Kommunistik ta'limotning ma’naviy sohaga halokatli ta’siri. Ma’lumki ,o’zbek xalqining tarixi azaldan yuksak ma’naviyati bilan ajralib turgan. Biroq insonparvarlik ,mehr-muruvvat,milliy mustaqillik,milliy va umuminsoniy ma'naviy qadriyatlarga, diniy qarashlarga tayangan bu tarix kommunistik ta'limot andozalariga mos kelmay qoldi. Milliy ma'naviyat mustahkamlanib borayotgan milliy birlik kuchini, dunyoqarash haqidagi o’ziga xos tasavvurlar tizimini, xalqning ming yillar mobaynida qaror topib kelgan ma'naviy o’ziga xosligini, noyob va muqaddas an'analari, orzu-umidlarini aks ettiradi. U ko’p asrlik o’tmish bilan hozirgi kunni uzviy ravishda bog’lab, xalq qudrati va g’ayrat-shijoatining manbai, yosh avlodni tarbiyalash asosi bo’lib xizmat qilib keldi. Shuning uchun ham, markscha aqidalarga muvofiq boshqacha fikrlashning barcha turlarini yo’q qilishga intilgan sovet hokimiyati uchun kommunistik mafkuraga muqobil bo’lgan tafakkur shakllari, ayniqsa, xavfli bo’lib tuyulgan. Ikkinchi tomondan, o’z tabiatiga ko’ra mus-tamlakachi tuzum bo’lgan sovet mustabid tizimi hukm-ron markazning imperiyacha niyatlari yo’lida xalqni ma'naviy jihatdan bo’ysundirishga, uni o’zining milliy o’ziga xosligini, ma'naviy-etnik ildizlarini, ozodlik tuyg’ularini va tarixiy Vataniga bo’lgan farzandlik mehr-muhabbatini unutgan, undan mahrum bo’lgan irodasiz, aql-hushsiz manqurtga aylantirishga intildi.Sovet «madaniy siyosati»ning mafkuraviy asosini lenincha «madaniy inqilob» nazariyasi tashkil etardi. U ijtimoiy ongni tubdan qayta o’zgartirishni, kommunistik dunyoqarash monopoliyasini o’rnatish, kommunistik mafkuraning ma'naviy ishlab chiqarishning barcha soha-lariga tarqalishini, proletariat tipidagi «sotsialistik madaniyat» ning vujudga kelishini, keng tarmoq yoygan madaniy-mafkuraviy muassasalar tizimining mus-tahkamlanishini belgilab berdiki, ular butunlay hukmron kommunistik partiya maqsadlariga xizmat qilishi lozim edi.
Kommunistik rahbariyat ma'naviy hayotni mustabid-lashtirish, milliy g’oyani sotsialistik g’oya bilan almash-tirish vazifalaridan kelib chiqib, o’n yillar mobaynida O’zbekistonning hamma joylarida milliy tafakkur tarziga zid bo’lgan xayoliy markscha dunyoqarashni singdirish-ga urindi, milliy o’zlikni va milliy tafakkurni bostirib keldi.
Avvalo, ko’p ming yillik ma'naviy-madaniy merosga halokatli zarbalar yog’ildi. Bolsheviklar hokimiyatni bosib olgan dastlabki davrlardan boshlab «madaniy inqilob»ni amalga oshirishga kirishdilar, axloq, adabiyot, san'atni samarali milliy zamindan ajratib qo’yishga, «proletar madaniyati»ning yaramas namunalarini joriy etishga intildilar. Keyinchalik ham sovet davlatining mustabid tizimi o’z mafkuraviy apparatining butun qudratini ishga solib, ommaviy axborot vositalaridan, butun ta'lim tizimidan foydalanib, tarixiy haqiqatni buzib ko’rsatishga, haqiqiy milliy an'analar va urf-odat-larni zo’r berib barbod qilishga, xalq xotirasidan jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan buyuk ajdodlari nomlarini chiqarib tashlashga urindi. Ayni vaqtda jadal baynalmilallashtirish maqsadini ko’zlab, milliy tafovut-larni barham toptirish, milliy madaniyatlarni birxil-lashtirish uchun qafiy kurash olib borildi. Milliy o’ziga xoslikni saqlab qolish zarurligini yoqlab chiqqan milliy ziyolilar vakillari millatchilikda ayblandi. Ular ta'qib qilinib, ko’plariga «xalq dushmani» yorliqlari tirkaldi.
Sovet hokimiyatining butun borishi mobaynida «din— xalq uchun afyundir» degan markscha shior niqo-bi ostida dahriylik esktremizmi avj oldirildi, u «sovet tur-mush tarzi»ning muhim tarkibiy qismiga aylantirildi, odamlarning diniy his-tuyg’ulari qo’pollik bilan oyoq-osti qilindi, muqaddas diniy qadriyatlar toptaldi, ruhoniylar ta'qib ostiga olindi.
Yana bir strategik yo’nalish zo’rlik bilan «rus-lashtirish» siyosati bo’lib, u siyosiy yuqori tabaqaning milliy masaladagi imperiyacha yo lini aks ettirdi. Uni davlat miqyosida amalga oshirish milliy hayotning bar-cha sohalarida, xususan, til to’g’risidagi siyosatda jiddiy nuqsonlar sodir bo’lishiga olib keldi. Ko’p millatli davlatda millatlararo aloqa tili bo’lgan rus tili avval boshdanoq buyruq yo’li bilan joriy etila boshlandi.
Shu bilan birga ommaviy axborot vositalarida, adabiyot, fan va san'atda O’zbek tilining faol amal qilish sohalari sun'iy ravishda toraytirilishi ko’zga tashlandi. Masalan, o’sha yillarda ilmiy dissertatsiyalarning 95% dan, ilmiy adabiyotlarning 80% dan ko’prog’i rus tilida yozilar va nashr etilardi. 1960-yildan 1982-yilgacha bo’lgan davrda O’zbek tilida kitoblar nashr etilishi 60% qisqargan, holbuki, bu davrda O’zbeklar soni 2 baravar ko’paygan edi.
Shunday qilib, yot kommunistik mafkuraning joriy etilishi O’zbek xalqining imperiyacha-mustabid tuzum-ning tahqirlovchi zanjirlari bilan kishanlanishini taqozo etdi. U munosib tarzda hayot kechirishdan mahrum etil-gan bo’lib, o’z yerida o’zini erkin his qilolmasdi, haqiqiy madaniyatidan, an'analaridan, tarixiy xotirasidan, chi-nakam ma'naviyatidan ko’p jihatdan mahrum bo’lgan edi. Ittifoq markazi O’zbekistonning tabiiy-xom ashyo va ma'naviy-madaniy resurslaridan vahshiyona foydala-nishni davom ettirib, xalqni kambag’allik va tarixiy bema'ni hayot kechirishga duchor qildi. Biroq kommu-nistik rahbariyat xalqni manqurtga aylantira olmadi. Kommunistik mafkura hukmronligining og’ir mashaq-qatlarini boshdan kechirgan O’zbek xalqi ozodlik ideal-lariga sodiq bo’lib qoldi. Buyuk mutafakkir Forobiy ayt-ganidek, «ozodlikni zo’rlik bilan bo’g’ib tashlash mumkin emas».
O’zbek xalqi asrlar mobaynida mustaqil yashash va fikrlash uchun o’zga yurt bosqinchilariga qarshi kurashib keldi. Bu vatanparvarlik an'anasi samarasiz ketmadi va endilikda O’zbek xalqi o’z Prezidenti rahnamoligida mil-liy istiqlol mevalaridan bahramand bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |