Ta`lim dargohlaridagi yosh avlodning orzu va istaklari
Ta’lim muassalarida yoshlarga sifatli ta’lim berish bilan birgalikda ularning ma’naviyati yuksak bо‘lishi uchun tarbiya masalarlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Globallashuv jarayonlari inson hayoti va faoliyatini barcha jabha va sohalarini qamrab olayotgan dolzarb va keskin muammolarni yuzaga chiqarayotgan bir paytda yoshlarimizni turli oqimlardan, ta’sirlardan saqlab qolishning birdan bir yо‘li ta’lim bilan tarbiyani chambarchas bog‘lagan holda olib borishdir. Yuksak manaviyatga, ming yillik madaniy merosga suyangan xalq, davlatgina taraqqiyotga erishishi mumkinligi bugungi kunda tobora ravshan xaqiqatga aylnamoqda.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bakalavr ta’lim yо‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarida ta’lim olayotgan bо‘lajak talabalar kelajakda millatimiz madaniyatini, san’atini yuksaklarga kо‘taradigan mutaxassis bо‘lib yetishar ekan, ularga har tomonlama chuqur bilim berish professor-о‘qituvchilar oldidagi mas’uliyatli vazifadir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Mustaqil О‘zbekiston Davlatining siyosati insoniylik va ezgulik tamoyillariga asoslanadi” degan dasturiy g‘oyani dunyoga bayon qilishda san’atkorlarning о‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uchun san’atkorlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratmoq zarur. San’atkor xalqqa xizmat qiladi. Shuning uchun ham ularga bilim berishda ta’lim bilan tarbiyani uyg‘un holda olib borish masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu esa ularning ijodiy ishlarini namoyon qiladigan repertuarlarining tо‘g‘ri tanlashiga bog‘liqdir. Ustozlarimizning “Ijodkorning 80% muvaffaqiyati uning tо‘g‘ri repertuar tanlashiga bog‘liq”, degan gaplari ham bejiz aytilmagan. Repertuar (badiiy asar, mumtoz qо‘shiq, kuy, zamonaviy estrada va.h.z.) talabaga milliy madaniy qadriyatlarimizni va jahon madaniyatini о‘rgatish bilan birga tarix, adabiyot, falsafa kabi fanlarni chuqurroq egallashga majbur qiladi. Ma’naviyatni chuqurroq anglashga о‘rgatadi. Uning bilimi, dunyoqarashi tinglovchi-tomoshabinlar e’tiboriga havola qilgan ijodiy ishini zо‘r mahorat bilan ijro qilganda bilinadi. Shunday ekan, yoshlarga Prezidentimiz I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, “О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” deb nomlangan kitoblarini chuqur о‘rgatish, ilgari surilgan yuksak g‘oyalarni ularning ongiga singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biridir. Bu borada muammoviy ma’ruzalar, suhbatlar, taqdimot, munozara shaklidagi mashg‘ulotlar institutimizda kо‘plab о‘tkazildi. Buni davom ettirish va yanada yaxshi natijalarga erishish uchun mutaxassislik fanlaridagi amaliy mashg‘ulotlarda yuqorida tilga olingan g‘oyalarga xizmat qiladigan repertuarlar tanlash muhim masaladir.
Bugungi kunda malakali kadrlar tayyorlashda о‘z faoliyatini yaxshi niyatlar bilan davom ettirayotgan institutimiz rahbariyati va professor-о‘qituvchilari yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda qator ezgu ishlarni amalga oshirmoqdalar. Aktyorlik mahorati, sahna nutqi, rejissyorlik, vokal, an’anaviy qо‘shiqchilik, folklor, televideniye va radio rejissyorligi, operatorlik mahorati, boshqaruv mahorati kabi qator fanlardan tayyorlangan yakuniy reyting nazoratlarida talabalar uchun olingan repertuarlar tahlil qilinganda kо‘pchilik professor-о‘qituvchilar tо‘g‘ri maqsadni kо‘zlaganliklari ma’lum bо‘ldi. Bular adabiy parcha, monolog, turli sahna kо‘rinishlari, kuy va qо‘shiqlar, diplom spektakllar va filmlarda о‘z aksini topdi.Iqtidorli talabalar esa respublikamizda о‘tkazilayotgan nufuzli tanlovlarda yuqori о‘rinlarni egallashga muvaffaq bо‘lmoqdalar. Chunki tanlangan ijodiy ishlarda ilgari surilgan g‘oyalar tomoshabinlarni vatanparvarlik, insoniylik va ezgulik yо‘lida tarbiy alashga hizmat qilmoqda.
San’atda ilmijodiy ishlar tahlilisiz hech qachon rivojlanmaydi. Ana shu ijodiy ishlarni tahlil, talqin va tanqid qilishda yosh teatrshunos, san’atshunos-jurnalistlar, madaniyatshunoslarham о‘zlarining bilim va kо‘nikmalarini yanada mustahkamlab bormoqdalar. Institut, Respublika miqyosida о‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyalarda, ilmiy jurnallarda о‘z maqolalari bilan faol qatnashib kelmoqdalar.
Xullas, san’at va madaniyat institutida ta’lim va tarbiyani uyg‘unlikda olib borish barkamol avlod kelajagi uchun zamin bо‘lyapti, desak mubolag‘a bо‘lmaydi.Bunday ishlarni davom ettirish, insoniylik va ezgulik yо‘lida tinimsiz mehnat qilish har birimizning burchimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |