Qayta qurish davrida O’zbekiston iqtisodiyoti va jahon.1985—199i-yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida paxta va u bilan bog’liq xo’jalik tizimi saqlanib qolaverdi. Bu hol paxtachilik komplekslari, yengil sanoatni rivojlan-tirishga ustuvor yo’nalish sifatida qaralganida ravshan ko’rindi. Pirovard natijada O’zbekistonda ishlab chiqa-rish vositalaridan ko’ra iste'mol mollari ishlab chiqarish-ga ko’proq e'tibor berildi. Respublika yengil sanoati esa, tabiiyki, uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlay olmadi. O’zbekistonni yengil sanoat respublikasiga aylantirishga urinish qayta qurish sharoitida yanada kuchaydi. Paxta, qorako'1, shoyi, pilla yetishtirib, Markaz qudratini oshirib kelgan O’zbekiston Moskva boqimandasi degan soxta yorliqqa ega bo’ldi.
80-yillarning o’rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish, mehnat unumdorligini oshirish kabi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha O’zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi. Ayniqsa, milliy daromad-ning o’sishi borasida ahvol og’ir edi. Masalan, 1986— 1987-yillarda uning o’sishi 10,7 foizgacha deb belgilan-gani holda, uning amaldagi holati 1,4 foizga arang yetdi.
Ushbu davrda O’zbekiston aholisi 6 foizga ortdi. Bu respublika aholisi jon boshiga daromad hajmi bo’yicha yana ortga ketganidan dalolat berardi. 1988-yilgi bunday ko’rsatkich umumittifoq ko’rsatkichidan 3 marta kam bo’ldi. Qayta qurish yillarida O’zbekistonning Markaz bilan iqtisodiy munosabatlaridagi ko’plab mavjud nomu-vofiqliklar yanada avj oldi. Masalan, 1986—1990- yillar-da respublikaning asosiy ishlab chiqarish fondlari 21 foizga yetdi, davlat byudjetidagi daromadlar esa 7 mlrd so’mga ko’paydi. Lekin iste'mol uchun sarflanadigan milliy daromad hajmi 4,3 mlrd so’mni tashkil etdi, xolos. Aholi sonining ortib borishi, unda yosh bolalar hamda faxriylar hissasining jiddiy ortishi ham aholi jon boshiga milliy daromad hajmining taqsimlanishida salbiy nisbatni yuzaga keltirdi.
O’zbekiston hududida katta hajmdagi va ko’p sonli Ittifoq vazirliklari tasarrufidagi korxonalar ham joylash-gan edi. Odatda, bunday korxonalar daromadlari shu respublika milliy daromadiga qo’shilishi lozim edi.Ammo Markazning ko’rsatmalariga asosan asosiy daro-mad markaziy vazirliklar ixtiyoriga jo’natildi. 1988-yilda O’zbekistondagi shunday korxonalar bor-yo’g’i mahalliy byudjetga 10 mln so’mgina mablag’ ajratdilar, xolos.
80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston qishloq xo’jaligidagi ahvol ham juda achinarli edi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi yildan-yilga pasaya bordi. Masalan, 1985—1990-yillarda qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligining o’rtacha yillik hajmi har bir kishi-soat hisobida o’tgan besh yildagiga nisbatan jamoa xo’jaliklari va qishloq xo’jalik korxo-nalarida 1,5 foizga, davlat xo’jaliklarida esa 16,1 foizga kamaydi.
1985-1991-yillarda o’zbe-kiston iqtisodiyotida uning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari ham mu-him ahamiyat kasb etdi. Ayni paytda shu narsani qayd etish lozimki, sobiq SSSR o’zining insonparvar davlat ekanligini namoyish etish maqsadida kplab mahsulot-larni beg’araz yordam shaklida boshqa davlatlarga in'om etardi. Masalan, 1985-yilda O’zbekistonda amalga oshi-rilgan mahsulot eksportining 65 foizi shunday in'om shaklida Hindiston, Afg’oniston, Mongoliya kabi davlat-larga jo’natildi.
80-yillar o’rtalaridan O’zbekiston importi va eksportida ayrim ijobiy o’zgarishlar ham yuz bera bosh-ladi. Ayni paytda, O’zbekiston endi asosiy e'tiborni ilg’or davlatlar bilan tashqi aloqalarga qarata bordi. Xususan, 1987-yilda O’zbekiston eksportining hajmi 32522 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, shundan 515,1 ming so’mi Yaponiya va Turkiyaga to’g’ri kelardi. O’zbekiston eksportida paxta tozalash korxonalari uchun asbob-usku-nalar, to’qimachilik stanoklari, ekskavatorlar, kompres-sorlar, elektr kranlari, paxta, qorako'1 kabilar ustuvor xarakterga ega edi.
Umuman, 1991-yilda O’zbekiston eksportining 79 foizini xom ashyo mahsulotlari, 11 foizini mashinalar, texnika vositalari, asbob-uskunalar, 6 foizini xalq iste'mol mollari, 4 foizini oziq-ovqat mahsulotlan tashkii etdi. Bu ko’rsatkichlar 80-yillar boshlaridagi raqamlar-dan biroz ko’p edi. Eng muhimi eksportning geografiyasi kengaya bordi. O’zbekiston eksportida xom ashyo mah-sulotlari ko’proq o’rin egallardi. Ayni paytda, undan keladigan foyda ham asosan Markazning umumiy byud-jetiga tushar edi.
Umuman, 1985— 1990-yillarda O’zbekiston iqtisodi-yotida 70-yillar boshlarida avj olgan iqtisodiy turg’unlik yana kuchaydi. Bunga O’zbekiston hududida joylashgan industriyaning haddan tashqari markazlashuvi ham ta'sir qildi. Xususan, respublika hududining 5 foizida 65 foiz sanoat korxonalari joylashgan edi. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi ham sust bo’lgan. Masalan, sanoatda qo'l kuchi mehnati 48,7 foizni, qurilish kompleksida 51 foizni, yengil sanoatda 50 foizni, oziq-ovqat sanoatida 45,5 foizni tashkil etgan.
Bu hol oxir-oqibatda qayta qurishning iqtisodiy soha-da barbod bo’lishiga olib keldi. Iqtisodiy islohotlar, malumki, 1987-yilda e'lon qilindi. Biroq 1986-1987-yillar mobaynida iqtisodiyotni barqarorlashtirish, sog’-lomlashtirish bo’yicha birorta ham samarali yo'1 izlan-madi. Bozor munosabatlariga o’tish esa quruq gap bo’lib qolaverdi. Mulkchilik shakllarini o’zgartirmasdan, iqti-sodiy raqobatni kuchaytirmasdan, iqtisodiy qonunlarga keng erk bermasdan bozor munosabatlariga o’tib bo’lmas edi. Shuning uchun ham 1990-yilgacha qayta qurishning maqsadi sun'iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo’lib qolaverdi. Shu bilan birga, byud-jet xarajatlarining daromadlar hajmidan ortib ketishi pul-ning qadrsizlanishiga olib keldi. O’zbekiston iqtisodi-yotining inqirozga uchrashiga hali kuchli tarzda davom etayotgan xo’jalik yuritishning ma'muriy usullari, iqti-sodiyotning siyosiy mulohaza va eskicha yo’llar bilan boshqarilishi, yangi qiyinchiliklar (xom ashyo yetish-masligi, ommaning iqtisodiy «islohotlar»ga ishonmasligi) ham ta'sir qildi.
80-yillarning ikkinchi yarmida O’zbekiston iqtisodi-yotiga jiddiy salbiy ta'sir etgan holatlardan yana biri
1984—1989-yillardagi qatag’onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo’ldi. Bu davrda xo’jalik yuritish san'a-tini yuksak darajada o’rgangan minglab rahbarlar, mutaxassislar qamaldi, ishdan olindi, ular keyinchalik amaliy faoliyat ko’rsatishga qodir bo’lmay qoldilar. O’zbekiston iqtisodiyotida kadrlar, mutaxassislarga muh-tojlik sezildi.
Markaz ittifoqdosh respublikalarni iqtisodiy inqiroz-dan chiqarish imkonini qidirmadi. 1990-yilgacha mam-lakatda ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan, mamlakat-ni inqirozdan saqlab qoluvchi davlat dasturi yo’q edi. 1990-yil o’rtalaridan boshlabgina O’zbekistonning yangi siyosiy rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqiroz-dan olib chiqish, bozor munosabatlariga o’tish uchun jiddiy harakat boshladi, buning umumdavlat dasturini tayyorlashga kirishildi. Uning asosiy tamoyillari esa respublika iqtisodiyotidagi bir tomonlama rivojlanishni bekor qilish, xo’jalik yuritishda o’z milliy xususisiyatla-rini e'tiborga olgan holda andozalarni o’rganish, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish, mulkchi-likning turli shakllarini joriy etishdan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |