Savol va topshiriqlar
1. Urushning dastlabki kunlarida O’zbek jangchilari ko’rsat-gan jasorat haqida so’zlab bering.
2. Moskva va Stalingrad uchun olib borilgan janglarda O’zbekistonliklarning qahramonliklari haqida nimalarni bilasiz?
3. O’zbek jangchilarining Yevropa xalqlarini fashizm asorati-dan ozod qilishda ko’rsatgan matonati va jasorati haqida gapirib bering.
4. O’zbek xalqining g'alabaga qo’shgan hissasi haqida hikoya tuzing.
5. Qahramon unvonini olgan O’zbek jangchilaridan kimlarni bilasiz?
6. Topiboldiyevka qishlog'i (Belorussiya) qahramoni haqida so’zlang.
III bob materiallarini qanday o’zlashtirganingizni sinab ko’ring
1. 1941—1942-yillarda O’zbekistonda qancha milliy harbiy qo’shilmalar tuzilgan?
A. 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida brigada va 5 ta otliq diviziya tuzildi.
B. Milliy harbiy qo’shilmalar tuzish uchun O’zbekistonda yetarli shart-sharoit yo’q edi.
C. Milliy harbiy qo’shilmalar tuzish uchun Davlat Mudofaa Komiteti ruxsat bermas edi.
D. To'g'ri javob B, C. E. To'g'ri javob faqat A.
2. 1941-yil oxirigacha qisqa muddat ichida Tosh-kentda necha korxona ishga tushirildi?
A. 35 ta korxona ishga tushirildi. B. 50 ta korxona ishga tushirildi. C. 66 ta korxona ishga tushirildi.
D. 74 ta korxona ishga tushirildi. E- 80 ta korxona ishga tushirildi.
3. Urush boshlarida O’zbekiston mehnatkashlarj. ning ish vaqti qanday bo’lgan?
A. Haftasiga 6 kunlik, har kuni 11 soatlik ish kuni jorjy qilindi. B. Haftasiga 7 kunlik, har kuni 15 soatlik ish kuni joriv qilindi. C. Ish haftasi ham, kunlik soati ham o’zgartirilmadi. D. To'g'ri javob faqat A. E. To'g'ri javob faqat B.
4. Urush yillarida mehnat intizomini buzganlar uchun qanday jazo belgilangan?
A. Hech qanday jazo berilmagan, chunki ishchi kuchi yet-mas edi. B. Mehnat intizomini buzganlar frontga yuborilgan. C. Mehnat intizomini buzganlar ishchi batalyonlariga yuborilgan. D. O'zboshimchalik qilib korxonadan ketib qolish dezertir-lik deb qaralar va 5 yildan 8 yilgacha qamoqqa tash-lash bilan jazolanardi.
E. Bu holat o’lim hukmi yoxud 25 yilgacha qamoqqa tash-lash bilan jazolangan.
5. O’zbekistonlik nechta jangchiga qahramonligi va mardligi uchun Qahramon unvoni berilgan?
A. 280 ta. B. 310 ta. C. 555 ta. D. 910 ta. E. 1000 dan ortiq.
6. O’zbekistonda urush yillari qanday yirik GES qurildi?
A. Nurek GES. B. Sirdaryo GES. C. Navoiy GES. D. Chorvoq GES. E. To'g'ri javob yo’q.
7. O’zbeklardan bo’lgan «Qasoskor» partizanlar bri-gadasining rahbari kim va qayerda jang qilgan?
A. Ahmadjon Shukurov Ukraina o’rmonlarida jang qilgan B. Mamadali Topiboldiyev Belorussiya o’rmonlarida jang qilgan. C. Sulton Jo’ra Minsk atrofidagi o’rmonlarda jang qilgan-D.Jonibek Otaboyev Gomel atrofida «temir yo'1 ,rijshi»cla qatnashdi. E. Xalloq Aminov Dnepr atrofidagi o’rmonlarda jang qil-
8. Urush yillarida O’zbekiston xalq xo’jaligi qachon ♦o’liq harbiy izga o’tkazildi? ^ 1941-yii oxirlarida.
B. 1942-yil boshlarida. C. 1942-yil o’rtalarida.D. 1943-yil boshlarida.E. 1943-yil oxirlarida.
9. O’zbekiston Fanlar akademiyasi qachon tashkil qilindi?
A.1941-yil 15-dekabrda. B. 1942-yil 1-avgustda. C.1943-yil 4-noyabrda. D.1944-yil 1-mayda. E.To'g'ri javob yo’q.
10. 9-may — G’alaba kuni nega O’zbekistonda «Xotira va qadrlash kuni» deb e'lon qilindi?
o’z fikringizni yozma bayon qiling.
273
IV b o b. O’zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va rivojlanish
muammolari (1946— 1970-yillar)
38-§. O’ZBEKISTON XALQ XO’JALIGINING URUSHDAN KEYINGI AHVOLI
Reja.
1. Sanoatni qayta qurish
2. Paxta sanoati
3. Paxta monokulturasi
1945-yil mayda fashizmga qarshi urush g’alaba bilan tugallandi. O’zbek xalqi urush yillari front ehtiyojlarini ta'minlashga moslashti-rilgan xalq xo’jaligini qayta qurish imkoniyatiga ega bo’ldi.
Urush tugadi, lekin urushning og’ix oqibatlari respub-lika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turar edi. O’zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat va sanoat mollari bilan ta'minlash uchun yoqilg’i, elektr energiyasi, xom ashyoga, shu-ningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalarni hal etish uchun O’zbekistonning geografik holati, milliy an'analari, xalq manfaatini hisobga olib turib, uning xalq xo’jaligini rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish zarur edi. Biroq bunday bo’lmadi. Asosan Mar-kazning manfaatidan kelib chiqqan holda O’zbekiston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish rejalari tuzildi.
Urushdan keyingi yillar ham davlat faoliyati par-tiyaning totalitar hukmronligi bilan belgilandi. U yo'l-yo’riq va farmoyish beradigan zo’ravonlik siyosatini o’tkazdi. Respublika hukumati va boshqaruv idoralari-ning huquqlari cheklangan edi.
O’zbekiston Respublikasi oliy tashkilotlarining yuqoridan berilgan dastur va rejalarga o’zgartirishlar kiritisn to’g’risidagi fikr-mulohazalari bilan Markaz hisoblashmasdi.
Markazning ulkan rejalarida O’zbekistonga faqat xom ashyo yetkazib beruvchi bir qo’shimcha manba deb qaraldi. Xuddi shu narsa O’zbekiston iqtisodiyotining aslida bir tomonlama rivojlanib borishiga olib keldi. Bunda xom ashyoni qayta ishlash korxonalari juda oz bo'lib, bu narsa ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga lal berardi, chunki shunday sharoitda O’zbekiston aholisini ish bilan ta'minlash, kishilarga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish qiyin edi.
Xalq xo’jaligi va sanoatni tiklash dasturlarida birinchi alda paxtachilikka tegishli industrial ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifalari olg’a surildi. Bunda respublika aholisining milliy-tarixiy xususiyatlari ham, iqtisodiy ehtiyojlari ham hisobga olinmadi. Respublika iqtisodiyoti faqat xom ashyo yetishtirishga yo’naltirildi.
Xalq xo’jaligini tiklash davrida respublikamiz ishchi-lari faol mehnat qildilar. Bu davrda asosiy e'tibor paxta tozalash zavodlarini qayta tiklashga, ularni yangi takomillashgan uskunalar bilan jihozlashga qaratildi. Yangiyo'1 paxta tozalash zavodi to’la yangilandi. Toshkent, Buxoro va boshqa paxta zavodlari to’la qayta qurildi. Shu davrda Qoraqalpog’istonda paxta tozalash, yog’ va baliq sanoati tez rivojlandi.
O’zbek metallurgiya zavodida 1946-yilda yangi prokat sexi ishga tushdi. Zavod sanoat korxonalarining metall chiqindilarini, temir-tersaklarni qayta ishlab, oliy sifatli po’lat yetkazib bera boshladi.
Shu yillarda Polvontosh va Janubiy Olamushuk neft konlari ochildi va o’zlashtirildi. Farg’onada neftni qayta ishlash zavodi ishga tushdi. Lekin bu va respublikaning boshqa og’ir sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Markazga tashib ketilar edi. O’zbek xalqi bu mahsulotlar — paxta tolasi, po’lat, neft va boshqalardan juda kam miqdorda foydalanardi.
Sanoatni qayta qurish, tinchlik iziga o’tkazish g’oyat katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirildi. o’sha davrda 0 zbekistonda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilar, ouyrug’-u farmon berib, iqtisodiyot boshqarilar edi. . Sanoatni boshqarishning iqtisodiy usullari inkor etildi va ishga solinmadi. Xo’jalik hisobi va o’z-o’zini mablag’ uan ta'minlash, kooperatsiya va ijara prinsiplari, xo’jalik faoliyatining tashabbus ko’rsatishni, ishbilar monlik, tadbirkorlikni ta'minlaydigan hamda ijobiy nati-jalarga olib keladigan boshqa shakllari rivojlanmay keldi.
Paxta sanoati .Sanoatning paxta yetishtiiish bilan bog’liq sohalariga e'tibor berildi. Paxtachilik hamda irrigatsiya qurilishi uchun mashinalar, jumladan, kui-tivatorlar, o’g’itlagichlar, chigit seyalkalari, g’o’zapoya yuluvchi, ko’rak teruvchi mashinalar, ekskavatorlar, bul-dozerlar va boshqalar ishlab chiqaruvchi yangi mashina-sozlik zavodlarini qayta qurish va yaratish yuzasidan yirik ishlarni boshlash ko’zda tutildi. Masalan, «Tash-tekstilmash» zavodiga tikuvchi mashinalar, «Tashselmash» zavodiga paxtaga birinchi ishlov beruvchi va paxta teruvchi mashinalar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish taklif etildi.
Paxtachilikni rivojlantirish maqsadida bir qancha mashinasozlik zavodlari («Ташсельмаш», «Узбексельмаш», «Красный двигатель», «Подъемник» va boshqalar) harbiy qurol-yarog’ o’rniga paxta terish, paxta tozalash mashinalari, traktorlar uchun ehtiyot qismlar, tirkama uskunalar ishlab chiqarishga moslashtirildi. 1947—1950-yillarda paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish 10 tadan 4680 taga ortdi. Paxta tozalash mashinalarini ishlab chiqarish esa 1946—1950-yillarda 363 tadan 1250 taga ko’paydi. Shuningdek, qishloq xo’jalik xom ashyosini (asosan paxta xom ashyosi bilan chorvachilik mahsulotini) qayta ishlovchi bir nechta korxona va moy olish korxonalari va boshqalar qurildi. Chirchiq elektr kimyo kombinati paxta dalalari uchun ancha qisqa muddat ichida harbiy buyurtmalarni baja-rishdan mineral o’g’itlarni ishlab chiqarishga o’tkazildi. Yengil va mahalliy sanoat korxonalari keng assorti-mentdagi buyumlarni (tuproq tortadigan mashinalar, boronalar, kuch transformatorlari va boshqalarni) ishlab chiqarishga moslashtirildi. Respublikaning energetika, yoqilg’i va metallurgiya bazasini kengaytirish ham paxtachilik vazifalarini hal qilishga qaratildi.
Biroq xalqning kuch-g’ayrati, fidokorona mehnati evazigagina sanoatni tiklash va rivojlantirishda ayrim natijalarni qo’lga kiritish mumkin bo’ldi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda 150 ta sanoat korxonasi ishga shirildi. Sanoat tarmoqlarida o’zgarishlar yuz berdi. Og’ir sanoat sezilarli darajada ustun bo’lib keldi. o’zbe-lastonda urushdan keyingi yillarda 1-Oqqovoq, 1-va 2-Bo’zsuv gidroelektrostansiyalari qurildi. Respublikada nora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, metall ish-lash va kimyo sanoati rivojlandi.
Paxta monokulturasi.Urushning og’ir oqibatlari respublikaning kundalik hayotida hamon sezilib turar edi. Respublika qishloq xo’jaligiga, uning moddiy-texnik bazasiga putur yetganligi, xodimlarning kamayib ketganligi uchun dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish darajasi pasayib ketdi. Mana shu va boshqa ko’pgina omillar urushning respublika qishloq xo’jaligidagi oqibatlarini bartaraf etish sur'atlariga ta'sir o’tkazdi.
Biroq boshqa barcha sohalarda bolganidek, qishloq xo’jaligida ham zo’ravonlik siyosati hukm surardi. Shuning uchun ham respublika qishloq xo’jaligini rivoj-lantirish yo’Uari Markaz tomonidan belgilanardi.
1946-yil 5-fevralda Ittifoq hukumati «1946-1953-yillar davrida O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari to'g’risida» qaror qabul qildi. Bu qaror asosan O’zbekistonda paxta mono-kulturasini shakllantirishga qaratilgan edi. Sovet huku-matining ko’rsatmasi bilan oziq-ovqat ekinlarining sug’oriladigan maydonlari paxta ekish uchun ajratildi. Paxta ekin maydonlari kengaytirildi. Qarorda o’zbe-kistonda davlatga paxta sotishni 1946— 1953-yillarda ikki baravardan ortiq ko’paytirish rejalashtirildi. Respublika hududidan ancha olisda — Moskvada Ittifoq hukumati tomonidan O’zbekistonda 1946—1953-yillarda paxtachi-hkni tiklash va yanada rivojlantirish rejalari, choralari belgilab berilgani tasodifiy emas edi. Bu hukumat O’zbek xalqi manfaatini hisobga olmasdan respublikada paxta monokulturasini shakllantirishni, paxta yalpi hosilini tez sur’atlarda ko’paytirishni maqsad qilib qo’ygan edi.
Markazning ko’rsatmasiga muvofiq, g’o’za ekin may-°nlarini jadal sur'atlar bilan kengaytirib borish respublika qishloq xo’jaligini qayta qurishning asosiy vazifas' bo’lib qoldi. Paxta ekin maydonlari asosan oziq-ovqat ekinlari, birinchi galda g’alla ekinlari ekiladigan yerlarni tomorqalarni qisqartirish hisobiga oshdi. 1946-yili 218 ming gektar sug’oriladigan maydon paxta ekish uchun bo’shatib berildi.
Viloyatlar, respublika bo’yicha paxta ekiladigan may-donlar rejasi ham yuqoridan, aniqrog’i majburiy tartibda belgilanardi. Markazdan paxta ekin maydoni 1946-yilda Toshkent viloyati uchun 86 ming gektar, butun respub-lika bo’yicha esa 779 ming gektar qilib belgilab berildi.
Paxta ekin maydonlarining nihoyat darajada ken-gaytirib yuborilganligi respublikada chorvachilikni, poliz hamda sabzavot ekinlari yetishtirishni rivojlantirishga imkon bermadi. Paxta yetishtirishni kengaytirish asosiy qishloq xo’jalik ishlarini mexanizatsiyalashga g’oyat katta sarf-xarajatlar qilishni, zarur miqdorda mineral o’g’itlar ishlab chiqarishni, yangi irrigatsiya qurilishini ken-gaytirishni talab qtldi. Bu o’z holicha olinganida ijobiy hodisa edi. Lekin u asosan paxtachilikni rivojlantirishga qaratilganligi uchun qishloq xo’jaligining ko’p tarmoqli bo’lib rivojlanishini izdan chiqardi, paxta yakkahokim-ligining shakllanishiga olib keldi. Bu respublika qishloq xo’jaligining bir tomonlama rivojlanib borishini belgilab berdi. Umumiy ekin maydonlarida paxta ekin maydon-lari salmog’ining keskin ortib borishi sug’oriladigan yer-larda poliz va bog’dorchilik, sabzavot ekinlarini tobora siqib chiqardi. Paxta yetishtirish yildan-yilga o’sib bordi. 1945-yili respublikada 850 ming tonna paxta yetishtiril-gan bo’lsa, 1950-yili uning miqdori 2 mln 222 ming ton-naga yetdi. Shu davrda g’allaning yalpi mahsuloti 742 ming tonnadan 666 ming tonnaga, sabzavotlar yalpi mahsuloti 433 ming tonnadan 328 ming tonnaga kamay-di. O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish sohasida bosh yo'1 bo’lib qolgan paxtachilikni jadal kengaytirish respublika hayotida ko’pgina salbiy oqibatlarga olib keldi. Oziq-ovqat mahsuloti yetishtirish qisqardi, oziq-ovqat muammosi vujudga keldi. Ekologiya buzilib, aholi salomatligi yomonlashdi.
Savol va topshiriqlar
1.Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining yomon oqibatlarini mada deb bilasiz?
2. Sanoatni qayta qurishning asosiy yo’nalishlarini aytib.
3. Nima maqsadda O’zbekistonda ko’p tarmoqli qishloq 'jaligi tugatildi va paxta monokulturasi shakllantirildi? 4 Qayta qurishlar samara keltirmasligini asoslab bering.
39-§. AHOLINING MILLIY TARKIBI VA SOVET HUKUMATINING RESPUBLIKADA AMALGA OSHIRGAN MILLIY SIYOSATI
Reja.
1. Markazning milliy siyosati va uning salbiy oqibatlari
O’zbekiston urashdan keyingi Yillarda ko’p millatli respublika edi. 1939-1970-yillarda respublika hududida yashayotgan millat va elatlar soni 94 tadan 121 taga ko’paydi. Bizning hududimiz ko’p millatli edi. Lekin chor hukumatining va sovet hokimi-yatining siyosati bu jarayonni yanada kuchaytirdi. Sovetlar davrida sanoatlashtirish bahonasi bilan O'zbekistonga ko’plab rus va boshqa yevropalik ishchi va xiz-matchilar ko’chirib kelindi.
Urush yillari 20 dan ortiq xalq va elat — qalmiqlar, qrim tatarlari, chechenlar, ingushlar, nemislar, qora-choylar, pontiya greklari, bolqarlar, mesxeti turklari va boshqalar o’zlarining vatanidan, doimiy yashash joylari-dan O’zbekistonga majburan ko’chirib keltirildi. Sovet tashkilotlari tomonidan nohaq ayblangan, majburan ko'cbirilgan bu xalqlarni insonparvar, mehmondo’st O’zbeklar iliq kutib oldilar. Ko’chirib keltirilganlar uchun O’zbek xalqi sharoitlar yaratib berdi. Shahar va qishloq-lardagi O’zbek xonadonlari ko’chib kelganlarga ko’rpa-to’shak, kiyim-bosh, oziq-ovqat bilan yordam qildilar. 1940—1970-yillarda aholi soni respublikada ikki baravarga yaqin o’sdi.
0'zbekiston aholisining milliy tarkibida 1970-yili o’zbeklar (65,5%) birinchi o’rinda bo’lsa, ruslar (12,5%) ikkinchi o’rinda edi. Aholining soni bo’yicha ulardan gi o’rinlarda tatarlar, qozoqlar, tojiklar, qoraqalpoqlar turardi. Koreyslar, qirg’izlar, ukrainlar, turkman lar, ozarbayjonlar, armanlar va uyg’urlar ham respubliu aholisining anchagina qismini tashkil etardilar. Bundan tashqari, respublikada boshqirdlar, beloruslar, osetinlar chuvashlar vakillari ham yashardilar. '
Shunday qilib, urushdan keyingi yillarda 0'zbe-kistonda aholining milliy tarkibi kengaydi. Aholi tar-kibidagi o’zgarishlarda sovet hokimiyatining zo’ravonlikka asoslangan milliy siyosati o’z aksini topdi.
Markazning milliy siyosati va uning salbiy oqibatlari.Urushdan keyingi yillarda milliy siyosatda zo’ravonlik va chetga og’ishlar bo’lganiga qaramay, respublikada millat va elatlar, jumladan, O’zbek
xalqining iqtisodiy va madaniy rivojlanishida mubim siljishlar ro’y berdi. Biroq millatlararo munosabatlarda muammolar bisyor edi. Ular haqida oshkora gapirilmas, matbuotda yozHmas edi-yu, lekin xalq ko’nglida pin-honiy alam kuchayib borardi.
Partiya va hukumatning davlat qurilishidagi asosiy maqsadi yagona Ittifoq davlatini har tomonlama mus-tahkamlashdan iborat bo’ldi. Partiya «mahalliychilik va milliy cheklanganlikning har qanday ko'rinishlari»ga qarshi, ya'ni o’z istiqloli, milliy madaniyatini himoya qi-lishga qaratilgan milliy harakatlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Sovet va davlat xavfsizligi tashkilotlari erkin fikr yuritishni ta'qib qilar, respublikada mustaqillikka erishishning har qanday ko’rinishlarini bo’g’ib qo’yar edi.
O’zbekistonning suverenligi aslida faqat qog’ozda qayd etilgan bo’lib, mustaqillik kunlariga qadar qog’ozda qolib keldi. Markazdan turib amalga oshiriladigan siyosat respublikani mustaqillikdan mahrum etar, uning iqtisodiyotini xom ashyo tayyorlashga qaratar va mus-tamlakachilik siyosatidan kam farq qilardi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukm surgan, respublikaning haq-huquqlari cheklab qo’yilgan sharoitlarda respublika hokimiyat organlari o’z xalqining manfaatlariga mos keladigan siyosat yuritish, o’z mintaqasining eng muhim muammolarini hal qilish imkoniga ega emas edilar.
Boshqaruvni markazlashtirishning salbiy oqibatlarini hartaraf etish maqsadida ayrim yillarda ittifoqdosh resblikalarning huquqlarini kengaytirishga doir cho-r jar ko’rildi. Jumladan, 50-yillarning o’rtalarida yengil va oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporti, temir va asfalt yo’llar, sog’liqni saqlash, aloqa, umumiy ovqat-lanish va boshqa tizimlarga qarashli o’nlab korxonalar respublikamiz ixtiyoriga berildi.
50-yillrning oxirlariga kelib ma'muriy-iqtisodiy ra-yonlardagi sanoat va qurilish boshqaruvi Xalq xo’jaligi kengashlari ixtiyoriga o’tkazildi. Bu islohot umuman olganda ijobiy ahamiyatga ega bo’ldi. U ortiqcha markazlashtirishni cheklab, xo’jalikka rahbariik qilishda mahalliy organlarning huquqlarini kengaytirdi. Bu islohot kutilgan natijaga olib kelmadi.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti Ittifoqning yagona xalq xo’jaligi majmui doirasida rivojlanib bordi. Markazdan turib boshqarish respublika boy-liklaridan metropoliya manfaatlarida foydalanishga imkon berdi.
Sanoatni maqsadga muvofiq ravishda joylashtirish-ning zarur sharti xom ashyoning yaqin bo’lishi hisoblanadi. Respublikada xom ashyo bo’lsa-da, ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar qu-rilmagan edi. Paxtadan mahsulot ishlab chiqaruvchi ip-gazlama kombinatlari Rossiya markazida joylashgandi. Bunday tartib mahalliy aholi manfaatiga zid bo’lishiga qaramay, keladigan daromadning hammasi Markazga tushar edi. Bunday muammolar millatlararo munosabat-larda keskinlikni yuzaga keltirdi. ( Markazning milliy siyosatida kadrlar masalasi muhim °'rin tutardi. Respublika partiya va hukumatidagi bi-nnchi yordamchilar, O’zbekiston Kompartiyasi Mar-kaziy Komitetining «ikkinchi kotibi» va O’zbekiston Ministrlar Soveti raisining «birinchi o'rinbosari» lavo-zitnlariga 30-yillardanoq Moskvadan yuborilgan vakilarini tayinlash tartibi o’rnatilgan edi. Bu shaxslar katta nuquqqqa ega bo’lib kadrlar taqdirini o’z ixtiyorlaricha halqila olardilar.
Bundan tashqari Markazga bo’ysunadigan lavozimlar nomenklaturasi mavjud edi. Unga partiyaning birinchi kotiblari va davlat organlarining rahbarlari kirardilar. Masalan, O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi bo’lib 1950-59-yillarda Sharof Rashidov, 1959—70-yil-larda Yodgor Nasriddinova ishlagan. Ular rasman respublikada «saylansa»da, lekin amalda Markaz bilan kelishilgan holda ishga tayinlanardi. Sirtdan qaraganda respublikani O’zbeklar boshqarayotgandek ko’rinardi, ammo haqiqatda hokiraiyatni idora qilish tizgini Ittifoq organi qo’lida edi.
Bunday siyosat mahalliy aholining manfaatlariga ziyon yetkazdi. Yetakchi sanoat sohalari uchun muta-xassislar yo’q degan bahona ostida ular Markazdan tak-lif qilindi. Fan-texnika taraqqiyotini belgilovchi sohalar uchun mutaxassislar O’zbeklardan yetarlicha tayyorlan-mas edi. 1959-yilda respublika aholisi tarkibida O’zbeklarning salmog’i 62% dan ortiq bo’lsa ham, unda-gi O’zbek ishchilarining salmog’i atigi 43%ni tashkil etdi. Ittifoqqa bo’ysunadigan korxonalar asosan Rossiya va boshqa respublikalardan taklif etilgan mutaxassislar va ishchilar bilan ta'minlanardi. Bunday korxonalarda ish haqi mahalliy sanoat korxonalaridagiga qaraganda ko’proq edi. Masalan, Ittifoqqa bo’ysunadigan korxo-nalarda bir ishchining o’rtacha ish haqi 1950-yilda 133% ga ko’paygan bo’lsa, respublikaga bo’ysunuvchi korxo-nalarda 73%ga ko’paydi. Bunday kadrlar siyosati mahal-liy aholining moddiy va ma'naviy manfaatlariga ziyon yetkazib, respublikada millatlararo munosabatlarning murakkablashuviga zamin yaratdi.
Ijtimoiy soha insonlarning hayotiy manfaatlariga bevosita daxldor bo’lib, millatlararo munosabatlarning shakllanishiga to’g’ridan-to’g’ri ta'sir o’tkazib bordi.
Ijtimoiy siyosatning tarkibiy qismi mehnatkashlar uchun turar joy sharoitlarini yaratishdir. 50—60-yillarda O’zbekistonda ko’pgina turar joy massivlari qurildi. Toshkentdagi yirik massivlar — Chilonzor, Yunusobod, Qoraqamish va boshqalar, viloyatlardagi zamonaviy qu-lay uylardan bunyod topgan mikrorayonlar shular jum-lasidandir. Biroq bu sohada ham chetga og’ishlar kuza-tildi. Chunonchi, yangi massivlarga asosan Rossiya va
282
boshqa respublikalardan ko’chib kelganlar joylashtirildi. Mahalliy aholi esa kanalizatsiyasi, gazi, markazdan turib isitiladigan moslamalari va boshqa kommunal-maishiy qulayliklari bolmagan eski turar joylar va mahalliy uylarda yashayverdi.
Markazning dasturilamal hisoblangan hujjatlarida millatlar va elatlar teng huquqlidir deb e'lon qilindi. Biroq Ittifoqdagi har bir xalqning madaniyati «shaklan milliy, mazmunan sotsialistik» bo’lishi kerak, degan sta-lincha g’ayriilmiy nazariya shunday yo'1 tutilishiga olib keldi. Bu nazariyaga ko’ra, asosan baynalmilal madani-yat rivojlanishi zarur edi. Milliy madaniyatning rivojla-nishi esa ikkinchi darajali masala hisoblanardi. Bu hol O’zbekiston madaniyatining rivojlanishiga ham to’g’a-noq bo’ldi.
60-yillaming boshlarida shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat to’g’risidagi stalincha nazariya madaniyatlarning gullab-yashnashi va bir-biriga yaqin-lashuvi to’g’risidagi yangi g’oya bilan almashtirildi. U amalda millatlar bir-biriga qorishib, chatishib ketishi kerak, degan ma'noni anglatar edi. Partiyaning milliy masaladagi asosiy vazifasi «millat va elatlarning to’la-to’kis birligiga», baynalmilal madaniyat yaratishga erishishdan iborat bo’lib qoldi.
Bunday milliy siyosatning amalga oshirilishi O’zbek xalqini milliy ildizlaridan ajratib, milliy o’z-o’zini anglashning o’sib borishiga to’g’anoq bo’ldi, milliy iftixor tuyg’ularini bo’g’ib qo’ydi. Aholining ilg’or qis-mida mavjud tuzumga nisbatan norozilik tuyg’ularini keltirib chiqardi. Keyinchalik bu alamlar Farg’onada va boshqa joylarda bo’lib o’tgan fojiali hodisalarga olib keldi. Bularning hammasi respublikaning tarixiy va mil-liy xususiyatlarini, O’zbek xalqi manfaatlarini hisobga olmay rivojlantirish natijasi bo’ldi.
Savol va topshiriqlar
1- Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston aholisi milliy tar-k|bidagi o’zgarishlarning asosiy omillarini gapirib bering.
2. Qrim-tatar, qalmiq, mesxeti turklari va boshqa xalqlarning Vatenlaridan ko’chirilishini siz qanday baholaysiz?
283
3. Respublika aholisi milliy tarkibidagi o’zgarishlar, chetqa og'ishlar nimada namoyon bo’ldi?
4. Sovet hukumati milliy siyosatining maqsadini siz qandav tushunasiz?
5. Markazning milliy siyosati respublika iqtisodiyotining rivoi-lanishida qanday salbiy oqibatlarga olib keldi?
6. Markazning kadrlar siyosatida respublika suvereniteti qay yo’sinda cheklandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |