Soliq solinadigan baza, agar boshqa tartib belgilanmagan bo’lsa, realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmagan holda belgilanadi.
2000 yildan hozirgi kungacha Soliq kodeksiga ko’ra respublikamizda 20 foizli va “0” foizli stavka qo’llanilib kelinmoqda. Umuman olganda “0” stavka deganda korxona ishlab chiqarayotgan tovarlarning (bajarilgan ish, xizmatlarning) qiymatiga qo’shilgan qiymat solig’i qo’llanilmaydi, ya’ni “nolь” ga teng deganini anglatadi.
Korxonalar nolь darajali stavka bo’yicha soliqqa tortiladigan mahsulotlarga qo’shilgan qiymat solig’ini "0" stavkasi bo’yicha hisoblaydilar va ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy resurslar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i summasini hisobga olish uchun qabul qiladilar. Qo’shilgan qiymat solig’i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = Say x S / 100; (1),
bunda: Sqqs - iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi;
Say - soliqqa tortiladigan aylanma;
S - qo’shilgan qiymat solig’i stavkasi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’ini o’z ichiga olgan narxlar va tariflar bo’yicha sotilganida - soliq quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Sqqs = Tq x S / (S + 100); (2),
bunda: Tq - qo’shilgan qiymat solig’i ham hisobga olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati.
Soliq qonunchiligida ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan yoki qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotadigan korxonalar yerkin (shartnomaviy) narx va tarifga qo’shilgan qiymat solig’i summasini qo’shmaydilar. SHunga o’xshash tartib amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq solishning alohida tartibi ko’zda tutilgan yuridik shaxslarga nisbatan ham qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblab chiqarish uchun asos bojxona qonunlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati hisoblanadi.
Tovarlar importi bo’yicha soliq solinadigan oborot hajmiga bojxona qiymati bilan bir qatorda bojxona boji summasi va aktsiz solig’i summasi (aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha) kiritiladi.
Import qilinadigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi:
Sqqs = (Sb+Bb+As) x S/100,
bu yerda: S qqs - qo’shilgan qiymat solig’i summasi;
Sb - import qilinadigan tovarning bojxona qiymati;
Bb - bojxona boji summasi;
As - aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i summasi;
S - qo’shilgan qiymat solig’ining foizlardagi stavkasi.
Import qilinadigan ishlar, xizmatlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i ishlar, xizmatlar bajarilganligi dalilini tasdiqlovchi hujjatlar (dalolatnoma, ma’lumotnoma yoki boshqa hujjatlar) asosida quyidagi formula bo’yicha hisoblab chiqariladi:
Cqqs = S x N/100,
bu yerda: Sqqs - qo’shilgan qiymat solig’i summasi;
S - dalolatnoma, ma’lumotnoma yoki boshqa hujjatlarga ko’ra tasdiqlanadigan, import qilinadigan ishlar, xizmatlar qiymati;
N - qo’shilgan qiymat solig’ining foizlardagi stavkasi.
O’zbekiston Respublikasi soliq tizimidagi muhim o’ringa ega bo’lgan soliqlardan biri aktsiz solig’idir. Ushbu soliq 1992 yilda milliy soliq tizimiga joriy qilingan. Aktsiz solig’ining xususiyatli jihatlaridan biri aktsiz solig’i bilvosita soliq hisoblanadi. Uning qo’shilgan qimat solig’idan farqli jihati, aktsiz solig’i ayrim tovarlarga joriy qilingan ya’ni aktsizosti tovarlarga nisbatan joriy qilingan.
Aktsiz solig’i qo’shilgan qiymat solig’iga tortiladigan bazada va narxda hisobga olinadigan yuklab jo’natilgan tovarlar qiymatining bir qismini egri soliq sifatida byudjetga undirish shakli hisoblanadi.
Aktsizlanadigan tovarlar ishlab chiqaradigan, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslar aktsiz solig’i to’lovchilari hisoblanadi.
Aktsiz solig’i to’lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:
O’zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig’i solinadigan tovarlarni (aktsiz to’lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga aktsiz to’lanadigan tovarlarni import qiluvchilar;
oddiy shirkat aktsiz to’lanadigan tovar ishlab chiqargan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasining oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan sherigi (ishtirokchisi).
Aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Aktsiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov birligiga mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi.
Aktsiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizatsiya qilingan aktsiz to’lanadigan tovarlarning aktsiz solig’i hamda qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati soliq solinadigan bazadir.
Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarilishi, import qilinishi, saqlanishi, tashilishi va sotilishi ustidan davlat nazoratini o’rnatish, shuningdek aktsiz solig’i to’liq undirilishi, ko’rsatilgan tovarlarni yashirincha ishlab chiqarish yoki O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelishning oldini olish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 285-son “O’zbekiston Respublikasi hududida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aktsiz markalarini joriy etish tartibi to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 1996 yil 1 oktyabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kelinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarni, pivodan tashqari, majburiy tarzda belgilangan namunadagi aktsiz markalari bilan markalash joriy etildi va ularni aktsiz markalarini yopishtirmasdan O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish ta’qiqlandi.
Aktsiz solig’ini hisoblashda yuqorida keltirilgan aktsiz solig’i bazasini aniqlash asos bo’lib xizmat qiladi.
Aktsiz solig’i summasi quyidagi formulalar bo’yicha aniqlanadi:
Suvsiz etil spirtining 1 litri uchun aktsiz solig’ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot bo’yicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot (kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari):
Do'stlaringiz bilan baham: |