Anguage and literature



Download 10,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/73
Sana30.03.2022
Hajmi10,13 Mb.
#518591
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
uzb-2019 2son(1)

arosatda qolgan
bo‘lak
sifatida 
taassurot uyg‘otadi. Bosh bo‘lak degan termin ishlatil-
mayapti, uni ikkinchi darajalilar qatoriga kiritish mantiqi 
ham ko‘rilmayapti chog‘i. Oddiy ko‘ringan mavzuning 
shu qadar jiddiy muammosini qanday yechish mumkin? 
Takliflarimiz quyidagicha:
1. Lusyen Tenyer boshdan tavsiya etgan kesimga
nisbatan gapning mazmuniy va grammatik markazi, 
qolgan to‘rttasiga 
kengaytiruvchi bo‘laklar
terminini 
qo‘llash. Bunda agar ega boshqa uch bo‘laklar bilan bir 
qatorga va bir mavqega qo‘yilsa, egali va egasiz gaplar 
tushuncha (mavzu)laridan voz kechishga to‘g‘ri keladi. 
Yo‘qsa, egaga maxsus yondashuv kerak bo‘ladi.
2. 8-sinfdan keyin o‘quvchilar maktabda yana uch yil
o‘qiydilar. Agar bir cho‘qqili nazariyaga to‘la rioya qilib, 
yangicha dastur va darsliklar yaratilsa, o‘quvchilarda ang-
lashmovchilik bo‘lmasligi uchun quyidagicha qo‘shimcha 
ma’lumot berib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi: 
“Hamma 
soha va hayotning turli jabhalarida bo‘lganidek, tilshunos
-
likda ham yangiliklarga yuz tutilmoqda. Jumladan, endilik
-
da­kesim­gapning­grammatik­markazi,­qolganlari­kesimni­
kengaytiruvchi bo‘laklar deb olinmoqda. Bu qarash mak
-
tab dasturiga tatbiq etilsa, keyingi avlod darsliklarida aks 
etishi mumkin”.
3. Yuqorida biz qayd etgan chalkashliklar darsliklarda
mavjud, lekin o‘quvchiga tilshunoslikdagi bu bo‘shliqni 
tushuntirishning keragi ham, iloji ham yo‘q. O‘qituvchi yo‘l 
topib bu chalkash vaziyatdan chiqib ketishi ke rak. 5-sinfda 
sintaksisdan maqsad boshlang‘ich sinflarda o‘tilganlarni 
takrorlash bo‘lgani uchun 44-betdagi “Sodda yig‘iq va 
sodda yoyiq gaplar” mavzusida berilgan 
“Kesimning 
boshqa­bo‘laklar­bilan­kengayishidan­hosil­bo‘lgan­gap­
yoyiq­gap­deyiladi”­qoidasi­tahrir­qilinib,­“Kesimning­ik-
kinchi darajali bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan 
gap­yoyiq­gap­deyiladi”­
tarzida tushuntiriladi va o‘quvchi-
lar daftariga yozdirib qo‘yiladi. Demak, bu sinfda eski 
yondashuv asosida ish ko‘riladi. Boshlang‘ich sinfda ol-
gan bilimlari, gap bo‘laklari borasidagi tasavvurlari asosi-
da o‘quvchilar yig‘iq va yoyiq gaplarni o‘zlashtiradilar. Bu 
metodik va didaktik jihatdan maqbul usul bo‘ladi.
4. 8-sinf darsligida faqat kesimning ta’rifidan boshqa
qoida va yondashuvlarda eski ikki cho‘qqili nazariyaga 
tayanilgani kuzatiladi. Shu bois o‘qituvchi darslikda aniq 
qilib berilmagan gap bo‘laklarini oydinlashtirib tushun-
tirib berishi lozim. Gapdagi ega haqida darslikda aniq 
bir to‘xtam yo‘q ekan, biz sal boshqacharoq tasnifni taklif 
qilamiz. E’tibor bersak, ikkinchi darajali bo‘lak tushun
-
chasi bor. Ular qaysidir boshqa birinchi bosh bo‘lakka 
nisbatan ikkinchi degan mantiqni keltirib chiqaradi. Bu 
kesimmi? Unda ega qaysi tomonda bo‘ladi? Bizningcha, 
darsliklarda aniq bir to‘xtam va ta’rif berilguncha shun-
day tasnif qilinishi mumkin: 
kesim­gapning­mazmuniy­va­
grammatik mazmuni, ega va kesim bosh bo‘laklar, to‘ldi
-
ruvchi, hol va aniqlovchi esa ikkinchi darajali bo‘laklardir.
Ko‘rinadiki, kesim ikki grammatik mavqeda. Buni o‘quv-
chilarga shunday tushuntirish mumkin: gap bo‘laklarini 
bir oila deb olsak, farzandlar – ikkinchi darajali bo‘laklar, 
ota va ona – bosh bo‘lak bo‘lgan kesim va ega. Xuddi 
ota-ona farzandlarga nisbatan bosh bo‘lsalar-da, lekin 
ota oilaning mutlaq rahbari, yetakchisi hisoblanganidek, 
ke sim ham gapning mutlaq grammatik va mazmuniy 
markazidir. Mazkur tushuntirish ifodasi hayotiyligi bilan 
diqqatga sazovor, ayni paytda milliy mentalitetimizga 
muvofiq.
5. Shart maylidagi fe’l bilan ifodalangan nomus-
taqil kesim, asosan, qo‘shma gaplarda keladi va ular 
tarkibidagi har bir sodda gap yuqoridagi mezonlar aso-
sida yig‘iq yoki yoyiq bo‘lishi mumkin.
6. Atov gaplar bitta asosiy bo‘lak – ot kesimdan iborat
bo‘ladi va u yig‘iq gap sanaladi (Masalan: Qish.) Agar 
atov gap qaysidir bo‘lak bilan kengayib kelsa, u yoyiq 
gap bo‘ladi (Masalan: Qahraton qish.) 
7. So‘z-gaplarning ikkinchi darajali bo‘laklar bilan
kengayish imkoniyati cheklanganligi tufayli ular yig‘iq 
gap bo‘ladi.
8. To‘liqsiz gaplarning yig‘iq yoki yoyiq ekanligini
aniqlashda o‘quvchilarga tushirilgan bo‘lakni xayolan 
tiklash usuli tavsiya etiladi. Masalan: Kim keldi? – Karim. 
(ya’ni Karim keldi). Ko‘rinadiki, 8-sinfdagi qoidalardan ke
-
lib chiqsak, ega va kesimdan iborat bu to‘liqsiz gap yig‘iq 
gapdir. Musobaqaga kim bilan borasan? – O‘rtog‘im bi-
lan (ya’ni o‘rtog‘im bilan boraman) – yoyiq gap. 
9. 59-betda ilmiy xatolik kuzatiladi. “Fe’l kesimlar quyi-
dagi ko‘rinishlarga ega:.. b) ravishdosh bilan ifodalangan 
kesim: Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozguncha, 
Fotima ham barkashni olib keldi”. Gapda “yozguncha” fe’li 
kesim emas, chunki unda munosabat shakllari (zamon, 
mayl, shaxs-son) yo‘q. Shu bois bu qo‘shma gap emas. 
Gapning “Uy egasi dasturxonni mehmon oldiga yozgun-
cha” qismi bitta bo‘lak – murakkab payt holi. Demak, bu 
jumla yoyiq sodda gapdir.
10. O‘quvchilarga ta’kid bilan tushuntirish kerak-
ki, shakllangan kesimlar soni gapni sodda va qo‘shma 
gaplarga ajratishga asos bo‘ladi. Shakllangan kesim: 
a) fe’l kesim bo‘lsa, munosabat shakllari; b) ot kesimda
esa bog‘lamalar ishtirok etgan kesimdir. Bitta gapda turli 
vazifa shakllaridagi ko‘plab fe’llar ishtirok etsa ham, bitta 
shakllangan kesim bo‘lsa, qo‘shma gap bo‘lolmaydi, bal-
ki yoyiq sodda gap hisoblanadi. 
1
Люсьен Теньер. Основы структурного синтаксиса. 
– 
Москва: Прогресс, 1988.
2
A.Nurmonov, N.Mahmudov, А.Аhmedov
. O‘zbek tilining tilining mazmuniy sintaksisi. – 
Тoshkent
: Fan, 1992.
3
Mahmudov N. va b. Ona tili. 5-sinf. – Toshkent: Ma’naviyat, 2015.
4
M.Qodirov va boshqalar. Ona tili. 8-sinf darsligi. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2014.


10
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Dolzarb mavzu
Oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishlari uchun 
2017-yilda joriy qilingan “O‘zbek tili” fan dasturida o‘quv 
fanining asosiy maqsadi va vazifalari qatorida, jum-
ladan, “sohaviy hujjatlarni tuzish, elektron hujjatlarni 
to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllan-
tirish” belgilab berilgan. Dasturdagi mavzularning bir 
qismi bevosita hujjatlarni yuritishga bag‘ishlangan. Bu 
bilan, avvalo, boshqaruv sohasida yuritiladigan ma’mu-
riy hujjatlar hamda har bir yo‘nalish talabalari uchun 
ularning kelgusi ish faoliyatida qo‘llaniladigan rasmiy 
hujjatlar bilan ishlashga keng imkoniyat yaratildi. 
Boshqaruv faoliyatida ish yuritish tizimini hujjatlash-
tirish quyidagi tadbirlar majmuasidan iborat:
– boshqaruv hujjatlarini tuzish va rasmiylashtirish;
– hujjatlar bilan ishlash: ularni qabul qilish, qayta
ishlash, ijrosini nazorat qilish, tizimlashtirish, izlab to-
pish va saqlash jarayonlarini tashkil etish.
Hujjatlarning yaratilishi yoki qabul qilinishidan 
boshlab ijrosi yakunlangunga yoki jo‘natilgunga qadar 
harakatlanishi hujjat aylanishi deyiladi. Ushbu jarayonni 
quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 10,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish