Hindistondagi asosiy navlar
Eng yaxshi tanilgan hind navlari (“Ganesh”, “Mridula”, “Bhagwa”) umumiy
xususiyatlarga ega. Ular shirin ta’mga ega bo‘lib, past kislotali kichik va o‘rta
o‘lchamdagi mevasi yupqa po‘choqli bo‘ladi.
“Ganesh”: Bu ehtimol eng mashhur Hind navidir. Bu doimiy yashil turuvchi
nav juda yumshoq urug‘larga ega. Urug‘lari qizil va ta’mi past kislotali hamda
shirindir. Bozorgir mevalarning eng yuqori miqdori yanvarda, lekin oktyabr, martaprel, mayiyun, iyun-avgust yoki iyul-sentyabr oylarida yig‘ish mumkin.
“Ganesh” navining po‘stlog‘ining
rangi mavsumga bog‘liq holda sabzirang
yoki yashil bo‘lib, meva hajmi juda kichik
bo‘ladi. Biroq, meva po‘stlog‘ining
yupqalashishi meva hajmini sezilarli
darajada oshirishi va 350 g dan yuqori
hajmda bo‘lishi mumkin. “Ganesh”
Hindistonda ko‘paytirish va boshqa turlar
bilan chatishtirish uchun ko‘p ishlatiladi.
“Mirdulla” (“Arkta”) va “Bhagwa”(“Kesar”):
Ikki hind navlari “Mridulla”(“Arkta”) va “Bhagwa” (“Kesar”) asosan
Yevropaga eksport uchun yetishtiriladi. Bu navlar jozibador qizg‘ish rangli
po‘stloq va yumshoq urug‘ga ega. Ularning ta’mi past darajada kislotali, shirin,
nisbatan kichik o‘lchamlidir (200-300 g). Po‘stlog‘i nisbatan yupqa bo‘lib, uning
kamchiligi hisoblanadi shuning uchun ular jismoniy shikastlanishlarga chidamsiz.
Bhagwa navi jismoniy zararga ko‘proq bardoshli hisoblanadi. “Mridulla“,
“Bhagva” va “Ganesh” doimiy yashil navlardir. Odatda yanvar-fevral oylarida
Yevropaga eksport qilinadi (15, 16-rasm).
Rubi: Pishib yetilgan mevalar shakli va o‘lchami jihatidan “Ganesh” turini
eslatadi. Biroq, bu navning po‘stlog‘i yashil chiziqli qizg‘ish jigarrang va mevasi
270 gramm.
Muskat: Bu navning mevalari pushti rangli donlar va qizil rangli po‘stloqqa
ega. Mevaning o‘rtacha og‘irligi 300-350 gramm.
Jyoti: Daraxtlar shakli pakana bo‘lib doimo yashil o‘simlikdir. Meva hajmi
kichik. O‘rtacha meva vazni 200g. Po‘stlog‘i odatda qizil rangda, donlari esa
pushti. Suyuqlik miqdori donalarning og‘irligiga qarab 75 % ga teng. Sharbati esa
juda past 0,3% kislotaga ega.
Dholka: Och pushti donlarga ega sariq rangli po‘stloqli katta mevalar
hisoblanadi.
Hindiston yarim oroli va uning juda xilma-xil iqlim zonalarga ega ulkan
hududi har bir mintaqaga mos keladigan navlarni talab qiladi.
Xulosa
Umuman olganda, butun dunyoda 500 dan ortiq anor navlari yetishtiriladi va
ular orasida bir nechta mashhur tijorat navlari mavjud. Anor navlari hajmi, ta’mi,
po‘stlog‘i va donlarining rangi, urug‘ning yumshoqligi, hosildorligi, bo‘linishi,
kasalliklarlarga chidamliligi, saqlanishi, shakar va sharbat miqdori, pishish vaqti va
boshqalar bilan farqlanadi. Anor navlari odatda ularning titrlangan kislota
miqdoriga asosan uchta asosiy guruhga bo‘linadi: TA qiymatlari 0,32, 0,78 va
2,72% (A/A)ga mos ravishda “shirin”, “shirin-nordon” yoki “nordon” kabi bo‘ladi.
Misol uchun, 46 Ispaniyada O‘rta Yer dengizi iqlimiga moslashgan 40 ta navning
35 tasi shirin, uchta shirin-nordon, ikkita nav esa nordon hisoblanadi.
Foydalanoilgan adabiyotlar ro’yhati
1.Ribakov A.A., Ostrouxova S.A. -O’zbekiston mevachiligi. T., 1981.
2.Mirzaev M.M., M.K. Sobirov -Bog’dorchilik., T., 1987.
3.Mirzaev M.M., M.K. Sobirov -O’zbekistonda bogdorchilik., T., 1980
4.V.I.Zuyev, A.A.Umarov, O.Qodirxo’jaev - Intensivnaya texnologiya
vozdelo’vaniya ovohe-baxchevo’x kultur
5. www.ipm.ucdavis.edu
6.wwww.plantix.net/plant-disease/en/100203/alternaria-black-spot-and-fruit-rot
7.http://givingtrees.co.za/specialist-tree-growers/pomegranate-tree-problems
Do'stlaringiz bilan baham: |