Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

Nizomiddin MAHMUDOV,
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
direktori, filologiya fanlari doktori, professor
O‘XSHATISHLARDA MILLIY MENTALLIK JOZIBASI
Avvalo, ta’kidlash lozimki, o‘xshatishlar o‘ziga xos 
obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. 
Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik 
qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspres-
sivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat 
qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi, ya’ni: 1) individual-mu
-
allif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar; 2) umumxalq 
yoki turg‘un (doimiy) o‘xshatishlar farqlanadi.
Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi 
nazaridan erkin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini 
namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida badiiy nutqda 
alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi o‘zining badiiy tasvir maq
-
sadiga muvofiq ravishda xilma-xil original o‘xshatishlar 
yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi bilan 
o‘quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy ho-
lat-xususiyat-predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol 
gavdalantiradi. Masalan: 
So‘fining­tani­shu­topda­Ara-
biston tog‘larining saratondagi toshlariday qizib yonardi 
(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”). Bu gapdagi o‘xshatish 
konstruksiyasi erkin o‘xshatish bo‘lib, u Eshon ga isho-
nib rasvo bo‘lgan, haj ilinjida kun o‘tkazgan Razzoq 
so‘fining ruhiy holatini favqulodda aniqlik bilan ifodalash 
maqsadida Cho‘lpon tomonidan yaratilgan. Mana bu mi-
sollarda ham ana shunday original, erkin o‘xshatishlarni 
ko‘rish mumkin: 
Miryoqub­ ...ikki­ kishining­ pichirla­shib­
gaplashganini­ eshitdi,­ yuragi­ objuvoz­ likopiday­ ura­
boshladi
(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”). 
Bular qiyqiriq 
solishib, tobiga kelgan choydishdek sharaqlashib... 
kampir­bilan­o‘ynasharkan...­
(Cho‘lpon, “Kecha va kun
-
duz”). 
Xayollar qo‘ymaydi o‘z holimizga – Lo‘livachcha
-
lardek­yopishqoq,­kir-chir
(I.Mirzo, “Ey dil” she’ri). 
Hilol 
yanglig‘­ochiq­qolgan­savollarim,­Yellar­quvnab-quvnab­
titdi varoqlarim 
(I.Mirzo, “Azoblarim” she’ri). 
Turg‘un o‘xshatishlarning mohiyati shundan iboratki, 
ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqaror-
lashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan 
shaxs yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqt-
lar o‘tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifo dalar 
sifatida turg‘unlashgan, umumxalq tili leksikonidan joy 
olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar xuddi tildagi 
tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi.
Tildagi o‘xshatishlarni tadqiq etgan tilshunoslar ning 
aksariyati turg‘un o‘xshatishlar idiomalarga yaqin tu-
rishini yoki idioma maqomida bo‘lishini, ular ko‘p asr-
lar mobaynida kishilar nutqida qo‘llanilishi natijasida 
turg‘unlashib, so‘zlovchilar ongida muayyan modellar 
shaklida mustahkamlanib qolishini, o‘xshatish etaloni-
ning, ya’ni o‘xshatish asosidagi obrazning muayyan 


6
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
belgi-predmet bilan muntazam va qat’iy bog‘liq bo‘lishi-
ni ta’kidlaydilar.
2
Mazkur mulohazalardan kelib chiqilsa, turg‘un 
o‘xshatishlarning til va nutqqa munosabati oydinlash-
ganday bo‘ladi. Aytish mumkinki, turg‘un o‘xshatishlar 
til tizimidagi frazeologik iboralarning alohida, o‘ziga 
xos bir guruhini tashkil etadi va ular aytarli tayyor hol-
da nutqqa olib kiriladi. Bunday o‘xshatishlar turli da-
rajadagi ifodaga ega bo‘lgan birliklar sifatida nutqning 
ta’sirchanligini ta’minlash maqsadida so‘zlovchining 
kommunikativ-estetik niyatiga uyg‘un holatda tanlanib, 
nutqiy jarayonda qo‘llaniladi. Quyidagi bir necha mi-
solda ham buni ko‘rish mumkin: 

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish