Bog'liq Andijon qo’zg’alonini manbalarda yoritish ,
Yarim soat davom etgan qattiq jangdan soʻng jangovar tayyorgarligi durust boʻlmagan va qurol-yarogʻi nochor qoʻzgʻolonchilar guruhi toʻqnashuv joyida oʻlgan 11 nafar va yarador boʻlgan 8 nafar odamlarini qoldirib chekinishadi.Margʻilon va Oʻsh uyezdlaridagi harbiy garnizonlarga hujum uyushtirish rejalari esa amalga oshmay qoladi, chun-ki chor amaddorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarni koʻrib ulguradilar. Oʻsh uyezdida mustabid hukumatga sotilgan xoin – uyezd ming-boshisi Qorabek Hasanov oʻz xalqiga xiyo-nat qilib, mustamlakachilarning harbiy kuchlariga qarshi tayyorlanayotgan hujum haqida podpolkovnik Zaysevga xabar yet-kazadi. Bu voqeadan xabar topgan Umar-bek dodxoh yaxshi qurollanmagan xalqni qurollangan, shay turgan harbiylarga qarshi qoʻzgʻolonga boshlashga jur’at et-maydi.Margʻilon harbiy lageriga hujum ham amalga oshmadi. 17-may kuni kechqurun belgilangan joyga odam toʻplanmadi.

Buning ustiga shu kuni yakshanba, ya’ni dam olish kuni boʻlib, harbiy lagerda qandaydir marosim boʻlayotgandi. Bunday vaziyatda hujum boshlash xatarli edi. Shu bois Inoyatxon Toʻra oʻz odamlari bilan An-dijonga joʻnab ketgan qoʻzgʻolonchilarni quvib yetib, ular safiga qoʻshiladi.Qoʻzgʻolon haqidagi xabarlar Na-mangan uyezdi va Yettisuv viloyatiga ham yetib bordi va bu yerdagi aholi to-monidan qoʻllab-quvvatlandi. Yettisuv viloyatining Avliyoota uyezdida Shodi-bek xalfa ismli eshon boshchiligida toʻplangan yuzdan ortiq odamlar dovonlar qordan biroz tozalangach, Andijon tomon harakat qildilar. Bundan xabar topgan mustabid hukumat qoʻshinlari Namangan va Andijondan ularga qarshi yurdilar va oradan besh kun oʻtgach, Sho-dibek xalfani 23 nafar odami bilan qoʻlga oddilar. Namanganda harbiylar yashi-rin ravishda togʻ soʻqmoqlarini kezib, 29 nafar qoʻzgʻolonchini, shular qatori 4 boshligʻini ham ushlashdi. Oʻsha kunlarda Yettisuv viloyatining Prjevalsk va Bishkek uyezdlarida, Sirdaryo viloya-tining Xovos temir yoʻl bekatida ham mirshablar bilan mahalliy aholi oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi.Andijondagi qoʻzgʻolondan xabar topgan Chor Rossiyasi hukmdori Niko-lay II qoʻzgʻolonchilardan shafqatsiz oʻch olishni buyuradi. Bu ishga rahbarlik qilish oʻta shovinist sifatida dong ta-ratgan Sirdaryo viloyati harbiy guber-natori Andijon qoʻzgʻoloni Korolkovga topshiriladi. Mustamlakachilar Andijon qoʻzgʻoloni munosabati bilan butun Fargʻona vodiysida dahshatli qatagʻon uyushtirdilar.