Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

Raunatin 
(Raunatinum). В ro‘yxatida. Po‘st bilan qoplangan 0,002 g li 
tabletkalar, 50 donadan. Xuddi shunga o‘xshash preparat ‘‘Rauvazan" degan nom bilan 
draje holida Germaniyadan keltiriladi. 
Qon bosimini tushiradigan, aritmiyalarga qarshi va o‘rtacha darajada 
tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. 
I va II bosqichdagi gipertoniya kasalligida qo‘llanadi. Ovqatdan keyin kuniga 
0,002-0,012 g dan ichiladi. 
Nojo‘ya ta’siri. Ayrim hollarda burun shilliq pardasi shishib turishi, ko‘p terlash, 
bo‘shashish, yurak sohasining og‘rib turishi. Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan 
moneliklar.Qon bosimining pastligi. 
Rezerpin 
(Reserpinum). A ro‘yxatida. Ilonsimon rauvolfiya (Rauvolfia 
serpentina Benth) degan hind o‘simligi ildizidan olinadigan alkaloid. Bu o‘simlikning 
shifobaxsh ta’siri qadimgi hindlarga ma’lum bo‘lib, uni «aqldan ozishdan xalos 
qiladigan ildiz»deb atashgan. 
Kukunva tabletkalarda 0,00025 va 0-0001 g dan chiqariladi. 
Vezikulalarda noradrenalin yig‘ilishiga (depolanishiga) to‘sqinlik qiladi. 
Plazmada ozod holda yig‘iladigan mediator monoaminooksidaza fermenlidan 
parchalanadi. Nerv impulsi o‘tayotganda simpatik nerv oxirlaridan sinaptik yoriqda 
ta’sir kuchi yetarlicha bo‘lmagan miqdorda noradrenalin ajraladi. 
Rezerpin effekti arterial bosimni asta-sekin tushirishda yuzaga chiqadi. 
Maksimal ta’siri bir necha kun o‘tgach kuzatiladi. Markaziy nerv sistemasiga 
susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Trankvilizatsiya qiladigan ta’siri tufayli ilgari psixiatriya 
praktikasida qo‘llanilar edi. Hozirgi vaqtda gipertoniya kasalligiga davo qilish uchun 
gipotenziv vosita sifatida tayinlanadi. 
Tabletkalarda sutkasiga 0,0001-0,0003 g dan ovqatdan keyin ichish uchun 
tayinlanadi, ayrim hollarda bu dozani sutkasiga 0,0005-0,001 g gacha oshiriladi. 
Davolash bir necha oy mobaynida o‘tkaziladi. Yuqori dozasi: 0,002 g (0,01 g). 
Qo‘shimcha hodisalar: motorikaning va sekretor funksiyaning oshishi, yurak 
ritmining sekinlashuvi (bradikardiya), dispeptik buzilishlar, teriga toshmalar toshishi, 
depressiv holat. 
Qo‘llanib bo‘lmaydigan hollar: me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, 
bradikardiya (yurak ritmining sekinlashuvi). 
Ornid 
(Ornidum). В ro‘yxatida. 5 % li eritmasi 1 ml dan solingan ampulalar, 
o‘rovida 10 donadan chiqariladi. 
Simpalolitik ta’sir ko‘rsatadigan preparat. Gipotenziv ta’sir ko‘rsatadi. 
Gipertoniya kasalligi, qorinchalarga aloqador taxiaritmiyalar, ekstrasistoliyalarda 
ishlatiladi. 
5 % li eritmasi bir necha hafta davomida 0,5-1 ml dan teri ostiga va muskullar 
orasiga kuniga 2-3 mahal yuborib turiladi. Bu preparatni boshqa gipotenziv vositalar 
bilan birga ishlatish mumkin. 
Nojo‘ya ta’siri. Ortostatik kollaps, bo‘shashish, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, 
qusish, burun shilliq pardasi shishib qolishi, badan qizib ketayotgandek sezilishi, yurak 
sohasida og‘riq paydo bo‘lib, boldir muskullarining bezillab turishi, qisqa vaqtga ko‘z 
xira tortib qolishi. 


Ishlatishga yo‘l qo‘ymaydigan moncliklar. Sezilarli darajadagi ateroskleroz, 
miokard infarkti, miyada qon aylanishining birdan izdan chiqqani. Buyraklar funksiyasi 
yetishmaydigan mahallarda ehtiyot bo‘lish zarur. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish