Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet78/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

mavzu: Amir Temur va Temuriylar davrida o‘zbek davlatchiligi.

  1. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi.

  2. Movarounnahr va Xurosonda markazlashgan o‘zbek davlatchiligini bunyod etilishida Amir Temurning buyuk tarixiy xizmati.

  3. Temuriylar davrida ilm-fan. Ulug‘bekning ilmiy maktabi.

  4. Hattotlik, tasviriy san‘at, musiqa madaniyati va badiiy adabiyot.

  5. Alisher Navoiy ijodiy merosi.


Birinchi rejada quyidagilar yoritiladi. Amir Temurning siyosat maydoniga chiqishi va uning markazlashgan davlatni vujudga keltirish uchun kurashi to‘g‘risida so‘zlashdan avval, XIV asrning 40-60

yillarida Movarounnahrda tarixiy vaziyat qanday edi, degan savolga javob berish, ana shu davrdagi ijtimoiy-siyosiy ahvolga qisqacha to‘xtalib o‘tish uchun quyidagilarga e‘tibor qaratishi maqsadga muvofiqdir. Bu xususda akademik I.Mo‘minov: ―Bu davrda Movarounnahrda chet el qaramligidan, mo’g’ul xonligidan ajralib mustaqil, kuchli hokimiyat tuzishdan manfaatdor bo’lgan aslzodalar orasidan ayrim guruhlar yetishib chiqa boshladi”,-deb yozgan edi. Chig‘atoy ulusi hokimi Kebekxonning 1318- 1326 yillardagi ma‘muriy va pul islohoti o‘tkazishdan va boshqa ishlardan ham maqsadi shunday bo‘lsa kerak. Chingiziylardan chiqqan xon Qozog‘on ham huddi shunday Kepekxonga o‘xshab boshqacha siyosat yurgizishga harakat qildi. Bular masalaning bir tomoni. Masalaning ikkinchi, eng muhim tomoni shundaki, keng xalq ommasi ko‘p mashaqqatlar bilan uzoq vaqt ichida irrigatsiya tarmoqlarini ariq, zovur, suv omborlari, to‘g‘onlarni tikladi, dehqonchilik, hunarmandchilikni yo‘lga qo‘ydi, ayni vaqtda o‘zaro urushlarga, mayda feodal hokimlarning o‘zboshimchaligiga, mo‘g‘ul xoni va Oltin O‘rdaning turli noiblari bosqinchiligiga qarshi kurash olib bordi.

Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida xalq ommasi yanada ko‘proq azob chekdi, xo‘rlandi, talandi. Chig‘atoy xonlari bilan mahalliy aholi, zodagonlar o‘rtasida ziddiyat tobora keskinlashib bordi. Ana shu kurashlar natijasida XIV asrning 40 yillarida Chig‘atoy ulusi ikki qismga - SHarqiy Turkiston va Yettisuvni o‘z ichiga olgan Mo‘g‘uliston va Movarounnahrga bo‘linib ketdi. Bo‘lingan davlatlar o‘rtasida o‘zaro kurash avjiga chiqib, Mo‘g‘uliston xonlari Movarounnahrga tez-tez hujum qilib turdilar.

Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ham tobora murakkablashib borayotgan edi. Bundan tashqari Movarounnahr bir necha feodal davlatlarga bo‘linib, Kesh-Shahrisabz, Buxoro, Termiz, Badaxshon, Xo‘jand, SHosh-Toshkent va boshqa viloyatlar hokimlari o‘rtasida tinimsiz urush-janjallar bo‘lib turardi. Bu holatlarning barchasi mamlakatda bitta hokimiyatning bo‘lmaganligi oqibati edi.

Mana shu vaziyatda, ya‘ni 1360 yili mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temur Movarounnahrga o‘z qo‘shinlari bilan osonlikcha bostirib kirdi. Movarounnahr tarqoq holdagi feodal davlatlardan iborat bo‘lganligi uchun ham Tug‘luq Temur qo‘shinlariga qarshi hamjihatlik bilan kurash olib boradigan kuch yo‘q edi. Uning ko‘shinlari hatto, hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryo tomon harakat qila boshladi. Qashqadaryo hokimi Xoji Barlos mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashishni tashkil etish o‘rniga, undan qo‘rqib o‘z qo‘shinlarini olib, Amudaryo tomon chekindi. Xalq boshliqsiz va najotsiz qoldi. Mana shuning o‘zi ham mahalliy xalq orasidan kuchli shaxslar chiqishini taqozo etar edi. Ana shunday bir vaziyatda tarix sahnasiga butun jahonga dovrug‘ solgan, o‘zining salmoqli izini qoldirgan, har tomonlama Olloh ato etgan iqtidorga, qobiliyatga ega bo‘lgan Amir Temur chiqdi. Akademik I.Mo‘minov ta‘kidlaganidek,

―CHig‘atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarning vaxshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari, Oltin O‘rda beklarining Movarounnahrdagi to‘xtovsiz bosqinchilik yurishlaridan azoblangan, xonavayron bo‘lgan, 150 yil mobaynida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshchiligida ravshan ko‘rinadi‖.

Amir Temur tarqoq feodal davlatlar o‘rtasidagi urush janjallardan o‘z xalqining azob chekayotganiga, mo‘g‘ul bosqinchilarining ko‘rsatayotgan kulfatlariga befarq qaray olmadi. SHuning uchun ham mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temur qo‘shinlari Qashqadaryoni zabt etish uchun yo‘lga tushganini ko‘rib, o‘z vatanini, xalqini azob uqubatga tashlab, hech najotsiz qoldirib ketayotgan Xoji Barlos bilan ketayotgan Temur yuz bergan vaziyatni hisobga olib, o‘z vatanini mo‘g‘ul bosqinchilaridan qutqarib qolish lozimligini angladi. Qochib ketayotgan tog‘asi Xoji Barlosga ―Sizning Xurosonga qarab yo‘l olishingiz mening esa viloyatni vayronlikdan qutqarib qolish uchun Shahrisabzga qaytishim ma‘quldir va davlatni idora qilishni saqlab qolmoqlik maqsadida mo‘g‘ul xoni xizmatiga kirganim ma‘qul, foydalidir‖,

- deydi. Shu o‘rinda Sharafiddin Ali Yazdiy Temurning harbiy yurishlarga bag‘ishlangan, 1437 yilda yozib tugallangan ―Zafarnoma‖sida Amir Temurning quyidagi so‘zlarini keltiradi: ―Boshliqsiz mamlakat joni sug‘urib olingan tanaga o‘xshaydi. Jonsiz tana uning halokati bilan barobardir‖. SHunday qilib, Amir Temur mo‘g‘ul xoni Tug‘luq Temurga ochiqcha chiqish, kurash olib borish foydasiz ekanligiga to‘la ishonch hosil qilib, uning xizmatiga kiradi va o‘zining to‘g‘ri maslahatlari bilan uning ishonchini qozonadi. Tug‘luq Temur 25 yoshli Amir Temurga ishonch bildirib, Xoji Barlos o‘rniga SHahrisabz hokimi qilib tayinlaydi. U o‘zi hukmron bo‘lib olgan hokimlikning mavqeini mustahkamlash chora- tadbirlarini ko‘rishga kirishadi. 1361 yildan boshlab Qozog‘onning nabirasi, Balx va uning atrofi yerlari hukmdori Amir Xusayn bilan yaxshi munosabat o‘rnatadi. Bu munosabatni yanada mustahkamlash maqsadida Temur 1362 yili uning singlisi O‘ljay Turkon oqaga uylanadi.

Tug‘luq Temur vafot etgandan so‘ng, uning o‘g‘li Ilyosxo‘ja 1365 yilda katta qo‘shin to‘plab, Movarounnahrga yurish boshlaydi. Buni payqagan Xusayn va Temur o‘zlariga qarshi juda shiddat bilan kelayotgan Ilyosxo‘jaga qarshi qo‘shin to‘playdi. Chinoz bilan Toshkent o‘rtasida to‘qnashib katta jang qilishadi. Bu shiddatli jang ketayotgan davrda kuchli jala yoqqanligi uchun ham bu jang tarixga ―SHilta

jangi‖ yoki ―Jangi loy‖ nomi bilan kirdi. Urushda Ilyosxo‘ja qo‘shinlarining qo‘li baland kelib, ayniqsa Amir Xusayn juda katta zarar ko‘radi. U Temur bilan o‘z qo‘shinlarining qolganini olib chekinishga majbur bo‘ladi. Avval ular Samarqandga, so‘ng Amudaryo sohillariga chekinadilar. Ilyosxo‘ja esa Samarqand tomon yurishini davom ettiradi.

Samarqand shahri aholisi Ilyosxo‘janing bosqinchilik harakatini bartaraf etishga kirishadi. Ularga shahardagi bir guruh sarbadorlar rahnamolik qilishib, shahar aholisini mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashga chaqiradilar. Xalq ommasining mo‘g‘ul talonchilariga, mahalliy yer egalarining haddan ortiq jabru-zulmlariga qarshi kuchli noroziligi bu yerda ―sarbadorlar‖ deb nom olgan qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keldi. Asli bu harakat 1330 yilda Xurosonda boshlanib, ular mo‘g‘ullarga bo‘ysinib yashagandan ko‘ra dorda osilib o‘lishni afzal ko‘rgan edilar. Samarqanddagi ―sarbadorlar‖ning rahbarlari madrasada tahsil ko‘ruvchi Mavlonozoda, sobiq paxta savalovchi Abu Bakr Kalaviylar edilar. Mavlonozoda Jome‘ masjidida to‘plangan o‘n mingga yaqin aholiga murojaat qilib, shaharni mo‘g‘ullardan himoya qilishga da‘vat etdi. Ularni madrasalar talabalari, yoshlar, hunarmandlar, shahardan tashqaridagi dehqonlar va o‘rta yer egalari qo‘llab-quvvatladilar. Ular Samarqand mudofaasini muvaffaqiyatli tashkil qilib, mo‘g‘ullarning bosqinchilik harakatini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldilar. Ilyosxo‘ja ikki ming jangchilaridan ajralib, avval Samarqandni, so‘ng Movarounnahrni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Mo‘g‘ul bosqinchilari ustidan erishilgan g‘alaba agar xalqqa jasur, qobiliyatli, ishonchli, o‘z so‘zi ustidan chiqish uchun astoydil harakat qiladigan rahbar bo‘lsa, juda ko‘p ishlar qilish mumkinligini ko‘rsatdi.

Qishni Temur Keshda - SHahrisabzda, Xusayn esa Amudaryo sohillarida o‘tkazayotganlarida sarbadorlarning mo‘g‘ul talonchilari ustidan erishilgan g‘alabalarini eshitib, Samarqandga qaytadilar. Bundan keyingi voqealar jarayonida ikki amir o‘rtasidagi ixtiloflar tobora ko‘chayib bordi.

60-yillarning oxirida Xusayn o‘ziga qarashli Balx shahrini mustahkamlab, istehkomlar qurishga kirishdi. SHahar devorini tiklab, qurol-yarog‘ni ko‘paytira boshladi. Temur bu harakatning o‘ziga qarshi qaratilganini yaxshi anglayotgan edi. U Xusaynni yo‘ldan qaytarishga qancha harakat qilsada, foydasi bo‘lmadi. SHu sababli Temur oldinroq harakat qilib, uning xatti-harakatlarini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Biroq, Xusayn o‘z makkorligini davom ettirgach, Amir Temur 1370 yilda uni Xatlon hokimi Kayxusrov qo‘li bilan bartaraf etdi. U CHingizxon avlodidan bo‘lgan Amir Xusaynning beva xotini Saroymulkxonim (Bibixonim)ga uylanib, «Ko‘ragon» (xon kuyovi) nomini oldi. Bundan tashqari Amir Temurga Sohibqiron degan ulug‘ nom ham qo‘shib ishlatiladi. Mana shu paytdan boshlab Amir Temurning Movarounnahrning yakka hukmdori sifatidagi faoliyati boshlandi. SHuningdek, qo‘shin sarkardalarining qurultoyi ham Amir Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori deb e‘lon qiladi. Asosiy vazifa Movarounnahrni birlashtirishdan iborat, deb tushungan Temur yaqin kishilaridan biri amir Dovudni devonbegi qilib tayinladi. Yana uch vazirni tayin qilib, ularga asosan hal qiluvchi muhim ishlar topshirildi. Mamlakatdagi qabila va guruhlarning manfaatlari to‘laligicha inobatga olindi. Bu xususda Ibn Arabshoh shunday yozadi: ―Ular (tayinlangan vazirlar) mamlakatning ko‘zga ko‘ringan a‘yonlari hisoblanib, boshqa har bir kimsa ular fikrlariga iqtido etardi. Arablarda qancha bo‘lsa, turklarda ham qariyib shuncha qabila va guruhlar bordir. O‘sha vaqtlardan har qaysisi bir qabilaga mansub bo‘lib o‘z fikr chirog‘i bilan u qabila uylarini yorituvchi pilik misoli edi. Ulardan birining qabilasi orlot, ikkinchisi jaloyir, uchinchisiniki qovunchi, to‘rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to‘rtinchi qabila o‘g‘loni edi‖.

Bundan yaqqol ko‘rinib turibdiki, A.Temur o‘z hukmronligining dastlabki kunlaridanoq, har bir qabila manfaatini chetda qoldirmadi. Bu udumlarga u boshqa mansablarni tayinlashda ham amal qildi. Movarounnahrning mashhur shaharlaridan va mo‘‘tabar joylaridan biri hisoblangan Samarqand poytaxt qilib tanlandi. Poytaxtni mustahkam devorlar bilan o‘rab, shahriston va saroylar qurdira boshladi.

Amir Temur uchun Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i yerlarini, Farg‘ona va SHosh–Toshkent viloyatlarini o‘ziga qaratish va birlashtirish uncha qiyinchiliklarni talab qilmadi. Bu yerlarda Temurga qarshi turadigan hokimiyat kuchlarining deyarli o‘zi yo‘q edi. Amir Temur Xorazm yerlarini o‘z mamlakatining ajralmas qismi deb hisoblar edi. Qadimiy Xorazmni birlashtirish ko‘pgina sabablarga binoan murakkabroq bo‘ldi. Buning boisi Xorazm ikkiga bo‘lingan bo‘lib, SHimoliy Xorazm Oltin O‘rda tarkibiga kirar, Janubiy Xorazm esa Chig‘atoy ulusi qaramog‘ida edi, 1359 yilda Berdibekxonning vafotidan so‘ng Oltin O‘rdada boshlangan g‘alayonlardan foydalanib, Xorazm mustaqil bo‘lib oldi va uni Qo‘ng‘irot qabilasidan so‘filar sulolasi boshqara boshladi. Xusayn So‘fi Xorazmning har ikki tomonini birlashtirishga harakat qilib, Kot qal‘asi va Xivani kuch bilan qo‘lga kiritdi. Amir Temur Xusayn So‘fidan Janubiy Xorazm viloyati va uning shaharlarini qaytarishni talab qildi. Bunga rad javobini olgandan so‘ng 1372 yil harbiy yurish qilib, hududni qaytarib oldi. SHu yili Xusayn So‘fi Kotni yana bosib oldi. 1373-1374 yillari Temur Xorazmga yana yurish qildi. Ana shu ikki yurish natijasida Janubiy

Xorazm Temur davlatining tarkibiga kirdi. Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, Oltin O‘rda xoni To‘xtamishning Xorazmga da‘vosi tufayli Temur yana Xorazmga uch bor yurish qildi va 1388 yilda Xorazmni to‘liq egalladi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish