2-MAVZU: Menejmentning rivojlanish tarixi va xozirgi xolati
1.
Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari. Xozirgi zamon o’zbek menejmentning
xususiyatlari.
2.
Qadimgi amaliyot va yangi fan.
3.
Tashkilotlar va ularni turlari.
4.
Boshqaruvning rivojlanishi.
5.
Boshqarish maktablari.
6.
Ilmiy boshqaruv maktabi.
7.
Klassik yoki ma’muriy maktab.
8.
Boshqaruvna bo’lgan vaziyatli va tizimli yondashuvlar.
9.
Iktisodiy resurslar va ularni axamiyati.
10.
Mamlakatimizda boshqaruvning rivojlanishi.
2-topshiriq
“Boshliqni o’rnini kim bosa oladi?”
Ikki yil oldin Dilmurod Usmonov bo’lim boshlig’i etib tayinlangan edi. SHu muddat
ichida u birinchi bor betob bo’lib qoldi va ishga chiqolmadi. Baxtga qarshi shu kuni
boshqaruvchi bilan bir talay muhim ishlarni hal qilishi kerak edi.
Uni hayolida bir qancha fikrlar charx urdi. Bo’limda nima bo’layotgan ekan?
Hamkasblari usiz qanday eplashar ekan? Nima uchun hech kim qo’ng’iroq qilmayapti, ,
maslahatlashmayapti. To’g’ri, ta’til vaqtida Fayziev o’rnimga uncha muhim bo’lmagan
vazifalarni bajargan edi, muhimlarini esa qaytishimga qoldirgan. Lekin unda yoz vaqti, jim-jitlik
edi. Balki o’rinbosar to’g’risida o’ylab ko’rish kerakdir.
Garchand xush yoqmasada Usmonov bu haqda ilk bor o’ylanib qoldi va hayolan
vaziyatni tahlil qila boshladi.
Vaqtincha vazifasini bajaruvchi qanday vakolatlarga ega? U tajribani qaerdan oladi.
SHundoq ham o’zining ishlari yetib ortadi, umuman o’zi bunga rozi bo’larmikan?
Agar
rozi bo’lganda ham uning ishlarini kim bajaradi? Vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi imzo
qo’yish huquqiga egami? Agar vaqtinchalik vazifasini bajaruvchi xatolikka yo’l qo’ysa, noto’g’ri
qaror qabul qilsa u holda kim javob beradi.
Fayziev boshqa xodimlar bilan til topisharmikan? Balki, Rixsievdir, u har xolda jamoa
bilan tez chiqishuvchan.
Bu fikridan Usmonovning harorati ko’tarildi.
Agar Rixsiev bo’lim boshlig’i vazifalarini a’lo darajada uddalasa nima bo’ladi. CHunki
u yaqindagi malaka oshirishda bo’lgan va murakkab kompьyuter dasturlari bilan ishlashni yaxshi
biladi.
Balki, shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmasdan, ishga chiqish kerakmikan?
Usmonov o’zini yomon his eta boshladi va hammasini keyinroq o’ylashga qaror qildi...
Vazifa:
1.Bo’lib o’tgan vaziyatni tahlil qiling va menejment atamalari asosida
xarakterlang.
2.D.Usmonovda paydo bo’lgan savollarga javob berishga harakat qiling va
javoblaringizni ifodalang.
3.Siz D.Usmonovning rahbarlik uslubini qanday baholaysiz?
4.Alьternativ o’rinbosarlarning yutuq va kamchiliklarini tahlil eting:
Ushbu variantlarning qaysi biri qanday vaziyatlarda ma’qulroq?
Do'stlaringiz bilan baham: |