Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Moliyalashtirish manbalari



Download 10,7 Mb.
bet43/260
Sana03.06.2022
Hajmi10,7 Mb.
#633832
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   260
Bog'liq
2 5425048143051886682

Moliyalashtirish manbalari

Milliy valyutada,
mlrd. sum

AKSh dollarida,
ming dollar

1.

Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari

5 263,1

1 625,8

2.

Ijrochilar va xayriya tashkilotlari mablag‘lari

15 423,0

311 510,0

3.

Tijorat banklari kreditlari

16 941,2

-

4.

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mab­lag‘lari va beg‘araz yordam

60:5

8 036 157:8

2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish
Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish asosida albatta tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish xisobidan uning raqobatdoshligini oshirish masalasi turadi.
Butun jaxonda «o‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda. Pirovardida iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin ravnaq topib, mamlakatimizning nafaqat shaharlarida, balki qishloqlarida ham sanoat jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari barpo etilyapti.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash, islohotlarni chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarni yaratish, amalda faoliyat yuritayotgan texnika va texnologiyalarni yangilash, ularni qo‘llab-quvvatlash investitsion jarayonlarni nechog‘lik to‘g‘ri va samarali amalga oshirishga bog‘liq. Shu boisdan ham, O‘zbekiston Respublikasi davlat raxbari tomonidan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan yangilashga aloxida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyixalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar aloxida etiborga loyiq.
Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatdoshligini oshirish masalasini xal etish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning tayanch tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda ishlab chiqarish kqvvatlaridan foydalanish darajasini yuksal­tirish asosida ishchilar sonini ko‘paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chikarish kuvvatlaridan foydalanish darajasi va ishchilar soni ko‘payadi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanish dinamikasidagi muxim o‘zgarish korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chukur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani xisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvor ahamiyat institutsional islohotlarning sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chikarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va uzoq muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Shu bilan birga, Xarakatlar strategiyasida iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatdosh muxitni shakllantirish hamda maxsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.
-korxonalarning birlashishi va qo‘shib olinishida monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish talablarini bir xillashtirish;
-raqobatni cheklovchi kelishuvlar, bitimlar va kelishilgan xarakatlarga qarshi kurash mexanizmlarini takomillashtirish;
-ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning aktsiya va ulushlarini sotib olishda tad­birkorlik sub’ektlarining xujjatlarini ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish;
-manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida sho‘‘ba korxonalar tomonidan ta’sischining ustav fondidan ulush sotib olishini va sho‘‘ba korxona vakillarining ta’sischi kuzatuvchilar kengashida a’zoligini ta’qiqlash.
Turizm tarmog‘i jaxon savdosining eng yirik tarmog‘iga aylanib bormoqda va xozirgi kunda yer yuzidagi jami tovar va xizmatlar eksportida daromad keltirish bo‘yicha ikkita yirik tarmoq neft qazib olish va avtomobil sanoatidan keyingi uchinchi o‘rinda turadi. Turizm sohasi jaxonda bo‘ladigan jami eksportning 10 foizini be­radi, xizmatlar savdosining esa 35 foizi turizmga to‘g‘ri keladi. Buyuk ipak yo‘lida joylashgan, asrlar davomida qadimiy shaharlari bilan mashxur, tarixiy va madaniy o‘tmishga ega O‘zbekiston Respublikasi turizm tarmog‘ini rivojlantirish uchun real imkoniyatlarga ega.
Xarakatlar strategiyasida mamlakatimizda turizm industriyasini jadal rivojlanti­rish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o‘rta muddatli istiqbolda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish kontseptsiyasi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.
Xarakatlar strategiyasiga asosan, 2017 yilda aeroport va vokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilmoqda. Mazkur yo‘nalish xorijiy turistlarni kutib olayotgan yoki kuzatayotgan turistik faoliyat subektlari xodimlariga belgilangan tartibda rejim va himoya choralariga amal qilgan xolda, maxsus ruxsatnomalar berish orqali aeroport va vokzallar zallarida xozir bo‘lishiga ruxsat berish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va yangi turistik marshrutlarni yaratish, jumladan: mamlakat barcha xududining turistik imkoniyatini o‘rganish va yangi turistik maxsulot va marshrutlarni shakllantirish; aholi uchun turlar va ekskursiyalar o‘tkazish bo‘yicha chora- tadbirlar kompleksini amalga oshirish; ichki marshrutlar bo‘yicha yangi aviaaloqalar ochish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish asosida xududiy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha charter reyslarini tashkil etish maqsadida yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirishga oid islohotlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar Xarakatlar strategiyasidan joy egallagani turistik xizmatlar ko‘rsatuvchi subekglarning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish xisobidan iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirishda ishlab chiqarishni maxalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish Xarakat dasturining eng muxim vazifalari qatoridan o‘rin olgan.
Maxsulotlar raqobatdoshliligiii oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning eksport saloxiyatini yuksaltirish iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi kunda tashqi iqtisodiy alokalarning son va sifat jixatidan o‘sishi bu jarayonlarni xar tomonlama chuqur o‘rganishga yanada yuksak talablar qo‘ymoqda.
Turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarning ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy, valyuta-moliyaviy, xorijiy sheriklar bilan savdo-iktisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy alokalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari xisoblangan eksportga maxsulot ishlab chikarishni yo‘lga qo‘yish, turizmni rivojlantirish, xori­jiy investitsiyalarni jalb etish jarayonlarida ma’lum bir muammolar mavjud bo‘lib, ularning xal etilishi bugungi kunning dolzarb vazifasi xisoblanadi.
Mamlakatimiz eksport saloxiyatidan samarali foydalanish va uni kengaytirishda eksportchi korxonalarning maqsad va vazifalarini aniq belgilash, ularni amalga oshirish yo‘nalishlaridan kelib chiqqan xolda, eksport strategiyasini shakllantirish korxonalarning xozirgi paytda kuchli raqobat sharoitida o‘z o‘rni va mavqeini to‘g‘ri belgilab olishiga yordam beradi. Jaxon bozorlarida raqobatning keskin tus olishi shuni ko‘rsatmoqdaki, endilikda korxonalar o‘z maqsad va vazifalarini belgilashda nafaqat maxsulotga bo‘lgan oddiy talab va taklifdan kelib chiqishlari kerak, balki birinchi navbatda, saloxiyatli iste’molchilarining extiyojlari, xoxish-istaklari hamda maqsadlarini doimo diqqat markazda tutib, ularni chukur o‘rganishlari va shu sharoitga mos keladigan strategiyani amalga oshirishlari muxim bo‘lib qolmoqda.
Oxirgi yillar davomida diversifikatsiya qilish va iqtisodiyot sohalarining raqobatdoshligini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida jaxon iqtisodiyotida inqiroz xolatlari hamon saqlanib turgan va jaxon bozoridagi narxlar darajasi pastligi mamlakatimizning asosiy eksport sohalariga ta’sirini kamaytirishga erishildi.
Yurtimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash hamda mamlakatning salohiyatini kuchaytirish maqsadida xorijga maxsulot yetkazib berish xajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan maxsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.
Xarakatlar strategiyasiga muvofiq milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish uchun yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlanti­rish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishsh bo‘yicha anik vazifalar rejalashtirilgan.
Avtomobil yo‘llari xolatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida investitsiya dasturi doirasida Respublika yo‘l jamg‘armasining 1550000 million so‘m mablag‘lari o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
umumiy foydalanishdagi xalqaro, respublika va maxalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruktsiya qilish;
-xo‘jaliklararo avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
-shahar ko‘chalari, aholi punktlariga kirish va ichki yo‘llarni qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash;
-yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini yangilash;
-qurilish materiallarining innovatsion turlaridan hamda zamonaviy ilg‘or texnologiyalar va usullardan foydalangan xolda, avtomobil yo‘llari sifatini yaxshilashni belgilovchi standartlarni takomillashtirish.
Keyingi yillarda qishloq joylarda aholi uchun namunaviy loyixalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Qishloq joylarda 1308 turar-joy massivida umumiy maydoni 9 573 ming kvad­rat metr bo‘lgan 69 557 ta shinam uy-joy qurildi. Qishloqlardagi 83,5 mingdan ortik oilaning yashash sharoiti yaxshilandi.
Shu bilan birga, ushbu sohani o‘rganish aholining real extiyojlari va xarid qobiliyatini, shuningdek, milliy mentalitetni va qishloq joylarda yashash sharoitlarining xususiyatlarini to‘liq xisobga olib, qurilish samaradorligini oshirishga yo‘nalti­rilgan printsipial jixatdan yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatdi.
Davlatimiz raxbari Vazirlar Maxkamasining majlisidagi ma’ruzasida kapital qurilish sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muxim vazifalar bor deb ta’kidladi. Ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyixa institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalariniig dolzarbligiga aloxida e’tibor qaratildi.
Xarakatlar strategiyasida kapital qurilishdagi islohotlarga aloxida e’­tibor qaratilgan. Dasturda bozor sharoitida erkin faoliyat yurita oladigan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xar qanday turdagi loyixa ishlarida qatnashishga imkon beruvchi ustav va aylanma kapitaliga ega bo‘lgan qurilish va loyixa korxonalarini tashkil etish va mavjudlarini rivojlantirishga, sohada zamonaviy bozor munosabatlarini yaratishga karatilgan «Kapital qurilishni yanada takomillashtirish va qurilish materiallari sohasida qulay muxitni yaratish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonini qabul qilish belgilangan.

Download 10,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish