Andijon mashinasozlik instituti "mashinasozlik texnologiyasi"


Chiqindili texnologiyalar va chiqindisiz texnologiyalar



Download 0,86 Mb.
bet22/54
Sana25.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#510551
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
Bog'liq
ekologiya

Chiqindili texnologiyalar va chiqindisiz texnologiyalar


Ilmiy-texnik taraqqiyot sanoat korxonalarida texnikani, ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirishda, ijtimoiy mehnat mahsuldorligining o’sishiga va ish sharoitlarining yaxshilanishiga olib keluvchi mehnatni va boshqarishni tashkil etishda namoyon bo’ladi. Texnologik jarayonlar o’zgaruvchan boiib, texnika taraqqiy etgan sari to’xtovsiz ravishda ratsionallashtirib boriladi.
Texnologik jarayonlarda chiqadigan chiqindilarni kamaytirish yoki atrof-muhitga zararsiz chiqindilarga aylantirish texnika taraqqiyotining asosiy vazifasi hisoblanadi. Har qanday yangi texnologiya o’lining yaratilish davrida uch asosiy bosqichdan o’tadi. Bular ilmiy-tadqiqot, loyiha-texnika jihatdan ishlab chiqarish, ishlab chiqarishda o’zlashtirish. Chiqindisiz texnologik jarayonlarni tadbiq etish, bu ijtimoiy-iqtisodiy muammo, ayniqsa kimyoviy texnologiyada judayam zarur hisoblanadi. Buning uchun mavjud texnologik jarayonlardan eng optimallarini tanlash va ishlab chiqarishda qoilash kerak. Mavjud davriy jarayonlardan uzluksiz jarayonlarga o’tish maqsadga muvofiq bo’ladi, sababi davriy jarayonlar natijasida chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash birmuncha qiyinchilik tug’diradi, uzluksiz jarayonlarni shunday tanlash kerak boiadiki, chiqadigan chiqindilarni boshqa texnologik jarayonda qoilash imkoniyati paydo boisin.Bunday jarayonlarni tadbiq etish natijasida chiqadigan chiqindilar miqdori kamayadi. Xom ashyodan kompleks foydalanish mumkin boiadi. Ishlab chiqarish jarayonlarini intensivlashtirish (buning uchun qurilmalami, katalizatorlarni, xom ashyolami yangi turlarini topish kerak bo’ladi). Qurilmalaming yakka quwatini oshirish(ishlab chiqarishda chiqindilarni kamaytirishdagi bu yoi asosan, mehnat qurollari va vositalarining konstruksiyalarini o’zgartirishdan iborat). Mustaqil Respublikamizda kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, transport va sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan qurilmalaming quwatini (hajmini) oshirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, hozirda qo’llanilayotgan bitta ammiak ishlab chiqarish qurilmasi, ilgari qoMlanilgan bir nechta qurilma o’mini egalladi. Qurilmalaming bir marta ishlab chiqarish quwatini oshirish, unga bo’Igan eksplutatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Masalan, 5000 m3 hajmli domna pechini qurish 5 ta 1000 m3 hajmli domna pechlari qurishga nisbatan 2,5 baravar arzon bo’lib,eksplutatsion xarajatlari esa ikki marta kamdir. Chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqarishda qo’llash bir necha yo’nalishda olib boriladi:

  • Suvni minimal talab qiluvchi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish.

  • Mavjud xom ashyolar o’rniga zaharsiz xom ashyolami qo’llash.

  • Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarda uchuvchan erituvchilardan tashqari, boshqa chiqindilarni minimumga keltirishga erishish.

  • Energo-texnologik sxemalarni qoilash kerak.

  • Yuqori samarali tozalash usullarini qo’llash kerak (oqava suvlarni, gazlarni va qattiq chiqindilarni tozalash uchun).

  • Chiqindisiz ishlab chiqarishda xom ashyodan va energiyadan maksimal va toiiq foydalanish kerak.

  • Jarayonning selektivligini oshirish uchun qo’shimcha moddalar va chiqindilarni zararsizlantirish, kamaytirish, texnologik jihozlami va tozalash usullarini yangilash kerak.

  • Agar mumkin boisa, suv aylanishidan maksimal foydalanish yoki oqava suvlarsiz (ishlab chiqarish davomida oqava suv chiqarmasdan) ishlab chiqarishga erishish kerak.

Ishlab chiqarishni intensifikasiyalash yo’llaridan biri energiya, xom ashyo, material, katalizatorlardan ratsional foydalanishdan iborat. Ba’zi bir apparatlarda, masalan, domna, koks, marten pechlarida muhim jarayonlarni shu apparatlardan chiqayotgan issiqlikni regeneratsiya qilmasdan amalga oshirish mumkin emas. Texnologik jarayon uchun zarur haroratni berish uchun, issiq gazlar regenerator orqali o’tkazilib, uning yordamida apparatga berilayotgan havo va gaz zarur haroratga qadar qizdirib olinadi, so’ngra yoqilg’i sifatida apparatga kiritiladi. Texnologik jarayonlaming gazsimon mahsulotlari va chiqindi gazlar utilizator qozonlari orqali chiqarilib, bug’ hosil qilishda ishlatiladi. Regeneratsiya va utilizatsiya natijasida jarayonning F.I.K.(foydali ish koefTitsienti)ortadi. Ayniqsa, katalizatorni doimiy ravishda regeneratsiya qilib turilishi shart, chunki ulaming faolligi texnologik jarayonlar natijasida juda tez pasayadi. Ular o’rniga yangisini qo’llay berish iqtisodiy jihatdan qulay emas. Regeneratsiya faqat iqtisodiy va texnologik jihatdan maqsadga muvofiq boimasdan, balki u ekologik ahamiyati jihatidan ham maqsadga juda muvofiqdir. Issiqlik va materiallarni tejash maqsadida ko’pgina texnologik jarayonlar qarama-qarshi oqimli apparatlarda o’tkaziladi. Qarama-qarshi oqim jarayonlarni tezlatish bilan birga, materiallar va issiqlikdan to’liq foydalanish imkonini beradi. Lekin shunday bo’lishiga qaramasdan, sanoatda ba’zan jarauonlar kam rentabelli hisoblangan to’g’ri oqimli prinsip asosida olib boriladi. Masalan, qayta ishlanayotgan materiallar yuqori harorat ta’sirida parchalanish xossasiga ega bo’Isa, bunday holatda qarama-qarshi oqimli prinsipni qoilab bo’lmaydi. Chunki apparatning pastki qismida harorat yuqori bo’ladi.
Materiallaming qayta ishlash soniga ko’ra jarayonlar orasi ochiq yoki to’g’ri aylanma, sirkulyatsion yoki siklik bo’lishi mumkin. Orasi ochiq yoki to’g’ri jarayonlarda materiallar apparatga faqat bir marta tushadi, aylanma sirkulyatsion yoki siklik jarayonlarda esa materiallar apparatga faqat bir marta tushadi ya’ni bunda reaksiyaga kirishmay qolgan qismi yangi qism materiallari bilan birgalikda yana apparatga tushiriladi.
Aylanma jarayonlar kimyo sanoatida juda keng qoilaniladi. Masalan, azot va vodorod aralashmasidan ammiak sintez qilishda boshlang’ich moddalar reaksiyaga toiiq kirishmaydi va ular yangi boshlang’ich moddalar bilan birgalikda yana apparatga kiritiladi.
Siklik va orasi ochiq jarayonlar ham to’g’ri oqimli va qarama- qarshi oqimli usullar bilan olib borilishi mumkin. Ko’pincha sanoat tarmoqlarida yuqorida keltirilgan jarayonlar birga olib boriladi.
Sanoatda ishlab chiqarishdan chiqqan materiallar ko’p hollarda ikkinchi marta ishlab chiqarishga kiritiladi. Regeneratsiya prinsipi (regeneretsiya atamasi
«regenevo» so’zidan olingan bo’lib, «qayta tiklash, qayta hosil qilish» demakdir). Masalan, Eski- rezina texnika mahsulotlari kislota va ishqorlar yordamida ishlanganda, uning tarkibidagi to’qima materiallar ajralib qoladi, eritmaga o’tgan rezina (regenerat) esa boshqa rezina mahsulotlari olishda xom ashyoga qo’shib
yuboriladi, yoki tabiiy gazlami kimyoviy yo’l bilan tozalshda soda eritmasidan foydaslaniladi, hosil bo’lgan eritma (NaHS+NaHCO3> qizdirilganda undan yana soda eritmasi hosil bo’ladi, bu eritma (NaHS+NaHCO3->NaCO3+H2S) ikkinchi marta ishlab chiqarishga kiritiladi, yoki ishdan chiqqan metall dctallarni u yoki bu yo’l bilan suyuqlantirib qaytadan yangi detallar ishlab chiqariladi. Faqat materiallar emas balki energiya ham regeneratsiyalanadi: ko’pgina texnologik jarayonlarda ishlab chiqarishdan chiqadigan gazlar issiqligidan keng foydalaniladi. Masalan, po’lat ishlab chiqarishda marten pechlarida, cho’yan ishlab chiqarishda domna pechlarida hosil bo’layotgan gazlardan ishlab chiqarishda takror foydalaniladi.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish