtirilgan boshqa muhim navlar quyidagilardir:
Isroilda- Shani-Yonay Emek, Hershkovich, Akko va Kamal navlari; TurkiyadaHichaz; Marokashda-Safri, Kharazi, Laaroussi; Hindistonda-Ganesh, Arakta,
Bhagva va Rubi; Ispaniyada-Mallar, Elche va Valensiya; Eronda-Malas-e-Saveh
Rabob-e-Neyriz, Malas-e-Yazdiy, Sishe Kape-Ferdos va Naderi-e-Budrood;
Hindistonda- Ganesh, Mirdulla (Arkta), Bhagva (Kesar), Rubi va boshqalar.
Turli xil navlarning sovuqqa chidamliligi:
Anorlarning ko‘pi faqat -11°C gacha chidamli bo‘ladi. Ko‘pgina Amerika,
O‘rta Yer dengizi va Hind navlari -13°C dan -9°C gacha bo‘lgan haroratda
zararlanadi, -18°C dan -19°C gacha bo‘lgan haroratda ildizigacha zararlanadi.
Turkmanistondagi tadqiqotlarga ko‘ra sovuqqa ko‘proq chidamli bo‘lgan Markaziy
Osiyo navlari -15°C dan -13°C gacha bo‘lgan haroratda yuqori qismlari va bir
yillik novdalar zararlandi, -17°C dan -16°C gacha bo‘lgan haroratda tana qismi
sezilarli zarar ko‘rgan va -18°C dan -21°C gacha bo‘lgan haroratda daraxtning
butun tanasi zarar ko‘rgan. Texasdagi anor sinovlarining dastlabki natijalari
“Kazaki” va “Sal” (Salavaskiy) AQShning 6 ta hududida (-20°C dan -18°C gacha)
tirik qolishlari mumkinligini ko‘rsatib turibdi, bu esa ularni eng sovuqqa chidamli
anorlarga aylantiradi. “Texas Red” va “Plantation Red” ham eng ko‘p sovuqqa
chidamli nav bo‘lishi mumkin. Qattiq urug‘li navlar yumshoq urug‘li navlarga
qaraganda sovuqqa chidamliroq bo‘ladi. Agar mevalar sharbat qilinadigan bo‘lsa,
meva urug‘ining qattiqligini hech qanday ahamiyati yo‘q, ammo mevalar
shundayligicha istemol qilinsa, bu juda katta ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |