Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


«Paxta ishi» qachondan boshlandi?



Download 1,75 Mb.
bet172/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   207
8. «Paxta ishi» qachondan boshlandi?

A. 1972-yil 7-noyabrdan. B. 1982-yil 30-dekabrdan. C. 1984-yil o’rtalaridan. D. 1985-yil 23-apreldan.

E. 1985-yil oxiridan.

9. Orol fojiasi nima uchun yuz berdi?

o’z fikringizni yozma bayon qiling.


VI b o b. O’zbekistonda sovet mustabid tuzumining inqirozga yuz tutishi va mustaqillik uchun harakatlar (1985-1991-yillar)

60-§. KOMMUNISTIK MAFKURANING NOMILLIYLIGI VA XALQ MANFAATIGA ZIDLIGI

Kommunistik mafkura-ning mohiyati va uning g’ayrimilliy xususiyatlari.80-yillarda sovet tuzumi tanglik holatini boshdan ke-chirayotganligi yaqqol namo-yon bo’ldi, bu hol uning ichki

manbalari nimadan iborat, degan masalani keskin qilib qo’ydi. Sobiq Ittifoqning kommunistik rahbariyati tang holatdan chiqish yo’llarini qidirishga, jon holatda tipirchilayotgan tuzumni barqarorlashtirishga intilib, ijti-moiy taraqqiyotning bunday barbod bo’layotganligiga sabab Stalin tipidagi ayrim shaxslardir, ular go’yo «kom-munistik g’oyaning yorqin qiyofasi»ni buzdilar, degan mafkuraviy afsonani zo’r berib singdirishga urindilar. Bunday yondashuvga muvofiq, faqat boshqaruv tizimini yangilash, ilgari yo'l qo’yilgan nuqsonlarni bartaraf etish, «sotsializmga insoniy qiyofa» bag’ishlash lozim, degan fikr bayon qilindi. Kommunistik talimot o’z-o’zicha «ilmiy jihatdan to'g’ri» ta'limot bo’lib qolmay, shu bilan birga «insoniyat fikrining oliy yutug’i» hamdir, deb targ’ib etildi.

Xuddi shu xildagi tushunchalar hozirgi kunda ham bir qator MDH mamlakatlarining avvalgi kommunistik rejimning tiklanishiga umid qilayotgan kommunistparast guruhlari tomonidan targ’ib qilinmoqda. Mustaqil O’zbekistonda davlat suvereniteti qo’lga kiritilgandan keyin sovet tuzumi davrining mafkuraviy kishanlari qafiyan uloqtirib tashlandi. Lekin jamiyatni jadal sog’lomlashtixish jarayoni borayotgan bo’lishiga qara-masdan, o’tmishning mafkuraviy sarqitlari, eskicha flkr-lash illatlari hamon ma'naviy sohaga ba'zan yashirin

399


tarzda ta'sir qilib kelmoqda. Respublika Prezidenti I. A. Karimov jamiyat o’tish davrining ana shu obyektiv real-ligini ko’rsatib o’tar ekan, o’tmish sarqitlari, avvalgi tuzumning voqelikdan uzoq barcha soxta qadriyatlari qanchalik katta zarar yetkazganligini, olg’a tomon harakat qiJishga jiddiy to’siq bo’lganligini ko’p marta ta'kidladi. Bu qadriyatlar birinchi qarashda qanchalik jozibali bo’lmasin, amalda real hayotdan uzoq edi.

Bularni ayniqsa yoshlarimiz aniq anglab yetishlari kerak, chunki mafkuraviy kurashning ko’p tomonlama qiyofasi, xilma-xil dushman siyosiy kuchlarning, shu jumladan, kommunistparast kuchlarning yosh avlodning hali pishib yetilmagan ongiga ta'sir etishga urinishlari jahon maydonida yetakchi o’rin egallab kelmoqda. Sotsialistik o’tmishga nazar tashlab shunga ishonch hosil qilish mumkinki, yangi iqtisodiy siyosat islohotlari, Xrushchev davrining «iliq shabadalari», keyin esa «qayta qurish» davri tajribasining ko’rsatishicha, sovet kommu-nistik tuzumi obyektiv ravishda olganda, chuqur o’zga-rishlarga qodir emasligi ma'lum bo’ldi. SSSRning inqirozga uchrashi, bu bilan esa jahon sotsialistik tizi-mining barbod bo’lishi tarixiy qonuniyat edi. Inqirozga uchragan kommunistik eksperiment kommunistlar barpo etgan «sotsializm binosi» avval boshdan o’ta yaroqsiz markscha loyihaning chirigan poydevori ustiga qurilgan-ligini ishonarli tarzda namoyish etdi, dunyoni qayta tuzishga qaratilgan bu loyiha o’z tabiatiga ko’ra xalqqa, millatga qarshi bo’lgan kommunistik mafkuraga asoslan-gan edi.

Kommunistik tuzum u yoki bu sababga ko’ra tur-mush tarzlari sun'iy ravishda kommunistik mafkuraga bo’ysundirilgan barcha xaJqlarga cheksiz falokatlar keltirdi. O’zbek xalqining yilnomasidagi «sovet davri» tarixi ham qayg’uli milliy tahqirlash sahifalariga to’la edi.

Bugungi kun nuqtai nazaridan yondashganda, kom-munistik mafkura xalqaro siyosiy ekstremizmning (keskin chora-tadbirlar ko’rishning) yaqqol ifodalangan mafkura turlaridan biri ekanligi namoyon bo’ladi. U o’zi paydo bo’lgan dastlabki kunlardan boshlab keng xalq

ommasiga nisbatan ommaviy zo’ravonlik qilishga va unga nisbatan siyosiy qirg’inlar ishlatishga asoslangan edi.

Keng qamrovga mo’ljallangan kommunistik ma'-naviy-siyosiy ekstremizmning halokatli ildizlari mark-sizm asoschilari tomonidan yaratilgan edi. K. Marks va F. Engels ijtimoiy fikr tarixida birinchi bo’lib proletari-atning o’z ozodligiga bo’lgan huquqini «kapitalizm zan-jirlari»ni zo’rlik bilan uzib tashlash yo’li bilan, hokimi-yatni orqa-o’ngini surishtirmasdan bosib olish asosida qo’lga kiritishni mutlaqlashtirgan edilar. Ular nafsoni-yatga tegadigan tarixiy vazifa «nazariyasi»ni, keyin esa jamiyatdagi boshqa sinflar va tabaqalar ustidan ishchilar sinfining diktaturasi «nazariyasi»ni asoslab berdilar. Proletariat «davrning ijtimoiy aql-idroki va ijtimoiy qalbi» deb e'lon qilindi, uning sinfiy manfaati esa «ijti-moiy taraqqiyot»ning belgilovchi kuchi va dunyoni chuqur qayta qurishning muhim vositasi deb e'lon qilin-di. Keyinchalik bolshevizm asoschisi V.I. Lenin sinfiy kurash to’g’risidagi markscha nazariyani g’ayrinsoniy xulosa, ya'ni mazkur kurashning cho’qqisi fuqarolar urushi hisoblanadi, degan xulosa biian to’ldirdi.

Kommunistik ta'limotning sinfiy yondashuv to’g’ri-sidagi asosiy tamoyili ishchilar sinfi va uning manfaat-larini ifodalovchi siyosiy kuchlarning, avvalo kompar-tiyaning manfaatlari jamiyatdagi boshqa barcha qatlam-lar va guruhlarning manfaatlaridan so’zsiz ustun tu-rishiga asoslangan edi. Bunday g’oyaviy nuqtai nazar obyektiv ravishda umuminsoniy qadriyatlardan voz kechishga, milliy omilning, tarixiy rivojlanish qonunla-rining alohida ahamiyatga ega ekanligini inkor qiJishga olib kelardi. Bu narsa kommunistik harakat paydo bo’lgan vaqtdayoq ma'lum bo’lgan edi. Marksizmning ma'naviy ustozlari o’z asarlarida ishchilar sinfi g’olibona «proletar inqilobi» yo’lida «eski axloqqa» nazar tashlab o’tirmasdan, har qanday vositalardan foydalanishga haq-lidir, degan fikrni ifodalab bergan edilar. Ular zamonaviy fuqarolik tartibi tayanib turgan axloqiy normalarning shartli ekanligini tinimsiz isbotlashga intilib, ishchilar

401


ko’z o’ngida umuminsoniy axloq qoidalari va normala-rini obro’sizlantirishga urindilar, ularni «burjuaziya uydirmasi» deb atab, qaror topgan konstitutsiyaviy tuzumni zo’rlik bilan ag’darib tashlashga chaqirdilar.

Shunday qilib, kommunistik ta'limot ishlab chiqila-yotgan dastlabki paytlardayoq yalpi zo’ravonlik ishlatish-ning haqqoniyligi asoslab berilgan bo’lib, keyinchalik u son-sanoqsiz kishilarning hayotini qurbon qildi. Sinfiy kurash, mavjud tuzumni zo’ravonlik bilan ag’darib tash-lash g’oyasi o’zining butun mazmuni bilan demokratik fiiqarolar jamiyati negizlari va normalarini inkor etib, yorqin istiqbolga emas, balki jinoiy tartiblar hukmron bo’lgan mustabid ijtimoiy kazarma barpo etilishiga olib keldi. Chunki «burjua davlati»ni ag’darib tashlash, zo’ravonlikka asoslangan «proletar inqilobi» g’oyasi faqat xususiy mulkchilikka va boshqacha fikrlovchi har qanday kishiga qarshi qaratilib qolmasdan, shu bilan birga turar joyning daxlsizligiga, ayrim insonning ham, shuningdek, millat va xalqlarning ham o’z yashash tarzini o’zi erkin tanlash huquqiga qarshi qaratilgan edi.

Sinfiy yondashuv, murakkab ijtimoiy muammolarni zo’rlik ishlatish bilan hal qilishga intilish qatag’onlarning avj oldirilishiga sabab bo’ldi, eng tuban insoniy his-tuyg’ularning namoyon bo’lishiga imkon yaratdi. Sinfiylik abadiy axloq qonunlarining, insoniy ideallar-ning, an'anaviy xalq qadriyatlarining g’ayriinsoniy sinfiy ustunlik, sinfiy hukmronlik yo'1-yo'riqlari bilan almash-tirilishiga olib keldi.

Proletariat diktaturasi to’g’risidagi ta'limot og’ir oqi-batlarga sabab bo’ldi. Aslida demokratiyaning teskarisi bo’lgan proletariat diktaturasi zo’ravonlik qilishdan kelib chiqqan bo’lib, uni tinimsiz oziqlantirib turdi. U muqar-rar ravishda keng aholi ommasining haqiqiy hokimiyat-dan ajralib qolishiga, partiya diktaturasining vujudga ke-lishiga, u orqali esa dohiylar diktaturasining paydo bo’lishiga imkon berdi. Hatto rasman hukmron deb e'lon qilingan ishchilar sinfi ham, sotsialistik inqilob g’alabasidan keyin, Leninning fikricha, mafkuraviy va siyosiy «mashq»dan o’tishi lozim edi. «Proletariat dikta-

402

turasi» nazariyasi shunday jamiyatni barpo etishni belgi-lab bergan ediki, unda inson shaxsi qadrlanmas, demokratik tartib-qoidalar emas, balki mustabid tuzum hukmron bo’lardi.



Inqilob va proletariat diktaturasi to’g’risidagi markscha ta'limotning o’zboshimchalik xususiyatiga ega ekanligi «sotsialistik qurilish» to’g’risidagi xomxayollar bilan chuqurlashdi. Avvalo tovarsiz, bozorsiz poydevor ustiga quriladigan yangi ijtimoiy tuzum barpo etish g’oyasi o’ta yaroqsizligi bilan ajralib turardi. Marksizm asoschilari fikricha, sotsializm sharoitida tovar-pul munosabatlari barham topib, sotsialistik jamiyat ishlab chiqarish vositalarini davlat mulkiga aylantirar, bozorga qarshi tamoyilga asoslanar emish, bu bilan kishini kishi ekspluatatsiya qilish tugatilib, ijtimoiy adolat ta'minlanar emish.

Bugungi kunga kelib bunday iqtisodiy andozaning tarixan asossizligi ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanmoqda. «Bozorsiz sotsializm»ning tagi puch rejasi o’zining butun mazmuni bilan iqtisodiy rivojlanishning sog’lom jara-yonlarini bo’g’ib qo’yardi subyektiv omilning roli jiddiy ravishda ortishini, ma'muriy-buyruqbozlik apparatining kuchayishini nazarda tutardi. Bozorsiz munosabatlar mexanizmini faqat buyruq kuchi bilan, oshkora tazyiq o’tkazish, ta'qib qilish rejimini barpo etish bilan qaror toptirish mumkin emish. Sovet tuzumi haqiqatda buni yaqqol tasdiqladi. Oktabr to’ntarishidan keyin darhol xususiy mulkchilik ta'qib usullari bilan barham toptirila boshlandi, badavlat qatlamlar quvg’in qilindi, ko’p ukladlilik tugatilib, mafkuralashgan tanho iqtisodiyot jadal sur'atlar bilan shakllana boshladi. Biroq tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, bozordan tashqari negizga, yuqoridan bo’ladigan tekischilik taqsimoti tamoyiliga asoslanuvchi sotsialistik iqtisodiyot darhol bozor iqti-sodiyotini yuqori samaradorlikka olib boradigan vosi-tadan mahrum bo’ldi. Bu vosita raqobatdan iborat edi, natijada sotsialistik iqtisodiyot faoliyatsiz bo’lib qoldi, korxonalardan tortib oddiy xodimlargacha xo’jalik muvaffaqiyati bog’liq bo’lgan narsalardan moddiy manfaatdor emasligi birinchi o’ringa chiqdi. Natijada ko’p marta islohotlar o’tkazishga urinib ko’rilishiga qaramas-dan, sovet iqtisodiyoti samarasiz, tabiiy xom ashyo resurslarini ayamasdan sarflashga, tovar ishlab chiqaruv-chilarni iqtisodiyotdan tashqari majburlashga asoslangan iqtisodiyot bo’lib qoldi.

Milliy munosabatlar sohasidagi markscha nazariya ham buzg’unchilik jarayonlarini kuchaytirdi. Sovet hokimiyatining milliy siyosati asos e'tibori bilan rasman baynalmilalchilik mafkurasi deb atalgan mafkuraga, ya'ni kommunistik imperiyani qaror toptiruvchi maf-kuraga tayandi. U proletariatning jahonshumul g’alabasi muqarrarligiga va millatlarning jadallik bilan qo’shilib ketishiga qafiyan ishonishga asoslangan edi.

K. Marks va F. Engels ekstremistik tafakkur tamo-yillariga amal qilib, sinfiy manfaatlarning milliy man-faatlardan ustunligi muqarrarligini «nazariy» jihatdan asoslab bergan edilar. Ular go'yo milliy munosabatlar birinchi navbatda sinfiy munosabatlar yig’indisi bilan, ijtimoiy tuzum xususiyati bilan belgilanadi, degan fikrga amal qilganlar. Sotsialistik inqilob amalga oshirilsa bas, sinflar antagonizmi bilan birgalikda millatlar o’rtasidagi tavofutlar ham barham topadi, deyishgan edi ular.

V. I. Lenin ham bolsheviklar milliy dasturini ishlab chiqishda milliy manfaatlar sinfiy manfaatlarga bo’ysu-nishi kerak, degan g’oyani saqlab qoldi. Buning ustiga u «proletar» yoki «sotsialistik baynalmilalchilik»to'g’risida-gi ta'limotning nazariy jihatlarini jiddiy ravishda chuqurlashtirdi, uni yalpi milliy baravarlash masalalarini ishlab chiqish bilan to’ldirdi. Lenin kommunistik g’oyani milliy g’oyaga qarama-qarshi qo’yishning nihoyatda muhimligi to’g’risidagi tezisni ilgari surdi.

To’g’ri, oktabr to’ntarishi arafasida bolsheviklar o’zlarini ko’rsatish uchun millatlarning «o'z taqdirini o’zi belgilash» huquqini e'lon qilgan edilar. Shundan keyingi davrda ham rasmiy hujjatlarda «erkin milliy rivojlanish» zarurligi to’g’risida gapirib o’tilgan. Biroq real hayotda ko’p narsalarni va'da qilgan bayonotlarga qarama-qarshi o’laroq, oktabrdan keyingi dastlabki kunlardan boshlab sovet davlati ulkan kommunistik imperiya sifatida tashkil topdi, u kommunizm xomxayollari yo’lida millatlar va elatlarni ezish, ularni qiyofasiz yangi tuzilma boigan sovet xalqiga sun'iy ravishda birlashtirish siyosatini o’tkazdi.

Shuni aytish kerakki, bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelishdan ancha oldin Turkistonning ko’pgina milliy yetakchilari kommunistik ta'limotning o’lka xalqlarini og’ir mustamlakachilik kishanlaridan ozod qilish yo’lini, tarixiy taraqqiyot yo’lini yoritib turuvchi milliy g’oyaga nihoyatda zid ekanligini anglab yetgan edilar. Masalan, jadidlar harakatining fidoyilaridan biri, mashhur ma'ri-fatparvar olim va adib Mahmudxo’ja Behbudiy 1906-yil-dayoq Lenin partiyasini «buyrokratiyalar mustabid», deb atagan, uning dasturi Turkistonning erkin rivojlanishi uchun faqat yaroqsizgina bo’lib qolmasdan, shu bilan birga zararli ekanligini ham ta'kidlagan edi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish