Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Respublikada aholi bandligi masalalariga oid quyidagi qonunlar va qonun osti xujjatlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan



Download 10,7 Mb.
bet48/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Respublikada aholi bandligi masalalariga oid quyidagi qonunlar va qonun osti xujjatlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan:
1. «Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Aytish joizki, mazkur qonun mehnat migratsiya­si sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirishning mexanizm va shakllari, mehnat migrantlari bilan ishlash sohasidagi diplomatik vakolatxonalarning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, chet elda O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash va ularning ijtimoiy himoyasi masalalarini qamrab oladi.
Mehnat vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentligi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarni amalga oshirish rejalash­tirilgan:
-Xududlarda fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo‘yicha xo‘jalik xisobidagi byuro, shuningdek ishga joylashtirilayotgan fuqarolarga o‘zini tutish etikasi, borayotgan mamlakatning madaniyati va tili, qonunchiligi asoslariga o‘rgatishni yuklagan xolda, Chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazining xududiy tuzilmalarini tashkil etish;
- fuqarolarga chet elda ishga joylashish uchun ruxsatnomalarni bekor qilish va xori­jiy mamlakatlarga chiquvchi fuqarolarni xisobga olishning xabardor qilish tartibini joriy qilish;
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijiy mamlakatlarga (AQSh, Kanada, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi va Fors ko‘rfazi mamlakatlariga) ishga yuborish xajmi va yo‘nalishini kengaytirish maqsadida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar o‘tkazish.
2. «Aholi bandligiga ko‘maklashish nodavlat tashkilotlari (rekruting agentliklari) to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasini ishlab chiqish. Loyixa mehnat bozori infratuzilmasini oshirish, aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlarini, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
3. «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyixasi ishlab chiqiladi. Qonun quyidagilarni nazarda tutadi:
-xususiy sektorda ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tuzish jarayonini soddalashtirish, muddatli mehnat shartnomasi tuzish asoslarini kengaytirish;
-ishga olishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek, soatbay ish xaqi to‘lash tartibini joriy etish;
- xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmagani, mehnatni muxofaza qilish qoidalari, xodimni ijtimoiy sug‘urta qilish bo‘yicha talablarni buzgani uchun ish beruvchining javobgarligini kuchaytirish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Mehnat stajini hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta to‘lovlari davriyligini ro‘yxatga olish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyixasi ishlab chiqiladi va kiritiladi. Mazkur qaror mehnat stajini elektron tarzda ro‘yxatga olish hamda davlat ijtimoiy sug‘urta to‘lovlarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarning yagona reestrini yuritishniig imkonini yaratadi.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari xisobidan nisbatan sust rivojlangan tumanlarning ishsiz yoshlarini Toshkent va Samarqand shaharlaridagi (Koreya Respublikasi xukumatining grant mablag‘lari xisobidan tashkil etilgan) kasb-xunarga o‘qitish markazlarida mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga qayta o‘qitish orqali ularning bandligi taminlanishi nazarda tutilgan.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarini tashkil qilish xam mehnat bozoridagi ta’sirchan siyosatning muxim uslubi sanaladi. Bundan maqsad ish izlovchilarni taklif etilayotgan bo‘sh joylar bilan tanishtirish, shuningdek, ularga mehnat bozori, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yangi kasbga o‘qitish to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berishdan iborat. Shuning uchun ham barcha shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar ishtirokida band bo‘lmagan aholi, kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va migrantlar uchun 1000 dan ortiq yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilgan.



Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish