Brakeraj komissiya raisi: M.Yusupova tashkilot hamshirasi
Brakeraj komissiyasi a`zosi: S.Hoshimova tashkilot tarbiyachisi
Brakeraj komissiyasi a`zosi: N.Isroilova tashkilot oshpazi
Brakeraj komissiyasi a`zosi: ____________________________ tashkilot ota-onalardan tuzilgan Kuzatuv kengash raisi yoki (vakili)
Brakeraj komissiyasi a`zosi: _____________________________tashkilot ota-onalardan tuzilgan Kuzatuv kengashi vakili
Tashkilot hamshirasi M.Yusupova quyidagi javobgarliklar yuklatilsin.
DMTTda va SanQvaN 0016-21-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida ovqatlantirish ishlarini talab darajasida olib borish, har 10 kunda oziq-ovqatlar bilan ta`minlash darajasini taxlil qilib borish;
Tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat maxsulotlariga bo`lgan jismoniy ehtiyojni va ovqatlanish me`yorlarini hisobga olgan holda mavsumiy, namunaviy 10 kunlik taomnoma asosida ishlash Marhamat tuman SEO va JS xizmati hamda Marhamat tuman Maktabgacha ta`lim bo`limidan tasdiqlatish;
Ota-onalar burchagiga har kuni taomnomani ilib qo`yish;
Turli yoshdagi bolalarga mo`ljallangan, ularning sog`ligini hisobga olgan holda tayyorlanadigan taomlar ko`rsatilgan kundalik na`munaviy taomnoma va talabnoma tayyorlash;
Ovqatlarning to`g`ri kulinariya ishlovidan o`tish, taomlarning chiqarilishini va mazasini nazorat qilish;
Maxsulotlarning saqlanishi va iste’molga berilishi muddatiga amal qilinishini nazorat qilish;
Taom mazasini tatib ko‘rish va maxsus brakeraj jurnaliga “Tayyor taomlar”da tayyorlangan taomlarga baxo berish va ularni tarbiyalanuvchilarga berishga ruxsat berish va imzolash;
Tashkilotda tayyorlangan barcha maxsulotlarning kunlik na`munalarini olish va ularni to`g`ri saqlash;
Yig‘ma hisob vedomostida ovqatlarning tarkibiy qismlari hisobini, ularning kaloriyasini oylik hisobini olib borish;
Oziq-ovqat bo‘linmasining sanitariya xolati, uning uskunalari, jixozlari, idish- tovog‘i, ularning saqlanishi, nomlanishi, o‘z o‘rnida ishlatilishi, ishlov berilishi ustidan nazorat olib borish;
Tez buziluvchi mahsulotlarni foydalanishda belgilangan talablarga qat`iy amal qilish;
Tashkilotga kelgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini o`rganish (organoleptic usulda xid, ko`rish, iste`molga yaroqliligini aniqlash) sifati to`g`risida ma`lumnotlarni kiritib borish va imzolash;
Keltirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xujjatlar (yuk xati, muvofiqlik va gigiyenik sertifikatlari, veterinariya ko`rigidan o`tganligi to`g`risidagi xujjatlar) bilan tashkilotga keltirilgan maxsulotlarning mosligini o`rganish;
Ovqatdan olingan sinama toza idishga solinib idishning ustki qismiga olgan hamshiraning ismi-sharif, imzosi, taomning nomi, tayyorlangan taom turi va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, ruhsat berilganligi haqidagi ma`lumotlar qayd etilishini, sovutgich yoki sinama sifatiga ta`sir qilmaydigan sharoitda to`liq bir sutka (24 soat) saqlash;
Kunlik ovqatlantirish jarayonini nazoratga olish;
Taomnomani bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik o`rtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilganholda ikki nusxada tuzish;
Oshxonaga maxsus kiyimsiz va tibbiy ko`rikdan o`tmagan shaxslarni ishlashga va kirishga ruxsat etmaslik;
Oziq-ovqat maxsulotlarini sifati pastligi, oshxona xodimlarining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinmasligi, tayyor taomlarni vazni, tarkibi taomnomaga muvofiq bo`lmagan xollarda oshxona va omborxona xodimlari ishtirokida xolat yuzasidan dalolatnomalar rasmiylashtirish va tashkilot direktoriga topshirish;
Tashkilot direktori chora ko`rmagan xollarda tizimdagi yuqori tashkilotlar (tuman(shaxar) maktabgacha ta`lim bo`limi, viloyat maktabgacha ta`lim boshqarmasi)ga murojat qilish;
Tashkilot tarbiyachisi S.Hoshimovaga quyidagi javobgarliklar yuklatilsin.
Keltirayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining (yuk xati, muvofiqlik va gigiyenik sertifikatlari, veterinariya ko`rigidan o`tganligi to`g`risidagi) xujjatlar bilan tashkilotga keltirilgan maxsulotlarning mosligini o`rganish;
Bolalarni sog`lom ovqatlantirishni ta`minlash;
Ovqatlanish sanitariya-gigiyena shartlariga rioya qilish;
Bolalarda o`z-o`ziga xizmat qilish va estetik qoidalarni shakllantirish;
Guruhda ichimlik suvi bilan ta`minlash rejimini tashkillash, ichimlik suvi sifatini nazorat qilish;
Tashkilot oshpazi N.Isroilovaga quyidagi javobgarliklar yuklatilsin.
Ovqatlanish bo`linmasidagi idish-tovoqlarni, jihozlarni butligini saqlash, nomlash va belgilangan maqsadda foydalanish;
Barcha taomlar, salatlar, ichimliklarni SanQvaN 0016-21 talablariga mos ravishda to`g`ri tayyorlash;
Xo`jalik mudiri va hamshira birgalikda xilma-xil taomlar tuzish;
Tashkilot xamshirasi tomonidan tayyor ovqatni sinama olib ruhsat etilgandan so`ngina tarqatish;
Tayyor ovqatni pishgandan so`ng qaynoq plitada bo`lish vaqtiga (2soatgacha) amal qilish, bir kun oldingi ovqatlarni qayta isitmaslik, qoldiqlaridan foydalanmaslik;
Barcha oziq-ovqat maxsulotlari vaznini taomnomaga muvofiqligini ko`rib qabul qilish va taomnomaga muvofiq taom tayyorlash;
Keltirilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining (yuk xati, muvofiqlik va gigiyenik sertifikatlari, veterinariya ko`rigidan o`tganligi to`g`risidagi) xujjatlari bilan tashkilotga keltirilgan maxsulotlarning mosligini o`rganish;
Tashkilotda SanQvaN 0016-21-sonli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari 12-ilovasida ko`rsatilgan ruxsat etilmagan oziq-ovqat maxsulotlaridan foydalanmaslik;
Oshxonaga maxsus kiyimsiz va tibbiy ko`rikdan o`tmagan shaxslarni kirishga ruxsat bermaslik;
Tashkilot ota-onalardan tuzilgan Kuzatuv kengashi raisi yoki vakili ____________________________ va _______________________________larga
Keltirilayotgan oziq-ovqat maxsulotlarining (yuk xati, muvofiqlik va gigiyenik sertifikatlari, veterinariya ko`rigidan o`tganligi to`g`risidagi) xujjatlari bilan tashkilotga keltirilgan mahsulotning mosligini o`rganish;
Oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda o`rganib nazorat qilish;
Mahsulotlarga termik ishlov berish va mazali taomlar tayyorlash texnologiyalari asosida tayyorlanishini nazorat qilish;
Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarning sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruhsat berilganligi haqidagi ma`lumotlar belgilangan tartibda to`ldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanishini nazorat qilish;
Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigyena normativlari asosida to`g`ri tuzilganligi hamshira va maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori tomonidan imzo bilan tasdiqlanishini nazorat qilish;
Oshxona xodimlarining kiyinish va sog`ligi hamda sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin;
7. Ushbu buyruq ijrosi bo`yicha umumiy nazoratni o`z zimmamda qoldiraman.
9-DMTT direktori: I.Karimjonova
Do'stlaringiz bilan baham: |