Angren shahar istiqlol yillarida


Ota-onalarning farzand tarbiyasiga e`tibori qanday?



Download 435 Kb.
bet4/15
Sana29.12.2021
Hajmi435 Kb.
#83827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
dilfuz

Ota-onalarning farzand tarbiyasiga e`tibori qanday?
Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning bir bo`lagiga aylanib bo`ldi. Afsuski, uni nazorat qilish, foydalanishni cheklash bilan ish bitmaydi. Shu bois, bu makon yaxshi-yomon, kerakli-keraksiz, foydali-foydasiz ma`lumotlar bilan to`lib boryapti. Tarmoqlar aks-sadosi rasmiy ommaviy axborot vositalarida, kerak bo`lsa, xorijiy matbuotda ham ko`rinib turibdi. Bir muddat oldin yurtimizdagi ta`lim muassasalarida bo`layotgan ko`ngilsizliklar, o`qituvchi va o`quvchining tortishuvi aks etgan tasvirlar tarqalgani va bu ko`plab fikr-mulohazalarga sabab bo`lgani ham bor gap.
Bugun har bir odam zamonaviy telefonlardan foydalanadi. Oddiy fuqarolar bir joyda uy buzilsa, nimanidir nohaqlik deb bilsa, rasmga yoki videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga qo`yyapti. Maktabda yoki bog`chada nimadir bo`lsa, u ham “chiqib“ ketyapti. Mutasaddilar bunga javob berishga majbur bo`lyapti. Bugun ijtimoiy tarmoqlar juda tez rivojlanyapti.
Tez orada yangi o`quv yili boshlanadi. Shu bois, o`quvchilar tarbiyasi, pedagoglar mas`uliyati, ota-onalar zimmasidagi tarbiya yuki borasida so`z aytmoqni istadik.
O`spirin, o`smir yoshdagi o`quvchilar bugun internetni, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini juda yaxshi tushunadi. Bu quvonarli, albatta. Ammo ular tomonidan tasvirga tushirilib, tarqatilayotgan ma`lumotlarning hammasi ham ishonchlimi? Yoki uning tub negizida nima yotibdi?
– Texnikaning, Internetning ommalashuvi sabab, ko`plab ko`ngilsizliklar kelib chiqayotgani bizni o`ylantiradi, – deydi Toshkent shahri Olmazor tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri Zamira Azimboyeva. – O`quvchining o`qituvchiga nisbatan yoki buning aksi bo`lgan holatlarning tasvirlari namoyish etilgach, asl haqiqatni, vaziyatni bilmay turib turli fikrlar paydo bo`lyapti. Natijada o`qituvchi ishdan olinishi, ogohlantirish berilishining guvohi bo`lyapmiz. Lekin nima o`zgaradi? Darsda to`polon qilgan, odob-axloq normalariga bepisand bo`lgan farzandlarimizning taqdiri yaxshi bo`lib qoladimi? Agar o`qituvchiga jazo berilishi ortidan bolalarning bilimi oshsa yoki tarbiyasi yaxshi bo`lsa, qani edi, degim keladi. Bu kabi xatti-harakatlar bolaning oldida o`qituvchining qadri tushishiga, hurmatsizlik muhitining paydo bo`lishiga olib keladi, xolos. Pedagog o`z-o`zidan qo`pol munosabatda bo`lmaydi yoki qo`l ko`tarmaydi. Shunday o`quvchilar borki, yaxshi gapni tushunadi. Shunday o`quvchilarimiz ham borki, yaxshi gapni qo`ya turing, hatto yomon gap ham ta`sir qilmaydi. Bunday bolalarning oilasidagi muhitga e`tibor berish kerak. Lekin tan olib aytaman, guruch kurmaksiz bo`lmaydi. O`qituvchilar orasida ham vaziyatni to`g`ri baholay olmaydigani, quyushqondan chiqib ketadiganlari ham bor. Ammo ular ham inson. Shu bois, ta`lim-tarbiya jarayonidagi ba`zi holatlarni fojia deb bilib, xato xulosa chiqarish, salbiy munosabatda bo`lish to`g`ri emas.
– O`tgan o`quv yili oxirida ijtimoiy tarmoqlarda bir video tarqalgandi. Kasbim nuqtayi nazaridan Internetda tarqalgan videoni telefonimga yuklab oldim. Unda o`qituvchisiga qo`l ko`targan va haqorat qilgan o`quvchi tasviri bor edi. Ishdan qaytgach, turmush o`rtog`imga buni ko`rsatdim. Afsuslanarlisi, o`zim bilmagan holda farzandlarim oldida shu ishni qildim. Lekin bu ishning yomonligini, o`quvchi uchun bu mumkin emasligini farzandimga aytish yodimdan ko`tarildi yoki e`tibor bermadim, – deydi bir hamkasbim.
Ertasi kuni o`g`limning o`qituvchisi qo`ng`iroq qilib, “Unga tanbeh berganim uchun ovozini ko`tarib muomala qildi, agressiv holatda edi. Uy tinchmi?”, deb so`radi. Shundagina xatoyimni angladim.
Bu voqea bola tasavvurini shu qadar tez chalg`itdimi? Biz, kattalarning bilib-bilmay qilayotgan xatolarimizning asorati emasmi bu?
– Bolalar hatto multfilmning yoqqan qismini o`z ongiga yozib olish mahoratiga ega, – deydi psixolog Laylo Nodirova. – Chunki ong uchun chegara, vaqt, to`siqlar yo`q. U qanday ko`rsa, shundayligicha yozib olaveradi. Hatto so`ng undan chiqarilgan xulosa bola ongi, aqli bilan bir-biriga bog`lanmasligi mumkin. Biz ko`p bor o`qituvchiga gap qaytarish mumkin emasligini aytyapmiz. Lekin videoda u boshqa narsani ko`ryapti. Bu holat unga yoqib qoldi. Demak, shunday qilsa bo`ladi, vaziyatdan chiqishga yordam beradigan holat, deb o`ylaydi. Unda variantlar paydo bo`ladi. Agar vaziyat taqozo qilsa, bu yangi usul bo`lgani uchun bu holat juda tez yuzaga chiqadi. Agar qandaydir muammoga duch kelsak, bu haqda ko`p o`ylaymiz. Oradan qanchadir vaqt o`tib, qandaydir yechim borligi xayolimizga keladi. Shunday paytda ongimizda oxirgi yozilgan holat, yechimlar birinchi yuzaga chiqadi. O`qituvchini nohaq deb baholagan o`quvchi ongiga yechim sifatida ko`rsatilgan gaplar, xatti-harakatlar qaysidir holat, vaziyat, ma`lumotlar orqali singgan. Vaqti bilan bu ko`rinadi. Ma`lumki, ongimiz ong ostini hamisha ham nazorat qila olmaydi. Kundalik harakatlarimizni ong ostidagi yozuvlar boshqaradi. Bu bilib-bilmay yig`ib borilgan axborotlardir. Bir narsani aniq ayta olaman. Bolaning ko`chadagi har qanday vaziyatga munosabati ostida oiladagi muhit yotadi. Shuning uchun ham hamma narsani boricha, batafsil va oqilona tushuntirish kerak. Tartib nima ekanini farzandlarimizga anglatish ota-onaning vazifasidir.
Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi holatlari qayd etilganda qonuniy jazo turlari ham mavjud.
– Ma`muriy jinoyat to`g`risidagi kodeksning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik (shu jumladan, voyaga yetmagan bolalarning ma`muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi) – ya`ni Oila kodeksining (OK) 73-moddasida ko`zda tutilgan majburiyatlarni pisand qilmaslik huquqbuzarlik sifatida belgilangan, – deydi Toshkent shahar, Mirobod tuman Ma`muriy sudi raisi Suhrob Yo`ldoshev. – Shu bilan birga, bolalarning majburiy umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi olishiga ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to`sqinlik qilish – ya`ni OKning 73-moddasini buzishda faol harakatlarni bajarish jazosiz qolmaydi. Shuningdek, bu kabi xatti-harakatni takror sodir etganlik uchun oshirilgan jarimalar va hatto 15 sutkagacha muddatga ma`muriy qamoq joriy etilgan.
Aksariyat hollarda oiladagi salbiy muhit tarbiyasi og`ir bola shaxsining shakllanishiga olib keladi. Oilada sog`lom muhit bo`lmasligi asosan xudbinlik va boshqa salbiy xislatlarni tarbiyalaydi. Ehtimol, ta`lim muassasalarida bu kabi holatlarning kuzatilayotgani ham oilaviy muhit bilan bog`liqdir. Farzandini sevuvchi, unga faqatgina yaxshilikni ravo ko`ruvchi ota-onalar orasida ham zarur pedagogik madaniyat yetishmasligi sababli, farzandi uchun nosog`lom muhit yaratilishi mumkin.


Download 435 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish