Mustamlakachilik davri qurbonlari — shahidlar xotirasiga avlodlar ehtiromi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan keyin qatag’on qilinganlarning ko’pchiligi huquqiy jihat-dan oqlandi. Ularning porloq nomlari tiklandi. Mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan 2000-yii 12-mayda Toshkent shahridagi Yunusobod mavzesi-da — Bo’zsuv bo’yida Shahidlar xotirasi yodgorlik maj-mui ochildi. U mustabid sovet rejimi davrida qatag’on qilingan shahidlar xotirasiga bag’ishlab o’rnatilgan bo’lib, millat fidoyilarining aksariyati shu yerda otib tashlangan edi. LKarimov yodgorlik majmuining ochilish marosimida so’zlagan nutqida kommunistik rejim qatag’onlarining asl mohiyatini quyidagicha ochib bergan edi: «Zulm va zo’ravonlikka qurilgan mustabid, beshafqat tuzum davrida o’zligini, milliy qadr-qimmati-ni teran anglagan, ijtimoiy-siyosiy ongi yuksak xalqni uyg’otishga, xalqni boshqarishga qodir bo’lgan, ma'rifat va ma'naviyat yo’lida fidoyilik ko’rsatgan barcha aql-zakovat sohiblari jismonan yo’q qilindi... Mana shular qatorida siyosatdan mutlaqo uzoq bo’lgan ming-minglab oddiy dehqonlar, hunarmand-kosiblar, ishchi-xiz-matchilarning begunoh qurbon bo’lib ketgani tasavvurga ham sig’maydigan ayanchli bir holdir».
2001-yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida har yili 31-avgust — Mustaqillik e'lon qilingan kun qatag’on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi. Bu minnatdor avlodlarning o’z ajdodlari xotirasiga ehtiromidir.
Savol va topshiriqlar
1. «O'n sakkizlar guruhi» va «inog'omovchilik» deganda nimani tushunasiz?
2. Sovet rejimi nima uchun huquq va maorif tizimida qatag'onlarni avj oldirdi?
3. «Milliy lttihod» va «Milliy lstiqlol» tashkilotlari qanday faoli-yat ko’rsatgan?
4. Stalin qatag'onlari O’zbekistonga qanchalik zarar keltirdi?
5. Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasi Mustaqillik davrida qanday e'zozlanmoqda?
6. o’zingiz yashab turgan mahalla yoki qishloqda qatag'on qilingan kishilarning ro’yhatini tuzishga urinib ko’ring.
212
30-§. O’ZBEKISTONNING 20-30-YILLARDAGI XALQARO ALOQALARINING CHEKLANISHI
0'zbekiston SSR tashkil qilingan dastlabki kundan unig suvereniteti cheklangan, Ittifoq hukumatiga qaram nilib qo’yilgan edi. Respublika o’z milliy armiyasiga ega bo’lish, valyutasini chiqarish, chet davlatlar bilan mus-taqil aloqa qilish va boshqa ko’p huquqlardan mahrum qilindi. O’zbekiston ajnabiy davlatlar bilan aloqa qilish huquqini «o'z ixtiyori»ga ko’ra Ittifoq hukumatiga qonuniy yo'l bilan topshirishga majbur etildi. O’zbekiston xalqaro aloqalarda Ittifoq tarkibida qatnashardi. Bu ma-salada faqat Ittifoq hukumatining ko’rsatmalari bilan ish qilardi, chet ellar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarni Ittifoq hukumati idoralari orqali amalga oshirardi Xuddi boshqa o’rta Osiyo
Xalqaro aloqalar o’rnatishga intilish respubhkalan singan, O’zbekiston ham iqtisodiy va ma-
daniy rivojlanishning deyarli barcha ko’rsatkichlari bo’yicha markaziy viloyatlardan ancha orqada turar edi. Markaz bunday tafovutning mintaqadagi ijtimoiy bar-qarorlikka va SSSRning qo’shni Osiyo mamlakatlaridagi obro'-e'tiboriga yomon ta'sir o’tkazishi mumkinligini tushunardi. Shu sababdan Markaz qoloq chekka o’lkalarga yordam berish yo’li bilan qo’shni davlatlarda-gi o’z mavqeini mustahkamlashga harakat qildi.
SSSR tarkibiga kiritilganidan keyin respublikamizda Tashqi ishlar xalq komissarligi tarqatib yuborildi. O’zbekiston Xalq komissarlari soveti qoshida Ittifoq tashqi ishlar xalq komissarligining vakilligi qoldi, xolos. Tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatni Markaz amalga oshirib boradigan bo’ldi.
Keyinchalik O’zbekistonning ayrim vakillari Sharq mamlakatlaridagi sovet elchixonalarida maslahatchi, tar-jimon bo’lib ishlay boshladilar. O’zbekiston respub-likasining butun xalqaro faoliyati savdo-iqtisodiy ko’r-gazmalar va yarmarkalarda, O’zbekiston yutuqlarini namoyish etish uchun joy ajratiladigan sovet pavilonida •shtirok etish, shuningdek, «feodalizmdan sakrab sotsia-lizmga» o’tish natijalarini namoyish qilib, Kompartiyaning go’yoki g’amxo’r va baynalmilal siyosatini ■ko’rsatish uchun turli xorijiy delegatsiyalarni qabul qilishdan iborat bo’lib qoldi. Faqat targ’ibot mulohazala-ridan kelib chiqib O’zbekistonga iqtisodiy salohiyatini ko’rsatishga imkon berilar edi. Paxta, ipak, qorako'1 teri dori preparatlari, ayrim turdagi qishloq xo’jalik mashi-nalari, hunarmandchilik buyumlari uzoq yillar davo-mida respublikaning chetga chiqariladigan asosiy mollari bo’lib keldi.
O’zbekistonning ajnabiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari butunlay Ittifoqning eksport-import muammolari bilan shug’ullanadigan mahkamalari orqali amalga oshirildi.
Xalqaro aloqalar to’g’risida qizlarining turli mutaxassisliklarga o’qib kelish uchun xorijiy mamlakatlarga, jum-ladan, Turkiya va Germaniyaga yuborilganligini eslatib o’tish zarur. Germaniyada o’qish ayniqsa samarali bo’ldi. 20-yillarning boshlaridayoq bir necha o’n kishi-dan iborat dastlabki guruhlar o’qishga yuborilgan edi. Yosh respublika uchun zarur mutaxassisliklarni (to’-qimachilik va teri ishlab chiqarish, qurilish ishlab chiqa-rishi, agronomiya va boshqa mutaxassisliklarni) o’rga-nish uchun 30-yillarda ham ana shunday o’qishga yuborish qisman davom etib bordi. Bu ta'lim dasturlari-ni mablag’ bilan ta'minlashda Abdulhamid Cho’lpon, Munavar Qori Abdurashidxonov va boshqa adiblar katta rol o’ynadilar. Ular adabiy-badiiy kechalar o’tkazar va tushgan pullarni Germaniyada o’qiydigan O’zbek ta-labalariga yuborar edilar. Bu muhim va taraqqiyparvar tashabbus, afsuski, keyinchalik rivojlanmay qoldi.
Tashqi dunyo bilan muloqotda bo’lishning nihoyatda samarali yoli ilmiy aloqalar bo’ldi. Moddiy va ma'naviy qadriyatlarga, boy tarixiy, me'moriy, arxeologik obyekt-larga ega bolgan O’zbekiston ko’pgina xorijiy olimlarni o’ziga jalb qilar edi. 30-yillarning boshlarida o’zbe-kiston bilan Yaponiyaning ipakchi olimlari o’rtasida samarali ilmiy aloqalar bog’landi. Bizning nazariy yutuqlarimiz yapon mutaxassislarida jiddiy qiziqish uyg’otdi. O’zbek ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari 1930—1931-yillari Yaponiyada uzoq muddatli xizmat safarlarida bo’lib, bu yerda o’z yutuqlari bilan o’rtoqlashdilar va yapon ipagi ishlab chiqarishni o’rgandilar. o’sha yerdan ular tut daraxtining qalin barg-li bo’lib o’sadigan bir necha o’n navlarini va serhosil ipak qurti urug'larini keltirdilar, bu kelgusida yaxshi natijalarni berdi.
O’rta Osiyo Davlat universitetining botanika bog’i bir qancha ilmiy muassasalar bilan urug’lar almashishni keng yo’lga qo’ydi. 1928-yilda 262 ta ajnabiy tashkilot-lar bilan aloqa bog’langan edi. Bir yil ichida seleksiya ishi uchun zarur materialli 4,5 ming paket olinib, 3 mingdan ko’prog’i jo’natildi. Bundan tashqari o’rta Osiyo Davlat universitetining botanika bog’i talaygina qimmatli buta va daraxt navlarini oldi, ulardan bog’ning Chimyon bo’limidagi tog’ yon bag’irlarini mustahkam-lashda foydalanildi.
Afsuski, 30-yillardan boshlab mana shu muhim ilmiy aloqalarga barham berila boshlandi. Josus deb gumonsi-rash, burjua fani va madaniyati deb atalmish narsaga nafrat bilan qarash sovet olimlari, jumladan, O’zbekiston olimlarining ham dunyodan ajralib qolishiga olib keldi. Ulardan ba'zilarining xorijiy hamkasblari bilan qilib tur-gan ilmiy aloqalari va yozishmalari o’sha vaqtlarda ularning asossiz ayblanishiga va qatag’on qilinishiga sabab bo’ldi.
Respublikadagi madaniy qurilish nechog’li ziddiyatli bo’lmasin, ijobiy tomonlaridan biri mahalliy aholining Sharq va G’arb adabiyotining klassik asarlari bilan ta-nishuvidan iborat bo’ldi. Bularning ko’plari asta-sekin O’zbek tiliga tarjima qilindi, o’z navbatida ba'zi O’zbek mualliflarining asarlari xorijiy mamlakatlarda nashr etil-di va ma'lum siyosiy yo’nalishga ega bo’lishiga qaramay, xorijiy kitobxonlar va tanqidchilarda katta qiziqish uyg’otdi.
Yozuvchilar o’rtasidagi shaxsiy aloqalar ko’pgina °'zbek mualliflarining ijodiy imkoniyatlarini boyitishda katta rol o’ynadi. Mashhur yozuvchi, ma'rifatparvar va siyosiy arbob Hamza Hakimzoda Niyoziy 20-yillarda Afg’oniston va Hindistonga borib, bu yerlarda kitobxon-lar hamda ijodiy ziyolilar bilan uchrashuvlar o’tkazdi Madaniy aloqalarning rivojlanib borishiga mashhur hind yozuvchisi Robindranat Tagor, ajoyib chex publitsisti Yulius Fuchik, venger muallifi Mate Zalka va boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar.
1935-yili xalq raqsining Angliyadagi butunjahon fes-tivalida O’zbek raqs san'ati yuqori baho oldi. Bu festival-ning 35 nafar sovet qatnashchilari qatorida Tama-raxonim, Usta Olim Komilov, To’xtasin Jalilov, Abduqodir Ismoilov O’zbekistondan vakil bo’lib bor-dilar.
O’zbekistonda xorijiy dramaturgiyaga qiziqish tobora kuchayib bordi. O’zbek teatrlari sahnalarida ILShekspir, F.Shiller, E.Verxarn, GJbsen va boshqalarning asarlari qo’yildi. Nom qozongan artistlar O’zbekistonga gastrol-ga kelib turdilar. 20-yillarda iste'dodli va ajoyib Aysedora Dunkan, Milan operasi artistlari va boshqa ko’pgina san'at ahllari respublikamizda bo’ldilar.
O’zbek kinematografiyasi 20-yillarda dastlabki yutuqlarni qo’lga kiritdi. «o’lim minorasi» kinofilmi jahonning 14 mamlakatida, jumladan, Germaniya, Yugoslaviya, Argentina, Boliviya, Ekvadorda namoyish etildi. O’zbekiston kino ekranlarida har xil ajnabiy lenta-lar, jumladan, «Hind maqbarasi», «Nomsiz kishi», «Jinnilikka bir bahya», «Aybdor» filmlari namoyish etil-di. Ko’ngilochar filmlardan tashqari, ijtimoiy jihatdan jiddiy kino asarlari ham qo’yilar edi.
Respublika rassomlari urushdan oldingi yillarda kattagina muvaffaqiyatga erishdilar. Ularning ko’rgaz-malari jahonning talaygina mamlakatlaridagi tasviriy san'at shinavandalari va bilimdonlarida juda yaxshi taas-surot qoldirdi. O’zbekiston rassomlari 1930-yili Fi-ladelfiyaning rasm galereyalarida o’tkazilgan badiiy ko’rgazmalarda ishtirok etdilar. o’rol Tansiqboyevning «O’zbek kolxozchisining portreti», N.Qoraxonning «Qurilish», A.Volkovning «Shohimardonda tong», P.Benkovning «Xivalik qiz portreti» asarlari va boshqalar Amerika xalqi va san'atshunoslarini o’ziga jalb etdi.
1925-yili Fransiyada xalqaro sanoat va san'at ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. SSSR pavilonida uyushtirilgan illiy burchaklarga O’zbeklarning turmushi va madaniyatini badiiy obrazlarda ta'riflab beruvchi eksponatlar qo’yildi. Bunda badiiy grafika, shohi ro’mollar, lco’rpalar, choponlar, kashtalar, gilamlar, qorako'1 teri, naqsh solingan teri, yog’och va metalldan yasalgan buyumlar namoyish etildi. O’zbek eksponatlarining ba'zilari uchun mukofotlar berildi. Ko’rgazma kunlari sovet artistlari 11 marta konsert berdilar, ular orasida yosh Tamaraxonim ham bor edi.
Xalqlar o’rtasidagi madaniy hamkorlikning muhim vositalaridan biri o’zaro kitob va davriy nashrlar almashish hisoblanadi. o’rta Osiyo universiteti — mintaqadagi eng yirik ilmiy-pedagogik muassasa — 1925-yildayoq talaygina xorijiy ilmiy muassasalar va tashkilotlar bilan kitoblar almashib turdi.
Shunday qilib, O’zbekiston doirasidagi madaniy va ilmiy aloqalari, garchi unchalik to’la bo’lmasa-da, harqalay birmuncha samarali rivojlanib bordi. Lekin 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab bunday aloqalar cheklana boshlanadi. Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi respub-likalarning qanday bo’lmasin biror tarzdagi mustaqilligi bilan, ayniqsa, ularning xalqaro miqyosdagi suveren huquqlari bilan kelisha olmas edi.
Shunday bo’lsa-da, 20—30-yillarda O’zbekistonning xalqaro aloqalari, xususan, Sharq va G’arbning talaygina mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy va madaniy aloqalar haddan tashqari murakkab sharoitlarda ham mus-tahkamlanib bordi. Bu aloqalar madaniyatlarning bir-biiini tushunib, bir-birini boyitib borishiga, xalqlar o’rta-sidagi do’stona aloqalarning mustahkamlanishiga yor-dam berdi.
O’zbek xalqi xorijiy mamlakatlar fani, texnikasi va madaniyatining eng yaxshi yutuqlaridan bahramand bo’lishga harakat qildi. O’zbekistonning iqtisodiy va madaniy qurilish sohasidagi yutuqlariga chet ellarda ham katta qiziqish paydo bo’ldi.
Afsuski, o’zSSRning o’sha davrdagi xalqaro aloqalari keng tusga kirmadi, aksincha, asta-sekin yo’qolib bordi. «Temir parda» sovet kishilarini tashqi dunyo bilan hukmdorlar nuqtai nazaridan o’rinsiz bo’lgan aloqalar-dan yaxshi to’sib turar edi. Yaqinlashib kelayotgan jahon urushi o’zaro gumonsirash, toqatsizlik va nafratlanish urug’ini sochib bordi.
Savol va topshiriqlar
1. Xalqaro aloqalar O’zbekiston SSRda qay tariqa amalga oshirilar edi?
2. Respublika savdo-iqtisodiy aloqalari to'g'risida so’zlab bering.
3. O’zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy va madaniy aloqalariga misollar keltiring.
31-§. QORAQALPOG’ISTON 20-YILLARNING IKKINCHI YARMI — 30-YILLARDA
Reja.
1. Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatining tuzilishi
2. Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatini sanoatlashtirishning dastlabki qadamlari
3. Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatining QQASSRga aylantirilishi
4. Madaniy qurilish
1924-yili milliy-hududiy che-garalanish natijasida o’rta Osiyo kartasida ittifoqdosh respublikalar bilan birga muxtor, ya'ni avtonom tuzil-malar ham paydo bo’ldi. Ular orasida Qoraqalpog’iston muxtor (avtonom) viloyati ham bor edi. Uning tarkibiga volostlarga bo’linadigan To'rtko'1, Chimboy, Xo’jayli va Qo’ng’irot okruglari kirdi.
1925-yil 12-19-fevral kunlari To’rtko’lda bo’lib o’tgan Sovetlarning I Ta'sis qurultoyi Qoraqalpog’iston muxtor viloyatining Qozog’iston ASSR tarkibida tuzil-ganini qonun yo’li bilan rasmiylashtirdi va davlat hokimiyatining rahbar organini — Qoraqalpog’iston muxtor viloyati Ijroiya Komitetini (raisi A.Qudaboyev) sayladi.
Muxtoriyatning vakolatli va ijroiya oiganlari viloyat-ning boshqaruv sohalarida, xo’jalik va madaniy hayotida hokimiyat vakolatiga ega edi. Qoraqalpog’iston muxtor viloyati Ijroiya Komiteti Qozog’iston ASSR Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumida o’z vakiliga ega bo’lib, viloyat uchun muhim masalalarning hammasi bevosita Butunrossiya Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumida hal qilinar edi.
Qoraqalpog’istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar (38,1%), O’zbeklar (28,7%), qozoqlar (28,6%) bo’lib, ruslar l%dan ham kamroqni tashkil etar-di (shahar aholisini hisobga olmaganda).
Qoraqalpog’istonning tabiiy sharoitlari dehqonchilik bilan chorvachilikni rivojlantirish
uchun qulaylik tug’dirardi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy ekini g’o’za edi. Chorvachilikni tiklash o’rta Osiyoning boshqa rayonlaridagidan ko’ra birmuncha tezroq sur'atlarda bordi (1925-yili chorva soni 500 ming boshdan oshib ketdi).
Kam yerli va yersiz dehqonlarga yer berish, irrigatsiya ishlarini o’tkazish, qarz berish, dehqon xo’jaliklarini kooperatsiyalash qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini tik-lashga anchagina ko’maklashdi. 1925-yili muxtor vilo-yatda 24 ming dehqon xo’jaligini birlashtirgan 19 ta kredit shirkati ishlar edi.
Sanoat korxonalari nihoyatda kam bo’lgan holda (ular atigi 16 ta edi), hunarmandchilik rivojlanib bordi, Orol dengizidan baliq ovlash keskin ko’paydi.
20-yillarning oxirlariga kelib Qoraqalpog’istonning bir-muncha patriarxal va qotib-roq qolgan hayotiga bosh-lanib kelayotgan sanoat-lashtirish ta'siri ostida yangiliklar yorib kira boshladi. Ammo sanoatlashtirishning sur'atlari Ittifoqning mar-kaziy rayonlaridagidan ancha sust edi. o’lkaning tabiiy resurslarini Ittifoq o’z manfaati yo’lida foydalanish uchun reja asosida va muntazam ravishda o’rgana bosh-ladi.
Sanoatlashtirish dasturi g’oyat katta mablag’larni talab qildi. Bu mablag’larni jamg’arishning asosiy og’irli-gi, hamma yerda bo’lgani kabi, xalq zimmasiga yuklandi- Qoraqalpog’istonda zayomni tarqatishdan 1928— 1930-yillarda 700 ming so’mga yaqin pul tushdi.
Qoraqalpog'iston mux-tor viloyatini sanoatlashtirishning dastlabki qadamlari.Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlarri. Xalqning g’oyatda ko’p kuch-quvat sarflashi hisobiga erishilgan birinchi besh yillik yutuqlari umuman olganda samarali bo’lib chiqdi. Rejadagi topshiriqlar ba'zi ko’rsatkichlar bo’yicha 1932-yili bajarilmay qolgan bo’lsa-da, davlat sanoatining yalpi mahsuloti taxminan 13 mln so’mni tashkil etdi.
Kadrlar muammosi Qoraqalpog’iston uchun jiddiy muammo bo’lib qolaverdi. Sanoatlashtirishdagi ishchi-larning asosiy manbai sanoat korxonalariga jalb etilgan dehqonlar va hunarmandlar bo’ldi. 1928-yili muxtor viloyatdagi ishchilar soni 2,5 ming nafarga yetgan bo’lsa, 1932-yili ularning soni ortib, deyarli 16 ming nafarga bordi. o’sha yillarda malakali kadrlar muammosi ishchi-larni yo Ivanovo-Voznesensk, Moskva, Leningrad va boshqa sanoat shaharlaridan olib kelish, yoxud mahalliy ishchilarni markaziy rayonlarga o’qishga yuborish yo’li bilan hal qilib borildi.
Qoraqalpog’iston muxtor viloyatida uning Markazdan olisligi, muntazam aloqa yo’llari yo’qligi, hududlarning tarqoqligi, vayronalik ko’pligi, iqtisodiy va madaniy jihatdan qoloqligi tufayli o’ziga to’q, yirik xo’jaliklarni tugatishga doir Markaz siyosati ancha sekinlik bilan amalga oshdi. Lekin sovet hokimiyati shu yillardayoq qishloq xo’jalik shirkatlari, artellari, mashinalarni ijaraga beruvchi tarmoqlar tashkil etish orqali kambag’al dehqonlarning ehtiyojlarini qondirishga majbur bo’ldi.
Muxtor viloyatning qishloq xo’jaligida yer-suv munosabatlarini odatdagi holga keltirib, rostlash muam-mosi sovet hokimiyatining sinfiy siyosati bobida ayniqsa keskin bo’lib qoldi. Yerdan foydalanishda Qoraqal-pog’istonda tarixan o’troq-dehqonchilik rayonlari bilan ko’chmanchilik-chorvachilik rayonlari vujudga kelgan edi. Biroq o’ziga xos xususiyatlari nazar-pisand qilin-may, bu yerda 1926-yildan boshlab yalpi yer tuzishga doir tadbirlar amalga osbirila boshlandi. Viloyat Yer tuzish kengashining 1927-yil 3-martdagi qarori bilan Qoraqalpog’iston muxtor viloyati barcha okruglari bo’yicha yer tuzish ishlarining rejasi tasdiqlandi.
Viloyat rahbariyatining siyosatida eng kambag’al va nochor dehqonlarning manfaatlari ustuvor deb e'tirof qilinib, ularga turli imtiyozlar va qarzlar berildi. 1927— 1928-yillarda nochor dehqon xo’jaliklariga ish hayvon-lari, qishloq xo’jalik asbob-uskunalari, urug’lik va boshqalarni sotib olish uchun 3 mln so’mdan ortiqroq miqdorda mablag’ ajratildi. Yer tuzish ishlariga aloqador bo’lgan barcha sarf-xarajatlar 4 mln so’mdan ziyodni tashkil qildi.
Biroq qishloq xo’jaligi va sanoatdagi qayta qurishlar, iqtisodiy rivojlanish rejalarini amalga oshirish viloyatning eski ma'muriy tuzilishiga duch keldi va uning paysal-lashtiruvchi ta'siriga uchradi. o’tkazilgan rayon-lashtirishga muvofiq Qoraqalpog’istonda 112 ta ovul sovetlariga ega bo’lgan 11 ta tuman tashkil etildi. Tumanlarni ixtisoslashtirish yo’liga o’tildi; To'rtko'1, Qipchoq, Shobbos tumanlari paxtachilik; Kegayli, Chimboy, Qo’ng’irot va Taxtako’pir tumanlari — yarim paxtachilik; Tomdi tumani — chorvachilik; Qorao’zak tumani chorvachilik-sanoat tumani bo’lib bordi, chunki unda Ittifoq ahamiyatiga ega bo’lgan baliq-konserva sanoati rivojlana boshladi.
Rayonlashtirish, yer tuzish ishlarini o’tkazishda aholining to’q qatlamlari va ruhoniylarga nisbatan qatag’on siyosati keskinlashdi. Sovet hokimiyati o’ziga to’q dehqon xo’jaliklari va ruhoniylarning yerdan foy-dalanishlarini qattiq cheklab qo’ydi va shu bilan bir vaqt-da yeri kam xo’jaliklarni mustahkamlashga har tomonla-ma harakat qildi. Mana shunday siyosat jamiyatda muqarrar suratda siyosiy ixtilof paydo bo’lishiga olib keldi: sovetlarga qarshi kuchayib borgan tashviqot-targ'ibot ko’pincha zo’rlik harakatlariga aylanib ketar ediki, bular, aslida, javob choralari bo’ldi.
III viloyat partiya konferensinfiy kurashni kuchaytirish to’g’risidagi qarori munosabati bilan, shuningdek, Qozog’iston Markaziy Ijroiya Komitetining 1928-yil 17-svgustda qabul qilingan «Yerdan foydalanadigan boylar ttiulklarini musodara qilish to'g’risida»gi dekreti muno-sabati bilan jamiyatdagi muxoliflik juda keskinlashdi.
Shu konferensiyaning yo'1-yo'riqlariga muvofiq boy xo’jaliklardagi 20 ming desyatina yer musodara qilinib kambag’al xo’jaliklarga berildi, necha yuzlab boy xo’jaliklarga o’zaro ixtiyoriy soliq solindi. Butun mam-lakatda bo’lgani kabi, muxtor viloyatda ham yaqinlashib kelayotgan jamoalashtirish soya tashladi. 1929-yilga kelib viloyatda 600 ta xo’jalikni birlashtirgan 33 ta kolxoz bor edi. «0mmaviy» jamoalashtirish boshlandi. Ma'muriy zo’ravonlik choralari bilan faqat kambag’allargina emas, balki o’rtahol dehqonlar ham kolxozlarga jalb etildi.
Qoraqalpog’istonda kolxoz harakatining asosiy shakli qishloq xo’jalik arteliga o’tishning oraliq shakli bo’lmish yer ishlash shirkatlari bo’lib qoldi. 1930-yili Qoraqal-pog’istonning kolxoz qurilishida yer ishlash shirkatlari 75 foizni, artellar 25 foizni, 1932-ytlda esa tegishli ravishda 70 va 30 foizni tashkil etdi. 1932-yilga kelib kambag’al-o’rtahol dehqonchilik xo’jaliklarining 58 foizi jamoa-lashtirildi. Bunda ko’pgina tumanlarda ixtiyoriylik prin-sipi buzildi: dehqonlar quloq qilish va saylash huquqla-ridan mahrum etish do’qi bilan kolxozlarga haydab kelindi. Yer ishlash shirkatlari o’rniga ko’pincha kom-munalar tuzildi.
Ikkinchi besh yillik topshiriqlari erishilgan marralarni mustahkamlash zarurligi munosabati bilan yanada og’irlasjidi. Muxtor viloyat xalq xo’jaligiga besh yillikda ajratiladigan pul mablag’lari 34 mln so’mni tashkil etdi.
Lekin ommaviy jamoalashtirishning og’ir oqibatlariga qaramasdan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi kuchayib borishni davom etdi. U asosan ekin maydonlarining ko’payishi hisobiga kengayib bordi. Irrigatsiya qurilish-larini keng avj oldirish natijasida faqatgina g’o’za eki-ladigan yer maydoni 1924-yildagiga qaraganda deyarli 5 baravar ko’paydi va 1937-yilda 55 ming gektarni tashkil etdi. Biroq chorvachilik birinchi besh yillikning zarbala-ridan hali anchagacha o’ziga kelolmadi: chorvaning tuyoq soni islohotdan oldingi davrdagiga qaraganda ancha kam edi.
Qishloq xo’jaligida jamoalashtirish bilan bir qatorda texnikani joriy etish jarayoni boshlandi. Mashina-traktor . nSiyalari tuzilib, o’g’itlar ishlatish sur'ati oshdi. 1934-vili muxtor viloyat qishloq xo’jaligida 9 ta MTS xizmat vo’rsatdi, 16 ming gektardan ortiqroq yerga shu MTSning traktori bilan ishlov berildi. Qishloqni malakali kadrlar bilan ta'minlashda ham o’zgarishlar borligi ma'lum bo’lib qoldi. 1933-yili Qoraqalpog’iston kolxoz-lariga 600 nafardan ortiq traktorchi, 500 nafardan ortiq hosilot brigada boshliqlari, 70 nafar chorvador brigada boshUqlari, 50 nafarga yaqin hisobchilar va boshqa mutaxassislar yuborildi.
Qoraqalpoq xalqining mehnatsevarligi tufayli sanoat-ning ishlab chiqarish quvvatlari o’sib bordi. 1934-yilning oxirida Ittifoqda eng yirik hisoblangan beda tozalash zavodi ishga tushirildi. Paxta zavodlari qayta qurildi va yangilari bunyod etildi. Mo’ynoqda baliq-konserva kom-binati qurildi, To’rtko'1 elektr stansiyasi ishga tushdi, suv, avtomobil va havo transporti rivojlanib bordi. Bir nechta bosmaxona va Nukusda poligrafiya kombinati ishga tusbirildi. Ular uchun mamlakatning markaziy ra-yonlaridan asbob-uskunalar olib kelindi. Lekin sanoat ishlab chiqarishining o’sishi mahalliy millat orasidan yetishib chiqqan kadrlar muammosini ayniqsa kuchaytirdi. 940 nafar muhandis-texnik xodimlarning atigi 37 nafari mahalliy millat vakillaridan edi. Markaz o’lkada yetishtiriladigan xom ashyoni, asosan paxtani qayta ish-lab, tasbib ketish uchun zarur chora-tadbirlarni ko’rdi. Buning natijasida paxta tozalash zavodlarining quvvati ortdi, mahalliy sanoat, poligrafiya ishlab chiqarishi, transport, aloqa sohalari rivojlanib bordi. Mahalliy kadr-larni tayyorlashda ham jiddiy o’zgarishlar ko’zga tash-landi. 1926-yildan 1939-yilgacha bo’lgan davrda xalq xo’jaligida milliy kadrlaming salmog’i 37,5 foizdan 58 foizga ko’tarildi.
Qoraqalpog’istonning qishloq xo’jalik ishlab chiqa-nshi dehqonlarning tashabbusi va mehnatsevarligi tufayli °g’ir ma'muriy-buyruqbozlik sharoitida ham aholini mahsulotlar bilan, sanoatni xom ashyo, birinchi galda Paxta bilan ta'minlashni uddaladi. 1940-yili yalpi paxta hosili 78 ming tonnani tashkil etdi.
Qoraqalpog'iston muxtor viloyatining QQASSRga aylantirilishi
Qoraqalpog’istonning Qozo-g’iston tarkibidagi muxtor viloyatdan RSFSR tarkibida-gi Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga (ASSR) aylantirilishi iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko’rsatdi. Qoraqalpog’iston viloyat Ijroiya Komitetining 1932-yil 5-martda bo’lib o’tgan navbatdan tashqari FV plenumi shunday qaror qildi: «Qoraqalpog’istonning Moskva va sanoat markazlaridan uzoqligini, madaniy va iqtisodiy jihatdan qoloqligini, yanada rivojlanishi istiqbollarini... hisobga olib, Butunittifoq Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumidan Qoraqalpog’iston mux-tor viloyatini RSFSR ga kiradigan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish so'ralsin». Butunittifoq Markaziy Ijroiya Komiteti Prezidiumi 1932-yil 20-martda bu iltimosni ijobiy hal qildi. o’sha yili may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta'sis qurultoyi hukumatni tuzdi.
30-yillarda Qoraqalpog’iston avtonom respublikasi-ning rahbar xodimlari K.Normuxamedov, QAvezov, LAliyev, LQurbonov bo’lib, ularning hammasi keyin-chalik qatag’on qilindi.
30-yillarning o’rtalaridayoq Qoraqalpog’iston iqti-sodiyotida sotsialistik, to’g’rirog’i, davlatga qarashli mulkchilik shakllarining hukmronligi uzil-kesil qaror topdi. Markazning rejalariga muvofiq, avtomon respub-likaga qishloq xo’jalik mahsuloti va boshqa turdagi xom ashyolar hamda yarim fabrikatlar yetkazib beruvchi rol topshirildi. Sanoatning yetakchi sohasi paxta tozalash sanoati bo’lib qoldi. Uning asosiy fondlari deyarli uch baravar ko’paydi. Urge va Mo’ynoqdagi baliq zavodlari o’z quvvatlarini oshirib bordi. Mahalliy sanoat va hunar-mandchilik kooperatsiyalarida yangi sohalar paydo bo’ldi (qo’y terisini ishlash, kigiz solish va gilam to’qish, idish-tovoq, madaniy mollar ishlab chiqarish va h.k.)- Qishloq xo’jaligida kolxoz-sovxoz tuzumi to’la-to’kis hukmron bo’ldi. 1938-yilning oxirlariga kelganda Qoraqalpog’is-tonda barcha dehqon xo’jaliklarining 82 foizini bir-lashtirgan 969 ta kolxoz bor edi.
QQASSRning O’zbekis- 1935-yilning boshlarida ton SSR tarkibiga kinshi SSSRning yangi Konstitu-
tsiya komissiyasi tuzildi.
1936-yil may oyining o’rtalariga kelib bu komissiya yangi IConstitutsiya loyihasini tayyorladi, ushbu loyihada Qoraqalpog’iston ASSRning O’zbekiston tarkibiga ki-fishi ko’zda tutilgan edi. Qoraqalpog’iston ASSRning RSFSR tarkibidan chiqishi bu respublikalarda Rossiya Federatsiyasi bilan umumiy chegaralar yo’qligi bilan izohlandi. Iqtisodiyotning o’ziga xos tomonlari va hududiy o’rnashuviga ko’ra Qoraqalpog’iston ASSRning 0'rta Osiyo respublikalaridan biri tarkibiga kirishi maqsadga muvofiq deb topildi. Iqtisodiyot, hudud va madaniyat jihatidan olganda O’zbekiston hammadan yaqin va juda bop edi. 1936-yil 5-dekabrda SSSRning navbatdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi. 1937-yil 12-fevralda esa O’zbekiston Konstitutsiyasi tasdiqlandi va unda QQASSRning O’zbekiston tarkibiga kirishi qonuniy yo'l bilan rasmiylashtirildi.
QQASSR yangi Konstitu QQASSR Konstitutsiya loyihasi 1937-yil sining qabul qilinishi 6-martda e'lon qilindi. Tabiiyki, asos soluvchi bu muhim hujjatning moddalarini eng oddiy erkinliklar ham bo’lmagan sharoitlarda chin-dan chuqur tahlil qilib, maroq bilan muhokama etish to’g’risida so’z ham bo’lishi mumkin emas edi. Avtonom respublika Konstitutsiyasi Ittifoq va O’zbekiston Konstitutsiyalari qoidalarining nusxasi bo’lib, ularni takrorlardi. 1937-yil 23-martda Qoraqalpog’iston ASSR Konstitutsiyasi qabul qilindi va unda QQASSRning O’zbekiston tarkibida ekanligi qayd etildi.
Fuqarolarning xo’jalik, madaniy, ijtimoiy-siyosiy hayotda, ularning millati va irqidan qafiy nazar, teng huquqli, erkaklar bilan xotin-qizlarning teng ekanligi va boshqa fuqaro huquqlarining Asosiy qonun tomonidan e'lon qilinishi, shubhasiz, progressiv hodisa edi. Lekin qaror topib kelayotgan totalitar, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitlarida ular aniq-tayin kafolatlardan mah-fum bo’lgan, faqat quloqqa xush yoqadigan quruq gap bo’lib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |