Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet80/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Uchinchi rejada talabalarni quyidagi dolzarb masalalarga jalb etish zarur. Amir Temurdek buyuk va betakror siymoni har tomonlama tushunish, u barpo etgan qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy mafkuraviy asoslarini, Sohibqironning davlat boshqaruvi borasidagi ulkan salohiyati, mahorati, bilim va tajribalarini o‘rganishda ―Temur tuzuklari‖ bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bosh qomusimiz O‘zbekiston respublikasi Konstitutsiyasining shakllantirilishiga ham

―Temur tuzuklari‖ asosiy manbalardan biri bo‘ldi va mohiyatida aks etdi. Unda davlat tizimi, davlatdagi

turli lavozimlarning vazifalari, davlatni boshqarishga asos bo‘lgan qoidalar tartibi bugungi kunda ham amalga sazovar bo‘lmoqda. Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat

arbobi, qonunshunos, ta‘lantli me‘mor, notiq, ruhshunos shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni jahonga mashhur qilgan inson. Amir Temurning tarixi ko‘p jildlik kitoblar yozishga arziydi.

Mustaqillikka erishgunimizcha Amir Temurning buyuk shaxs ekanligini isbotlash imkoniga ega bo‘lmadik, chunki kommunistik g‘oya bunga yo‘l bermadi. Amir Temurning o‘zi taxqirlandi, tuxmatu malomatlarga qoldi. Shukrlar bo‘lsinki, mustaqillik tufayli ko‘p ming yillik boy tariximizni, shu jumladan, ulug‘ bobomiz Amir Temurni surishtirish va o‘rganish imkoniga ega bo‘ldik.

Inson tirikligida bu yorug‘ jahonda qanchalik ko‘p ezgu ishlar qilgan bo‘lsa, uning yulduzi shunchalik kuchli porlaydi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, biz o‘zbeklar uchun eng porloq yulduz bu Sohibqiron yulduzidir! Bu abadiyatga dahldordir!1. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov ―shaxsan men,

―Temur tuzuklari‖ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek

bo‘laman. O‘z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan, inson ma‘naviyati uchun bugun ham oziq bo‘ladigan hikmatli fikrlarning qanchalik hayotiy ekaniga ko‘p bor ishonch hosil qilganman‖2, deb ta‘kidlaydi. Har bir mamlakat, har bir xalq o‘zining uzoq va betakror tarixiga ega. O‘zbekistonning va o‘zbek xalqining tarixi boy va qadimiydir. Biz milliy tariximizning shonli sahifalariga nazar tashlar ekanmiz buyuk Amir Temur bobomizning tuzukotlari davlatimiz boshqaruvi uchun naqadar tengsiz hissa qo‘shganlarini bilib olamiz. Sohibqironning insoniy qiyofasi bag‘oyat go‘zal, shaxsi hayratomuzdir, ruhiy dunyosi keng va teran, boy va rang barang bo‘lib, avlodlar uchun juda katta ibratdir.

Amir Temurni anglash o‘zligimizni anglash demakdir. Uni ulug‘lash tarix qa‘riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchni mustahkamlash demakdir3. Amir Temur davlat va jamiyat hayotida bo‘lib o‘tadigan har bir muhim reja oldidan kengash o‘tkazar va kengash oldidan nafaqat davlat arboblari, sarkardalar, temurzodalarni, balki sayyidlar, shayxlar, ilm-fan arboblarini ham taklif etgan va chin yurakdan maslahat, takliflar bergan insonlarga doimo izzat-ikromda va e‘tiborda bo‘lgan4. Saltanatni boshqarish ishlarida sabru-toqat, ba‘zi holatlarda bilib-bilmaslik, ko‘rib-ko‘rmaslikka olish ya‘ni kechirimlilikka, xalimlikka, chidamlilik, sog‘lig‘u sergaklik, ehtiyotkorlikka ham alohida e‘tibor bergan5. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar qurishga, ariqlar qazishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga alohida e‘tibor bergan. Bobomiz millat g‘amida yongan, uning istiqboli va istiqloli yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib yashagan. U qo‘ygan har bir qadam nafaqat o‘sha davr uchun, balki kelajak uchun, chunonchi bugungi kunimizga ham xizmat qilmoqda. Uning donishmandligi, tuzukotlarining naqadar teran fikr bilan yozilgani, hamma hikmatlari hayotda o‘z amali va isbotini topganligi, boy tajribaga ega ekanligi bilan bugungi kunimizda ham o‘ta ibratlidir.

Amir Temur ilm-fan, ma‘naviyat ahliga e‘tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, ―Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘liq izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan muqaddam ko‘rardi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzat va ikromni unga izhor qilardi‖6. Ruhlanib, mehr bilan qalban yod etadigan va amal qilishga doimo harakat qilinadigan o‘gitlaridan: ―Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat‘iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshiroqdir‖7, ―Kuch adolatdadir‖8, ―Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritar‖, ―Ochiq yuzlilik, rahm shafqat bilan xalqni o‘zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr- zulmdan uzoqroqda bo‘lishga intildim‖9, ―Bilagi zo‘r birni, bilimi zo‘r mingni yiqar‖10 degan fikrlari hozirgi kunda ham naqadar ma‘naviy jihatdan dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib, insonni doimo aql-idrok, adolat, tadbirkorlik, mardlik, ogohlikka da‘vat etishi bilan e‘tiborlidir.




1A.Ibrohimov. Bizkim o‘zbeklar. Milliy davlatchiligimiz haqidagi mulohazalar. Uchinchi jild. –Toshkent: Sharq. 2011. 87 bet.

2 I.A.Karimov, Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. 45 bet.

3 A.Ibrohimov. Bizkim o‘zbeklar. Milliy davlatchiligimiz haqidagi mulohazalar. Uchinchi jild. –Toshkent: Sharq. 2011. 93 bet.

4 Ma‘naviyat yulduzlari. –Toshkent: O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2011. 161 bet.

5 Amir Temur o‘gitlari. –Toshkent: O‘zbekiston, 2007. 10 bet.

6 Ma‘naviyat yulduzlari. –Toshkent: O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2011. 162 bet.

7 Temur tuzuklari. Forschadan A.Sog‘uniy va H.Karomatovlar tarj.; B.Ahmedov tahriri ostida. –Toshkent: O‘zbekiston, 2011. 14 bet.

8 Amir Temur o‘gitlari. –Toshkent: O‘zbekiston, 2007. 38 bet.

9 O‘sha joyda. 20 bet.

10 O‘sha joyda. 44 bet.

Amir Temur ilm-fanning riyoziyot, handasa, me‘morchilik, falakkiyot, adabiyot, tarix, musiqa kabi sohalari ravnaqiga katta e‘tibor berib, sohibi hunarmandlar bilan qilgan suhbatlari haqida frantsuz olimi Lyangle shunday yozadi, ―Temur olimlarga seriltifot edi. Bilimdonligi bilan bir qatorda sofdilligini ko‘rgan kishilarga ishonch bildirardi. U tarixchilar, faylasuflar, shuningdek, ilm-fan, idora va boshqa ishlarga iste‘dodli bo‘lgan barcha kishilar bilan suhbatlashish uchun ko‘pincha taxtdan tushib, ularning yoniga kelardi. CHunki, Temur bu sohalarga g‘amho‘rlik qilishga asosiy e‘tiborni berardi‖1.

Sohibqiron bobomiz davrida insoniyatning yarmidan ko‘pini tashkil etuvchi ayollarga ham alohida izzat va hurmatda bo‘lingan. Bu borada buyuk bobomiz, ―Ayollarni ulug‘ kishilar ulug‘laydi, pastkash kishilar esa xo‘rlaydi‖, degan Hadisi sharifga amal qildi. Uning saroyida ayollar ham yuksak e‘tiborda bo‘lgan. Ulug‘ sarkarda bobomiz Sohibqironning pokiza tuyg‘ulari buyuk niyatga to‘liq qalb egasi bo‘lmish Takina mohbegim jismida dunyoga keldi. Tabarruk zamin, el-yurt, Vatanga muhabbat va sadoqat unga onasining yurak nuridan quyildi. Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma‘naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanishini buyuk Sohibqiron bobomiz yaqqol anglagan va hayoti davomida buni siyosiy jarayonda bosh masala deb bildi. Buni ko‘pgina manbalar ham tasdiqlaydi. Jumladan, Amir Temur xotini Saroymulkxonimga Bibixonim jome‘ masjidini bunyod ettiradi.

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa‘y-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, saroylar, bozorlar, ko‘priklar, yo‘llar, bekatlar, karvonsaroylar, qal‘alar, qazilgan kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome‘ masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va SHohi Zinda me‘moriy mo‘‘jizalari, Bog‘i CHinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.

Tarixchi Sharofuddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur ―Obodonchilikka yaraydigan biron qarich yerning ham zoe bo‘lishini ravo ko‘rmasdi‖. Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning ―Qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim‖, degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchilik faoliyatining tasdig‘idir.

―Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing‖ deganda Amir Temur avvalo o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.

Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma‘rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan Sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etish, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan bog‘lagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda baxslashar edi. Tariximizda Amir Temurday Sohibqiron - porloq yulduz borki, u qoldirgan moddiy va ma‘naviy meros bugungi hayotimizda hamohang. Bular oldimizda turgan muammolarni yechishda bizga qo‘l kelmoqda. Yuqoridagidek insoniy hislatlar, ma‘naviy fazilatlar, adolatparvarlik, rostgo‘ylik, mehribonlik, qattiqqo‘llik, vatanparvarlik, elparvarlik va boshqa ko‘plab insoniylik shijoati ulug‘ Sohibqiron Amir Temurni haqli ravishda jahonning sanoqli buyuklari qatoriga olib chiqdi hamda tariximizda quyoshday nurli siymo bo‘lib qoldi. Bu siymo mard, tanti, halol, g‘ayratli xalqimizni birlashtirishda, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo‘lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga albatta, yangi-yangi kuch va shijoat bag‘ishlaydi. Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me‘morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi. Mazkur fazilat Sohibqironning nabirasi Mirzo Ulug‘bekka o‘tgani shubxasiz.

Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi bo‘lish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga yetishida bobosi Amir Temurning ta‘siri benihoya katta bo‘lgan. U Ulug‘bekdagi noyob iste‘dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham yonida olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan baxramand etgan.

Mirzo Ulug‘bekning asl ismi Muhammad Tarag‘ay bo‘lib, u 1394 yilda Sultoniyada tavallud topgan. Bobosi Amur Temur unga katta mehr bilan qarab yoshligidan o‘z tarbiyasiga olgan. Ulkan tug‘ma iste‘dod, aql zakovat sohibi bo‘lgan Ulug‘bek davlat boshqaruvini puxta egallashdan tashqari diniy va dunyoviy bilimlarni ham yetuk darajada o‘zlashtirgan. U Movarounnahr taxtini egallaganda endi 15 yoshga to‘lgan edi. Mirzo Ulug‘bek hukmronligi (1409-1449) temuriylar davrining an‘anaviy rivoji va muhim ijtimoiy o‘zgarishlar yo‘lidan ilgarilab borishida alohida davrni tashkil etadi. O‘sha davr tarixchilarining yakdil fikricha Ulug‘bek bobosi davridagi boshqaruv tizimini, barcha tartib qoidalarni to‘la saqlashga harakat qilgan. Soliq va moliya siyosatida ham bunga amal qilgan. To‘g‘ri, Ulug‘bek





1 Ma‘naviyat yulduzlari. –Toshkent: O‘zbekiston Milliy entsiklopediyasi, 2011. 162 bet.

Amur Temur singari jangu jadallarga qiziqmadi. Bu sohaga uning ortiqcha rag‘bati ham bo‘lmagan. Faqat zaruriyat taqoza qilgandagina u harbiy yurishlarga otlangan. Masalan, 1414 yilda Farg‘ona hukmdori shahzoda Ahmad itoatdan bosh tortgan paytda u katta qo‘shin tortgan va bu yurishi bilan nafaqat Ahmadni itoatga keltirgan, ayni chog‘da Turkiston yerlarini ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishga muvaffaq bo‘lgan. 1425 yilga kelib Ulug‘bek mirzo Issiqko‘l tarafga yurish qilib, u yerdagi isyon ko‘targan mahalliy muxolifatchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakatning sharqiy chegaralarini ancha mustahkamlashga erishdi. Biroq hukmdorning 1427 yilda Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig‘noq va uning atrofida hududiy davolar bilan bosh ko‘targan Dashti Qipchoq aslzodalaridan sanalgan Baroqxonga qarshi yurishi uning uchun kutilmaganda muvaffaqiyatsiz yakun topdi. Bu mag‘lubiyat Ulug‘bekni hokimiyatdan mahrum bo‘lishiga ham olib kelayozdi. Otasi SHohruxning katta qo‘shin bilan yetib kelishi uni o‘z hukmronligining qayta tiklashiga imkon berdi. SHundan so‘ng, Mirzo Ulug‘bek urush harakatlaridan ko‘ra ko‘proq mamlakat ishlari, uning ichki siyosati masalalari bilan shug‘ullanishga e‘tibor qaratdi. SHu boisdan ham endilikda uning faoliyatida mamlakat obodonchiligi, yurt tinchligi, farovonligi, ilm-fan ravnaqiga oid masalalar asosiy o‘rin egallaydi. Mamlakatda savdo-sotiq, hunarmandchilik, va ziroatchilik avvalgidek rivojlanishda davom etdi. Ko‘plab sun‘iy sug‘orish inshootlari barpo etildi. Buyuk ipak yo‘li orqali xalqaro karvon savdosida faol ishtirok etadi. Samarqand, Buxoro, SHaxrisabz, SHosh va boshqa shaharlarda ko‘plab hashamatli madrasalar, masjidi maqbaralar, karvonsaroylar qad rostlaydi. Uning bevosita rahbarligida qurilgan tengi yo‘q me‘moriy inshoot rasadxona o‘sha davr ilmu-fani va texnikasining eng so‘ngi yutuqlarini o‘zida mujassam etgan edi.

Ulug‘bekning 1428 yilda o‘tkazgan pul islohoti ham mamlakatda savdo-sotiq va pul muomalasini, moliya siyosatini yo‘lga qo‘yishda muhim voqea bo‘lgan. Ulug‘bek muomalaga chiqargan yangi vazndagi tanga pullar o‘z qadri, qimmati bilan iqtisodiy hayotni jonlantirish, savdo-sotiqni rivojlantirishda alohida rol o‘ynaydi. Uning davrida ham yuqori tabaqa vakillariga, harbiy sarkardalar, oliy ruhoniylarga avvalgidek alohida imtiyozlar berish tartibi hukm surdi. Bundan tashqari davlatning katta ma‘naviy tayanchi hisoblangan diniy muassasalar ixtiyorida ham ulkan miqyosdagi vaqf yerlari to‘plangan edi.

Ulug‘bek davlat siyosatida qanchalik oqil va izchil siyosat yuritmasin, ilm fan ahliga, din peshvolariga homiylik qilish, savdo, tijorat va hunarmand ahliga rag‘bat qilmasin, unga qarshi muxolifat kuchlar ham anchagina bor edi. Ulug‘bek katta yer egalarining oddiy fuqarolarga nisbatan suiiste‘molchiliklarini cheklash tadbirlarini ko‘rganda, ular Ulug‘bekga qarshi chiqdilar. Ruhoniylar orasidagi jaxolatparstlar Ulug‘bekni islom diniga zarar keltiruvchi ―betavfiq hukmdor‖ deb tashviqot qildilar. SHu tariqa jaholatparastlar ilmga, o‘z manfaatini xalq manfaatidan ustun ko‘ruvchilar taraqqiyotga qarshi chiqdilar. Ulug‘bek mamlakatdagi turli ijtimoiy-siyosiy guruhlar o‘rtasidagi ichki ziddiyatlarni, mutaassib, reaktsion kuchlar muxolifatini oxirigacha barataraf eta olmadi. Bu esa 15 asrning 40 yillari oxirlariga kelib Movarounnahr davlatini beqarorlik va chuqur ijtimoiy larzalarga duchor etdi. 1447 yilda SHohrux mirzo vafoti munosabati bilan Ulug‘bekning ota taxtiga da‘vogarlik qilib Xurosonga yurishi, jiyani Alouddavla va boshqa merosxo‘rlar bilan hokimiyat talashishi, uning yo‘qligida Abulhayrxon boshliq Dashti qipchoqliklarning Movarounnahr yerlariga hujum qilishi, qora kuchlar ig‘vosi tufayli o‘z o‘g‘li Abdulatif bilan boshlangan nizoning katta jangga aylanib ketishi, unda Ulug‘bekning mag‘lub bo‘lishi uning fojeali o‘limi bilan yakun topdi va temuriylar sulolasi inqirozini yanada chuqurlashishiga olib keldi. Ulug‘bek akademiyasi tarqalib ketdi. Kutubxonadagi ko‘plab kitoblar yondirildi, olimlar boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ldi. Ulug‘bekning o‘limidan keyin o‘g‘li Abdulatifning o‘ldirilishi, Samarqand hokimiyati tepasiga Abu Said Mirzoning kelishiga turtki bo‘ldi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish