Savol va topshiriqlar
1, Milliy til va madaniyat kamsitilganligini qanday izohlaysiz?
2. Aholi madaniyatini shakllantirishda bilim qanday ahamiyat-ga ega?
3. Ta'lim borasida qanday ishlar qilindi?
4. Adabiyot va sarVat rivojiga baho bering.
58-§. FAN. MUTAXASSIS KADRLAR YETISHTIRISH
Fan. Bu davrda respublikada fanni rivojlantirishga, malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga ko’plab mablag’lar ajratildi. Fanga sarflangan mablag’ 30 mln so’mdan 54 mln so’mga ko’paydi. Xalq xo’jaligini rivojlantirishga tarmoq fani muayyan hissa qo’shib keldi. Respublikamizda fanning bu sohasida yirik tajriba-eksperimental va loyihalash-konstruktorlik bazasiga ega bo’lgan ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-ishlab chiqa-rish birlashmalari, konstruktorlik-texnologiya byurolari, tarmoq laboratoriyalari va boshqa muassasalar ish olib bordi. Jumladan, «CHrHaji», «TexHOjior» kabi ilmiy-texnika birlashmalarida ko’plab foydali va ibratli tajriba va ilmiy ishlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi doirasida fan bilan ishlab chiqarish, tarmoqlararo aloqalarning g’oyat sama-rali majmualari, ilmiy-texnik markazlari ish olib bordi. Respublika Fanlar akademiyasining mexanika va zilzila-ga bardoshli inshootlar instituti olimlari tayyorlagan yechimlarni xalq xo’jaligiga tadbiq etishdan 1980—1985-yillarda ko’rilgan umumiy iqtisodiy samara 50 mln so’mni tashkil etdi.
1971—1982-yillar oralig’ida O’zbekiston sanoatida 380 turda yangi tipdagi mashinalar, dastgohlar va asbob-uskunalar yaratilgan ekan, bunda Fanlar akademiyasi institutlarining xizmatlari katta bo’ldi. 1984-yili faqat O’zbekiston Fanlar akademiyasi institutlari 127 ta ana shunday tadqiqot olib bordi. Respublika olimlari har yili iqtisodiy samaradorligi 600 mln so’mlik 400 dan ziyod ilmiy yechimlarni ishlab chiqdilar. Ammo ular ishlab chiqarishga juda sust joriy etildi. Ilmiy-tadqiqot muas-sasalarining faoliyati respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga ta'sir ko’rsatmadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblangan fan bilan ishlab chiqarishni bir-biriga yaqinlashtirish, ular o’rtasidagi hamkorlikni mustahkam-lashda jiddiy kamchiliklar mavjud bo’lib, ayrimlari ilmiy-ishlab chiqarish bazasiga, boshqalari yetakchi ilmiy-tadqiqot markaziga ega emas edi. Ayniqsa, yangi ishlovlarni amalga joriy etishni tezlashtirishga markaz-lashgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi, har qanday ishni amalga oshirishda Markazning ruxsati kerakligi, Ittifoq idoralaridagi to’rachilik illatlari to’g’anoq bo’ldi.
Umuman olganda shuni aytish mumkinki, respublikamizda fan-texnika taraqqiyotini ta'minlash, uning ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, ta'sirini kuchaytirish jarayoni g’oyatda murakkab vazifa edi. Bu borada erishilgan muayyan yutuqlar bilan birga muammo va hal etilmagan masalalar ko’p bo’ldi.80-yillarning birinchi yarmida fan orqali xalq xo’jaligida muayyan ijobiy siljishlarga erishilgan bo’lsa-da, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarini rivojlantirish, zamonaviy serunum mashina va asbob-uskunalarni, xalq iste'moli mollari va oziq-ovqat mah-sulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi qoloqlik chu-qurlashdi. Respublika iqtisodiyoti bir yoqlama tarzda xom ashyo yetishtirishga yo’naltirildi, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyalar deyarli joriy qilinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |