Savol va topshiriqlar
1. Sanoatning bir tomonlama rivojlanishini siz qanday tushu-nasiz?
2, Urushdan keyingi yillarda O’zbekiston yengil sanoati qan-day rivojlangan?
3. O’zbekistonning oltin, uran, rangli metall ishlab chiqansh sanoati korxonalari qaysi idoralarga bo’ysunganini so’zlab bering.
4. Transportdagi muammolami tushuntirib bering.
5. Mahalliy millat vakillaridan ishchi va mutaxassis kadrlar-ning o’sishiga qaysi omillar to’sqinlik qildi?
42-§. O’zbekistonda HUNARMANDCHILIKNING AHVOLI
Reja.
Hunarmandchilikning cheklanganligi.
Xalq badiiy hunarmandchiligi
Urushdan keyingi dastlabki yillarda urush davrining iqti-
sodiy qiyinchiliklari sezilib turardi. Shuning uchun aholi hunarmandchilik bilan shug'ullanishga majbur bo’ldi. Hunarmandlar tayyorlangan mahsulot turlari xilma-xil bo’lgan. Ular ro’zg’orda ishlatiladigan sopol idishlar, kiyim-kechak, poyafzal, arava, egar, sandiq, mehnat qurollari, dehqonchilik asbob-uskunalari tayyorlaganlar. Gazlama, jun, ipak matolar ishlab chiqarganlar. Gilamdo’zlik, zargarlik, misgarlik, ko’nchilik, bo’yoqchilik, sovun, sham, un va yog’ ishlab chiqarish keng tarqalgan. Hunarmandlar aholining hayoti va turmushi uchun zarur mahsulotlarni ishlab cbiqarganlar.
Biroq sovet hokimiyati hunarmandchilikning dush-mani edi. Yakka tartibdagi mehnat kapitalistik muno-sabatlarni shakllantirish deb, sekin-asta hunarmandlar-ning haq-huquqlari, erkin faoliyati cheklab qo’yildi. Ular kooperativ artellarga birlashtirildi. Yakka tartibda hu-narmandchilik bilan shug’ullanish man etildi. Urushdan keyingi yillarda hunarmandchilik kooperatsiyasi tarkibida bir necha yuz artellar faoliyat ko’rsatardi. 1955-yili Toshkent shahrida 51 ta, Samarqand viloyatida 33 ta, Namanganda 23 ta, Andijonda 22 ta yirik artellar mavjud edi. Ular xalq uchun zarur buyumlarni ishlab chiqarardi.
Misol tariqasida mato, gazlama ishlab chiqarish hu-narmandchiligi faoliyatini ko’rib chiqaylik. Bu sohada respublikada asosan ip-gazlama va ipak matolar ishlab chiqarilardi. Ip-gazlama mato ishlab chiqarish bilan ayollar, ipak ishlab chiqarish mehnati og’ir bo’lgani tufayli u bilan asosan erkaklar shug’ullanardi.
0'sha yillari Rossiya fabrikalarida ip-gazlama matolar ko'p, ipak matolar esa oz ishlab chiqarilardi. O’zbek ayollarining an'anaviy kiyimlari nozik, chiroyli ipak gazlamalardan tikilardi. Aholi ehtiyojidan kelib chiqib O’zbekistonda urushdan keyingi yillarda ipak mato ish lab chiqarish kengaydi.
Pillakashlik korxonalari xom ashyo yetishtiriladigan tumanlarda, asosan Farg’ona vodiysida ko'p e^. Marg’ilon ipak yetishtiruvchi pillakashlik hunarmand-chiligi bilan dong chiqargandi. Shoyi to’qish ham shu yerda keng rivojlangan edi. Shuningdek, Andijon Namangan, Qo’qon shaharlarida ham pillakashlik, shoyi to’qish korxonalari ko’p bo’lib, ularning har birida 7—8 kishi ishlardi. Hunarmandlarning ish sharoiti va tur-mushi og’ir kechardi.
Ipakdan turli mato, gazlamalar: shoyi, xonatlas beqasam va boshqalar ishlab chiqarilardi. Chiroyli gullar bilan bezalgan bu matolardan ayollar ko’ylagi, yelagi (to’ni), kamzuli, nimchasi, beqasamdan erkaklar, ayol-lar, bolalar choponlari tikilardi. Uy devorlariga osish uchun so’zana, choyshablar to’qilardi. 60-yillardan boshlab hunarmandchilikning bu sohasi boshqa ko’plari qatori yo’q qilindi.
Sovet boshqaruv tashkilotlari hunarmandlarning kooperativ korxonalari, artellariga e'tibor bermadi, o’z holiga tashlab qo’ydi. Ularni yangi texnika bilan jihoz-lash imkoni bo’lmadi. Natijada ularning moddiy-texnik bazasi zaiflashib bordi. Hunarmandlar malakasi oshiril-madi.
o’sha davrda hukm surgan ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida hunarmandchilik kooperatsiyasi davlat organ-lari topshiriqlarini, ko’rsatmalarini so’zsiz bajarishga majbur bo’ldi. Artellar davlatlashtirilib yuborildi. Ular amalda davlat korxonalariga aylandi.
Hunarmandlar kooperatsiyasi, kooperativ mulkining mavjudligi rahbar sovet tashkilotlarini qoniqtirmay qo’ydi. 1956-yil aprelda Ittifoq hukumati butun mam-lakatda hunarmandlar kooperatsiyasini tugatish to’g’risi-da qaror qabul qildi. O’zbekiston respublikasidagi hu-narmandlar artellari davlat mulkiga aylantirildi va mahalliy sanoat vazirligiga berildi. Sovet organlarining bu keskin tadbiri hunarmandchilikni cheklabgina qol-may, uning ko’p turlari yo’q bo’lishiga olib keldi. Asosan
nogironlar artellari, ularni ish bilan ta'minlash maqsa-dida va xalq badiiy hunarmandchiligi saqlab qolindi.
Sovetlarning hunarmandlarga salbiy munosabati tufayli gazlama, gilamdo’zlik, kigiz tayyorlash, ko’nchilik, misgarlik, bo’yoqchilik va boshqa ko’plab hunar-mandchilik sohalari 60-yillardan boshlab yo’q bo’lib ketdi- Ular ishlab chiqargan mahsulot turlari va hajmi kamaydi. Kooperativ sanoat, asosan artellar mahsuloti 1940-yHda respublika sanoati hajmining 19%ini tashkil qilgan bo’lsa, 1958-yilda 8,5%ini, 1962-yilda esa atigi 3%ini tashkil etdi.
Davlat korxonalari bilan bir qatorda xususiy yoki kooperativ mulkka asoslangan hunarmandchilikning bo’lishi respublika iqtisodiy-madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb etardi. Lekin sovet rahbarlarining o’zboshimchaligi tufayli hunarmandlar kooperatsiyasi asossiz tugatildi. Bu respublika aholisini hayotiy zarur mahsulotlar bilan ta'minlash va maishiy xizmat ko’rsa-tish ahvolini mushkullashtirdi.
Xalq badiiy hunarmandchiligi .Urashdan keyingi yillarda respublika badiiy hunar-mandchiligi milliy madani-yatning tarkibiy qismi sifatida tiklana boshladi. Go’zallik shaydosi bo’lgan hunartnandlar ko’p buyumlarni xilma-xil bezaklar bilan bejab, undan foydalanuvchilarga qu-vonch baxsh etishga harakat qilganlar. Hunarmand-chilikning bu turlariga badiiy kulolchilik, kashtachilik, gilamdo’zlik, misgarlik, yog’och, ganch va marmar o’ymakorligi va boshqalar kiradi.
Sovet davrida ko’p yillar hunarmandchilikning bu muhim sohalari cheklandi. 60-yillardan boshlab badiiy hunarmandchilikka e'tibor berila boshlandi. Xalq badiiy hunarmandchiligi mahalliy sanoatning maxsus tarmog’i sifatida qayta tashkil qilindi. Bu tarmoq xalq dekorativ-amaliy san'ati buyumlarini tayyorlovchi badiiy hunar-mandchilik korxonalari faoliyatini birlashtirdi. Xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlariga ehtiyoj ortishi mu-nosabati bilan ularni qo’lda tayyorlash bilan birga qis-man mashinada ishlab chiqarishga o’tildi.
60-yiliarda respublikada o’ndan ortiq fabrika va zavod badiiy buyumlar ishlab chiqardi. Buxoro zardo’zlik fabrikasi, Rishton badiiy kulolchilik zavodi Toshkent «Suvenir» fabrikasi, Toshkent milliy musiqa asboblari tajriba fabrikasi, Andijon, Chust, Namangan Toshkent badiiy buyumlar fabrikalari va boshqalar faoliyat ko’rsatdi. Ularga uyda ishlovchi hunarmandlar ham biriktirilgan edi.
O’zbek xalqi, uning hunarmandlari o’z kasbiga mehr qo’ygan insonlardir. Ularning ajoyib mehnati bilan O’zbeklar suyib ishlatuvchi buyumlar bunyod etilgan. Buxoro zardo’zlik fabrikasida zarli chopon, milliy nim-chalar, do’ppilar, uy kavushlari, so’zana, dasturxon, chorsi, «buxorocha» do’ppi ishlab chiqarilgan. Chust badiiy buyumlar fabrikasi asosan qo’lda tikiladigan «chust» do’ppisi tayyorlashga mo’ljallangan edi. Andijon badiiy buyumlar fabrikasi shoyi va ip-gazlama bosh ro’-mollari, choyshablar, «iroqi», «chust» do’ppilari tayyor-lagan. Shahrisabzdagi «Hujum» fabrikasida palos va «sanama», «chizma» do’ppilari tayyorlangan. Qashqa-daryoning tog’li tumanlarida «Hujum» fabrikasining fi-liallari ochilib, unutilayozgan gilam, do’ppi tikish hunar-mandchiligi tiklandi.
Gilamdo’zlik ham unutilayozgan hunarmandchilik turlaridan biri edi. 60-yillarga kelib bu soha ham tiklana boshlandi. O’zbek xalqi gilamni an'anaviy uy jihozi va xalq san'ati asari sifatida qadrlaydi. Gilam to’qish barcha chorvachilik tumanlarida keng tarqalib, bu ish bilan ayollar shug’ullangan. Gilamdo’zlik O’zbek xalqining badiiy hunarmandchiligida muhim o’rin egallaydi. 60-yillarda gilam to’qish korxonalari Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida, Farg’ona
vodiysida mavjud edi. Gilamni qo’lda to’qish bilan birga,sanoat asosida ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yila boshlandi.
60-yillarda kulolchilik, milliy pichoqlar, zarli buyumlar, milliy musiqa asboblari ishlab chiqarish ancha o’sdi. Musiqa O’zbek xalqi hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Musiqaga ayniqsa yoshlar ko’proq qiziqadilar. Maktablarda, klublarda, madaniyat uylarida badiiy havaskorlik to’garaklari, ansambllari ko’paydi. Aholining milliy musiqa asboblariga talabi ortdi. Shu tufayli dutor, doira, g’ijjak, nay, rubob, tanbur va boshqa musiqa usta-lari musiqa asboblarining sonini oshirish, sifatini yaxshi-lash bilan birga, milliy bezaklar vositasida musiqa asboblarining go’zal va betakror namunalarini yaratdilar.
Kulolchilik O’zbek xalqining qadimiy hunarmandchi-lik turlaridan hisoblanadi. Rishton sopol buyumlarini butun dunyo biladi. Bu san'at moviy osmonimiz, tabia-timiz, tiniq suvimiz ranglarini o’zida mujassamlashtir-gan. Asrlardan buyon bu kasbga muhabbat, hurmat avloddan-avlodga o’tib kelmoqda.
50—60-yillarda kulolchilikning asosiy markazlari Buxoro, Rishton, Samarqand hisoblangan. Sopol buyumlar Andijon, Toshkent, Qarshi va boshqa shahar-larda ham ishlab chiqarilgan. Samarqand, Buxoro, Toshkent ustalariga sariq, qizil, malla rangli, Farg’ona vodiysi va Xorazm ustalariga esa havo rang, oq, ko’k buyumlar ishlab chiqarish xos edi. Urushdan keyingi yillarda respublikada mashhur kulollar — toshkentlik Rahimov, samarqandlik — U. Jo’raqulov, K. Sharo-Pov, A. Muxtorov, M. Nosirov, g’ijduvonlik I. Narzullaev, denovlik B. Xalilov, xivalik R. Rahimov va boshqa ustalar ijod qildilar.
Umuman olganda, bu davrda hunarmandchilik faoliyati og’ir kechdi. Sovet hokimiyatining dastlabki yn larida hunarmandchilik xususiy mulkchilikdan koopera tiv mulkiga aylantirilgan, artellarga birlashtirilgan edi 1956-yili hunarmandchilik kooperatsiyasi tugatilib, hu-narmandlar artellari davlat korxonasiga, mulkiga aylan-tirildi. 50-yillardagi islohotlar tufayli hunarmandchilik-ning asosiy qismi yo’q qilindi. Davlat mulkiga aylantiril-gan korxonalarda buyumlar sifati keskin pasaydi. Chunki ustalarga tayyorlangan mahsulot soniga qarab haq to’lanar edi. Hunarmandlar ko’p mehnat sarflab, sifatli mahsulot ishlab chiqarishdan manfaatdor emasdilar Ular sifatli buyumlarni buyurtmachilarga va bozorga chiqarardilar.
Shunday qilib, hunarmandchilikning ko’p turlari tugatildi. Badiiy buyumlar fabrikalarida ishlab chiqaril-gan buyumlar sifati yakka tartibda ishlab chiqarilgan hunarmandlar buyumlari sifatidan ancha past edi.
Savol va topshiriqlar
1. Urushdan keyingi yillarda hunarmandchilikning ahvoli qan-day edi?
2. Hunarmandlar kooperatsiyasi bilan hunarmandchilik fab-rikasi o’rtasida qanday farq bor?
3. Xalq badiiy hunarmandchiligining qanday turlarini bilasiz?
4. Mashhur kulol ustalardan kimlarni bilasiz?
5. O’zbekistonda bugungi kundagi hunarmandchilikning ahvoli to'g'risida yozma ma'lumot tayyorlang.
43-§. PAXTA YAKKAHOKIMLIGINING KENGAYISHI VA UNiNG SALBIY OQIBATLARI
Reja.
1. Paxtachilikning moddiy-texnik bazasi
2. Paxtachilikda zaharli ximikatlarning keng ish-latilishi va buning salbiy oqibatlari
30-yillarda shakllangan paxta yakkahokimligi (monokultu-rasi) urush yillarida ancha
o’zgardi. Davr taqozosi bilan paxta dalalari qisqardi, g’alla, sabzavot, poliz ekinlari maydoni kengaydi. Paxta mustaqilligi uchun kurash boshlanishi bilan 1929-yilda tugatilgan qand lavlagi ekish yana tiklandi. Ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligi shakllana boshladi. Lekin bu jarayon uzoq davom etmadi.
Urushdan so’ng Markazning O’zbekistonda paxta yetishtirishni ko’paytirishga qaratilgan siyosati qayta tiklandi. Bu maqsadda paxtachilikning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Birinchi galda paxtachilikni mexanizatsiyalashga e'tibor qaratildi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda qishloq xo’jaligi-' . har turdagi texnika yetishmas edi. Paxta qolda teri-lar traktor bilan yer haydalib, o’g’it solinardi, hosil oaxta punktlariga ot-aravalarda olib borilardi. Bu talay vaqt va qo'1 kuchini talab qilardi. Shu sababli paxtachi-jjjaxi rivojlantirishda uning moddiy-texnik bazasini mus-tahkamlash asosiy masala bo’lib keldi.
Mashina-traktor stansiyalari (MTS) yangi traktorlar bilan to’ldirila boshlandi. 1948-yili «Tashselmash» zavo-di paxta terish mashinalarining dastlabki namunalarini ishlab chiqardi. Oradan bir yil o’tib «Tashavtomash» zavodi ishga tushirildi, unda traktorlar, paxta tashishga moslashtirilgan mashina va tirkagichlarni ishlab chiqa-rish yo’lga qo’yildi (shu zavod bazasida 1969-yili Tosh-kent traktor zavodi barpo etildi). Ko’rilgan bu tadbirlar paxtachilikni kengaytirib, uning industrial bazasini mus-tahkamladi.
Biroq, bu texnikaning MTSlarda bo’lishi salbiy oqi-batlarga olib keldi. Asosiy kamchilik shunda ediki, ular-ning aksariyati texnikadan unumli foydalanmas, kol-xozlar bilan tuzgan shartnomalardagi majburiyatlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashardi. Ularda traktor ishla-rining bajarilishi yuzasidan qo’shib yozish hollari keng rasm bo’ldi. Qishloq xo’jalik mashinalarining davlat tasarrufidagi MTS larda to’planishi ishlab chiqaruvchi-lar, ya'ni dehqonlarni ishlab chiqarish vositalaridan be-gonalashtirib qo’ydi. MTSlar qishloq xo’jaligining rivoj-lanishiga to’g’anoq bo’ldilar. Mashina-traktor stan-siyalarini qayta tashkil etish va texnikani bevosita xo’jaliklarga sotish to’g’risida 1958-yil fevralida qaror qabul qilinishi tasodifiy bo’lmadi. Bu chora xo’jaliklarga "Uiktirilgan yer, texnika va boshqa ishlab chiqarish vosi-talaridan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan edi. Biroq xojalikni yuritishning ma'muriy-buyruqbozlik tartiboti snaroitida qo’yilgan maqsadga erishilmadi. Texnikani yuqoridan belgilangan baland narxlarda sotish xo’jalik-larning iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi.
Paxtachilikda zaharli ximikatlarning keng ish-latilishi va buning salbiy oqibatlari. Natijada xo’jaliklarda mehnat kuniga to’lanadigan haq kamaydi dehqonlarning moddiy ahvoli yomonlashdi. Biroq hayot bir joyda to’xtab qolmadi. O’zbekistonning qishloq xo’jaligi, uning asosiy tarmog’i bo’lgan paxtachilft dehqonlarning mehnati tufayli rivojlanib bordi. Traktor parki yangi texnika bilan to’ldirildi. Qishloq xo’jaligida traktorlar soni 1960—1970-yillarda 60mingtadan 121 mingtaga oshdi. Shu davrda paxta terish mashinalari soni 8 mingtaga ko’paydi. Qishloq xo’jalik texnikasining bir qismi paxta yetishtirishni oshirish maqsadida paxtakor xo’jaliklarga berildi.
Paxtachilikni rivojlantirish maqsadida respublikaga beri-ladigan mineral o’g’itlar va zaharli ximikatlar yildan-yilga ko’payib bordi. 1951-yili mineral o’g’itlar 0,9 mln tonnani tashkil etgan bo’lsa, 1970-yili ularning miqdori 3,5 mln tonnaga yetdi. Holbuki, ko’pgina xo’jaliklarda mineral o’g’itlar ham xuddi texnika singari mahalliy shart-sharoitlar: iqlim, tuproq strukturasi, yer osti suvlari sathi va minerallanish darajasi va boshqa omillarni yetarlicha hisobga olinmay ishlatib kelindiki, bu tabiiy tuproq unumdorligiga katta ziyon yetkazdi.
Ayniqsa, paxta dalalarida zaharli ximikatlarning ish-latilishi qishloq aholisi uchun fojiali bo’ldi. Bu o’ta zaharli ximikatlar g’o’za zararkunandalariga qarshi kurashda va paxtani mashinada terishga tayyorlash uchun g’o’za barglarini sun'iy to’kishga isblatilardi. Fan-texnika yutuqlarining paxtachilikka joriy etilishi, umu-man olganda, ijobiy hodisa edi. Biroq merkaptafos, buti-fos va boshqa zaharli ximikatlardan haddan ortiq ko'p foydalanish salbiy oqibatlarga olib keldi. 1964-yili respublika dalalarida 150 ming tonnaga yaqin 30 xildan ortiq zaharli ximikatlar qo’llandi. Bundan tashqan, ularni saqlash va ishlatishda qo’pol xatolarga yo'l qo’yildi.Markaz ko’rsatmasi bilan paxta dalalariga aviatsiya damida zaharli ximikatlarni sepish yildan-yilga ken- bordi. 1964-yili paxta maydonlarining 66,5 foiziga
aviatsiya yordamida zaharli moddalar bilan ishlov be-jjldi. O'sha yili 659 kishi zaharlandi, ularning ko’pchiligi jjayotdan ko’z yumdi. Odamlar zaharli ximikatlardan yoppasiga zaharlana boshladilar. Markaz O’zbekistonni mamlakatning asosiy paxta bazasi hisoblar, qanday bo’lmasin ko’proq paxta olishni o’ylar, O’zbek xalqining manfaatlari bilan hisoblashmasdi. o’ta zaharli ximikat-larning paxtachilikda keng qo’Uanishi tufayli o’lim hol-lari, og’ir kasb kasalliklarining ko’payishi respublika jamoatchiligini tashvishga soldi. Deputatlar, vrachlar, olimlar paxta dalalarida o’tkir zaharli ximikatlar ishlati-lishiga asosli e'tiroz bildirdilar. Shuni hisobga olib respublika rahbarlari Sharof Rashidov va Rahmonqul Qurbonov Ittifoq hukumatiga kuchli ta'sir qiluvchi zahar-li ximikatlar o’rniga boshqa ximikatlar jo’natishni so’rab 1969—1970-yillarda bir necha bor murojaat qildilar. Xatlarda ko’rsatilishicha, paxta zararkunandalariga qarshi kurashda uzoq yillar davomida o’ta zaharli moddalarning qo’llanishi tufayli ariq suvlari, tuproq, atmosfera me'yor-dan bir necha baravar ortiq zaharlangan. Bu inson va hayvonot dunyosi, umuman, tabiatga salbiy ta'sir ko’rsat-gan. Ittifoq rahbar tashkilotlari kam ta'sirli ximikatlar chet eldan olinadi, bunga valyuta yo’q, deb bahona qildilar. Vaholanki, Ittifoq valyutasining salmoqli qismi paxta eksporti evaziga olinardi.
Zaharli ximikatlardan paxtachilikda keng foydalanish biologik va ekologik oqibatlardan tashqari, jiddiy ijtimoiy oqibatlarga ham olib keldi. Respublikada kasalliklar soni ortib, ayniqsa, bolalar o’rtasida o’lim hollari ko’paydi, farzand ko’radigan yoshdagi ayollarning salomatligi yomonlashdi. p Paxtachilik moddiy-texnik moddiy texnika bazasining Markaz tomonidan mustalikamlanishi paxta
xom ashyosi yetishtirishning ko’payishiga olib keldi. O’zbekistonda paxtachilikni rivojlantirishni bir qadar rag’batlantirish maqsadida paxta xom ashyosining xarid narxlari oshirildi, mineral o’g’itlarga imtiyozli narxlar saqlab qolindi. Ko’rilgan choralar natijasida paxta tay-yorlash rejalari bajariladigan va oshirib bajariladigan bo’ldi.
Markaz paxta xom ashyosi ishlab chiqarish yuzasidan O’zbekiston uchun belgilangan rejani bajarishga doii respublika ishlarini qattiq nazorat qilib bordi. Paxta bo’yicha topshiriqlarning bajarilmasligi jiddiy choralar ko’rilishiga — oliy hokimiyat doiralarida muhokama qi-lishdan tortib jinoiy javobgarlikka tortilishgacha sabab bo’ldi. Chunonchi, 1947-yilda paxta topshirish rejalari-ning bajarilmaganligi Markazda muhokama qilindi. Respublika rahbariyati «mahalliy vazifalarni deb umum-davlat manfaatlarini unutib qo'yganlikda» ayblanib, O’zbekiston rahbari Usmon Yusupovga hayfsan e'lon qilindi.
Urushdan keyingi yillarda O’zbekistonda paxtachi-likni har tomonlama rivojlantirish yo’liga o’tilishi yangi yerlarni o’zlashtirish, paxta ekin maydonlarini ken-gaytirishni talab qildi. 50-yillarning o’rtalaridan boshlab yangi paxtachilik rayonlarini barpo etish maqsadida qo’riq yerlarni o’zlashtirish boshlandi. Mirzacho'1 va Qarshi dashtlarini, Surxon-Sherobod vodiysi va boshqa qo’riq yerlarni sug’orish va o’zlashtirish ishlari avj oldi. Yerlarni o’zlashtirish asosan paxta ekishga mo’ljallangan edi. 1965-yili suv chiqarilgan yangi mintaqada bitta bog’dorchilik-uzumchilik va 16 ta paxtakor xo’jaliklar faoliyat ko’rsatdi.
Respublika irrigator, meliorator va cho’lquvarlari-ning fidokorona mehnati bilan yangi yerlar o’zlashtirilib, g’o’za ekiladigan maydonlar kengayib bordi. Paxta may-doni 1960-1970-yillarda 1386 ming gektardan 1709 ming gektarga, ya'ni 323 ming gektarga ortdi. Shu davr-da respublikada sug’oriladigan yerlar maydoni atigi 253 ming gektarga ortgan edi. Ko’rinib turibdiki, paxta may-doni yangi sug’oriladigan yerlardan tashqari, poliz va bog’dorchilik ekinlari yerlari hisobiga ham ko’paydi-Markazning zo’rlik siyosati bilan paxta uchun hanima narsa qurbon qilindi. Tomorqa yerlari yo’qqa chiqarildi. O’zbek dehqonlarining mehnatsevarligi, yerni, paxtani ardoqlashi natijasida respublikada paxta yetishtirish yil-dan-yilga ortib bordi. Yalpi hosil 1945—1970-yillarda50 ming tonnadan 4 mln. 495 ming tonnaga, ya'ni 5,3 baravar ko’paydi.
Paxtachilikdagi bu yutuqlar o’z-o’zidan qo’lga kiritil-madi- Ular paxtakorlarning dalalarda Vatanim, o’zbegim deb yonib qilgan mehnati natijasi bo’ldi. «Sharq yulduzi» jamoa xo’jaligidan H. Tursunqulov, Andijon tumanidan I. Bakirov, Bog’ot tumanidan I. Do’stov va 50-yillarda har gektar yerdan 30-40 sentnerdan paxta yetishtirgan boshqa ko’pgina paxtakorlarning nomlari O’zbekistonda mashhur bo’ldi. Ko’pgina paxtachilik brigadalari boshliqlari (R. Odilboyev, Sh. Voisxonov, P. Yo’ldoshev va boshqalar), paxta terish mashinalarida mavsumda 70—80 tonna va undan oshirib paxta tergan mexanik haydovchilar (N. Bakirov, A. o’roqboyev, I. Tursunov va boshqalar) munosib ravishda shuhrat topdilar.
Lekin O’zbek xalqi mehnati bilan yaratilgan boylik-ning foydasini Markaz ko’rdi. O’zbek xalqi uning salbiy oqibatlari natijasida azob-uqubatlar tortdi. Ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida urushdan keyingi yillarda respublikada paxta yakkahokimligi yana qaror topdi. 1970-yilga kelib paxta maydonlarining salmog’i respub-lika bo’yteha uchdan ikki qismdan ko’proqni, ayrim viloyatlarda esa bundan ham oshiqni tashkil qildi. Chunonchi, 1970-yili Andijon viloyatida 244 ming gek-tar sug’oriladigan yerlardan 192 ming gektariga, Farg’ona viloyatida 277 ming gektardan 209 ming gek-tariga paxta ekilardi. Bu rasmiy raqamlar. Amalda g’o’za ekiladigan maydonlar bundan ham ko’proq bo’lgan. Vaholanki, madaniylashgan mamlakatlarning qishloq xo’jaligida g’o’za ekinlari maydoni 60 foizdan oshmasli-gi lozim, bu ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ana shu nisbat saqlangandagina tuproq unumdorligini qayta tiklash, almashlab ekish mumkin bo’ladi.
Ko’rinib turibdiki, paxtachilikka zo’r berish O’zbek xalqining manfaatlariga zid edi. Paxta monokulturasining shakllanishi yuqorida aytilgan salbiy ekologik oqibatlardan tashqari, respublikada oziq-ovqat mahsulotlari muammosini ham keltirib chiqardi. O’zbekistonda go’sht va boshqa mahsulotlarni iste'mol qilish normalari boshqa respublikalardagiga qaraganda ancha past edi.
Bundan tashqari, paxta yetishtirgan dehqonlar mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Paxtaga qo’yiladigan narxlar juda past bo’lib, ular respublikadan uzoqda bel-gilanar edi. Paxta xom ashyosini ishlab chiqarish ken-gaygani sari O’zbekiston metropoliyaning xom ashyo bazasiga aylanib bordi. Xo’jaliklar foyda olish u yoqda tursin, xarajatlarni ham qoplashga qiynalardilar. Nati-jada paxta yetishtiruvchi xo’jaliklarning davlatdan qarz-lari tobora ko’payib bordi. Shu bilan bir vaqtda qishloq mehnatkashlarining daromadlari, turmush darajasi ham pasayaverdi.
Paxtakor xo’jaliklarning dehqonlari dam olish va bayram kunlari nimaligini bilmay, erta tongdan quyosh botguncha jaziramada mehnat qilib, haddan tashqari oz ish haqi olardi. Har bir qishloq oilasi a'zosiga to’g’n keladigan oylik daromad, masalan, Rossiyada 98,1 so’mni tashkil etgan bo’lsa, O’zbekistonda u 58,8 so’mga teng bo’ldi. Quvayt, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar xalqlari «qora oltin» — neft hisobiga badavlat yashaganlari holda o’zbek xalqi «oq oltin» — paxta hisobiga kambag’allik darajasidan past sharoitda yashab keldi. Bunga xalq xo’jaligini boshqarishning ma'muriybuyruqbozlik tizimi va respublika, uning tub xalqi manfaatlari bilan hisoblashmaydigan mustamlakachilik siyosati sababchi edi.
Savol va topshiriqlar
t
1. Urushdan keyingi dastlabki davrda paxtachilikning mod-diy-texnik bazasi qanday ahvolda edi?
2. Paxtachilikda zaharli ximikatlarning keng ishlatilishi qan-day salbiy oqibatlarga olib keldi?
3. Nima uchun respublika dalalarida ko’proq paxta ekiladi-gan bo’ldi?
4. Nima sababdan paxta yakkahokimligi O’zbek xalqining mil-liy manfaatlariga mos kelmas edi?
5. Paxta yakkahokimligini tug'dirgan omilni ko’rsating.
44-§. QISHLOQ Xo’JALIGINING AHVOLI
Reja.
1. Sug'orish inshootlarining barpo etilishi
2. Qishloq xo’jalik mahsu-lotlari yetishtirishning ahvoli
Do'stlaringiz bilan baham: |