«Birlik» harakati va «Erk» demokratik partiyasining ijtimoiy-siyosiy cheklan-ganligi va xatolari.
80-yillarning ikkinchi yarmi-da O’zbekiston ijtimoiy-siyo-siy hayotida jiddiy o’zgarish-lar, ayniqsa, jamoat tashkilot-larining faollashuvi, siyosiy madaniyatining keskin ko’tarilishi yuz berdi. Jumladan, 1988-yilning 11-noyabrida «Birlik» xalq harakati (rahbari Abdurahim Po’latov) jamoat tashkiloti sifatida tashkil topdi. Shuningdek, xuddi shu paytda O’zbekiston erkin yoshlar uyushmasi tuzildi. Ular 90-yillarning boshlarida respub-lika ijtimoiy-siyosiy hayotida malum rol o’ynadi.
Biroq «Birlik» harakati ilk jamoat tashkilotlaridan biri bo’lganligi sababli ham ko’plab xato va kamchiliklarga yo'l qo’ydi. Harakat ko’p hollarda, jamoat tashkiloti sifatida tashkil etilgan va davlat ro’yxatidan o’tgan bo’lsa-da, siyosiy partiyaga xos faoliyat olib bordi.
«Birlik» harakatining eng asosiy xatolaridan biri — bu ularning xalqimiz tub manfaatlarini anglamasliklari
bo’ldi. Harakat faollari ko’proq miting, namoyishlar o’tkazish, mahalliy rahbarlarga tazyiq qilish, qanday qilib bo’lmasin hukumat va uning mahalliy organlari faoliyatidan xato va kamchiliklar topish, turg’unlik davrida nochor holga tushib qolgan kishilarning ehtiroslarini avj oldirish orqali faoliyat ko’rsatdilar. Shuning uchun ham harakat xalq ichida o’z ildiziga ega bo’la olmadi.
Shu bilan birga, «Birlik» harakati faollarining bir guruhi (Muhammad Solih boshchiligida) siyosiy partiya tuzish uchun harakat boshladilar. 1990-yil 30-aprelda «Erk» demokratik partiyasining ta'sis qurultoyida uning dastur va nizomi qabul qilindi. «Erk» partiyasining yangi jamiyat qurish yoki bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o’tish jarayonidagi aniq bir konsepsiyasi yoki dasturi yo’q edi. Uning ko’p hujjatlarida fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish to’g’risida gap ketsa-da, aslida uni qurish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, uning huquqiy poydevorini shakllantirish to’g’risida o’ylanmasdi.
«Erk»chilar juda tezlikda biron-bir jamiyatga o’tishga intilar edilar-u, lekin uning qanday bo’lishi to’g’risida aniq tasavvurga ega emasdilar. Partiya rahbarlari yangi bir jamiyatga o’tish uchun ulkan islohotlarni amalga oshirish ehtiyojini, fuqarolar ongi, tafakkuri va ruhiyati-da o’zgarishlar, yangicha qarashlar bo’lishi uchun o’tish davri lozimligini, bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun tadrijiy yo'1 bilan islohotlar o’tkazish zaruratini anglamagan edilar.
Bulardan tashqari ushbu harakat va siyosiy partiyalar rahbarlari asosan hissiyotga berildilar. Yuksak siyosiy bilim, siyosiy madaniyatning yo’qligi, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot to’g’risidagi bilimlarning sayozligi tufayli bun-day harakat yetarli obro'-e'tiborga ega bo’lmadi.
Natijada ham «Birlik» harakatining, ham «Erk» par-tiyasining faoliyati aholining bir qismida norozilik uyg’otdi, jamiyatdagi fuqarolar totuvligi va hamjihatligi-ga putur yetkazdi. Shuning uchun ham Ko’ppartiyaviylik tizimi va uning mohiyati, SSSR Konstitutsiyasi 6-mod-dasining bekor qilinishi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27-avgustdagi farmonida siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy harakatlar va birlashmalar faoliyatini tartibga solish belgilab berildi. Shu bilan birga, bunday harakat, partiya, birlashmalarni adliya organlari tomonidan ro’yxatga olish qoidalari bel-gilandi.
Umuman, 80-yillarning ikkinchi yarmi O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanish davri bo’ldi. Mav-jud partiyalar, harakatlar faoliyatidagi cheklanganlik, siyosiy ekstremizm, tajribaning yetishmasligi holatlariga qaramasdan O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot bu davrda ancha boyidi.
Ko’ppartiyaviylikka o’tish KPSSning uzoq yillar davom etgan yakkahokimligiga chek qo’ya boshladi. O’zbekiston fiiqarolari ham SSSR Konstitutsiyasining KPSSning jamiyatdagi rahbarlik roli to’g’risidagi 6-mod-dasini bekor qilish aksiyasida faol ishtirok etdilar. 1990-yil mart oyidagi SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari III qurultoyi ushbu moddani bekor qildi. Natijada kompartiyaning uzoq yillar davom etgan gege-monlik roliga barham berildi. Bularning barchasi O’zbekistonda xalq milliy ongi, siyosiy madaniyatining oshganidan dalolat berardi.Shunday qilib, 1985—1991-yillar O’zbek xalqining ruhiy holatida jiddiy siljishlar, miliy ong, demokratiya va ijtimoiy-siyosiy faollik ko’tarilgan, ko’ppartiyaviylik ti-zimi shakllanishi davri bo’lib tarixga kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |