Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi



Download 10,69 Mb.
bet45/260
Sana28.05.2022
Hajmi10,69 Mb.
#612650
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   260
Bog'liq
МАЖМУА

3.4.1-rasm. O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari.3
Qonunga ko‘ra, agar oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilsa, u oilaviy korxona deb yuritiladi. Qonunda u «Oilaviy korxona» deb nomlanib, uning asosiy mazmuni va belgilari bayon etilgan. Yani, oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan umumiy mol-mulk, shuningdek, oilaviy korxona ishtirokchilaridan xar birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub’ektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik subektlarining tashkiliy- xuquqiy shakllaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunida oila­viy korxona ishtirokchilari tarkibi belgilab berilgan. Unga ko‘ra, oilaviy korxona ishtirokchilari oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mexnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa karindoshlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Oilaviy biznes va xunarmandlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish tadbirlarni amalga oshirish natijasida aholi tomonidan o‘z xonadonlarida milliy xunarmandlik asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladi va qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi.
Mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun xujjatlari loyixalari ishlab chiqish orqali o‘rta biznes sub’ekti toifasini joriy etish va unga imtiyozlarni belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kichik biznes tarkibiga kiruvchi korxo­nalarning chegaralarini aniqlash o‘ziga xos tadrijiy rivojlanish bosqichlari orqali amalga oshirilib kelmoqda. Xar bir muayyan bosqichda belgilangan miqdoriy chegaralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Vazirlar Maxkamasi qarorlariga asoslanib, bularning barchasi mazkur soha rivojining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi yuksak ahamiyatidan darak beradi. Mustaqillikning ilk davridanoq mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlarini xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish maqsadida aloxida soha sifatida belgilab olishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay muxitning yaratilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarining sifat va miqdor jixatdan taraqqiy etib borishi bilan ularning miqdorni chegaralari ham takomillashtirib borilmoqda.
Mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun xujjatlari loyixalari ishlab chiqish orqali o‘rta biznes sub’ekti toifasini joriy etish va unga aloxida imtiyozlarning belgilanishi kichik biznes sub’ektlarining o‘rta biznesga o‘tishi va shu tariqa sohaning jadal rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
Davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob’ektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mazkur yo‘nalishda belgilangan muxim tadbirlardan xisoblanadi.
Yana bir yo‘nalish - investitsiya muxitini takomillashtirish, mamlakat iktisodiyoti tarmoqlari va xududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishdan iborat.
Xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy jozibadorlikni yanada oshirish bo‘yicha investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasini, shu jumladan, «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi, «Xorijiy investorlarning xuquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy mamlakatlarning bu soxadagi tajribasini o‘rganish natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan, investitsiya faoliyati, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini qo‘llab- quvvatlaydigan, xorijiy investorlarning xuquqlarini kafolatlaydigan «Investitsi­yalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyixasini ishlab chiqish va kiritish belgilab berilgan.
Shuningdek, Dasturda tadbirkorlik sub’ektlarining muxandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish chora-tadbirlari ham belgilab berilgan.
Dasturda belgilab berilgan tadbirlardan yana biri mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish xisoblanadi.
Bu borada tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish va takomillashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, maxalliy ishlab chikaruvchilarning maxsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport xajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyixasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.



Download 10,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish