5.1. Boshqaruv qarorini qabul qilish jarayoniga relevant yondo-shish quyidagima’lumotlardan foydalanishni taqozo qiladi:
a: kutilayotgan daromadlar va sarflar to’g’risida
v: me’yoriy xarajatlar to’g’risida
d: xaqiqiy xarajatlar to’g’risida
e: marjinal daromadlar to’g’risida
5.2. Agarda ishlab chiqari lgan mahsulotning sotish bahosi 600 so’m, birlik mahsulotning tannarxida o’zgaruvchan xarajatlar 400 so’m va ushbu davrda doimiy xarajatlar 10000 so’mni tashkil qilsa, ishlab chiqari lgan mahsulot hajmining chegarasi nimaga teng?
a: 5000 birlikka
v: 10000 birlikka
d: 8000 birlikka
e: 6000 birlikka teng.
5.3. Agarda xarajatlar yuqorida keltirilgan ko’rsatkichlarda bo’lsa, 20000 so’m foyda olish uchun qancha birlikda mahsulot ishlab chiqa-rish va sotish kerak bo’ladi?
a: 10000 birlik
v: 15000 birlik
d: 19000 birlik
e: 20000 birlik
5.4. 5.2-testda keltirilgan xarajatlar sarflangan holatda 10000 dona mahsulotni sotib 30000 so’m foyda olish uchun qancha birlikda mahsulot ishlab chiqarish va sotish kerak bo’ladi?
a: 800 so’m
v: 1000 so’m
d: 500 so’m
e: 700 so’m
5.5. 5.2 - testdagi keltirilgan xarajatlar sarflangan holatda sub’ekt 6500 dona mahsulot sotsa oladigan foydasi:
a: 5000 so’mga
v: 3000 so’mga
d: 9000 so’mga
e: 6000 so’mga teng bo’ladi.
5.6. Ishlab chiqarish hajmini 10% ga oshirish natijasida ishlab chiqarishning o’zgaruvchan xarajatlari xam 10% ga oshsa:
a: xarajatlarning degressiv ko’rinishi
v: xarajatlarning progressiv ko’rinishi
d: xarajatlarning mutanosiblik ko’rinishi
e: xarajatlarning mustaqillik ko’rinishi deyiladi.
5.7. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt sotilgan mahsulotining tannar-xini 2 mln so’m qilib rejalashtirgan. SHunda doimiy xarajatlar 400 ming so’mni tashkil qiladi va o’zgaruvchan xarajatlar esa sotilgan mahsulotning hajmida 75% tashkil qiladi. Ushbu holatda sotish hajmini qanday rejalashtirilish lozim bo’ladi?
a: 2133333 so’m
v: 2400000 so’m
d: 2666667 so’m
e: 3200000 so’m
5.8. Ishlab chiqarish quvvatlarini to’liqyuklanmaslik sharoitida qo’shimcha buyurtmalarni olish to’g’risidagi qarorlar:
a: ishlab chiqarish tannarxi to’g’risidagi
v: to’liqtannarx to’g’risidagi
d: o’zgaruvchan tannarx to’g’risidagi
e: har bir sharoitdan kelib chiqqan holda ushbu ma’lumotlarga asoslangan holda qabul qilinadi.
5.9. Sub’ekt elektr lampochkalarini ishlab chiqaradi. Tannarxdagi o’zgaruvchan xarajatlar 50 so’mni, doimiy xarajatlar esa 1 mln so’mni tashkil qiladi. Ushbu lampochkalarni sotish bahosi to’liqtannarxga va 10% ustamaga asoslangan holda o’rnatiladi. Ishlab chiqarish hajmi 100000 dona bo’lganda ushbu elektr lampochkalar-ning bahosi:
a: 70 so’mga
v: 66 so’mga
d: 58 so’mga
e: 75 so’mga teng bo’ladi.
5.10. Sub’ektlarning foyda to’g’risidagi hisobotida quyidagiko’rsatkichlar mavjud:
- sotish hajmi 2 mln so’m
- ishlab chiqarish xarajatlari 800 ming so’m (shundan ishlab chi-qarish ustama sarflari 40% ni tashkil qiladi)
- tijorat va ma’muriy xarajatlar 1 mln so’m (shundan o’zgaruvchan xarajatlar 60 % ni tashkil qiladi).
Ushbu ma’lumotlardan kelib chiqib va moddiy zaxiralarni inkor qilgan holda marjinal daromadning summasi hisoblab chiqilsin.
a: 920000 so’m
v: 1080000 so’m
d: 1200000 so’m
e: 1300000 so’m
5.11. Marjinal daromad:
a: mahsulotlarni sotishdan olingan daromad summasidan uning o’zgaruvchan xarajatlarining farqi
v: doimiy xarajatlar va foyda summasi
d: mahsulotlarnisotishdanolingandaromadsummasidanishlabchiqarishtannarxinichegirishyo’libilan
e: olingan daromad summasidan to’liqtannarx summasini chegirish yo’li bilan aniqlanadi.