ADABIYOT – YOLG‘IZ XALOSKOR
roqda bo‘lgan. Maktab davrimda otam Samarqand
shahriga borib menga yangi kitoblar olib kelardi. O‘tgan
asrning 70-yillari adabiyoti bilan otam keltirgan kitoblar
tufayli tanishganman. Mumtoz adabiyotlar bilan otam-
ning ma’rifatparvarligi-yu maktab kutubxonasi orqa-
li tanishdim. Birinchi she’rim tuman gazetasida chop
qilin ganida otam rosa quvongan. Qishlog‘imdagi yaxshi
odamlar, maktabimdagi qalbi daryo ustozlar quvonchi-
ni ko‘rib, she’r yozish o‘zgacha baxt ekanini his etdim.
Maktabni tamomlab, Kattaqo‘rg‘on pedagogika bilim
yurtiga o‘qishga kirdim. Shu yerdagi “Zarafshon” gaze-
tasida she’rlarim bosila boshladi. 1980-yil O‘zbekiston
Milliy universitetiga o‘qishga kirdim va shu dargohda
adabiyotga yanada yaqin bo‘ldim.
Shajaramizda ijod bilan shug‘ullanganlar bo‘lma-
sa-da, ilmni qadrlagan insonlar bo‘lishgan.
– O‘zingizdan ko‘nglingiz to‘lmagan paytlar ham
bo‘lganmi? Tanqidga qanday munosabatdasiz?
– Milliy universitetning ikkinchi kursida o‘qib yurgan
paytlarim “Vatan tashlab ketmaydi” nomli ilk to‘plamim
chop etilgan. Rosti, shu to‘plamdan ko‘nglim uncha
to‘lmagan. Shuning uchun ikki yil faqat o‘qish va qay-
ta yozish bilan band bo‘ldim. Yozganlarimni matbuotda
e’lon qilmadim. Bu vaqt men uchun o‘z ustida ishlash,
o‘qish va tajriba yig‘ish imkonini berdi. Bir kuni yozgan-
larimni “Guliston” jurnaliga olib bordim. Tahririyatda
she’rlarni yozuvchi Erkin A’zam tahrir qilar ekan. U
kishining huzuriga mendan oldin kirgan qiz she’rlarini
olib yig‘lab chiqib ketdi. Ichimga qo‘rquv tushib qochib
qolish payiga tushdim. Ammo ulgurmadim. “Kiring!” de
-
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi
Zulfiya
MO‘MINOVA
“Vatantashlabketmaydi”,“Beshik-
larni asragin, dunyo”, “Yonayotgan ayol”, “Azizim, bax
-
tiyorman” singari o‘ndan ortiq she’riy va nasriy kitoblari
orqali she’riyat muxlislari ko‘nglidan joy olgan.
Ortda qolgan yil ijodda, jamiyat ma’naviy hayotida faol
ijodkoruchunquvonchlivoqealargaboybo‘ldi.Ma’naviy-
ma’rifiy sohalardagi yangilanishlar,o‘zgarishlar, zamon-
doshlarimizning yorqin siymosi aks ettirilgan turkum
maqolalari uchun “Oltin qalam” XIII Milliy mukofoti bilan,
mustaqillikning yigirma yetti yilligi arafasida Prezident
farmoniga binoan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdir
-
landi. Muqaddas yurt, muhtarama ayol sha’nini ulug‘lov
-
chi, go‘zal tuyg‘ularni tarannum etuvchi ijodkor bilan suh
-
batimiz she’riyat, adabiyot oldidagi mas’uliyat va ustozlar
ibrati haqida bo‘ldi.
Aziz va yagonamsan, jonajon
O‘zbekiston!
4
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
gan ovozni eshitib, cho‘chibgina xonaga kirdim. Ichki
qaltiroq bilan she’rlarimni ustozga uzatdim. O‘zim go‘yo
tikan ustida o‘tirgandek, zo‘rg‘a nafas olardim. She’rlar-
ni o‘qigach, ustoz qo‘lini qog‘ozlar ustiga shart qo‘yib,
“Bo‘-la-di”, dedilar. Qattiq hayajonlangan bo‘lsam ke-
rak, ko‘zimdan duvillab yosh oqib ketdi. Shunda Erkin
aka: “Shu qizlarga hayronman-da, she’rlaring bo‘lmay-
di, desang ham yig‘laydi, bo‘ladi, desang ham yig‘laydi”,
– degan edilar.
Ijodkorning tanqidchisi birinchi galda o‘zi bo‘lishi
kerak. Shu sabab hamisha yozganlarimning xatosini
tuzatib yashashga intilaman.
– Ulug‘ bobomiz hazrat Alisher Navoiy asarlarida
komil inson mavzusi hamisha markaziy o‘rinda turadi.
Shoir aqlli, axloqli, bilimli, ijodkor, kamtar, sabr-qanoat-
li kishilarni komil insonlar safiga qo‘shadi. Sizningcha,
komil inson kim?
– Komil inson qiyofasini adabiyotga umrini bag‘ish-
lagan, ilm zahmatini chekkan ustozlar timsolida ko‘ra-
man. Ibrohim Mo‘minov, Ozod Sharafiddinov, Sa’di
Sirojiddinov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Begali
Qosimov, Shavkat Rahmon, O‘lmas Umarbekov kabi
yozuvchi, shoir, adabiyotshunoslarimiz ko‘z oldimda
fidoyilikning namunasi sifatida gavdalanadi. Ular zako
-
vatda, saxovatda, fozillig-u oqillikda barchamiz uchun
ibrat namunasidir.
– Ijodkor ilhomining manbayi nima? Yozishga, yangi
mavzu topishga qiynalayotgan yosh ijodkorlarga qan-
day tavsiya bergan bo‘lardingiz?
– Shoirlik, avvalo, qismat. U – oliy baxt. Yaratgan
tomonidan berilgan iste’dodni ulg‘aytirish kerak. Buning
uchun esa o‘qish, o‘rganish, o‘zni qiynash kerak. Yosh
-
lardagi shoshma-shosharlik, tez tanilishga intilish istagi
meni xavotirga soladi. Shoshib qilingan ishda kamchilik
ko‘p bo‘ladi. Hozirda yozilayotgan ayrim “asar”larning
sayoz ekanini bilsak-da, ko‘z yumayapmiz, kamchilikla-
rini bir ovozdan aytmayapmiz. O‘rtamiyona mashqlar-
ning “silliqqina” chop etilishiga ham indamay qarab tu-
ribmiz. Adabiyot – jamiyatning ko‘rar ko‘zi, vijdoni, qalbi
bo‘lishi kerak. U ko‘ngil mulkimizdan yo‘qolmasligi ke-
rak bo‘lgan muqaddas tuyg‘ularning yolg‘iz xaloskoridir.
Xom-xatala yozilgan narsada qalb harorati bo‘ladi deb
o‘ylaysizmi?!
Yoshlar ko‘p kitob o‘qishi lozim. Kitoblar yozishga il
-
hom beradi. Yozganda ham faqat hissiyotga berilmaslik
kerak. His-tuyg‘u aql bilan qorishiq bo‘lishi ham darkor.
Men ko‘proq nasriy asarlardan ilhomlanaman.
Shoir bo‘lishimga yordam bergani uchun Navoiy, Fu-
zuliy, Bobur, Lutfiy, Mashrab, Ogahiy, Qodiriy, Pushkin,
Tolstoy, Aytmatov, Shukshin, Axmatova, Bunin, Che xov,
Sholoxov kabi ulug‘lik cho‘qqisidagi, ammo kamtarlik
libosidagi shoir va adiblardan minnatdorman. “Fozil el
tarafdaman” nomli she’rimda shunday satrlar bor:
Devonai dalli emas,
Sof aql tarafdaman.
Navoiyda, Yassaviyda,
Men Bedil tarafdaman.
– Ayollar jam bo‘lgan davralarda, xotin-qizlar bayra-
mida, albatta, “Ayolga baxt bering, saodat bering” satr-
lari bilan boshlanuvchi she’ringiz o‘qiladi. Ayol mavzusi-
ga tez-tez murojaat qilishingiz boisi nimada?
– Ayol – muhabbat quyoshi. U go‘zal xislatlari sabab
ardoqqa loyiq. Fidoyilik – barcha fazilatlarning gultoji,
aslida. Ayniqsa, Sharq ayollari – fidoyi qalb sohibalari.
Ularga tahsin aytmaslikning iloji yo‘q. Ayniqsa, o‘zbek
ayollari “bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat” bo‘lsa-
da, kulib turadi, dardini doston qilmaydi. Unga faqat
mehr kerak, unga faqat muhabbat kerak! Shu sabab
hamisha: “Ayolga baxt bering, saodat bering, Oltmish-
ga kirsa-da, yuzga kirsa-da”, – degim keladi.
“Ayolga gul bering” nomli to‘plamimga o‘zbek ayoli-
ning mehr-muhabbatini, maftunkorligi-yu jozibasini, fas-
li bahor yanglig‘ tarovatini aks ettirgan she’rlar jamlan-
gan. Ana shu kitobim ingliz tiliga tarjima qilinib, “Ayolni
yengib bo‘lmaydi” sarlavhasi bilan AQShning “Amazon”
nashriyotida chop etildi.
– Jurnalimizning an’anaviy savoli: sizga bir soatlik
adabiyot darsini o‘tib berish taklif qilinsa, qaysi mavzu
va qanday usulda darsni tashkil qilgan bo‘lardingiz?
– Vatan deganimda, ko‘zimda qalqqan,
Sevinch yoshlarimni arturman men ham.
Vatan, deya kelib, Vatan deb ketgan
Asl zotlarimga torturman men ham.
Bu satrlarni nima uchun keltirdim? Birinchi to‘plamim-
ni bekorga “Vatan tashlab ketmaydi” deb nomlamagan
-
man. Vatan haqida yozishdan, uni kuylashdan charcha
-
mayman. Adabiyot darsini “Vatanni sevish” mavzusida
o‘tgan bo‘lardim. Yaratgandan boshqa hech kim mu
-
kammal emas. Ammo Vatanni hech bir iddaosiz, yurak
-
dan sevgan haqiqiy vatanparvarlar ham ko‘zimga shun-
day bekam-u ko‘st insonlar bo‘lib ko‘rinadi.
– Zulfiya opa, qalam bilan qalblarni zabt etishdan
tolmang. Suhbatingiz uchun tashakkur!
Vazira IBROHIMOVA suhbatlashdi.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
5
Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!
Dunyoda til haqidagi ta’limotlar taraqqiyotning turli
davrlarida goh e’tirof etilgan, goh rad qilingan yoki unu-
tilgan (yoxud unuttirilgan). Bu haqiqat o‘tgan asrning
oxiri va asrimizning boshlarida, xususan, bugun deyarli
barcha tilshunosliklarda haqqoniy tadqiqotlarning chi-
nakam tamal toshiga aylandi. Antropotsentrik, sodda-
roq aytganda, markazida inson turadigan tilshunoslik
mazkur haqiqatga asoslangan bo‘lib, haqiqat namoyon
bo‘lishining ming bitta yo‘llarini ilmiy izlashga qaratilgan
eng istiqbolli yo‘nalishdir. Bu yo‘nalishning tarmoqla-
ridan biri lingvokulturologiya yoki lisoniy madaniyat-
shunoslik bo‘lib, u tilni “til – madaniyat – inson” uchli-
gi doirasida o‘rganadi. Bu fan bugun keng iste’molda
bo‘lgan milliy ong, milliy tafakkur, milliy madaniyat,
milliy ma’naviyat, milliy mentalitet, milliy xarakter kabi
juda ko‘plab tushunchalarning asosini til tashkil etishi,
tilsiz ularning mohiyati barqaror bo‘la olmasligini ochib
berishni asosiy maqsad deb biladi.
Panini grammatikasidan boshlab (eramizdan oldin
-
gi IV asr) qadimgi hind poetik-grammatik traktatlari
-
da o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilgan va
o‘xshatishning muntazam to‘rt unsurdan tarkib topishi
ta’kidlangan, ya’ni: 1) o‘xshatiladigan narsa yoki subyekt;
2) unga o‘xshash bo‘luvchi narsa yoki obyekt; 3)
o‘x -
shatish belgisi yoki o‘xshatish asosi; 4) o‘xshatishning
formal ko‘rsatkichi.
1
O‘zbek tilida ham, boshqa barcha
tillarda bo‘lgani kabi, o‘xshatishlar to‘rt unsurdan tarkib
topadi va biz ularni o‘xshatish subyekti, o‘xshatish eta-
loni, o‘xshatish asosi va o‘xshatishning shakliy ko‘rsat-
kichi deb nomlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |