8
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Bir qarashda mazkur mavzu juda sodda, oson tushu-
niladigan, bahsga sabab bo‘ladigan jiddiy muammo
emasday tuyuladi. Lekin til ta’limi amaliyotida buning
aksi bo‘lgan holatlarga duch kelmoqdamiz. Asosiy sa-
bab mazkur mavzuning dasturdagi talqini va darsliklarda
berilishiga borib taqaladi. Ayni paytda tilshunoslik ilmida-
gi yangiliklar, qarashlar o‘zgarganiga, ancha yillar oldin
til sathi va birliklariga yondashuvlarning boshqacharoq
bo‘lganligiga til muallimlarining e’tiborsizligi yoki ularni
to‘la anglab yetmaganliklari ham yana bir sababdir.
O‘tgan asrning oxiriga kelib fransuz tilshunosi Lusyen
Tenyer
1
qarashlarini qabul qilgan o‘zbek tilshunoslari-
ning aksari sintaksis sathiga yondashuvda ikki cho‘qqili
nazariyadan bir cho‘qqili nazariyaga o‘tish tilimizning ta-
biatiga muvofiqligini e’tirof eta boshladilar.
2
Bu nima de-
gani? Oldingi qarash bo‘yicha gapning grammatik asosi
ikkita – ega va kesim edi. Bu gapda bosh bo‘laklar ikki-
ta (ya’ni har qanday sodda gapda, asosan, ikki cho‘qqi)
bo‘ladi, demakdir. Endi esa bosh bo‘lak tushunchasidan
voz kechilib, gapning grammatik markazi tushunchasi
kiritildi: bu – kesim. Kesim gapning ham grammatik, ham
mazmuniy markazi deb qaralmoqda. Kesimdan undagi
mavjud shakllar vositasida gapga xos bo‘lgan shaxs-son,
zamon, mayl, modallik, tasdiq va inkor ma’nolari angla-
shilib turadi. Shu bois kesimning o‘zigina mutlaq holda
gapning markaziy bo‘lagi bo‘ladi, degan to‘xtamga kelin-
di, ya’ni bir cho‘qqili nazariyaga o‘tildi. Qolgan bo‘laklar
(bunga ega ham doxil) kesimni bevosita (ega, to‘ldiruv
-
chi, hol) yoki bilvosita (aniqlovchi) kengaytiruvchi qism
-
lar sifatida olinadigan bo‘ldi. Ot kesimda aniqlovchi ham
bevosita kengaytiruvchi bo‘la oladi. Qo‘yilayotgan masa-
lani yaxshi anglash uchun bu nazariy ma’lumot bilan ya-
qindan tanishib olish darkor. Shundagina muammo ko‘z
o‘ngimizda aniq va ravshan namoyon bo‘ladi.
Endi qabul qilingan dastur asosida yaratilgan dars
-
liklarga nazar solaylik. Boshlang‘ich sinflar uchun yaratil
-
gan darsliklar o‘rta va yuqori sinflardan farqli o‘laroq,
to‘laligicha oldingi ikki cho‘qqili nazariyaga tayanib yo-
zilgan. Ularda ega va kesim – bosh bo‘laklar, qolgan
uchalasi ikkinchi darajali bo‘laklar sifatida berilgan. Hozir
biz bu holatni ma’qullash yoki inkor qilishdan yiroqmiz.
Bu – ham nazariy, ham metodik va amaliy, ham didak-
tik jihatdan ilmiy o‘rganilishi va hal etilishi lozim bo‘lgan
masala. Maqolamizning muhokama obyekti mualliflari
bir cho‘qqili nazariya asosida yozilganligini e’tirof etgan
darsliklardir. Lekin ularning hech birida bu nazariya, bu
tamoyilga izchil rioya qilinganligini kuzatmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: