Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish



Download 10,69 Mb.
bet44/260
Sana28.05.2022
Hajmi10,69 Mb.
#612650
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   260
Bog'liq
МАЖМУА

3.Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish xisoblanadi. Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh islohotchilik roli xisoblanib, mavjud iqtisodiy saloxiyatdan to‘liq foydalangan xolda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo‘naltirishda davlatning tartibga soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biroq, aralashuvning o‘z chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta’sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me’yoridan ortiq ishtirokini pasaytirish masalasi maydonga tushadi.
Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muxim cheklovlar mavjud. Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi xar qanday xatti-xarakatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk xuquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi.
Shunga ko‘ra, Harakatlar strategiyasida xususiy mulk xuquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga oshirish borasidagi tadbirlarga aloxida e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik sub’ektlari xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni tashkil etish belgilandi.
Ombudsman (qadimgi skandinavchada «vakolat», «zimmasiga yuklash») - qator davlatlarda ijro xokimiyati idoralari va mansabdor shaxslar faoliyatida ma’lum fuqarolar guruxining adolat va manfaatlari ta’minlanishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs.
Xuquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko‘ra, ombudsmen institut bu konstitutsiya yoki qonunchilik xokimiyati xujjatlarida ko‘zda tutilgan hamda mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshligi oldida mas’ul bo‘lib, tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xatti-xarakatlari bo‘yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari xuquq va qonuniy manfaatlarini namoyon etish, ta’minlash va himoya qilish maqsadida xarakat qiladi.
Shunga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyixasining ishlab chiqilishi ko‘zda tutilib, unda yangi tashkil etiladi gan ombudsmanga quyidagi vakolatlarni berish nazarda tutiladi:

  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun xujjatlari normalari va talablarining amalda ruyobga chiqarilayotganini o‘rganish;

  • davlat organlari, xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat organlari, shuningdek, maxalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

Shuningdek, xususiy mulkni himoya qilish va xususiy mulk ob’ektlaridan samarali foydalanishni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblarni o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda:
mulkdan jinoyat yoki ma’muriy xuquqbuzarlikni sodir etish quroli sifatida foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan xollarda mulkni musodara qilish yoki olib qo‘yishni (vaqtinchalik olib qo‘yish bundan mustasno) taqiqlash;
davlat va jamoat extiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazilgan zararni oldindan qoplab berish;
tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan foydalanilmayotgan, jumladan, ajratilgan yer uchastkalarida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olingan majburiyatlar bajarilmayotgan xollar yuzaga kelgan taqdirda yer solig‘i va mol-mulk solig‘i stavkalarini uch barobar miqdorda qo‘llash.
Bu borada qabul kilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyixasi xususiy mulk kafolatlari va uni himoya qilishni kuchaytirish, qurilishi tugallanmagan obektlar savdosini tartibga solish, tadbirkorlik faoliyati yer uchastkalaridan foydala­nish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha belgilangan tadbirlardan yana biri - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muxitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, xuquqni muxofaza kiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatiy oldini olish xisoblanadi.
Dasturdan yil davomida oilaviy biznes va xunarmandlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish tadbirlari ham o‘rin olgan.
2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni elon qilindi. Qonunning 3-moddasida «Oilaviy tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyatidir», deb belgilab berildi. Ushbu qonundan kelib chiqqan xolda, oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.




Download 10,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish