Annotatsiya. «O’zbekiston tarixi» bo’yicha tayyorlagan ma’ruza matnlari fanning barcha ma’lumotlarini o’z ichiga qamrab olgan. O’quvchilarning tarix sohasidagi bilimlarini shakillantirishga qaratilgan


Front bllan aloqaning mustahkamlamshi



Download 1,75 Mb.
bet102/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,75 Mb.
#161
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   207
Front bllan aloqaning mustahkamlamshi.O’zbekistonliklar muhtojliklarga qaramasdan, o’zlariga frontga yordam ko’rsatishga hissa qo’shib keldilar. Ular mudofaa va jangovar texnika qurish jamg’armasi tuzish uchun boshlangan umumxalq harakatida faol ishtirok etdilar. Urushning boshidan oxirigacha bo’lgan butun davrda mehnat jamoalari va ayrim fuqarolar o’zlarining btr kunlik yoki ikki kunlik ish haqlarini mudofaa jamg’armasiga ajratdilar, qimmatbaho buyumlari, zayom obligatsiyalari va naqd pullarini topshirdilar. Barcha joyda shanbalik va yakshanbaliklar o’tkazilib, ularda ishh topilgan pullar mudofaa jamg’armasiga o’tkazib turildi 1941—1945 -yillar davomida mudofaa jamg’ar-

siga respublika mehnatkashlari pul va davlat zayomi obligatsiyalari shaklida 650 mln so’mdan ziyod mablag’ topshirdilar, 22 mln so’mdan ortiq qimmat buyumlar, 55 lcg ga yaqin qimmatbaho metallar topshirdilar. Ana shu mablag’larga «O’zbekiston», «Krasnovostochnik«, «O’zbekiston komsomoli» bronepoyezdlari, aviaeskad-jjjya, tank kolonnalari va boshqa texnika qurilib, front-sa jo’natildi.

Respublika mehnatkashlarining frontga bergan yordami jangovar qismlarning texnika bilan qurollanishini mustahkamlab, jangchi qo’shinlarning rubini ko’tardi, dushmanga qarshi kurashda ularning kuch va quvvatini oshirdi. General-leytenant I. Panfilov qo’mondonligi ostidagi qo’shilmadan O’zbekiston rahbariyatiga yuborilgan xat ana shundan dalolat berar edi: «Sovet o’zbe-kistonining 20 yilligi» nomidagi tanklar bilan janglarda ishtirok etgan jangchi va ofitserlar harakatdagi armiya haqida g’amxo’rlik qilgani uchun, tankchilarni ajoyib bronetexnika — qudratli tanklar bilan ta'minlagani uchun O’zbekiston mehnatkashlariga chuqur minnat-dorchiligini bildiradi».

Urush yillarida O’zbekistonlik mehnatkashlar harakatdagi armiya jangchilariga qayta-qayta sovg’alar yuborib turdilar. Janubi-g’arbiy front jangchilari xatlar-ning birida mana bunday deb yozgan edi: «Delegatsiya tomonidan frontga olib kelingan sovg’alar va delegat-siyaning oramizda bo’lishi har bir jangchida va komandirda chuqur va samimiy minnatdorchilik hissini uyg’otdi... Serquyosh O’zbekistonning ishchilari, kol-xozchilari va ziyolilari bizga g’amxo’rlik ko’rsatayot-Banidan behad xursandmiz».

0'zbekiston mehnatkashlari safarbar qilingan o’zbe-j^stonlik jangchilarga doimiy g’amxo’rlik ko’rsatib, irontga ishchi va kolxozchilarning delegatsiyalari, kon-sert brigadalarini yuborib turdilar. O’zbek tilidagi 14 ta frony va brigada gazetalari siyosiy-tarbiyaviy ishlarni olib bordi. Harakatdagi armiya jangchilari bilan front orqa_ sidagi mehnatkashlar o’rtasidagi aloqalar doimiy ravish da ta'kidlab borildi.

Dahshatli 1942-yil kuzida, dushman Volga tomon yopiriib, Kavkaz uchun janglar avj olgan bir paytda O’zbek xalqi O’zbek jangchilariga deyarli 2,5 mln. kishi imzo chekib yozgan maktub bilan murojaat etdi. Bu O’zbek jangchilarini o’z hayotini ayamay, jang qilishga da'vat etuvchi iltijo edi. Markaziy va mahalliy front gazetalarida bosilgan bu maktub O’zbek jangchilarining jangovar ruhini ko’tardi, ular bu maktubni o’z xalqining muqaddas amri deb bildilar.

Frontga har tomonlama yordam berib turilgani, jangchilar haqida butun xalq g’amxo’rlik qilgani askar va ofitserlarning ma'naviy ruhini ko’tarib, dushmanga qar-shi kurashda kuchiga kuch, g’ayratiga g’ayrat qo’shdi.

Mehnatkash xalqimiz fashist bosqinchilaridan ozod etilgan Rossiya, Ukraina, Belorussiya rayonlariga urush vayron qilgan xo’jaliklarni tiklash-da yaqindan turib katta yordam berdi. Bu yordamning shakllari turlicha edi. Ko’pgina O’zbek ko’ngillilari, asosan yoshlar asliga keltirish, tiklash ishlarida qat-nashish uchun Stalingradga, Ukrainaning vayron qilin-gan shaharlariga jo’nab ketdilar. Respublikamizda ozod qilingan rayonlarga qardoshlik yordami fondi ochildi. Ularga moddiy texnika va mutaxassislar yuborildi. Chunonchi, Kuban va Ukrainaga 2 mingdan ortiq traktor va avtomobil, 1595 traktorchi jo’natildi. Xarob bo’lgan temir yo’llarni tiklash uchun Toshkent temir yo’li ko’plab parovozlarni yubordi, minglab yuk va yo’lovchilar tashuvchi vagonlarni ta'mirlab, tiklab berdi. O’zbek energetiklari elektr stansiyalariga, shaxtyorlan-miz esa Donbass shaxtalariga madad berdilar. .

O’zbekiston ozod etilgan rayonlar qishloq xo’jaligini tiklashga ham yordam berdi. U yerlarga qishloq xo’jaligi mutaxassislari yuborildi, g’alla, urug’lik don, qoramol, traktor, kombayn, avtomashinalar va boshqa ko’p narsalar jo’natildi.

Urush yillarida milliy siyosatda kechirib bo’lmas zo'ravonlikka yo'l qo’yildi. Stalincha totalitar tartibot h°tun-butun xalqlarni bir-biridan ajratish va jazolash hlarini uyushtirdi. Stalin va uning atrofidagilar o’zla-lS xatti-harakatlarini fashistlar okkupatsiyasi davrida i shaxs va guruhlarning xoinligi uchun berilgan Sovet mamlakati xavfsizligini qo’riqlash deb bahona ildi 1943—1944-yillarda qalmiqlar, qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, nemislar, qorachoylar, pontiya greklari, mesxeti turklari, bolqarlar o’z tarixiy vatani va doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylaridan sharqiy ra-yonlarga ko’chirib yuborildi.

O’zbekistonga Qrimdan 150 mingdan ortiq qrim tatarlari, 175 ming chechen, 157 ming ingush, 4,5 ming bolqar, armani va greklar ko’chirib keltirildi. Keyin-chalik Gruziyadan mesxeti turklari ham ko’chirib kelin-di. Kelganlarga xalqimiz va hokimiyat yordam berib turdi. Ularga sharoitlar yaratib, uy, yer sotib olish va qurish uchun qarz ajratildi, oziq-ovqat bilan yordam berildi. Ko’chirib kelinganlar yangi joylarga asta-sekin o’rganib, moslashib bordilar.

Fashizmga qarshi olib borilgan kurashda butun O zbekiston xalqlari bilan birga Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi mehnat-kashlari ham faol ishtirok etdilar. Urushning dastlabki kunidanoq avtonom respublikaning barcha ijtimoiy-iqti-sodiy salohiyati urush ehtiyojlari uchun jalb qilindi. Qoraqalpog’istondan frontga hammasi bo’lib 61618 kishi chaqirildi. Urush boshlangan vaqtda bu yerda 97-Qora-qalpog'iston milliy brigadasi tashkil qilinib, unga ko’ngUli ravishda yigitlar yozildi.

Shuningdek, Qoraqalpog’istonning 25 ming kishisi ishchi batalyonlarga olinib, ular RSFSRning Sverdlovsk, Perm, Gorkiy, Orenburg viloyatlari korxonalari va shax-telarida, O’zbekistonning Angren shaxtasi qurilishida mehnat qildilar.

Qoraqalpog’iston mehnatkashlari mamlakat mudofaa °ndi uchun o’z shaxsiy jamg’armalarini ham ayamadi Masalan, tank kolonnalari va samolyotlar eskad-lii tashkil etish uchun ular 10 mln so’mdan ortiq pul va obligatsiyalar to’pladilar. Aholi 30755000 so'm miqdordagi harbiy zayomlarni sotib oldi. Dehqonlarning shaxsiy xonadonlaridan mudofaa fondiga katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari va issiq kiyim-kechaklar jo’natildi.

Qoraqalpog’istonga evakuatsiya qilingan 25000 polyak va mamlakat g’arbidan ko’chirilgan 15000 kishi iliq kutib olindi va ularga g’amxo’rlik ko’rsatildi.

Qoraqalpog’iston o’g’lonlarining qahramonlik jaso-ratlari munosib taqdirlandi. 20 nafar jangchiga ko’rsat-gan mardliklari uchun Qahramon unvoni berildi. Ular-ning ichida CAbdullayev, L.Navro’zboyev, O’.Jumaniyozov, L.Qoraqulov, M.Bolmag’ambetov kabi jasur jangchilar bor edi.

Biroq urush yillarida Qoraqalpog’istonda butun respublikada bo’lgani singari katta yo’qotishlar va fojialarga ham duch kelindi. Urushga ketgan jangchilar-dan 34000 kishi uylariga qaytmadi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish