NAZORAT SAVOLLARI
1. Milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash deganda nimani tushunasiz?
2. Milliy iqtisodiyot tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish omillari qanday?
3. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik, jixatdan yangilash deganda nimani tushunasiz?
4. Pul-kredit siyosati va valyutani tartibga solishning ustuvor jixatlari nimalardan iborat ?
5. Xalqaro iqtisodiy hamkorlik, eksport-import xajmini oshirishning omillari haqida gapirib bering.
6. «Agar xalq, boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilning ma’nosi nimani anglatadi?
7. Oilaviy tadbirkorlikning asosiy belgilari nimalardan iborat ?
6-MAVZU: IJTIMOIY SOHADAGI ISLOHOTLARNI CHUQURLASHTIRISH
Reja:
1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.
3. Ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirish
Tayanch so‘zlar: axoli bandligi, real daromad, iste’mol savatchasi, ijtimoiy ximoya, sog‘liqni saqlash, “obod qishloq”, “obod maxalla”, ta’lim, maktabgacha ta’lim, kasb-xunar ta’limi, oliy ta’lim, innovatsion ta’lim, yoshlar siyosati,
1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish.
Samarali mexnat uchun zarur sharoitlar, munosib ish xaыi, zamonaviy uy-joylar, sifatli ta’lim va tibbiy yordam, dam olish va xordiq, chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish - bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz moxiyati va mazmunini belgilab beradigan muxim omillardir. Shu borada nafaqat eng kam oylik ish xaqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subektlarda ham o‘rtacha ish xaqi miqdorini, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish maqsadga muvofiq.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasida ham byudjet muassasalari xodimlarining ish xaqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar xajmini inflyatsiya suratlaridan yuqori miqdorda izchil oshirish ham ustuvor vazifa qilib qo‘yilgan.
Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish, pensinerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy extiyojmand qatlamlari xuquq va qonuniy manfaatlari himoyasini so‘zsiz ta’minlash, ularning O‘zbekiston Respublikasining barcha xududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘siqlarsiz amalga oshirishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish xaqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-2753-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan:
barcha turdagi pensiyalar butun mamlakat xududida xech qanday cheklovlarsiz to‘liq xajmda naqd shaklda beriladi;
-58 ta tog‘li va olis tumandagi byudjet tashkilotlari xodimlariga ish xaqi to‘lash, ijtimoiy to‘lovlar xech qanday cheklovlarsiz to‘liq xajmda naqd shaklda amalga oshiriladi;
-oliy o‘quv yurtlari talabalariga stipendiyalarning kamida 50 foizi naqd shaklda beriladi.
Bundan tashqari, xududlarda shakllangan ish xaqini naqd shaklda hamda plastik kartalarga o‘tkazish yo‘li bilan to‘lashda odamlar o‘z ish xaqidan foydalanishda muammolarga duch kelmasligi va o‘zlariga kerakli tovar va xizmatlarni erkin xarid qilishlari uchun mavjud to‘lov terminallari infratuzilmasi xisobga olinadi.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muxim sharti sifatida belgilangan.
Binobarin, yurtimizda xar yili milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, xududlar bo‘yicha mexnat resurslaridan yanada to‘liq va oqilona foydalanish, aholining ijtimoiy muxofazasini ta’minlashga qaratilgan tegishli dasturlar qabul qilinyapti.
Milliy mehnat bozorining e’tiborga molik o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: aholining asosiy qismini yoshlar tashkil etishi (xar yili yarim milliondan ortik, bitiruvchilar ishga joylashish bo‘yicha ko‘makka muxtoj); 700 mingdan ortiq ishsizlarning, shuningdek, ishchi kuchining talab va taklifi bo‘yicha nomutanosiblikning mavjudligi; ayrim tumanlarda ishsizlik va norasmiy sektorda ish bilan bandlikning yuqori darajasi kuzatiladi.
Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga extiyoj bo‘lsa, Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini xal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog‘liq.
Bunday xolat bandlikka ko‘maklashishning faol siyosat choralarini amalga oshirish, yani ish o‘rinlarini yaratish, avvalo yoshlarni va ijtimoiy himoyaga muxtoj aholi toifalarini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faolligini rag‘batlantirish chorasini ko‘rishga zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda fuqarolarning mehnat na tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta’minlash borasida izchil davlat siyosati amalga oshirib kelinmoqda. Yuqoridagi vazifalarni xayotga samarali joriy qilish maqsadida xar yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan Aholi bandligini ta’minlash dasturi ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 20 apreldagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muxitining xolati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini xar chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 117-son qaroriga ilovada ishsizlik darajasini baxolash mezoni keltirilgan. Unga ko‘ra, Respublikada ishsizlik darajasi (5,2 foiz) mo‘‘tadil xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |