O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«GUMANITAR FANLAR» KAFEDRASI
“O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI” FANIDAN
O’QUV – USLUBIY MAJMUA
Ta’lim sohasi:
|
230 000
|
- Iqtisod
|
|
310 000
|
- Muhandislik ishi
|
|
320 000
|
- Ishlab chiqarish texnologiyalari
|
|
610000
|
- Хizmat ko’rsatish sohasi
|
|
620000
|
- Transport
|
|
640000
|
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi
|
|
|
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5230100
|
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
|
5310200
|
- Elektr energetikasi (elektr ta’minoti)
|
|
5310500
|
- Avtomobilsozlik va traktorsozlik
|
|
5310600
|
- Transport vositalari muhandisligi (turlari
bo’yicha)
|
|
5310700
|
- EEE (mashinasozlik)
|
|
5310900
|
- MSvaMSM (sanoat)
|
|
5311000
|
- TJICHAvaB (kimyo, neft-kimyo va oziq ovqat
sanoati)
|
|
5312400
|
- Muqobil energiya manbalari (turlari bo’yicha)
|
|
5312600
|
- Mexatronika va robototexnika
|
|
5320100
|
- MYAMT
|
|
5320200
|
- MTMICHJA
|
|
5320300
|
- TMJ (mashinasozlik va metalga ishlov berish)
|
|
5610100
|
- Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti)
|
|
5620100
|
- Transport logistikasi (transport turlari
bo’yicha )
|
|
5620400
|
- Yo’l harakatini tashkil etish
|
|
5620600
|
- Avtomobil servisi
|
|
5640200
|
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
|
Andijon
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 4 oktabrdagi 892-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 17.08.2019 raqam bilan ro‘yxatga olingan “O’zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanining o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
A.Satvaldiyev- AndMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi
O.Ergashev - AndMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti
Sh.Valiev - AndMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
1. Yuldasheva F.–ADU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent
2. Karimova M.–AndMI “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.n.
Fanning o’quv–uslubiy majmuasi Andijon mashinasozlik institutining ilmiy–uslubiy kengashi tomonidan ko’rib chiqilgan va ishlatishga tavsiya etilgan
(2021 yil “______” _________ - sonli bayonnoma)
INSTITUT O’QUV – USLUBIY
KENGASHI RAISI ___________ _______________________
Imzo F.I.O
O’QUV – USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
1.
|
O‘quv materiallar:
|
|
1.1.
|
Ma’ruza kursi.
|
|
1.2.
|
Amaliy mashg‘ulotlarni bajarish boyicha uslubiy ko‘rsatma.
|
|
1.3.
|
Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish boyicha uslubiy ko‘rsatma.
|
|
2.
|
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari:
|
|
2.1.
|
Mustaqil ta’lim bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma.
|
|
2.2.
|
Kurs loyiha va kursishlarini bajarish boyicha uslubiy ko‘rsatma.
|
|
2.3.
|
Hisob-chizmaishi, ijodiy va boshqa mustaqil ishlar.
|
|
3.
|
Glossariy.
|
|
4.
|
Ilovalar:
|
|
4.1.
|
Fan dasturi.
|
|
4.2.
|
Ishchi o‘quv dastur.
|
|
4.3.
|
Sillabus.
|
|
4.4.
|
Tarqatma materiallar.
|
|
4.5.
|
Testlar.
|
|
4.6.
|
Ishchi o‘quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo‘llash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
|
|
4.7.
|
Fanning o‘ziga xosligiga qarab o‘rganish bo’yicha boshqa materiallar.
|
|
4.8.
|
O‘UM ning elektron varianti.
|
|
O‘QUV
MATERIALLAR
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“IJTIMOIY FANLAR” KAFEDRASI
“O’ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI” FANIDAN
MA’RUZALAR
KURSI
Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob beradigan obyektiv zaruratdir.
Yangi Oʻzbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umumeʼtirof etilgan norma va prinsiplarga qatʼiy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan doʻstona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat boʻlgan davlatdir.
KIRISH
O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng o’z oldiga demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishni asosiy maqsad qilib qo’ydi. “Kuchli davlatdan–kuchli jamiyat” sari tamoyilining amaliyotga izchil tatbiq etilishi shu yo’nalishda jamiyatning va davlat boshqaruvining barcha sohalarida demokratik talablarga mos ko’plab islohotlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
Mustaqillikning ilk davridayoq O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan mamlakatning tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik printsiplar va xalqimiz dunyoqarashi, qolaversa mamlakat milliy manfaatlarini o’zida ifoda etgan fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va bozor munosabatlariga o’tish davrining nazariy asoslari ishlab chiqildi va u «O’zbek modeli»da mujassamlashdi. Ana shu asosda rivojlangan mamlakatlarda shakllangan demokratik qadriyatlar, fuqarolik jamiyatiga xos tamoyillar faqat xalqaro tajribalarda sinovlardan o’tganligi uchungina emas, balki o’zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham mamlakatdagi islohotlar jarayonlariga bosqichma-bosqich tatbiq etila boshlandi.
O’zbekistonda yangi jamiyatni rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi turli darajada va davrlarda amalga oshirilganligining nazariy va amaliy jihatlarini, tajribalarini o’rganish muhim ahamiyatga egadir. CHunki, fuqarolik jamiyatining bu ijobiy jihatlari (tamoyillari va belgilarini) sinalgan tajriba sifatida o’tish davrini o’z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati qurishda e’tiborga olishga imkon beradi. SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati fanini oliy ta’lim tizimida o’qitish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Mustaqil taraqqiyot yo’li davomida mamlakatimizda yangi fanlar shakllanishi va rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 sentyabrdagi 07/1-616-sonli topshirig’i va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 18 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida “Fuqarolik jamiyati” fanini o’qitilishini joriy etish to’g’risida”gi 352-sonli buyrug’iga asosan barcha ta’lim yo’nalishlarida o’qitish belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |