Jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish.
Korrupsiya taraqqiyot dushmani
Bolalar va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik butun dunyoda eng dolzarb ijtimoiy muammolardan biri hisoblanadi. Bunday jinoyatchilikning o‘sishi eng avval rivojlangan kapitalistik mamlakatlar uchun xosdir. O`quvchi bolalar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning asosiy sabablari deb g‘arb mutaxassislari yoshlar o‘rtasidagi ishsizlikni, yoshlarning kelajaklariga ishonmasliklari, jamiyatni boshqarish hozirgi zamon usullaridan qoniqmasliklarini ko‘rsatadilar.
Masalan, Germaniya politsiyasi ma’lumotlari bo‘yicha 1996 yili hibsga olingan hamma huquqbuzarlardan 14 % doimiy ish joyiga ega emas edi. Aniq harakatlar bilan o‘g‘rilik qilgan jinoyatchilar orasida ishsizlar to‘rtdan bir qismini tashkil etdilar, ular tomonidan shaxslarga nisbatan jinoyatlar 28 %, 34 % bosqinchiliklar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, huquqbuzarlarning ma’lum qismi (20 % dan ortig‘i) jazo berilishdagi yoki jinoiy javobgarlikdan ozod etilmoqda. Bu ishlar bo‘yicha materiallar yoki balog‘atga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga yuboriladi yoki ularga nisbatan majburiy tarbiyalash choralari qo‘llaniladi, masalan, quyidagilar:
1) ogohlantirish;
2) ularni ota-onalari yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar, yoki maxsus davlat organlari nazoratiga topshiriladi.
3) keltirgan zararini qoplash majburiyati yuklatiladi.
4) bo‘sh vaqti cheklanadi va boshqalar.
Tarbiyaviy ta’sir choralarini muntazam bajarmay kelgan holatida sud jinoiy javobgarlikka tortishi mumkin.
Ijtimoiy-pedagogikada delikvent hulqi deb o‘rnatilgan huquqiy qoidalarni buzish va xuquqbuzarlikka olib keladigan hulqi tushuniladi:
Delikvent (lotincha delingnens - huquqbuzar) - hulqi o‘zining keskin ko‘rinishlarida jinoiy jazolanadigan harakatlardan iborat xulqi yomon subyekt.
Delikventlik (lotincha delingnens – jinoiy harakat amalga oshiruvchi huquqbuzar) – sotsiologiyada va yurisprudensiyada militsiya ro‘yxatida turadigan yoki jinoiy jazoga olib kelishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarga muntazam amalga oshiruvchi tarbiyasi qiyin o‘smirning qonunga xilof harakatlarini ko‘rsatish.
Shuni ham alohida aytish kerakki, balog‘atga yetmaganlar va yoshlar ishlari bo‘yicha Komissiya, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, mahalla jamoyatchiliklari, maktab o‘qituvchilari va ota-onalar tomonidan birgalikda katta profilaktik ishlarni amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda balog‘atga yetmaganlar orasida jinoyatchilik kamayib bormoqda.
Hayotda albatta, har birimiz ertami-kechmi nohaqlikka, adolatsizlikka to‘qnash kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Aytaylik, puxta bilimga ega o‘quvchining institutga kirolmasligi yoki sudyaning pora evaziga gunohkorni oqlab, begunohni qoralashi kabi nohaqliklaru bedodliklar hayotda ozmi-ko‘pmi uchrab turadigan hodisalardir.
Davlat idorasida xizmat qilayotgan mas’ul shaxs pora evaziga fuqaroning ishini “to‘g‘rilab”, hojatbarorlik qiladi. “Korruptsiya” so‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, pora evaziga sotib olish, buzilish, sotilish degan ma’nolarni bildiradi. Yanayam soddaroq aytganda, bu termin mansabdor shaxsning qonun va axloq me’yorlariga zid ravishda o‘z shaxsiy manfaati uchun mansab vakolatlari va huquqlarini suiiste’mol qilishini anglatadi. Korruptsiyaning xarakterli jihati, amaldor hamda uning manfaatlari bilan jamiyat manfaatlarining bir-biriga zidligi hisoblanadi. Mazkur illatning aksariyat ko‘rinishi amaldorlarning tovlamachiligi bo‘lib, bunga davlatga qarshi jinoyat sifatida qaraladi.
Korrupsiya tushunchasi va shakllari xalqaro darajada rasman BMTning 1995 yildagi rezolyutsiyasida o‘z aksini topgan. Ushbu rezolyutsiya qoidalariga muvofiq, davlat ichki qonunchiligi korruptsiya mezonlarini va uni bartaraf etish choralarini belgilaydi.
Ushbu illatning ildizlari bir necha ming yillarga borib taqalishi odamni chuqur mulohazaga toldiradi. Dastlab insonlar biror-bir mavqega ega bo‘lish uchun qabila boshlig‘i yoki oqsoqolga sovg‘a-salomlar hadya qilganlar. Qimmatliroq sovg‘a bu odamni boshqalardan ajratib turgan va uning iltimosi yoki talabi so‘zsiz qondirilgan. Unga qarshi kurashgan ilk hukmdor sifatida eramizdan qariyb ikki yarim ming yil avval yashagan Shumer podshohi Uruinimgina nomi tilga olinadi. Qadim zamonlardayoq korruptsiyaga qarshi qattiq jazolar belgilanganiga qaramasdan, bu hamisha ham ko‘ngildagidek natijani bermagan. Nari borsa, eng xavfli jinoyatlarning oldi olingan, xolos. Biroq kamomadga yo‘l qo‘yishlar va pora olishlar muntazam ravishda davom etavergan. Mazkur muammo bilan deyarli barcha qadimgi davlatlar va tuzumlar, hatto qadimgi Misr fir’avnlari ham to‘qnash kelganlar.Ana shu masala bo‘yicha tekshirishlarni tahlil qilish quyidagicha xulosaga kelishga imkon beradi:
Zamonaviy oilalarning katta a’zolari yuqori darajada band bo‘lishlari sababli ta’lim muassasalari pedagogik jamoalari bilan (maktab, kollej, litsey) o‘zaro aloqalari yo‘q. Shuning uchun ota-onalar o‘smirning haqiqiy ichki dunyosi haqida, uning qiziqishlari va talablari haqida to‘la tasavvurga ega bo‘lmaydilar. Bular ota-onalarda bolaga ko‘r-ko‘rona muhabbatni yuzaga keltiradi.
Ota-onalarning bunday bir tomonlama qarashlarini ota-onalarning maktab (litsey, kollej) bilan aloqalarini yaxshilash yo‘li bilan yo‘qotish mumkin edi. Ma’lumki, o‘quv yurtlarida o‘smirning xulqi yomon belgilarini ancha obyektiv baholaydilar (uning hulqi og‘ishini, jamoatchilik tartibiga zid harakatlari va huquqbuzarliklarini). Bunday hollarda ota-onalarga pedagoglar malakali yordam ko‘rsatishlari mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |