2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar
Ma’lumki, dunyodagi xar qanday suveren davlat jaxon hamjamiyatiga o‘zining tashqi siyosiy qarashlari, umumsayyoraviy muammolarga munosabatlari hamda azaliy munozara va muzokaralar ob’ekti bo‘lgan urush va tinchlik masalalariga yondashuvlari bilan kirib boradi. Bu borada O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq aniq siyosiy pozitsiyasini va tashqi siyosat borasidagi kontseptsiyasini bayon etdi. Jumladan, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekistonning tashqi siyosatini qonuniy asosda kafolatlab berdi. Uning 17-moddasida O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la xuquqli sub’ekti sifatida davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida va normalariga asoslanishi belgilab qo‘yildi. Davlatning, xalqning oliy manfaatlarini, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi, zarur bo‘lganda ulardan ajralib chiqishi mumkinligi Asosiy qonunda belgilab berildi.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston chindan ham jaxon hamjamiyatining eng siyosiy faol, xalqaro munosabatlarda o‘zini asosli, qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyasiga ega bo‘lgan davlat sifatida namoyon qildi. Bu O‘zbekistonning jaxon hamjamiyatidagi siyosiy mavqei va imidjini belgilab beradigan muxim omil sifatida o‘z kuch-qudratini ko‘rsatdi.
Vaqt o‘tgan sari umumdunyoviy siyosiy jarayonlar tobora faollashmoqda, yangidan-yangi muammolar davlatlararo, mintaqalararo va umumsayyoraviy miqyosda butunlay yangicha yondashuvlarni, siyosiy qarashlarni taqozo etmoqda. O‘zbekiston ana shu jarayonlarda, xalqaro munosabatlar va tashqi siyosatda o‘zining zamonaviy qarashlari va muammolar yechimini topishdagi o‘ziga xos yondashuvlari bilan o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon etmoqda. Bu xaqdagi xaqqoniy fikrlarni Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstituniyasining 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida yaqqol ko‘rish mumkin. Ushbu ma’ruzada Prezident O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining xozirgi zamon talablari va zamonaviy tsivilizatsiya extiyojlari nuqtai nazaridan aniq belgilab berdi. Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi siyosatida mustahkam izchillikning mavjudligi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boshlab bergan mustaqil taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosat davom etayotgani davlatimiz qudratining va siyosiy barqarorligining yorqin misolidir. Islom Karimov tamal toshini qo‘ygan va jaxon mexvarida butun saloxiyatiyu salobati va qudratini ko‘rsatayotgan O‘zbekiston davlatining tashqi siyosati zamonaviy talablar, bugungi extiyojlar va dunyoviy qarashlarning eng ilg‘or namunalari bilan boyitib borilmoqda. Demak, O‘zbekiston bugungi kunda o‘z Prezidenti III.M. Mirziyoev raxbarligida o‘tgan 30 yilda to‘plangan tarixiy tajribalarga tayangan xolda, uni yanada boyitish, takomillashtirish, rivojlantirish yo‘lidan bormoqda.
O‘zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o‘z vaqtida va adekvat javob choralari ko‘rib, ularni oqilona yechishni talab etadigan XXI asrning o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan xolda qurilmoqda.
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq, demokratik davlat qurish yo‘lida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat soxasidagi asosiy maqsaddir.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi printsiplarga sodiq bo‘lib qolmoqda:
- o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib borish;
-teng xuquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni, xududiy yaxlitlikni xurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan xal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik;
-tashqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yunalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan xolda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish xuquqini o‘zida saqlab qoladi;
-O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va xarbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, xar qanday davlatlararo tuzilmalar xarbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda ulardan chiqish xuquqini o‘zida saqlab qoladi.
Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jaxon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jaxon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muxim omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamoqda. Xozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmoqda. Prezident Sh. Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi.
Jumladan:
-O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlar xududlari qurolli mojarolar va keskinlik o‘choqlariga aylanishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z xududida xorijiy davlatlarning xarbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;
-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;
-mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
-Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustaxkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish;
-jaxonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko‘pqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish. O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
-mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida xal etish uchun siyosiy diplomatiya hamda xalqaro xuquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya chora-tadbirlaridan foydalanish;
-O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustaxkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyoxlik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;
-milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini kuchaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
-O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport-kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
-xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining xuquq va manfaatlari xar tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.
Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekistonning jaxon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu asosda xar tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali xal etilishi O‘zbekistonning jaxon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy saloxiyatini namoyon qiladi.
Prezident Sh.Mirziyoevning davlatlararo va mintaqaviy masalalarni xal qilishda yaqin qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi sa’y-xarakatlari O‘zbekiston davlatining tashqi siyosatidagi muxim tamoyil sifatida ko‘zga tashlanayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Xarakatlar strategiyasi, xech shubxasiz, O‘zbekiston tashqi siyosatining yangi davrini boshlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |