Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Beshinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 5,34 Mb.
bet82/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Beshinchi rejada quyidagilar yoritiladi. Alisher Navoiy 1441 yili Hirotda taniqli barlos bahodiri xonadonida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq nihoyatda zakovatli va zehnli bola bo‘lgan. Uning besh yoshida yozgan g‘azaliga taniqli o‘zbek shoiri Lutfiy o‘z vaqtida katta baho bergan edi. Yoshligidanoq u temuriy shahzoda Sulton Xusayn bilan do‘st bo‘lib, keyinchalik ular Xuroson hokimi Abulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida birga bo‘lganlar. Xusaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko‘radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tayziqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi va u yerda ikki yilcha turib, o‘z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469 yili Xuroson taxti Sulton Xusaynga tekkandan so‘ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga kelib, avval muhrdorlik so‘ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsatadi. Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining vazirlik lavozimini egallagan vaqtida (1472-1476) mamlakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat o‘rnatishga harakat qiladi. Uning xatti-harakatlari natijasida shaharlar yuksaldi. Suv chiqarilib, ko‘pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma‘rifat va madaniyat ahliga shaxsan o‘zi homiylik ko‘rsatdi. Garchi toju-taxt uchun kurashlarda va fitna- nizolar natijasida Navoiyning Sulton Xusayn bilan oralari bir oz sovugan bo‘lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo‘lib qoladi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar ekan, sulton Navoiyga shohona to‘n kiygizib, uning hech bir iltimosi hech qachon yerda qolmasligini aytadi. Alisher Navoiyning birgina o‘zi 300 dan ziyod turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo‘ladi. Hirotdagi Injil daryosi bo‘yida uning qurilish ishlari uchun maxsus yer ham ajratib beriladi. U barpo etgan Hirotdagi ―Ixlosiya‖, ―SHifoiya‖ majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashhaddagi sug‘orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular jumlasidandir. El-yurt farovonligini o‘ylagan Navoiy o‘z daromadlarining aksariyat qismini xayriya ishlariga sarflaydi.

Odamiy dersang demagil odamiy, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami,

deb, o‘z ta‘rifini bergan edi shoir. Shaxsan uning mablag‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko‘prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. SHuningdek, Navoiy butun Xurosonda 12 tadan oshiq ahamiyatli bo‘lgan va ta‘mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta‘mir etib o‘z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta‘mir etgan Hirotdagi jome‘ masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining

go‘zal inshootlaridan biri hisoblanadi. Alisher Navoiy homiyligi ostida SHarq minatyurasi maktabining yetuk namoyondasi ―SHarq Rafaeli‖ nomini olgan Kamoliddin Behzod, taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan - Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan-Xusayn Uddiy, shoir va tarixchilardan-Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Xusayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy, Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib chiqdilar. Alisher Navoiy ilk bora o‘zga shoirlardan farqli ravishda turkiy tilda 1483-1485 yillarda beshta dostondan iborat ―Xamsa‖ asarini yozdi. Navoiy o‘z ona tili ko‘rkamligi va jozibadorligini asarlarida namoyon etdi:

Tortib turk nazmida alam,



Ayladim ul mamlakatni yak qalam,

degan edi shoirning o‘zi. Buyuk shoirning 20 tadan ziyod yirik asarlar mavjuddir. Ular ―Xazoyinul maoniy‖, ―Lison ut tayr‖, ―Mahbub ul qulub‖, ―Majolisun nafois‖, ―Munshaot‖, ―Muhokamatul lug‘atayn‖, ―Mezonul avzon‖ va boshqalardir. Bular o‘z ichiga tarixiy, falsafiy, ahloqiy mezonlarni olib, ularda insoniyatga xos bo‘lgan barcha ijobiy xislatlar ulug‘lanadi. Navoiy o‘z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o‘sgan yeriga nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi.

Navoiyning o‘zi esa barkamol, komil inson qiyofasi uchun buyuk ramzdir. Ulug‘ shoirning o‘lmas merosini o‘rganish mustaqillik yillarida o‘zining haqiqiy darajasiga chiqdi. Adibning barcha asarlari qayta chop etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, xalqimizning buyuk mukofoti ramzida Navoiy nomidagi davlat mukofoti ta‘sis etildi. O‘lkamizda Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo‘qdir. Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra, 1991 yili Alisher Navoiyning 560 yilligi juda katta tantanalar bilan nishonlanib, shoirning mahobatli haykali xalqimizning muqaddas ramzi sifatida poytaxtimizning markazida qad ko‘tardi.

  1. asrning zabardast o‘zbek shoirlari ichida, shuningdek Lutfiy, Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari ma‘lum va mashhur bo‘lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkigo‘y shoir Lutfiy (1366-1465) bo‘lgan. Uning o‘z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib asarlari mavjud bo‘lib, bizgacha faqat mashhur ―Gul va Navro‘z‖ va g‘azallar devoni yetib kelgan xolos.

Bu davrlarda shuningdek, SHarafiddin Ali Yazdiyning (1454 yili vafot) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin SHomiydan so‘ng yozilgan bir xil nomdagi ―Zafarnoma‖ asari yaratildi. Fors- tojik adabiyotida ayniqsa mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi hamda do‘sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk bo‘ldi. Jomiy va Navoiyning do‘stligi esa, tarixda xalqlarimiz ittifoqligining buyuk ramzi bo‘lib qoldi.

1499 yildan boshlab O‘rta Osiyoga o‘z yurishlarini boshlagan Muhammad SHayboniyxon (1451-



1510) temuriylar ichidagi ichki nizo va noittifoqlikdan foydalanib, Movarounnahrga nisbatan istilochilik harakatlarini boshladi. Temuriy shahzodalardan, shu vaqtdagi yagona movarounnahrlik iqtidorli va harbiy sarkardalik mahoratiga ega bo‘lgan, keyinchalik buyuk shoir va davlat arbobi darajasiga chiqqan Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) sa‘yi-harakatlari ham o‘zining tegishli natijasini bermadi. 1505-1506 yillarga kelib SHayboniyxon Xorazm va Movarounnahrni to‘liq egallaydi. SHayboniyxonga qarshi kurashish uchun yo‘lga chiqqan Xuroson hukmdori Sulton Xusayn (1469-1506) 1506-yilning bahorida vafot etadi. Sulton Xusaynning vorislari o‘rtasida toju-taxt uchun kurash avj olib, natijada hokimiyat ikkita shahzodaga-Badiuzzamon Mirzo bilan Muzaffar Mirzolarga o‘tadi. Qulay vaziyatdan foydalangan SHayboniyxon 1507 yili shahzodalarni tor-mor etib, qattiq janglardan so‘ng poytaxt Hirot va butun Xurosonni o‘z qo‘li ostiga oladi.

SHunday qilib, deyarli bir yarim asr davom etgan shon-shavkatli Temuriylar saltanati o‘z nihoyasiga yetadi. Temuriylarning oxirgi zabardast vakili Zahiriddin Muhammad Bobur 1525 yilgi Panipat jangidan so‘ng shimoliy Hindistonni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Boburiylar sulolasi Hindistonda deyarli uch asr mobaynida hukmronlik qilib, ko‘p holda temuriylarning shon-shuhratini bu yerda tiklashga muvaffaq bo‘ladilar.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish