O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi
O‘zbekiston Milliy universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi S21U-21
guruh talabasi Ismoilov Sardorning Iqtisodiy
nazariya fanidan yozgan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zbekistonda soliq tizimi va uning takomillashtirish
Bajardi: ISMOILOV SARDOR
Tekshirdi: _______________
Toshkent-2022 yil
Reja:
Kirish
1.O’zbekistonda soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
2.O’zbekistonda Soliq elementlari
3. O'zbekiston soliq siyosatining mazmuni, strategiyasi va taktikasi.
4.O’zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uning huquqiy asoslari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi va uning tarkibi
Soliq tizimi – bu mamlakatda undirilishi ko‘zda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek, soliqlarni belgilash, o‘zgartish, bekor qilish, undirish, to‘lash va nazorat qilish tamoyillari, shakllari va usullari yig‘indisidir.
Sobiq SSSR hududida fiskal xususiyatga ega bo‘lgan yagona tizim amalda edi. Uning elementlari bo‘lib asosan aholidan olinadigan soliqlar, mablag‘ aylanishidan soliqlar va boshqalar xizmat qilar edi.
Mustaqillikka erishilgach, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadigan soliqlarni shakllantirishni ta’minlovchi yangi mustaqil soliq tizimi tashkil etildi.
Mamlakatimizda yangi soliq tizimining asoslari 1992 - yilgi iqtisodiy islohot tomonidan barpo etilgan edi. Bu islohotning eng muhim natijasi bo‘lib, mablag‘ aylanmasidan soliq va sotuvdan soliq o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘ining kiritilishi bo‘ldi.
Bu davrda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish hamda ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar zaruratini hisobga olib, soliq tizimi davlat tomonidan soliqqa tortish bazasini kengaytirish va anchagina baland soliq stavkalarini qo‘llash yo‘li bilan zaruriy daromadlarni topishga qaratilgan edi. Ammo shu bilan birga, amaldagi baland soliq stavkalariga nisbatan juda ko‘plab samaradorlik darajasi past bo‘lgan soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimiga sezilarli o‘zgartishlar soliq islohotlarining 1995-1997- yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqichida kiritildi.
Bu davrda amalga kiritilgan soliq tizimi konsepsiyasida yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladigan soliq yukini pasaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi ta‘sirini oshirish, budjet daromadlari tuzilmasini tabiiy resurslardan, mol-mulkdan va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar ulushini oshirish hisobiga takomillashtirish ko‘zda tutilgan edi.
Bu konsepsiyani ilgari qo‘llanib kelingan foyda solig‘i o‘rniga daromadga soliqni kiritish, asosiy soliq turlari bo‘yicha soliq stavkalarini pasaytirish, resurs soliqlarining soliqqa tortish bazasini kengaytirish yo‘li bilan amalga oshirildi.
Hozir davom etib kelayotgan soliq islohotlarining uchinchi bosqichida 1998 - yilda Soliq kodeksi qabul qilingan bo‘lib, unda soliq tizimini tashkil etishning asosiy tamoyillari belgilab berilgan edi.
2008 - yilda yangi Soliq kodeksi amalga kiritilishi natijasida soliq sohasidagi barcha me‘yorlarni yagona hujjatga yig‘ish, daromadlarni, mol-mulkni, qo‘shilgan qiymatni soliqqa tortish va hisob-kitob qilish tizimini tartibga solish imkoniyati tug‘ildi.
Bu bosqichda O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi “soliq iqlimi”ni tashkil qilish maqsadida iqtisodiy islohotlar jarayonini me`yoriy - huquqiy ta’minlashni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan edi. Kichik biznes subyektlari bir nechta umumdavlat va mahalliy soliqlar va yig‘imlar hamda davlatning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armalari o‘rniga faqat bitta – yagona soliq to‘lovini to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Hozirgi paytda soliq tizimini takomillashtirish asosiga Prezidentimiz tomonidan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’sirini bartaraf etishga, jamiyat hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirishga, iqtisodiy islohotlar yo‘lidan olg‘a yurishga qaratilgan vazifalar qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |