Dt Yakuniy moliyaviy natija - 99115 co’m
Kt Taqsimlanmagan foyda -99115 co’m
Boshqaruv hisobini tashkil etish
|
1. Boshqaruv hisobining predmeti va usullari. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari. Boshqaruv hisob va moliyaviy hisob orasidagi farqlar. Menejmentda boshqaruv hisobi.
|
2. Boshqaruv va moliyaviy hisoblarining schyotlarida xo’jalik muomalalarini qayd qilish. Xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish tizimini turkumlash. Mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilishning oddiy, buyurtmali, me’yoriy va jarayonli usullari.
|
3. Standart-kost (Standart costs) tizimi bo’yicha mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish. Direkt-kosting tizimi bo’yicha sarflangan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish
|
Boshqaruv hisobining predmeti va usullari. Boshqaruv hisobini tashkil qilishning avtonom va integrallashgan usullari. Boshqaruv hisob va moliyaviy hisob orasidagi farqlar. Menejmentda boshqaruv hisobi
Mamlakatimizda yuzaga kelayotgan bozor munosabatlariga asoslangan yangi iqtisodiy tizim boshqaruvning iqtisodiy dastaklari hisoblangan hisob va nazorat bo’yicha sifat o’zgarishlarining amalga oshishiga sabab bo’lmokda. Bozorga yo’naltirilgan korxonalarning yuzaga kelishi bilan iqtisodiy hayotimizga «boshqaruv hisobi» deb atalgan yangi tushuncha ham kirib keldi.
«Boshqaruv hisobi» deganda kompaniyaning turli bo’lim va xizmatlaridan kelib tushayotgan axborotlarni joriy va uzoq muddatli boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida saralash, yig’ish, ro’yxatga olish, umumlashtirish, tahlil qilish va ichki foydalanuvchilarga etkazib berish bilan bog’liq jarayon tushuniladi.
To’g’ri tashkil qilingan boshqaruv hisobi kompaniya faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, kelgusi ishlarini rejalashtirish, yuzaga kelayotgan imkoniyatlarni asosli tarzda baholash va boshqaruv qarorlarining bajarilishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. Demak, boshqaruv hisobi menejerlarga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha axborotlar etkazib berish uchun mo’ljallangan:
■ rejalashtirish:
■ nazorat:
■ natijalarni baholash:
■ qarorlar qabul qilish:
Zamonaviy boshqaruv hisobining ikkita asosiy xususiyatini ajratib ko’rsatish mumkin:
1.Axborotning foydalanuvchisiga moslanuvchanligi.
2.Ma’lumotlarni tezkor tarzda etkazib berishi.
Boshqaruv hisobining ma’lumotlari odatda korxonaning tijorat sirini tashkil kiladi va ular xuffiy tafsilotga ega bo’lganliklari uchun ham ommaviy axborot vositalarida eьlon qilinmaydi.
Boshqaruv hisobining maqsadi - korxona resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash orqali korxona foydasini ko’paytirishdan iborat
Boshqaruv hisobining o’rta korxonalarda tashkil kilinishi mumkinligini inkor kilmagan holda, u iqtisodiy ko’lami katta bo’lgan korxonalarda sezilarli samara berishi mumkinligini ta’kidlash lozim.
Rivojlanishning hozirgi bosqichida boshqaruv hisobining oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan:
▪ bir necha xuquqiy shaxslar va tarkibiy bo’linmalardan iborat bo’lgan biznesning
umumlashgan natijalari to’g’risida rahbariyatni axborot bilan ta’minlab turish;
▪ biznes tarkibiga kirgan bo’linmalar o’rtasida qanday taqsimlanganligidan qat’iy nazar alohida olingan yo’nalishlar (faoliyat turlari,tovarlar guruhi) natijalarini aks ettirish;
▪ alohida olingan mas’uliyat markazlari (sho’ba korxonalar,filiallar,
tsexlar,bo’linmalar va x.k.lar) faoliyatini tahlil qilish va ularga baho berish;
▪ xarajat markazlari bo’yicha hisobni tashkil qilish orqali moddiy, moliyaviy va mehnat sarflari ustidan nazoratni olib borish;
▪ mahsulot tannarxini oqilona kalkulyatsiya qilinishini ta’minlash;
▪ xarajatlarni kalkulyatsiya ob’ektlari o’rtasida to’gri taqsimlanishini ta’minlash maqsadida optimal taqsimot bazasini aniqlash;
▪ kompaniya biznesining hozirgi kundagi kamchilik va muammolarini ko’rsatib berish;
▪ kompaniya biznesining kelgusida rivojlanishi to’skin bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash;
▪ o’zgarish sur’atlarini o’rganib borish maqsadida korxonaning daromadlari va xarajatlari to’grisidagi statistik ma’lumotlarni yigib borish;
▪ joriy va uzoq kelajak uchun rejalashtirishni amalga oshirish va byudjetning bajarilishi ustidan nazoratni o’rnatish;
▪ boshqaruv hisobi natijalarini moliyaviy hisob ma’lumotlari bilan solishtirib borish va h.k.
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil qilish, uning ko’lamini aniqlash rahbariyat ixtiyoridagi holat hisoblanadi. Korxonada boshqaruv hisobini tashkil qi-lishning zarurligi quyidagi holatlarda namoen bo’ladi:
▪ rahbariyat doimo o’z biznesining holati va uning kelajakda uchrashi mumkin bo’lgan muammolari to’g’risida to’liq va to’g’ri ma’lumotga ega bulishni xohlaydi. Kor-xonalarda anьanaviy tarzda yuritilayotgan buxgalteriya hisobi esa bu talabga to’liq tarzda javob bera olmaydi;
▪ rahbariyat biror bir masala bo’yicha ma’lumot olish uchun bir necha bo’limga murojaat qilishga majbur bo’ladi. Masalan, debitorlik qarzlari to’g’risidagi ma’lumotlar korxonaning moliya bo’limi, eksport bo’limi,tijorat bo’limi va uy-joy kommunal bo’limida saqlanishi mumkin;
▪ boshqaruvning ayrim funktsiyalari bajarilmasligi natijasida uning samaradorligining pasayishi yuz beradi. Masalan, xarajatlar tahlili, pul oqimlari tahlili, debitorlik qarzlarini yig’ish ma’lumotlarini o’z vaqtida tahlil qilib boril-masligi va h.k. Buning natijasida korxona moliyaviy qiyinchilik holatida ham mablag’lar jalb qilishning qimmatli usullaridan foydalanishga majbur bo’ladi, muddati o’tgan, to’lanishi dargumon bo’lgan debitorlik qarzlari yuzaga keladi;
▪ bo’limlar o’rtasida majburiyat va mas’uliyatni to’g’ri taqsimlanishdagi noaniqlik ular o’rtasida nizolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi va buning natijasida ayrim xo’jalik muomalalari nazoratsiz qolib ketadi. Masalan, hisobchilar ayrim xo’jalik muomalalari bo’yicha buni boshqa bo’lim amalga oshirishi lozim deb hisoblab o’zaro tekshiruvlarni amalga oshirmaydilar
▪ hujjatlar aylanishiga hamma vaqt ham rioya qilinmasligi, natijada jarimalarning yuzaga kelishi, soliklarning noto’g’ri hisoblanishi va boshka moliyaviy yuqotishlar paydo bo’lishi mumkin. Masalan, korxona hisobchilari ayrim bo’limlar tomonidan o’z vaqtida tegishli hujjatlarni taqdim qilinmaganligi natijasida oy oxirida hisobvaraqlarni berkita olmasliklari mumkin.
▪ korxona bo’linmalari bo’yicha aniq ma’lumotlarning mavjud emasligi. Bu ularning har birini real holatini aniqlash va faoliyat natijalariga baho berish jarayonini qiyinlashtiradi va x.k.
Yuqorida keltirilgan va yana bir qator boshqa omillar korxonalarda boshqaruv hisobini u yoki bu darajada tashkil qilishni taqazo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |