Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan



Download 1,75 Mb.
bet68/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   207
Savol va topshiriqlar

1. Yer-suv islohoti oldida qanday vazifalar turar edi?

2. Yer islohotining ijtimoiy oqtbatlarini dalillar asosida bayon qilib benng.

3. O’zbekistonda kooperatsiyaning qanday shakllari qay darajada rivojlanib bordi?

4. 20-yillaming oxirlarida kooperatsiya asosiy shakllarining yemirilishiga nimalar sabab bo’ldi?

22-§. SANOAT QURILISHI VA XALQ HUNARMANDCHILIGI MUAMMOLARI

Reja.

1. Industrial sakrashga tomon yo'l

Sanoatni tiklash va rivojlan-tirish ishlari 20-yillarning bi-rinchi yarmida Ittifoq mar-kazi manfaatlarini o’ylab, reja asosida olib borildi. Turkiston mintaqasini ixtisoslashtirish va rivojlantirish uchun xom ashyo resurslaridan mumkin qadar ko’proq foydalanishni mo’ljallab amalga oshirildi.

Respublika xalq xo’jaligini tiklash jarayoni davom etayotgan davrda mamlakat markaziy organlari 1925-yili sanoatlashtirish masalasini kun tartibiga qo’ydi. Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyoti rivojlangan zamonaviy sanoatni vujudga keltirishga to’la-to’kis bog’liq edi. Bu maqsadga tez muddatda erishish-ning aniq yo’llarini ishlab chiqish talab etilardi. Mamlakatning yakkalanib qolgani chet el kapitali ke-lishiga umid bog’lashga imkon bermasdi. Faqat bittagina imkoniyat bor edi — ichki jamg’armalarni to’plash va mamlakatning o’zidagi mablag’lardan birmuncha oqilona foydalanish.

Keng qamrovli sanoatlashtirish dasturiga o’tish iqti-sodiy va insoniy resurslarga haddan tashqari zo’r kelishiga sabab bo’ldi, qo’shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqardi va qanchadan-qancha xarajatlar qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Jamg’armalarning manbalari to’g’risidagi masala eng keskin muammolarning biriga aylandi. Xususiy kapital yirik sanoatga ataylab yaqinlashtirilmas, sanoat jamg’armalari asosidagina industrial sakrashni amalga oshirish mumkin edi. Mamlakatning partiya rahbariyati nihoyatda keskin o’tgan siyosiy bahs-munoza-ralardan keyin mablag’larni iqtisodiyotning agrar sektori-dan industrial sektorga, ya'ni dehqon xo’jaliklaridan sanoatga tashlash yo’lini ma'qulladi.

O’zSSRda rivojlangan zamonaviy sanoat bo’lmay, sanoat,korxonalarming texnik darajasi haddan tashqari past,muhandislar, texniklar va zamonaviy texnikani biladigan malakali ishchilar nihoyat darajada yetishmas edi. o’lka xalq xo’jaligini tiklash 7—8 yilga cho’zilib ketdi. Mana shu narsalarning hammasi qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diraverdi. Mamlakat asosiy ishlab chiqarish fondla-rining umumiy hajmida fabrika-zavod sanoatining salmog’i 1926/27-xo'jalik yilida RSFSRda 68%ni, Ukraina SSRda esa taxminan 22%ni tashkil etgan bo’lsa, O’zbekiston SSRda hammasi bo’lib 0,6%ni tashkil etdi. Boshqacha aytganda, tiklash davrining oxirlariga kelib Ittifoq markaziy hududlari va respublikamiz rivojla-nishining iqtisodiy darajasida keskin tafovut saqlanib qoldi.

O’zbekistonning ishlab chiqarish hayotida kustar-hunarmandchilik ishlab chiqarishning hamon oldingi o’rnini egallab, aholining poyafzal, kiyim-kechak va ro’zg’or buyumlariga bo’lgan ehtiyojlarining katta qismi-ni qondirib keldi.

O’zSSR sanoati asosan qishloq xo’jalik xom ashyosidan foydalanar va bir tomonlama ixtisoslashgan edi. Bu sanoatning uchdan ikki qismiga yaqini mamlakat markaziy rayonlarining ehtiyojlarini qondirishga mo’ljal-langan paxta tozalash sanoati ulushiga to’g’ri kelardi. Bu sanoat boshqa sohalardan alohida holda rivojlanar va respublika iqtisodiyoti bilan uncha payvasta bo’lib bog’lanmagan edi.

Respublikaga uning ishlab chiqarish kuchlarining bir tekis rivojlanib borishini ta'minlay oladigan, shahar va qishloqdagi butun jamoat ishlab chiqarishining tuzilishi hamda texnik negizini tubdan o’zgartirib, ishlab chiqa-rish munosabatlarini mustahkamlaydigan, zamonaviy texnikadan foydalanishga qodir bo’lgan kadrlarni yetishtirib chiqaradigan sanoatni joylashtirish zarur edi.

O’zbekistonni sanoatlashtirish eng boshdanoq Ittifoqni sanoatlashtirishning tarkibiy va ajralmas bir qismi deb belgilandi. Respublika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo’lini ham ana shu narsa belgilab berdi: bu yo'1 qishloq xo’jaligi va tabiiy boyliklarni qattiq ekspluatatsiya qilish-ga mo’ljallangan edi.

Sanoatning paxta tozalash, moy ishlab chiqarish, ipakchilik, to’quvchilik, vinochilik va meva konservalari tayyorlash sohalarini rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo’jalik mashinalari va mineral o’g’itlar ishlab chiqaradi-gan korxonalar qurish, toshko’mir qazib chiqarish, neft sanoati va energetikani har tomonlama rivojlantirish ko’zda tutildi.Ana shunday keng ko’lamli dasturni amalga oshirish

bo’lib tushdi. Texnik-iqtisodiy baza qoloq, qurilish materiallari va mexanizatsiya vositalari nihoyatda tanqis, kadrlar yetishmay turgan mahalda ana shunday dastur haddan tashqari ko’p mablag’ sarflashni talab qilar edi. Partiya zaxira jam-g'armalarni mamlakat ichidan qidirib topish va ularni industriya sohasiga yo’naltirish yo’lini tutdi, bu narsa kredit tizimi va ichki zayomlar orqali aholi qo’lidagi mablag’lardan keng foydalanish, shuningdek, mehnat-kashlarning paychilik mablag’lari asosida kooperatsiyani rivojlantirishga olib bordi.

Sanoatlashtirish rejalarini amalga oshirish xalqdan zo’r berib mehnat qilish, ijodiy tashabbus ko’rsatish, iste'molni cheklash va o’z qo’lidagi mablag’larni sarflashni talab qildi. Chunonchi, ichki davlat zayomla-rini tarqatishdan O’zbekiston 1926—1929-yillarda 23 mln so’m, davlat apparatini qisqartirish va arzon-lashtirishdan esa 7 mln so’m daromad oldi.

O’zbekiston sanoat korxonalarining jamoalari tejab-tergash borasida musobaqalar o’tkazib, jamoat shartno-malari tuzdilar. Ishchilarning zavodlar, fabrikalar, transportdagi fidokorona mehnati tufayli ishlab chiqarish ko’rsatkichlari yaxshilanib, tejalgan mablag’lar miqdori tobora ortib bordi. Ishlab chiqarishga yangi texnikani joriy etish, mehnatni tashkil qilishni yaxshilash, ishchilar malakasini oshirish, ish kunidan to’la foydalanish harakati ommaviy tus oldi. Bu ishchilar va muhandis-texnik xodimlar ijodkorligining o’sishiga, mehnat unumdorligining ortishiga, mahsulot miqdorining ko’payishi-ga, sanoatni yangi texnika asosida qayta qurishga yordam berdi.

O’zbekiston mehnatkashlarining fidokorona mehnati natijasida respublika yirik sanoatining yalpi mahsuloti 1927/28-xo'jalik yilida 270 mln so’mga yetdi, ya'ni 1924/25-xo'jalik yiliga qaraganda 2,5 baravardan ziyod-ni tashkil qildi.

Korxonalar yangi texnika asosida tiklandi, yangi sanoat sohalari (ip-gazlama, trikotaj, shohi va hokazo) barpo etildi, avval mavjud bo’lgan sanoat korxonalari (neft. poligrafiya, ko’nchilik sohalari) qayta qurilishi kengaytirildi, sanoat yalpi mahsuloti ancha ko’paydi, tannarxi kamaytirilib, sifati esa oshirildi. Uch yil mobaynida yirik sanoat korxonalarining soni 48 taga ko’paydi, 1928-yilga kelib ular 166 taga yetdi. Jumladan, Farg’ona to’qimachilik fabrikasi, Toshkentda «o’rtoq» qandolatchilik fabrikasi, tikuvchilik fabrikasi, ko’nchilik zavodlari, Samarqand, Buxoro va Marg’ilonda pillakash-lik fabrikalari, Bo’zsuv GESi, Xilkovo sement zavodi. Chimyon va Santo neftni haydash zavodlari ishga tushi-rildi.

Sanoatlashtirish davomida respublikaning energetika bazasi kengaytirildi va mustahkamlandi. Umum foydalanadigan va sanoatni ta'minlaydigan elektr stan-siyalari soni uch yil mobaynida 17 taga ortdi, elektr energiyasi ishlab chiqarish 3 baravar ko’paydi.

Respublika sanoatini tiklash va yangilash jarayoni urush va vayrongarchilik yillari ishlab chiqarishdan ketib qolgan ishchilarning sanoatga qaytishi bilan birga davom etib bordi. Qishloq yoshlarining kelib qo’shilishi hisobiga ishchilar saflari kengayaverdi. Sanoatda milliy kadrlar muammosini hal qilishga alohida e'tibor berildi. Shu maqsadda hunar-texnika ta'limi tizimi barpo etildi. Ular sanoatni malakali kadrlar bilan to’ldirib borishning asosiy manbai bo’lib qoldi. Korxonalarda brigada bo’lib va yakka tartibda shogird tarbiyalash keng rasm bo’ldi. Yoshlar tajribali ishchilarga biriktirib qo’yildi.

Kasb-hunar o’qib-o’rgatilishi natijasida sanoatda malakali ayol kadrlar ham paydo bo’ldi. Shu davrda (1926— 1928-yillar) ishchilar soni 2 baravardan ziyod ko’paydi, mahalliy millat vakillari ularning yarmidan ortig’ini tashkil etdi.

Shunday qilib, 20-yillar respublika iqtisodiyotining tiklanishi bilan belgilandi, lekin bunda mayda ishlab chiqarish har qalay ustun bo’lib turdi. Xususiy sektoming mavjudligi iqtisodiyotda ustun bo’lib turdi va yangi iqti-sodiy siyosat sharoitlarida mayda xo’jaliklarning yuksalib borishiga olib keldi, bu narsa tiklanish jarayonlariga yaxshi ta'sir o’tkazdi. Mayda sanoat va kustar ishlab-chiqarishning jonlanishi ichki bozorni kengaytirdi va yirik davlat industriyasi uchun mablag’lar bera oladigan manbalarni yaratdi.

20-yillarning birinchi yarmidagi iqtisodiy islohotlar-oziq-ovqat razvyorstkasi, mehnat majburiyatining bekor qilinishi, iqtisodiyot va davlat sektorini idora etishni markazdan bir qadar xoli qilish, xo’jalik hisobini, o’z xarajatlarini o’zi qoplash va o’z-o’zini mablag’lar bilan ta'minlash usullarini joriy etish sanoatlashtirish siyosatining zarur shartlari bo’lib qoldi. Biroq 20-yillar-ning oxirlarida sur'atlarni keskin tezlashtirish, o’ziga xos «katta sakrash»ni amalga oshirish yo’lini tutish butun mamlakat va, xususan, O’zbekistonning keyingi iqtisodiy taraqqiyotiga muhim o’zgartirishlarni kiritdi.




Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish