4.3. Bank konsalting xizmatlarini Mijoz tomonidan Bankka taqdim etilgan axborot va hujjatlar
asosida hamda integratsiyalangan ma’lumotlar bazasidan olingan va Bankka erishimli bo‘lgan
ma’lumotlar asosida taqdim etadi.
4.4. Mijoz tomonidan va boshqa ma’lumotlar manbasidan taqdim etilgan noaniq axborotlar
asosida taqdim etgan maslahatlari natijasida Mijozga yetkazilgan har qanday shakldagi zarar uchun
Bank javobgar bo‘lmaydi.
4.5. Mijoz Bank tomonidan berilgan
maslahatlarni bajarmaganligi, qisman yoki to‘laqonli
bajarmaganligi natijasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun Bank javobgar bo‘lmaydi.
5. Bankning va aksiya Ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
5.1. Aksiya Ishtirokchilari Aksiyada ishtiroki bilan bog‘liq barcha harakatlarni Mazkur
Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.
5.2. Bank Aksiya Ishtirokchisi to‘g‘risidagi axborotni uchinchi shaxslarga berishga haqli emas,
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar hamda ushbu Aksiya doirasi
Bank o‘z majburiyatlarini bajarishi maqsadidagi holatlar bundan mustasno.
5.3.Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishdan va Xizmatlar paketi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilishidan
voz kechishi mumkin.
5.4. Aksiyada ishtirok etib, aksiya Ishtirokchisi mazkur Qoidalar bilan tanishib chiqqanligini va
ularga roziligini tasdiqlaydi.
5.5. Ishtirokchi tanlagan Xizmatlar paketiga muvofiq to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishi
shart.
5.4. Bank Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki
boshqa aloqalar qilmaslik
huquqini o‘zida saqlab qoladi, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari.
5.5. Bank mazkur Qoidalarga bir taraflama tartibda o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Qoidalarga Bank tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar Bank tomonidan Qoidalarning yangi tahriri
Bankning Internet tarmog‘idagi
www.anorbank.uz
. rasmiy veb-saytida joylashtirilgan sanadan
boshlab Bank va yangi Ishtirokchilar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Shu o‘rinda, o‘zgartirishlar kiritilishidan oldin Aksiyaga qo‘shilgan
aksiya Ishtirokchilariga
o‘zgartirishlar qo‘llanilmaydi, bunday Ishtirokchilar uchun avval tasdiqlangan Aksiya shartlari amal
qiladi.
5.6. Mazkur Qoidalarga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborot avval Bankning
saytida ochilib joylashtiriladi.
5.7. Quyidagi holatlarda Bank Ishtirokchilar oldida javobgar bo‘lmaydi:
5.7.1. aksiya Ishtirokchilari mazkur Qoidalarning shartlari bilan tanishib chiqmaganligi yoki
to‘liq tanishib chiqmaganligi;
5.7.2. aksiya
Ishtirokchilaridan xatlarni, qong‘iroqlarni, faksimile va/yoki elektron xabarlarni
olmaganligi, shu jumladan,
pochta xizmatining, aloqa tashkilotlarining aybi bo‘yicha, Aksiya
o‘tkazilishida foydalaniladigan Internet va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki
firibgarlik natijasida;
5.7.3. Bank o‘z majburiyatlarini bajarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va Bank tomonidan
ularning bajarilishini imkonsiz
qiluvchi fors-major vaziyatlar, jumladan, suv toshqinlari,
yong‘in, ish tashlashlar, zilzila yoki boshqa tabiiy omillar,
ommaviy
epidemiyalar, davlat organlarining farmoyishlari va Bankka bog‘liq bo‘lmagan
boshqa obyektiv sabablar;
5.7.4. aksiya Ishtirokchilari aksiyada ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan harakatlarni
bajarmaganligi yoki o‘z vaqtida bajarmaganligi;
5.7.5. aksiya Ishtirokchilarining harakatlari (harakatsizligi) hamda xatolari;
5.7.6. www.anorbank.uz saytidagi xatolar,
nosozliklar, dasturiy ta’minot ishidagi
nosozliklar;
5.7.7. aksiya Ishtirokchisida uning Aksiyada ishtiroki tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
zararlar, xarajatlar va har qanday boshqa sarflar
(Bank ularni to‘lab yoki qoplab bermaydi);
5.7.8. Bank va aksiya Ishtirokchisining oqilona nazoratidan tashqarida bo‘lgan boshqa
hodisalar va vaziyatlar.
5.7.9. Aksiya bo‘yicha tomonlarning barcha nizolari va kelishmovchiliklari O‘zbekiston