Adabiyotlar tahlili
Anorlarning ko‘pi faqat -11°C gacha chidamli bo‘ladi. Ko‘pgina Amerika,
O‘rta Yer dengizi va Hind navlari -13°C dan -9°C gacha bo‘lgan haroratda
zararlanadi, -18°C dan -19°C gacha bo‘lgan haroratda ildizigacha zararlanadi.
Turkmanistondagi tadqiqotlarga ko‘ra sovuqqa ko‘proq chidamli bo‘lgan Markaziy
Osiyo navlari -15°C dan -13°C gacha bo‘lgan haroratda yuqori qismlari va bir
yillik novdalar zararlandi, -17°C dan -16°C gacha bo‘lgan haroratda tana qismi
sezilarli zarar ko‘rgan va -18°C dan -21°C gacha bo‘lgan haroratda daraxtning
butun tanasi zarar ko‘rgan. Texasdagi anor sinovlarining dastlabki natijalari
“Kazaki” va “Sal” (Salavaskiy) AQShning 6 ta hududida (-20°C dan -18°C gacha)
tirik qolishlari mumkinligini ko‘rsatib turibdi, bu esa ularni eng sovuqqa chidamli
anorlarga aylantiradi. “Texas Red” va “Plantation Red” ham eng ko‘p sovuqqa
chidamli nav bo‘lishi mumkin. Qattiq urug‘li navlar yumshoq urug‘li navlarga
qaraganda sovuqqa chidamliroq bo‘ladi. Agar mevalar sharbat qilinadigan bo‘lsa,
meva urug‘ining qattiqligini hech qanday ahamiyati yo‘q, ammo mevalar
shundayligicha istemol qilinsa, bu juda katta ahamiyatga egadir.
Anor navlari kolleksiyalari
Butun dunyo bo‘ylab turli milliy, mintaqaviy va xalqaro navlar
kollektsiyasida 2000 dan ortiq mahalliy navlar mavjud. Anorning yovvoyi va
mahalliylashtirilgan kollektsiyalari Sharqiy Osiyo, Yevropa, Shimoliy Afrika va
Shimoliy Amerikada xususan, Albaniya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Fransiya,
Germaniya, Vengriya, Isroil, Portugaliya, Rossiya, Tunis, Turkiya, Turkmaniston,
Ukraina, AQSh, O‘zbekiston, Hindiston, Marokash, Gresiya, Misr, Eron, Xitoy,
Tojikiston, Kiprda mavjudligi ma’lum.
Turli xil navlar kollektsiyalari orasida Garrigala-Turkmaniston, SanktPeterburg-Rossiya, Eronda juda katta navlar kollektsiyalari mavjud. GarrigalaTurkmaniston kollektsiyasidagi navlar, anorning kelib chiqish joyi sifatida
qaraladigan Markaziy Osiyo geografik mintaqasida to‘plangan namunalar
bo‘lganligi sababli Turkmanistonning Garrigala navi kollektsiyasiga alohida
qiziqish mavjud. Garrigala navi kollektsiyasida Zakavkaziya va Ispaniya, AQSh,
Eron, Tojikiston, Hindiston kabi xorijiy mamlakatlardan anorlarning namunalari
mavjud. Boshqa muhim 200-300 xil anor navlari Ozarbayjon, Ukraina, Tojikiston
va O‘zbekiston davlatlari tomonidan kollektsiyalarga kiritildi. (masalan,
Toshkentdagi Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va
vinochilik ilmiy tadqiqot institutining o‘zbek anorlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |