Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet112/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Uchinchi reja quyidagicha yoritiladi. Urush yillarida qurilish materiallari, to‘qimachilik va poyabzal, oziq-ovqat va mahalliy sanoat tarmoqlari ham rivojlandi, kasbga ega bo‘lmagan kishilarni ham ishga jalb qilib, ishlab chiqarish jarayonida kasb o‘rgatila boshlandi. 1942 yilga kelib respublika sanoat korxonalarida ishlayotgan xotin-qizlar 63,5%ni tashkil qilgan. Natijada urushning ikki yili davomida O‘zbekistonda 105673 nafar ommaviy kasbdagi sanoat ishchilari tayyorlangan bo‘lib, shundan 73 ming nafari bevosita ishlab chiqarish jarayonida hunar egalladi. Ishchilar sinfining umumiy soni urush oxirlariga kelib 196,2 ming kishiga yetdiki, bu urush boshlangandagi sonidan 54,6 mingga ko‘pdir. Ochlik, charchoq, toliqish, qiyin sharoitlarga qaramasdan ilg‘or ishchilar kunlik normalarini 300-400, hatto 500 foizga qadar bajargan vaqtlari ham bo‘lardi. 1943 yilga kelganda SSSR harbiy ishlab chiqarishda Germaniyaga yetib, hatto o‘tib ketishida mamlakat ichkarisidagi ishchilarning xizmati juda katta bo‘ldi. Urush yillarida O‘zbekistonda vujudga kelgan harbiy sanoat kompleksi tomonidan front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamotlar, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yo‘q qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy apparatura, 22 mln dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 mln. dona granata, dala radiostantsiyalari uchun 3 mln. radiolampa, qariyb 300 mingta parashyut, 5 ta bronepoezd, 18 ta harbiy sanitariya va hammom-kir yuvish poezdi, 2200 dona ko‘chma oshxona va 7518,8 mingta gimnastyorka, 2636,7 mingta paxtali nimcha, 2861,5 mingta armiya etigi tayyorlab berdilar. Bu o‘zbekistonliklarning fashist bosqinchilarini tor-mor etishga, g‘alabaga qo‘shgan katta hissasi bo‘ldi.

Urush yillarida respublikamizda 280 ta yangi korxonaning qurilib ishga tushirilishi natijasida 1945 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi urush arafasidagiga nisbatan deyarli ikki baravar ortdi, neftь



qazib olish 4, metall ishlab chiqarish 4,8 mashinasozlik mahsulotlari 13,4 baravar, ko‘mir qazib chiqarish 30 energiya ishlab chiqarish 2,42 baravar ko‘paygan.

Urush yillarida front orqasida og‘ir, qiyin sharoitda mehnat qilishlariga, ishchi kuchining yetishmasligiga qaramasdan ittifoqning mudofaa qurilishlari va sanoat korxonalariga 155 mingdan ortiq o‘zbekistonlik jalb qilingan. Nemis-fashistlarni tor-mor keltirish uchun olib borilgan umumxalq kurashiga o‘zbek dehqonlari ham munosib hissa qo‘shdilar. Markaz ko‘rsatmalari bilan asosan paxta ekishga moslashtirilgan, qishloq xo‘jaligidagi yaxshi texnika vositalari, otlar front uchun olib ketilgan, tajribali dehqonlarning ko‘pchiligi front va front orqasidagi ishlarga jalb qilingan bir paytda yuqoridagi vazifani bajarish yanada mushkullashar edi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirish, suvdan foydalanishni yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish bilan bog‘liqdir. 1942-1943 yillarda O‘zbekistonda sug‘orilib ekin ekiladigan yerlar maydoni 546 ming gektarga ko‘paydi.

Urush yillarida O‘zbekiston dehqonlari qandlavlagi, kungaboqar kabi oziq-ovqat ekinlari, zig‘ir va kanop kabi texnik ekinlarini yetishtirishni o‘zlashtirdilar. Makkajuxori, kunjut ekishni ko‘paytirdilar. Urush yillarida O‘zbekiston kishloq xo‘jaligida ipakchiliq, qorako‘lchilik alohida ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, meva, uzum, sabzavot va poliz maxsulotlarini yetishtirish ham salmoqli o‘ringa ega edi. 1942- 1943 yillarga kelganda sabzavot maydonlari urush arafasiga qaraganda 12,5 ming, uzumzorlar maydoni 5,1 ming gektarga ko‘paydi.

Paxta yetishtirishni ko‘paytirish urush yillarida O‘zbekiston dehqonlarining oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolaverdi. Ob‘ektiv sabablarga ko‘ra 1942-1943 yillardagi paxta topshirish rejalari bajarilmay qoldi. Lekin urush davri sharoitidagi texnika vositalari, ishchi kuchining yetishmovchiligi, mineral o‘g‘itlarning kamligi sababli ro‘y bergan bu holatni Markaz tan olishni istamadi va o‘sha paytdagi O‘zbekiston rahbari Usmon Yusupov qattiq ogohlantirish oldi. 1944 yil yanvarida o‘tkazilgan respublika paxtakorlarining birinchi qurultoyida paxtachilikni yuksaltirish vazifalari to‘g‘risidagi fikr almashuv va ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston yillik paxta tayyorlash rejasini 101,4 foizga bajardi.



Urush yillarida O‘zbekiston kishloq mehnatkashlari 4 mln. 148 ming t. paxta, 82 mln. pud g‘alla, 54067 t. pilla, 195 ming t. sholi, 57 ming 444 t. meva, 36 ming t. quruq meva, 159 ming 300 t. go‘sht, 22 ming 300 t. jun va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bilan dushman ustidan qilingan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan bo‘lsa, nemis-fashist okkupantlaridan ozod qilingan hududlarda qishloq xo‘jaligini tiklash ishlari uchun texnika va ishchi kuchlari bilan yordam berib, o‘zbek xalqi o‘zining insonparvarlik, do‘stlik, birodarlik tuyg‘ularini namoyon etdi. 1943 yilda O‘zbekistondan ozod kilingan tumanlarga 1152 ta traktor, 25 ta kombayn, 1138 ta plug, 379 ta seyalka kabi texnikalar, Ukraina va Stavropolь o‘lkasiga 1596 nafar kombaynchi, 41 nafar mexaniq 30 nafar agronom, 11 nafar buxgalter yuborildi. RSFSR, Ukraina, Belorussiya, Boltiq bo‘yi respublika-larining xalq xo‘jaligini tiklashda minglab o‘zbekistonliklar faol ishtirok etdilar.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish