3. Bu tashkiliy-institutsional keys bo’lib, korxonaning real faoliyati asosida ishlab chiqilmagan.
4. Ushbu keys, xona tadqiqotlariga asoslangan, syujet toifadagi keysga kiradi. Keys ob’ekti “Fayz” xolding kompaniyasi hisoblanadi. Keltirilgan vaziyatlarda kompaniyaning boshqaruv hisobi ma’lumotlari o’zgartirilgan holda berilgan. Bu keys strukturali va kichik hajmdagi keys-topshiriq hisoblanadi.
5. Didaktik maqsadlari bo’yicha - trening keysi hisoblanib, amaliy mashg’ulot davomida berilgan mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlashga mo’ljallangan. SHu boisdan, keysda alohida vaziyatda vujudga kelgan muammoni tahlil qilib, ijobiy hal qilish uchun vazifalar, uni yechish ketma-ketligi, axborot manbalari berilgan.
6. Keysning asosiy axborot manbasi sifatida “Fayz” xolding kompaniyasining 2006 yilgi boshqaruv hisobi ma’lumotlaridan foydalanildi.
7. Ushbu keysdan – “Boshqaruv hisobi”, “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, “Tashqi iqtisodiy faoliyatda boshqaruv hisobi” fanlaridan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
II.Talabalar uchun uslubiy ko’rsatmalar..............................................
6
III.Amaliy mashg’ulotlarda vaziyatli holatni yechish bo’yicha o’qitish texnologiyasi..................................................................................................
8
IV.Keysologning javob varianti.................................................................
11
Kirish Respublikamizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur me’yoriy-xuquqiy asoslarning yaratilgani muhim ahamiyatga ega. Sub’ektlarning samarali faoliyat ko’rsatishi esa, xaqiqiy iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini mustahkamlash va qiymati bo’yicha tutgan o’rnini saqlashni ta’minlaydigan boshqaruv faoliyatiga bog’liqdir.
Har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishbilarmonlik faoliyati yuzasidan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda biznes reja, me’yoriy, texnologik, hisob va analitik ma’lumotlarga asoslanadi. Boshqaruvning asosi bo’lgan nazorat va tartibga solish biznes-reja ma’lumotlari bilan tezkor hisob ma’lumotlarini taqqoslash natijasidagina amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlarining natijalarini baholash va ularning bajarilishining ma’sulligini faqatgina ichki hisobot ma’lumotlariga asosan amalga oshiriladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt kelgusidagi rivojlanishini rejalashtirish va muqobillashtirish o’ziga hos usullar yordamida hisoblangan analitik hisoblashlarga asoslanadi.
Boshqaruv nazorati xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’yicha, uning bo’linmalari va bo’linmalarining ichki bo’laklarida faoliyatlarini boshqarish, rejalashtirish va nazorat qilishga yordam beradigan usul va uslublarning yig’indisidan tashkil topgan. Ushbu nazorat tizimiga misol qilib uning byudjetini tuzish, hisobotni taqdim qilish va xarajatlarning me’yoriy hisobini tashkil qilish va yuritishni kiritish mumkin.
Mazkur keys “Fayz” xolding kompaniyasining boshqaruv hisobi ma’lumotlari asosida yangi mahsulot turini ishlab chiqarishni rejalashtirish hamda u asosda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun manba ma’lumotlarini yaratishga imkon beradi.
Berilgan keysni yechish natijasida quyidagi o’quv natijalariga erishish mumkin:
muammoni alohida va guruhlar bo’yicha o’rganish hamda ularni baholash;
mustaqil qaror qabul qilishni o’rganish;
o’quv ma’lumotlarini o’rganish darajasini tekshirish.
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda yangi mahsulot turini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar hisobini to’g’ri yuritish va u asosda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishni o’rganish.
”Fayz” xolding kompaniyasidagi vaziyat Kompaniya rahbariyati hisobot davrida ofislarda foydalanish uchun mo’ljallangan yangi ko’rinishdagi stol ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu stolning avzalligi, undagi mahsus jihozlarning qulay joylashtirilganligidadir. Bu ushbu stoldan ham ofis, ham kompьyuter stoli sifatida foydalanish imkonini beradi.
Mazkur mahsulotning keng imkoniyatlaridan kelib chiqib, unga katta talab bo’lishi kutilmoqda. Marketing tadqiqotlari natijasiga ko’ra, ushbu mahsulotga bo’ladigan yillik o’rtacha talab miqdori 2400 donani tashkil etadi.
SHu miqdordagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun quyidagi xarajatlarni amalga oshirish kutilmoqda: