Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi



Download 10,7 Mb.
bet47/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Ishsizlik darajasi yuqori va mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan 34 ta tumanda yaratiladigan ish o‘rinlari tarkibi.
Ammo respublikada ishsizlik darajasi birmuncha yuqori bo‘lgan, tog‘li, chegara oldi xududlarida joylashgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli darajada rivojlanmagan 34 ta tuman mavjud. Mazkur tumanlarda ish o‘rin tashkil etishga aholi bandligini ta’minlash dasturlarini amalga oshirishga aloxida e’tibor qaratilgan.
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda erkin iqtisodiy zonalariing ham o‘rni katta, Xususan, mamlakatimizda «Navoiy» «Angren» va «Jizzax» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi 4931 -son farmoni bilan «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Xazorasp» erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi. Bu iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to‘qimachilik, gilam to‘qish, poyabzal va charm-galantereya. ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga zamin yaratadi.
Yaqin kelajakda kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariniish bilan ta’minlash sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-bitiruvchilarni biriktirish ishlarini puxta tashkil etish; bitiruvchilar bandligini ta’minlashda yangi samarali shakllar va uslublarni davom ettirish;
-bitiruvchilar bandligini ta’minlashda belgilangan imtiyozlardan kengroq foydalanish;
bitiruvchilarga o‘z biznesini tashkil etishlari uchun mikrokreditlar ajratish amaliyotini davom ettirish.
Mehnat va Iqtisodiyot vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan metodika asosida mehnat bozorida vaziyat murakkab bo‘lgan tuman va shaharlar ro‘yxati aniqlanadi, unga muvofiq aholi bandligi dasturlarining manzilli ro‘yxatlari, kichik sanoat zonalari, xizmatlar sohasini rivojlantirish, chorvachilik, parrandachilik va issiqxona xo‘jalik­larini barpo etish, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyixalarini amalga oshirishga mikrokreditlar va lizing asosida ishlab chiqarish vositalarini ajratish ishlari amalga oshiriladi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu­vor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida mehnat bozori talablariga asosan, professional kadrlarni qayta tayyorlash yuzasidan qisqa muddatli trening va o‘quv kurslarini o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini rag‘batlantirish, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish, davlat akkreditatsiyasiga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim muassasalari uchun davlat namunasidagi xujjatlarni berish bo‘yicha mavjud cheklovlarni bartaraf etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Xarakatlar strategiyasida o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida kerakli talabdan ortiq xajmda tayyorlanayotgan gumanitar ta’lim yo‘nalishlarini qisqartirishni va mos ravishda agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi mutaxassislari tayyorlashni kengaytirishni ko‘zda tutuvchi o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim mutaxassislik yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Joriy va istiqboldagi kadrlarga bo‘lgan extiyojdan kelib chiqqan xolda mutaxassislarni tayyorlash, agrar sektor, qurilish va ishlab chiqarish sohasi, uy-joy kommunal xo‘jaligini malakali mutaxassislar bilan hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan ta’minlash imkonini beradi.
Xududlarda aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha daromad manbaini yara­tish maqsadida tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish xajmini yanada oshirish quyidagi sohalarda nazarda tutilgan:
-fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish;
-qoramol, qo‘y, echki, quyon boqish va go‘sht yetishtirish;
-parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish;
-ixcham issiqxonalar tashkil etish;
-urug‘ va ko‘chatlar yetishtirish.
Buning natijasida aholi tomorqasidan foydalanish samaradorligi oshadi, ishlab chiqariladigan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xajmi ko‘payadi.
Xarakatlar strategiyasida olis va tog‘li xududlarda turizm va ekoturizmni tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish va qadoqlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Bunda, tog‘ oldi xududlaridagi qishloqlarda 10-15 ta xonadonlarda sayyoxlarga xizmat ko‘rsatish uylari tashkil etilib, ya’ni uyning bitta yoki ikkita xonasi devorlari so‘zana, adras bilan bezatilib, ko‘rpacha to‘shalib, xontaxta qo‘yilib, xojatxona va oshxonaning sanitar xolatlari tartibga keltirilib, chet ellik sayyoxlarga tabiiy manzaralarni ko‘rsatish bilan birga non yopish, milliy taomlarni tayyorlash, milliy urf-odatlar bilan tanishtirish kabi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ayollarning jamiyatdagi mavqei va ular bandligi masalalariga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar: - ayollarni ularga munosib mehnat bilan bandligini ta’minlash asosiy masaladir. Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muxim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, xunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligini keng rivojlantirish ishlari ham oqsamoqda.
Xarakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‘llab- quvvatlash maqsadida:
-«Maxallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining maxallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‘tkazish;
- Qo‘rg‘ontepa, Olot, Paxtakor, Dexqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‘shko‘pir tuman­larida ayollarni kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;
- pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta’lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.
Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi kizlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi, ularning xuquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.

Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish