Shohida SIDDIQOVA,
Jizzax davlat pedagogika
instituti o‘qituvchisi
KO‘CHIRMA GAP VA UNING KOMMUNIKATIV-SINTAKTIK
XUSUSIYATI XUSUSIDA
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
o‘zgako‘chirmagapvauningkommu-
nikativ-sintaktikxususiyatlarihaqidafikr
yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
o‘zgagap,ko‘chirma
gap, muallif gapi, nutq obyekti, nutqiy
muloqot.
Аннотация:
Встатьеговорит-
сяопрямойречикакоднойизформ
передачичужойречииеекоммуника-
тивно-синтаксическихсвойствах.
Ключевые слова:
чужая речь,
прямаяречь,словаавтора,объект
речи,речевоеобщение.
Annotation:
This article deals with
oneofthetypesofdirectspeechandits
communicative-syntacticfeatures.
Key words:
directspeech,indirect
speech, author’s speech, speech, ob-
ject oral conversation.
ammo hamisha mustaqil gap bo‘lishi”ni alohida ta’kidlaydi.
O‘zbek tili materiallari ham bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Ko‘chirma gapning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi birin-
chi va ikkinchi shaxs olmoshlari, fe’llar, undov so‘zlar, modal-
lik ifodalari, buyruq mayli shakllari kabi bir qator lisoniy va
nolisoniy vositalar ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratib,
ularni o‘zaro farqlash imkonini beradi. Tilimizda muallif gapi,
asosan, uchinchi shaxs (ba’zan birinchi shaxs) orqali ifodala
-
nadi. Muallif gapida asosiy e’tibor muallif yoki personajning
nutq sharoitidagi holati, xatti-harakatini ko‘rsatishga qarati-
ladi. Bu esa, o‘z navbatida, muallifning ko‘chirma gap maz-
muniga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. So‘zlashuv jara-
yoni yoki matnda o‘zga nutqining ham bo‘lishi tabiiy, albatta.
Ifodalanayotgan fikrlarning ko‘chirma gap tarzida berilishi
gaplarning boshqa gap turlaridan ajralib turadigan va o‘ziga
xosligini ta’minlaydigan asosiy belgi hisoblanadi. Shuning
uchun ko‘chirma gapga ta’rif berishda og‘zaki va yozma nutq-
da qo‘llanilgan o‘zgalar gapini asl holida yetkazish, uning
leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini saqlash e’tibor-
ga olinadi.
Ta’kidlash joizki, ko‘chirma gapning muallif gapi bilan alo-
qadorligi, ularning o‘zaro munosabatda ekanligi va bu muno-
sabatning kommunikativ-pragmatik jihatdan juda ham zich
ekanligini inkor etib bo‘lmaydi, muallif gapi ko‘chirma gap-
ga aynan kommunikativ-pragmatik jihatdan aniqlik kiritadi.
Ammo ko‘chirma gapning mustaqilligidan ham tamoman ko‘z
yumish imkoni yo‘q.
Ko‘chirma gapning mustaqilligini dalillaydigan omillar an-
cha-muncha. Ulardan biri, masalan, matnda ko‘chirma gap
sifatida sodda, qo‘shma va murakkab qo‘shma gaplarning ke-
lishi, hatto bir necha gaplar – matnlarning ham ko‘chirma gap
maqomida bo‘lish holatining mavjudligi. Tilimizdagi konkret
faktik materiallar bunga dalil bo‘la oladi.
Quyidagi misollarda ko‘chirma gaplarning sodda gaplar
shaklida ekanligini ko‘rish mumkin:
U o‘rinlarni yig‘ishtirib, nonushta joylarini tayyorlab bo‘lgan
-
dan so‘ng o‘choqboshida choynaklarga choy tashlarkan:
– Otamdan darak yo‘q-ku? – deb so‘radi onasidan.
(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”)
Shu uchun Salti:
– Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! – dedi.
(Cho‘lpon,
“Kecha va kunduz”)
– Eshon bobom sizdan dilgir emishlar, – deydi bir kun
Qurvonbibiso‘figa.
(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”)
Quyidagi misollarda ko‘chirma gaplar tuzilish jihatidan
qo‘shma gaplar shaklida:
Do'stlaringiz bilan baham: |