Angliyada sharafli inqilob reja: I. Kirish II. Asosiy qism angliyada burjua inqilobining boshlanishi



Download 26,19 Kb.
Sana14.01.2020
Hajmi26,19 Kb.
#33982
Bog'liq
Angliyada sharafli inqilob

Angliyada sharafli inqilob

REJA:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM

1. Angliyada burjua inqilobining boshlanishi

2. Inqilobning sabablari.

3. Inqilobnig natijalari

III. XULOSA

IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

II. ASOSIY QISM

1. Angliyada burjua inqilobining boshlanishi
XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Dengizda yakka hukmronlikka erishildi. Chet ellar bilan savdo-sotiq ishlari tobora kengayib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo`lga kiritdi. Natijada bu shaharda baquvvat savdogarlar guruhi vujudga keldi. IchM savdo ham rivojlandi. 1600- yilda Londonda dastlabki birja ochildi.

Qishloq xo`jaligida haifi bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega bo`lgan o`rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. Ular, asosan, «isloh qilingan din»ga e'tiqod qilar edilar. o`rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo`lganlar. Burjuacha hayot tarzi - tejamkorlik, mehnatsevarlik va izlanuvchanlik jihatlari tobora chuqur ildiz otib bordi.1

Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik inqilobning asosiy sababiga aylandi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeini yo`qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo`llashni taqiqlab qo`ydi. Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta'sir ko`rsatdi. Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari o`rtasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto ba'zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o`zi sotar edi.

2. Inqilobning sabablari
Oqibatda savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo`lardilar.

Yakov I ning tashqi siyosatidan ham burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi. Bunga bosh raqib Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi asosiy sabab bo`ldi.

Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o`zgarmadi. U jamiyatda yuz berayotgan o`zgarishlarni tushunish va ularni qabul qilishni istamadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo`lishga intildi. Ayni paytda yangi - kapitalistik jamiyat tarafdorlari ham qo'1 qovushtirib o`tirmadi. Parlament amalda ularning qo`lida edi. 1628- yilda parlament qirolning «Huquqlar to`g`risidagi bill» va «Huquqlar to`g`risidagi petitsiya»ni imzolashiga erishdi. Bu ikki hujjat qirolga parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik va sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majburiyatini yukladi. Bunga javoban qirol parlamentni tarqatib yubordi. Shu tariqa mamlakatda qirolning yakka hukmronligi o 'rnatildi.

Bu hujjatlardan hir necha o`n yillar avval qabul qilingan «Erkinlikning buyuk xartiyasi» hujjati va uning mazmuni yodingizdaini?

Burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikrli dindorlar ham davlat ishlaridan chetlatildi. Mamlakatda senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta'qibiga duchor etildi. Natijada fuqarolarninig chet ellarga chiqib ketishlari kuchaydi. Qirol o`z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta monopol huquqlar berdi. Bu siyosat narx-navoning ko`tarilishiga olib keldi. Bundan savdogarlar, yangi dvoryanlar, hunarmandlar va barcha oddiy kishilar jabr ko`rdilar. Buning ustiga shu orada Shotlandiya Angliyaga hujum qildi. Bu esa vaziyatni yanada og`irlashtirib yubordi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar Angliyada inqilob yuz berishini muqarrar qilib qo 'ydi.

Shunday sharoitda qirol muxolifatning talabi bilan parlamentni chaqirishga majbur bo`ldi. 1640- yilning 3noyabrida parlament ish boshladi. Bu sana Angliya burjua inqilobining boshlanishi kuni bo`ldi. Jamoalar palatasining katta qismini eski tuzumga qarshi tabaqa vakillari tashkil etdi.2

Parlament birinchi navbatda favqulodda sudlarni tarqatib yubordi. Cherkov sudini ruhoniy bo`lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi. Qirol huzuridagi «Maxfiy Kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi. Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Matbuot mustaqilligi e'lon qilindi. Qonunsiz to`lovlar va jarimalar bekor qilindi. Qirol parlamentning jamoalar palatasini shu palataning roziligisiz tarqatmaslik to`g`risidagi qonunni imzolashga majbur etildi.

Karl I ning o`zi istamagan holda bularga rozilik berishdan boshqa iloji qolmadi, biroq u qulay fursat poylardi. 1641- yilda parlamentning «Buyuk remonstratsiya» deb nomlangan hujjatni qabul qilishi qirol va parlament munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi.

Bu hujjatda, jumladan, bunday deb yozilgan edi: «Barcha kulfatlarning ildizi - asosiy qonunlarni yo`qqa chiqarish maqsadida qilinayotgan yovuz niyatli badkirdor urinishlar va ingliz qirolligining dinni hamda adolatni ko`mib tashlagan boshqaruvi asoslaridir».
Bu hujjat qirol oldiga juda muhim talablarni qo`ydi. Lekin Karl I bu talablarni bajarmadi. Shu tariqa 1642- yilning boshlariga kelib Karl I bilan parlament o`rtasida uzil-kesil ajralish ro`y berdi.

Endi qirol isyonkor parlamentni jazolashga va muxolifat rahbarlarni hibsga olishga qaror qildi. Shunday sharoitda, Londonning yuz ming aholisi parlamentni himoya qilib ko`chaga chiqdi. Yangi dvoryanlarning 5 ming kishilik qurollangan guruhi Londonga yuborildi. Bu omillar qirolni chekinisMga va Londondan qochib ketishga majbur etdi. Shu tariqa Angliya ikki dushman lageriga bo`lindi. Movut sanoati Angliyaning turli sharqiy grafliklarda (asosiy markazi-Norfolkdagi Norich shahri), shimoliy okruglarda Yorkshir grafligi, markaziy grafliklarda-N`yuberi shahri va janubiy-sharkda Devonshir, Uiltshir va Dosert grafliklarida rivoj topgan edi. Movut ishlab chiqarishda sex hunarmandchiligining roli ishlab chiqarishning manufaktura shakliga qaraganda ancha kichik edi. Lekin hali yashab kelayotgan hunarmandchilikdan ham kapitalistik elementlar ajralib chiqa boshlayotgan edi.

Shunday qilib, inqilobdan oldingi davrda, ingliz sanoati uchun, garchi kapitalizm hali qisman niqob ostida maydonga chiqayotgan bo`lsa ham, ishlab chiqarishning kapitalistik shakli yetilib kelayotganligi xarakterlidir.

XVI asr 2-yarmi va XVII asr boshlarida dengiz ortidagi turli mamlkatlar bilan savdo qiluvchi ko`plab monopol kapitalistik kompaniyalarning paydo bo`lishi ingliz kapitalining yer sharining hamma taraflariga panja sola boshlaganligidan dalolat berardi. Rossiya bilan savdo qilish maqsadida tuzilgan Moskva kompaniyasi Ost-Hind kompaniyasi eng yirik aksiyali savdo tashkilotlari edi.

Amerikani kolonizatsiya qilishda dastlabki qadam qo`yilishi, Hindistonda va g’arbiy Afrika qirg’oqlarida ba`zi tayanch punktlarining bosib olinishi, ingliz lustamlakachilik siyosati boshlaganligidan dalolat berardi. Mustamlakachilik siyosati ko`proq. Yuqori tabaqa dvoryanlar manfaati bilan bog’lik, edi, bu tabaqa dvoryanlar esa o`ziga yer olishni istar va Evropa talab qilayotgan ba`zi mahsulotlarni ko`paytirishdan manaatdor edi.

Shu tariqa kapitalistik munosabatlarning qishloq xo`jaligiga kirib kelishi, ingliz feodalizmining yemirilishiga muhim turtki bo`ldi. Ingliz qishlog’i ilk davrdan boshlab dastlabki tashqi bozor bilan bog’langan edi. Ayniqsa XIII-XIV asrlardan boshlab Angliyadan Evropa qit`asiga juda ko`p jun chiqarilar edi. Angliyaning o`zida movut to`qish qanchalik rivojlanayotgan bo`lsa mamlakat ichida shunchalik ko`p jun talab qilinar edi. Tashqi va ichki bozorda ingliz juniga talabning o`sishi Angliyada qo`ychilikning rivojlanishiga olib keldi. Qo`ychilikning rivojlanishi esa XV-XVI asrlardagi va XVII asrning birinchi yarmida mashhur bo`lib ketgan “g’ov tutish” ning boshlanishiga turtki bo`ldi. Qo`y boqishning ommaviy suratda ko`paytirilishi muhim iqtisodiy natijalar berdi. Gov tutishni ingliz qishlog’ida katta yer egalari majburiy ravishda ochiqdan-ochiq ekspropriasiya qilishnig ayovsiz formalari orqali amalga oshirdilar. Yerdan mahrum qilingan dehqonlarning ko`payishi g’ov tutishning natijasi bo`ldi.

Angliyada kapitallarni o`z qo`liga to`plangan yirik burjuaziya sinf sifatida o`smoqda edi. Burjua manufakturachilari savdo burjuaziyasi bilan birlashib ularga davlat qarz berib turgach chet el bilan aloqador bo`lgan bank-sudxo`r burjuaziyasiga yaqinlashdilar. Yer egasi bo`lgan ingliz feodallari XVI asrdayoq bo`linib ketayotgan edi. O`z xo`jaligini kapitalistik izga qo`yayotgan yangi dvoryanlar rivojlana bordi, bular asosan o`rta va mayda dvoryanlardan iborat edi. Bularning bir qismi XVII asr boshiga kelib lord lavozimini ola oldi. Dedford, Pembrok, Sesil va boshqa nomlar buning yaqqol misolidir. Yangi dvoryanlar asosan Angliyaning janubiy-sharqida va markaziy grafliklarida shakllangan edi. Inqilob arafasida Angliyada sinfiy ziddiyatlar keskinlashdi. “Yuqori tabaqalar” bilan “Quyi tabaqalar” o`rtasidagi farq chuqurlashdi. Nagijada qirol boshchiligidagi rahbar sinf bo`lgan feodallar bilan dehqonlar o`rtasida kelishmovchiliklar kuchaydi. Dehqonlar yeriga g’ov tutish va kapitalistik fermerlikning rivojlanishi jamoa manoreal tartibni darhol tugata olmadi. Kopigolder-dehqonlar va boshqa ijorachilar hali ham bor edi. Lekin ularning yerini ijaraga olib egalik qilish sharoiti borgan sari og’irlashib bordi. Lord va jentel`menlar odatdagi "eski" rentani oshirmay dehqonlarni ekspluatatsiya qilishning va boshqa usullarini izlab topardilar. Ular juda katta miqdorda fayn to’lashni talab qilardilar. Ya`ni ijorachilar uchun yillik rentadan bir necha bor ko’proq, bo’lgan bir yo’la olinadigan bir qator tulovlarni tayinlar edilar. Revolyutsiyadan oldingi davrda shaharlarda ham xalq, ommasining chiqishlari yuz berib turdi. Burjuaziya revolyutsiyaning dastlabki davrida o’z manfaati uchun ustalik bilan foydalandi. Keyinchalik u o’zining qirol va eski feodal dvoryanlarga qarshi kayfiyatidan ham foydalanib, dehqonlardan harbiy otryadlarini tuzdi.

Feodal-absolyutistik davlat uzoq vaqt davomida burjuaziya bilan ittifoq, bo’lib turdi. XVI asrda tuyudorlar dinastiyasi davrida bu davlat burjuaziyaga yon berib keldi va bu bilan burjuaziyani XVI asrda g’alayonlar ko`tarish oldida turgan dehqon plebey revolyutsion kuchlar bilan ittifoq tuzishga yo’l qo`ymay, o’z tomonida saqlab qoldi. Tuyudorlar absolyutizmi faqat feodallarga emas burjuaziyalashgan yangi dvoryanlarga tayanar edi. Tyudorlar davlati dvoryanlar davlatligicha qolaverib, kapitalizmning rivojlanishiga va burjua oppozitsiyasining kuchsizlanishiga yordam bergan siyosat olib bordi. Buni shunda ko`ramizki parlament toifa vakillari organi bo`lib butun XVI asr davomida namoyon bo`ldi. Parlamentning umumpalatasida yangi dvoryanlarning vakillari o`tirib burjuaziyaning manfaatlarini yo`qlardi. Ammo parlamentning bunday kelishtiruvchilik roli burjuaziyaning rivojlanishi va kuchayishi bilan o`zgarib bordi. Parlament asta-sekin absolyutizmga nisbatan opiozitsiyaga bo`lgan organga aylandi. Tyudorlar dinastiyasining so`nggi vakili bo`lgan qirolicha Yelizavetta I davrida qirollik bilan parlament o`rtasida kelishmovchilik namoyon bo`ldi. Umumpalata qirolicha hukumatining bir qator ya`ni taxt vorisi to`g’risidagi, diniy masalalar to`g’risidagi savdo-sanoat monopoliyalarini sotish to`g’risidagi tadbirlaridan noroziligini bildirardi. Tyudorlar davrida xalq ommasining chiqishlari o`sib bordi. Irland xalqining ozodlik kurashi ham jiddiy ahamiyat kasb eta boshladi.


3. Inqilobnig natijalari
1689 — Angliyada Sharafli inqilob. Yelizavettaning vasiyatiga ko`ra Yakov VI Angliyaning qiroli qilib tayinlandi. Angliyada u Yakov I nomini oldi. Yangi dinastiya davrida feodal tuzum bilan burjuaziya o`rtasidagi ajralish yaqqolroq ko`rindi. Yangi qirol Angliyaning oq suyak feodal elementlariga tayanib ish ko`rdi.3 Parlament Yakov I ga soliq yig’ish huquqini bermaganda u juda g’azablanardi. U 1610 yilda g’azab bilan “Axir, Fransiya, Daniya, Ispaniya qirollari boj oladilarku, nega men boj olmas ekanman?” der edi. Pul topishgp intilib, Yakov I savdo va sanoat monopoliyalari tuzish huquqini beradigan patentlar sotishni qizitib yubordi. Ammo parlament bu gal ham qiroldan suiste`mol qilishlarni tugatishni talab qildi. 1624 yilda Yakov I davridagi so`nggi parlament moliya ministri graf Midlseksni sud javobgarligiga tortdi. Qirolning o`zi ordonans chiqarib, unda “qirollikda nimaiki bo`lmasin sotish, tortib olish, ishlab chiqarish yoki iste`mol qilishga monopol huquq beruvchi» hamma patentlar bekor qilindi, deb e`lon qildi. Parlament qirolning ichki siyosatidangina emas, balki tashqi siyosatidan ham norozi bo`lgandi. Yelizaveta ispanlarga va katoliklarga qarshi kelgan bo`lsa, Yakov I tashqi siyosatni o`zgartirib men Ispaniya bilan urush holatda emasman deb e`lon qildi. Angliya 1588 yil tuzilgan ittifoq shartnomada xilof ravishda Ispaniyaga qarshi urushda Nederlandiyaga yordam berishdan bosh tortdi. Bunday siyosat ingliz burjuaziyasiga qarshichiqish degan gap edi, chunki ingliz burjuaziyasi Ispaniyani va mustamlakachilik savdosi sohasidagi raqibi edi. Ispaniya va Nederlandiya o`rtasida urush davom etayotganligi sababli, ispanlar gollandalarni yoki Golland tovarlarini qidirish bahonasi bilan ingliz kemalarini tez-tez tutib qolar edilar. Ingliz hukumati o`z savdogarlarining arzlariga quloq solmay kelayotgan edi. Yevropada O`ttiz-yillik urush boshlanib ketganda Yakov I german protestantlarining boshlig’i Fredrix Pfalsning qaynatasi sifatida gabsburglarga qarshi urushda qatnashdi. Ammo Yakov I Germaniya protestantlariga yordam berish o`rniga, Fridrix Pfalsga imperator tortib olgan yyerlarni qaytarib olib bermoqchi bo`ldi. Ispan diplomatlari chunonchi Yakov I ning cheksiz ishonchiga sazovor bo`lgan elchi Gondomar uni necha yillar ahmoq qilib keldi, chunki Ispan Gabsburglari Avstraliyalik Gabsburglar bilan yagona siyosat yuritayotgan edilar. 1624 yilda Yakov I o`z o`g’li Karl I ni Ispan malikasiga uylantirish to`g’risidagi masalalarni hal qilish uchun Madridga jo`nadi. Bu diplomatik niyatlaridan, tabiiyki hech nima chiqmadi. Yakov I ning yana shu maqsadga Fridrix Pfalsga yordam berish uchun Fransiya bilan ittifoq tuzishga urinishi muvofaqqiyatsiz chiqdi. Shahzoda Karl I bilan Fransuz malikasi Genrietta –Mariya o`rtasidagi nikohni angliyaliklar sovuqqina qabul qildilar.4 Bu nikoh natijasida ingliz saroyi katoliklarining ig’vo markaziga aylanib ketadi deb xavfsiradilar. Haqiqatdan ham shunday bo`ldi. Yakov I 1625 yil bahorida vafot erdi. Uning o`rniga taxtni egallagan Karl I (1625-1649) otasi kabi u ham qirol hokimiyatini cheksiz deb hisobladi. Gersog Bekengemning maslahatlariga amal qilib, faol tashqi siyosat olib borishga urindi. Lekin muvafaiyatsizlikka uchradi. Ispaniyaga qarshi urush boshlab, Bekengem 3-ta ekspeditsiya uyushtirdi. Bu ekspeditsiyalarning asosiy maqsadi Amerikadan Ispaniyaga kumush tashiyotgan Ispan kemalarini qo`lga kiritish, qo`lga kiritilgan mahsulotlarni sotib, qirolning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu yo`l bilan hukumatni parlamentdan mustaqil qilib olish nazarda tutilgan edi. Ispaniyaning Kadis portini qo`lga kiritish va Ispaniyaning hududiga ekspelitsion korpus tushirish ham mo`ljallangan edi. Urush natijasida ingliz kemalari sharmanda bo`lib, ko`p soldat va matroslarini yo`qotib o`z yurtiga qaytib keldi. Holbuki, Fransiya bilan ittifoqda bo`lgan ingliz hukumati fransuz qiroli tomonida turib, La-Roshel qal`asida to`plangan Gugenotlarga qarshi kurashda ishtirok qilishi lozim edi. Bu esa Angliyada styuartlar siyosatidan yana norozilikni oshirdi. Shundan keyin Angliya jamoatchilik fikri tazyiqi ostida Fransiya bilan ittifoqni buzdi va urush e`lon qildi. Ammo gersog Bekengemning qamal ostidagi La-Roshelga uyushtirilgan yordami hech narsa bermadi. Va 1628 yil kuzida fransuz qo`shinlari qal`ani ishg’ol qildi. Karl I yana sharmanda bo`ldi. Styuartlar istibdodiga qarshi parlament oppozitsiyasi Yakov I davridayoq namoyon bo`lgan edi. Har gal parlament chaqirilganida Yakov tashqi siyosati tanqidga uchrardi. Karl I davrida ham parlament oppozitsiyasi vakillarining chiqishlari yanada keskin tus oldi. Parlamentning umumpalatasi gersog Bekingemning iste`fo berishini talab qildi. Karl I ning 1625 yilda chaqirilgan 1-parlament yig’ilishi juda qisqa bo`ldi. Qirol uni bir necha hafta o`tgach, tarqatib yubordi. Ana shu parlamentdagi oppozitsiya a`zolaridan yetuk notiqlar ajralib chiqdilar. Shulardan yurist ser eduard Kok Buyuk ozodlik xartiyasining ixlosmand tarafdori polkovnik Jon eliot, bekingemshirlik boy skvayr Jon Gempden va Kokrshlik dvoryan-yurist Tomas Uent-vort parlamentdagi notiqlardan edilar. 1626 yilda chiqarilgan parlament ham tarqatib yuborildi. Karl I ning 3-parlamenti gersog Bekengemni sud qilishni, katoliklarga qarshi qonunlarni amalga oshirishni, qonunsiz soliqlar to`plashni to`xtatishni talab qildi.

Xulosa
Karl I ning mamlakatni parlamentsiz idora qilishga qaror qilishi natijasida mustabid hukumatning ahvoli yanada tang bo`ldi. Parlamentning soliqlar to`lanmasi degan chaqirio`i keng xalq ommasiga ma’qul tushdi. Ispaniyaga hamda Fransiyaga qarshi urushning davom etishi tashqi savdo sohasida krizisga olib keldi. Parlamentsiz idora davrida Karl I maslahatchilaridan uchinchisi xazinachi – lord Richard Uetson bo`lib, u Karlni nohaq yig’inlar joriy qilishga undadi. Parlamentsiz davridagi moliya siyosati shunday ediki, bunda saltanat xususiy mulkchilikka qo`pol aralashar edi. Hukumat parlament tasdiqlamagan yangi soliqlar undirib olish uchun har - xil bahonalar qidirib topar edi. Parlamentga bog’liq bo`lmagan moliya bazasini yaratish va doimiy armiyani tashkil etish, absolyutizmning aniq maqsadi bo`lib qoldi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun qilingan urinishlar revolyutsion portlashni tezlashtirdi xolos.

Karl I tomonidan turli-tuman nohaq yig’inlar, nihoyat Angliyada XI-XII asrlarda joriy qilingan kema pullari Yana olinadigan bo`ldi va bu hukumatga mablag’ tushib turishini ta`min etmadi, balki davlat byudjetiga yamoqday kichik bir madad bo`ldi, xolos.5 Bunday soliqlar yer soliqlaridan ko`ra keng aholi ommasining g’azabini qo`zg’atdi. 1635 yilda hukumat “kema solig’i”ni joriy qilgandan so`ng soliq yig’ishga qarshi norozilik harakatlari boshlandi. Natijada mamlakatda inqilobiy vaziyat yuzaga kela boshladi. Bu Shotlandiya bilan Karl I ning urushiga sabab bo`lib, Shotlandiya qo`zg’aloni Angliyada iqilobning boshlanishi uchun turtki bo`ldi. Shotlandiya qo`zg’aloni mutlaq hukumatning Shotlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishiga urinishi natijasida kelib chiqqan bo`lib, Shotlandiya 1603 yilda Yakov I vaqtida Angliya bilan shaxsiy uniya asosida birlashgan bo`lsada, hali avtonomiya huquqini saqlab qolgan edi. Shotland dvoryanlari o`z mustaqilliklarini himoya qilishlarining sababi shundan iborat ediki, quyi Shotlandiya burjuaziyasi Angliya savdogarlarining raqobatidan qo`rqib, Angliya bilan batamom birlashishdan qo`rqar edi.Shotland dvoryanlari Yakov 1 ning onasi Mariya Styuart vaqtida qo`lga kiritgan feodal erkinliklarni saqlab qolishga intilar edi. XVI asrdan boshlab Shotlandiyada keng tarqalgan oppozicion ruhda bo`lgan dvoryanlarga qo`l kelgan presvetirianlik shaklidagi kalvinizm bu ikki sinfning ittiqoqini mustahkamlab,Styuartlarga qarshi kurashda qurol bo`lgan edi.Shotlandiyada ingliz episkop cherkoviga nafrat bilan qarar edi.Lord 1637 yilda Shotlandiyani ingliz cherkovi tarkibiga kiritmoqchi bo`lganida, Karl 1 ga qarshi qo`zg’olon ko`tarishga sabab bo`lganligi bejiz emas edi.Shotlandlar maxsus hujjutga imzo chekib, papa oldida “haqiqiy dinni” himoya qilish majburiyatini olgan edi.Shotlandiyada juda tez ko`ngilli qo`shin tashkil topdi va 1639 yilda Angliyaga bostirib kirdi. Angliyada xalqning keng qatlamlari, shotlandlarga xayrixohlik bildirdilar.Yollanma qo`shinlar yordamida Shotlandiyaga qarshi urush Yana boshlanib ketdi.Karl 1 1640 yil 13 Aprelda Parlament chaqirdi. Parlamentga Jon pim va jon gempden kabi oldingi parlamentdagi oppoziciya a`zolari Yana qaytadan saylandi. Parlament urushni davom ettirishga pul ajratmadi. Natijada 1640 yil 5 mayda Karl 1 bu parlamentni ham tarqatib yubordi va bu qirol hukumatiga qarshi namoyish qilinishiga sabab bo`ldi. Xalq 6 mayda qamaldagi «to`polonchilarni” qutqarish uchun qamoqxonalarga hujum qildilar.Dehqonlar bu siyosiy krizisni o`z iqtisodiy manfaatlari yo`lida oshkora kurash olib borish uchun qulay fursat etganligini hisobga olib,1640 yilning yozidan boshlab inqilobiy harakatlarni kuchaytira boshladi.Ana shu hol inqilobning negizini tashkil qildi. Shotlandlar esa parlament tarqatilgandan so`ng Yana hujum boshladilar.1640 yil 24 sentyabrda York shahrida to`plangan lordlar palatasi a`zolari ham yangi parlamentni chaqirishi kerak deb o`z fikrlarini bildirdilar.Karl 1 1640 yil 30 sentyabrda parlament chaqirilishini e`lon qildi.Oktyabrda Angliyada favqulodda keskin bir sharoitda parlament saylovi bo`lib o`tdi.Puritanlarning peshvolaridan Pim, Gempden,shuningdek, 1628-29 yillardagi parlament deputati bo`lgan Kromvel saylov vaqtida faollik ko`rsatdilar.Saylov eskicha tartiblar asosida Shtkazilishiga iuaramay, saylovda parlament –burjuaziya oppoziciyasi ustidan g’alaba qozondi. Pim parlament rahbari qilib belgilandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Angliya tarixi A.Guber. G. Kim

2. A. A. Guber, G. Kim. Novaya istoriya stran Azii i Afriki M., 1982 g.

3. R. Z.Nuriddinov.G’arb mamlakatlarining eng yangi tarixi T. “O’qituvchi” 1976 yil

4. R. Z.Nuriddinov.G’rab mamlakatlarining eng yangi tarixi (1918 – 1939) T. “O’qituvchi” 1976 yil.

5. YAz’kov ye.F. Istoriya noveyshego vremeni stran yevropo’ i Ameriki 1945-2000 Izd-vo «Prostor» M., 2002g.




1 Angliya tarixi A.Guber. G. Kim

2 A. A. Guber, G. Kim. Novaya istoriya stran Azii i Afriki M., 1982 g.

3 R. Z.Nuriddinov.G’arb mamlakatlarining eng yangi tarixi T. “O’qituvchi” 1976 yil

4 R. Z.Nuriddinov.G’rab mamlakatlarining eng yangi tarixi (1918 – 1939) T. “O’qituvchi” 1976 yil.

5 YAz’kov ye.F. Istoriya noveyshego vremeni stran yevropo’ i Ameriki 1945-2000 Izd-vo «Prostor» M., 2002g.

Download 26,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish