Savol va topshiriqlar
1. Fan bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi munosabat qanday edi?
2. Respublikada fan sohasida erishilgan natijalar xususida so’zlab bering.
3. Kadrlar siyosatidagi ziddiyatlar nimalardan iborat edi?
4. Mahalliy aholi muhandislari nima uchun o’z mutaxassislik-lari sohasida ishlamadilar?
5. O’zbekistonda ilm-fanning hozirgi holati bilan o’sha davrdagi jarayonlarni taqqoslang.
59-§. QORAQALPOG’ISTON ASSR 1946-1990-YILLARDA
Qoraqalpog'iston xalq xo’jaligining ahvoli. Urushdan keyingi tiklanish davrida Qoraqalpog’istondagi muammolarni hal qilishda qarovsiz qolgan, tashlandiq va foydalanmay kelingan sug’oriladigan yerlarni irrigatsiya va melioratsiya holati-ni yaxshilash muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1947-yilning bahorida Tuyamo’yin kanalining birinchi navbati (uzun-ligi —11,5 km) ishga tushirildi. Oradan ko’p o’tmay Shumanay kanali qurildi. 1950-yildan e'tiboran ilk marta qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash, irrigatsiya tar-mog’ini tozalash ishlari boshlandi.Yangi kanallarning qazilishi paxta ekiladigan may-donlarning kengayishiga olib keldi. 1946—1950-yillarda 42000 ga yangi yer o’zlashtirildi. 1960-yilga kelganda chigit ekiladigan maydon 131500 ga ni tashkil qildi.
1949-yilda sug’orish tizimlarining quyidagi 4 ta boshqarmasi tuzildi: Paxta-arna (To’rtko'1 va Beruniy tumanlari uchun), Lenin nomli kanal (Xo’jayli va Qo’ng’irot tumanlari uchun), Kegayli (Chimboy va Kegayli tumanlari uchun), Quvonish-jarma (Taxtako’pir va Qorao’zak tumanlari uchun) boshqarmalari. Sug’orish tarmoqlarini tozalash maqsadida birinchi marta mashina-traktor stansiyasi (MTS) tashkil qilindi. 1950-yili jamoa xo’jaliklarini yiriklashtirish kompaniyasi bosh-lanib, mavjud 410 jamoa xo’jaligi asosida 200 kolxoz tashkil qilindi.
Qoraqalpog’istonda xalq xo’jaligini rivojlantirish uchun Chorjo’y shahridan Xorazm va Qoraqalpog’iston orqali Qozog’istonga temir yo'1 qurish zarur edi. o’zbe-kiston Kompartiyasi MKning birinchi kotibi Usmon Yusupov temir yo’lning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, Moskva bilan kelishib o’tir-masdan va uning roziligisiz Chorjo’y-Qo’ng’irot temir yoii liniyasini qurish to’g’risida farmoyish berdi. Qurilish 1947-yilda boshlandi va qisqa muddat ichida tugallandi. Qurilishda Xorazm, Shimoliy Turkmaniston va Qoraqalpog’istondan 100000 kishi mehnat qildi. Biroq O’zbekiston rahbariyatining bu tashabbusi Markaz tomonidan qattiq qoralandi. 1947-yilning oxirida VKP(b) MK Siyosiy byurosi majlisida ILYusupovga O’zbekiston paxta tayyorlash rejasini bajarmadi, degan bahona bilan hayfsan berildi.
Urushdan keyingi xalq xo’jaligini tiklash yillarida mahsuldor chorvacbilikni rivojlantirishda muayyan nati-jalarga erishildi. Chimboy tumanida Butunittifoq chor-vachilik ilmiy-tadqiqot institutining tayanch punkti tashkil qilindi. Rossiyadan 104 bosh nasldor qizil-cho'1 zotli buzoqlar keltirildi. Qoraqalpog’istonda 219 ta yilqichilik va 48 ta tuyachilik fermalari tashkil etildi.
Afsuski, 50-yillarning o’rtalariga kelib, Qoraqalpo-g’iston chorvachiligidagi mutanosiblik buzildi. Paxta yakka hokimligi kuchayishi bilan chorvachilik siqib chiqarila boshlandi. Shu davrdan boshlab xo’jaliklarda chorva mollari soni muttasil kamayib bordi. Chor-vachilikdagi bu holat 60—80-yillarda ham davom etdi. Hatto shaxsiy xo’jaliklarda ham chorva mollari qisqarib borganligi kuzatiladi. Bu holat dehqonlar va chorvador-larning moddiy ahvoliga, ularning turmush darajasiga salbiy ta'sir qilmay qo’ymas edi.
50-yillarning oxiri — 60-yillarning boshlarida Qora-qalpog’iston qishloq xo’jaligi yana turli tajriba (3KcnepHMeHT)lar girdobiga tortildi. Bu gal A.Xrush-
chevning talabiga ko’ra makkajo’xori yetishtirishga, hatto avtonom respublikaning shimoliy tumanlarida uni o’stirishga katta e'tibor berildi. Makkajo’xori ekilgan maydon 1957-yil 2067 ga bo’lgan bo’lsa, 1958-yilda 5772 ga ni tashkil etdi. Lekin «makkajo'xori eksperi-menti» kutilgan natijani bermadi.
60-yillarning o’rtalarida Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligining muhim tarmog’i bo’lgan sholikorlikning rivojlanishiga e'tibor kuchaydi. Maxsus sholikorlik xo’jaliklari tashkil qilindi. Natijada 1965-yilda 25700 t sholi yetishtirilgan bo’lsa, 1983-yilda bu ko’rsatkich 332300 tonnani tashkil qildi. Avtonom respublikada pil-lachilik sohasida ham sezilarli yutuqlar qo’lga kiritildi.
Qoraqalpog’istonda paxta yetishtirish muttasil oshirib borildi. 1964— 1984-yillar mobaynida avtonom respub-likada 7.144.000 tonna paxta yetishtirilib, Rossiyaning to’qimachilik fabrikalariga 2.219.000 t paxta tolasi jo’natildi. Bu paytda Qoraqalpog’iston avtonom respub-likasi rahbari — Qallibek Kamolov edi.
Bu paytda Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligini rivojlanti-rishda asosan ekstensiv usul-lar hisobiga muayyan yutuq-larga erishildi. Sanoatning
rivojlanishi paxtachilik bilan butunlay bog’liq qilib qo’yilgan edi. Shuning uchun Qoraqalpog’istonda asosan chigitdan yog’ ishlab chiqaradigan zavodlar, shuningdek, paxta tozalash zavodlari qurilishiga alohida e'tibor qaratildi. Yog’-sut, go’sht va baliq konservalari zavodlari ham qurildi. Yengil sanoat korxonalari esa sekin suratlar bilan tashkil qilindi.
Qoraqalpog’istonda sanoatni rivojlantirish uchun energetika bazasining quvvati yetarli darajada emas edi. Shuning uchun maxsus «TaxHaTauinmpo3HeprocTpoH» qurilish tresti tashkil qilindi, u o’lkada energetika sanoa-tini barpo etishga asos soldi.l956-yilda Taxiatosh GRESni qurish boshlandi, qisqa muddat ichida ener-getiklar shahri — Taxiatosh bunyod bo’ldi. 1961-yilda Taxiatosh GRESning birinchi navbati foydalanishga top-shirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |